ch
Feedback
Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

前往频道在 Telegram

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @GazetauzMuloqotBot +998 78-333-10-15 Reklama: @Afisha_Media_Regina +998 99-444-35-39 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kirill alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb

显示更多
2025 年数字统计snowflakes fon
card fon
18 608
订阅者
+224 小时
-37
-45030
帖子存档
照片不可用在 Telegram 中显示
2026-yildan “Elektron hukumat” tizimi yangilanadi: 1000 dan ortiq davlat xizmati, 240 ta ma’lumotlar bazasi va 100 mingdan ziyod davlat xizmatchisining vakolatlari yagona platformaga birlashtiriladi. Topshiriqlar ijrosini nazorat qilish SIga topshiriladi. “Hech kim hech qayoqqa yashirolmaydi”, — dedi prezident. https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/26/gov-service/ Telegram | Instagram | YouTube
显示全部...
8👍 4
照片不可用在 Telegram 中显示
Amaldorlar, jumladan, tuman hokimlarining oylik maoshlari oshirilgach, ularning ishiga qo‘yiladigan talablar kuchaytiriladi, boshqaruv va nazoratning yangi tizimi istisnosiz qabul qilinishi kerak, dedi prezident. https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/26/wages/ Telegram | Instagram | YouTube
显示全部...
👍 65 39
照片不可用在 Telegram 中显示
Сlick: “Bu yil sizga bag‘ishlangan” Odatlar, yo‘nalishlar, kichik quvonchlar va tez to‘lovlar — bularning barchasi har bir foydalanuvchining shaxsiy suratiga aylanadi. Сlick 2025-yil yakunlari va bu yil qanday o‘tgani bo‘yicha kichik tabriknomalar to‘pladi. Ularni Сlick’da ochib, bir qarashdayoq tushunadiganlar bilan ulashish mumkin. Reklama huquqlari asosida.
显示全部...
3
照片不可用在 Telegram 中显示
Dollarning rasmiy kursi tushdi Markaziy bank 29-dekabrdagi xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan rasmiy kursini e’lon qildi. Unga ko‘ra, 1 AQSH dollari 21,15 so‘mga arzonlab, 12 057,32 so‘m etib belgilandi. Yevro va rubl kursi ham tushdi. Telegram | Instagram | YouTube
显示全部...
1👍 1👎 1
照片不可用在 Telegram 中显示
Toshkent mehmonlari va aholisi uchun Yangi yilga bezatilgan avtobuslar bayramning ajralmas qismiga aylangan. Haydovchilar o‘z transportlarini girlyandalar, chiroqchalar va archa o‘yinchoqlari bilan o‘zlari bezamoqda, oyna va eshiklarga rasmlar chizmoqda. Gazeta ushbu an’ana haqida haydovchilar bilan suhbatlashdi. https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/26/new-year-buses/ Telegram | Instagram | YouTube
显示全部...
👍 7 4👎 2
照片不可用在 Telegram 中显示
Janubiy Koreya maxsus prokurori sobiq prezident Yun Sok Yolni to‘rtta jinoiy ishning birinchisi bo‘yicha 10 yilga ozodlikdan mahrum qilishni so‘radi. Prokurorlar Yolni odil sudlovga to‘sqinlik qilish, jumladan, tergovchilarning uni hibsga olishiga to‘sqinlik qilishga urinishda ayblamoqda. https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/26/south-korea/ Telegram | Instagram | YouTube
显示全部...
1🤔 1
照片不可用在 Telegram 中显示
Shavkat Mirziyoyev 2026-yildan barcha idoralarda korrupsiyaga qarshi yangi nazorat tizimi joriy etilishini e’lon qildi. “Lavozimim, unvonim bor, menga hech kim tegmaydi, deb o‘ylaganlar adashadi… Davlatning har bir so‘mi bo‘yicha shaxsiy javobgarlik kuchaytiriladi”, — dedi prezident. https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/26/corruption/ Telegram | Instagram | YouTube
显示全部...
👍 46 3
照片不可用在 Telegram 中显示
Shavkat Mirziyoyev kelgusi 5 yilda O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyot ulushi 2 karra qisqartirilishini qayd etib, rasmiy sektorda band bo‘lgan aholi soni hozirgi 8,5 mln dan 14 mln taga yetkazilishini ma’lum qildi. “Bu boradagi ishlarni umummilliy harakatga aylantiramiz”, — dedi u. https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/26/rasmiy-bandlar/ Telegram | Instagram | YouTube
显示全部...
👍 40 2
照片不可用在 Telegram 中显示
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy “yaqin vaqt ichida” Donald Tramp bilan uchrashuv o‘tkazishini ma’lum qildi. “Yangi yilgacha ko‘p narsa hal bo‘lishi mumkin”, — dedi u. https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/26/zelensky-trump/ Telegram | Instagram | YouTube
显示全部...
👍 6
02:40
视频不可用在 Telegram 中显示
Shahar uyg‘onib, Yangi yilga tayyorgarlik ko‘rayotgan bir paytda, bayramga yordam berish uchun tinimsiz ishlayotganlar bor. Mo‘jiza shunchaki sodir bo‘lmaydi — uni olib kelishadi, olib ketishadi, qutqarishadi. Har kuni qandaydir detal yoki inson bayramning yanada o‘ziga xos bo‘lishiga yordam beradi. “Shahar uyg‘oq mahal” maxsus loyihasining ikkinchi soni — Uzum Tezkor oziq-ovqat yetkazib berish xizmati kuryerlari haqida. Yangi yil taomlarini yetkazib berishdagi g‘alati holatlar, dasturxonga issiq taomlar qanday yetkazib berilishi va xizmat kuryeri Jasurbekning o‘zi haqida biroz ma’lumot. Reklama huquqlari asosida.
显示全部...
UZUMTEZKOR_SUBTITILE_UZ_50mb.mp444.53 MB
5👍 5
照片不可用在 Telegram 中显示
2026-yildan bitta xonadon uchun ajratiladigan imtiyozli ipoteka krediti miqdori 15 foizga oshiriladi (poytaxtda 483 mln, hududlarda 380 mln so‘mgacha). Uy-joy sotib olishda boshlang‘ich to‘lov va foiz to‘lovlarining bir qismini qoplash uchun 2,7 trln so‘m subsidiya beriladi. https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/26/ipoteka/ Telegram | Instagram | YouTube
显示全部...
3👍 1
照片不可用在 Telegram 中显示
O‘zbekistonda Fuqaro aviatsiyasi universiteti tashkil etiladi. Temiryo‘l va avtoyo‘llarni rivojlantirish bo‘yicha besh yillik dasturlar qabul qilinadi. Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva va Navoiy vokzallari xususiy boshqaruvga beriladi. https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/26/transport/ Telegram | Instagram | YouTube
显示全部...
👍 38 3
照片不可用在 Telegram 中显示
Prezident o‘zini qonundan ustun qo‘yayotgan to‘dalar, tadbirkorlarga bosim o‘tkazayotgan “ko‘cha” vakillari va sportchilarning jinoyatga aralashib qolayotganini tanqid qilib, davlat ularni jilovlashga qodir ekanini ta’kidladi. Narkojinoyatlarga qarshi kurash umummilliy harakat darajasiga ko‘tarilishi ma’lum qilindi. https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/26/criminal-group/ Telegram | Instagram | YouTube
显示全部...
👍 57 16
照片不可用在 Telegram 中显示
O‘zbekistonda 2030-yilgacha oltin ishlab chiqarish hajmi 175 tonnaga yetkaziladi, dedi prezident. Shuningdek, Navoiydagi oltin konlarida ma’dan qazib olish bo‘yicha 320 mln dollarlik loyiha ishga tushirilib, qo‘shimcha 2 mln tonna ma’dan qayta ishlanadi. https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/26/gold/ Telegram | Instagram | YouTube
显示全部...
👍 5 1
照片不可用在 Telegram 中显示
ANORBANK xususiy tarmoqni rivojlantirish Islom korporatsiyasi (XSRIK) bilan moliyalashtirish to‘g‘risida bitim imzoladi. Ushbu kelishuv doirasida XSRIK tomonidan 10 mln AQSh dollari miqdorida moliyalashtirish liniyasi ajratiladi (reklama). https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/26/anorbank/
显示全部...
👍 2
照片不可用在 Telegram 中显示
Karate va taekvondo bo‘yicha jahon chempionlari — Gulshan Alimardanova va Najmiddin Qosimxo‘jayevga BYD rusumli avtomobillar hamda har biriga 15 ming dollardan mukofot puli topshirildi. Shuningdek, jahon chempionatlari sovrindorlari va karate hamda taekvondo bo‘yicha murabbiylarga ham pul mukofotlari berildi. https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/26/byd/ Telegram | Instagram | YouTube
显示全部...
👍 4 3🤔 1
照片不可用在 Telegram 中显示
O‘zbekiston prezidenti mamlakat parlamenti va xalqiga yo‘llagan murojaatida 2025-yilni sarhisob qilib, uni murakkab yil deb atadi va qanchalik qiyin bo‘lmasin, demokratik islohotlar davom etayotganini ta’kidladi. https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/26/year/ Telegram | Instagram | YouTube
显示全部...
👍 48 4🤔 2
照片不可用在 Telegram 中显示
O‘zbekiston tarixida ilk bor sun’iy yo‘ldosh va fuqaroligi bo‘lgan birinchi o‘zbek kosmonavtini fazoga uchirish bo‘yicha ishlar boshlandi, deya ma’lum qildi prezident. “O‘zbekiston kosmonavti bobomiz aniqlagan yulduzlardan xabar olib keladi”, — dedi u. https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/26/suniy-yoldosh/ Telegram | Instagram | YouTube
显示全部...
👍 43 36
照片不可用在 Telegram 中显示
Dam olish kunlari O‘zbekiston bo‘ylab harorat ko‘tarilishi, shanba kuni +7…+10, yakshanba kuni +10…+13 darajagacha bo‘lishi kutilmoqda. Ba’zi hududlarda yog‘ingarchilik kuzatiladi. https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/26/meteo/ Telegram | Instagram | YouTube
显示全部...
3
照片不可用在 Telegram 中显示
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi 2025-yilda 8,9 foizdan 5,8 foizgacha tushganini ma’lum qildi. “Bu raqamga ko‘proq qarsak chalsangiz ham, rozi bo‘laman… Bu — xalqaro tashkilotlar bergan ma’lumotlar. Barchani mashaqqatli mehnatimiz bilan hurmat qilishga majbur qilyapmiz”, — dedi prezident. https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/26/poverty/ Telegram | Instagram | YouTube
显示全部...
👍 29 21👎 2🤔 2