ar
Feedback
Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

الذهاب إلى القناة على Telegram

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @GazetauzMuloqotBot +998 78-333-10-15 Reklama: @Afisha_Media_Regina +998 99-444-35-39 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kirill alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb

إظهار المزيد
2025 عام في الأرقامsnowflakes fon
card fon
18 609
المشتركون
-924 ساعات
-117 أيام
-45330 أيام
أرشيف المشاركات
Photo unavailableShow in Telegram
Mark Rizning “O‘tkan kunlar” asari tarjimasi O‘zDJTU kutubxonasidagi barcha kitoblar qatorida elektronlashtirilgan. Sud buni mualliflik huquqini buzish deb topib, jarima qo‘llagandi. “Yozuvchi kitobni jamiyat uchun ham yozadi, xalq bundan foydalanishi kerak”, — dedi Ilhom To‘xtasinov Gazeta`ga bergan izohida. https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/20/bygone-days/ Telegram | Instagram | YouTube
إظهار الكل...
👍 6👎 5
Photo unavailableShow in Telegram
Samarqand va Surxondaryo viloyatlarida Tojikistondan olib kelingan katta miqdordagi opiy musodara qilindi. Birinchi holatda — 79 kg dan ortiq, ikkinchisida — 30 kg dan ortiq. Jami olti kishi qo‘lga olindi. https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/20/drugs/ Telegram | Instagram | YouTube
إظهار الكل...
👍 7 5
Photo unavailableShow in Telegram
Poytaxtning Yashnobod tumanida rul boshqaruvini yo‘qotgan Lacetti haydovchisi yo‘lning qarshi tarafiga o‘tib ketdi. Nexia-3 bilan bo‘lgan to‘qnashuvda yo‘lovchi vafot etdi, har ikki haydovchi jarohatlandi. https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/20/yth/ Telegram | Instagram | YouTube
إظهار الكل...
😢 14 1👎 1
Photo unavailableShow in Telegram
Markaziy Osiyo Yaponiyaning mintaqadagi ishtirokini kengaytirishdan manfaatdor, dedi O‘zbekiston prezidenti “Markaziy Osiyo + Yaponiya” sammitida. U sanoat, texnologiya, transport, energetika, havo sifatini yaxshilash, seysmik xavfsizlik kabi yo‘nalishlarda hamkorlikni rivojlantirish tarafdori ekanini aytdi. https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/20/central-asia-japan-summit-2025/ Telegram | Instagram | YouTube
إظهار الكل...
👍 46 10
Photo unavailableShow in Telegram
2026-yildan QQS tushumlarining bir qismi Qoraqalpog‘iston, Toshkent va viloyatlar budjetiga o‘tkaziladi, bu hududlarda taxminan 4,3 trln so‘m qoldiradi va hokimliklarda soliq bazasini yaxshilashga qiziqishni oshiradi. Deputatlar biznesga bosim xavfini ta’kidladi, rasmiylar mexanizm to‘g‘ri ishlashiga va’da berdi. https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/20/vat/ Telegram | Instagram | YouTube
إظهار الكل...
2👍 2🤔 1
Photo unavailableShow in Telegram
Onkobemorlarga yordam ko‘rsatish masalasi yillar davomida “muzlatilgan” holatda qoldirilgandi. Ma’lum bo‘lishicha, 2026-yilgi davlat budjeti loyihasi muhokamalarida dastlab hospis qurish uchun mablag‘ ajratilmagan. Biroq deputat aralashuvidan so‘ng SSV ikkita hospis uchun 50 mlrd so‘m olmoqda. https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/19/hospice/ Telegram | Instagram | YouTube
إظهار الكل...
👍 3 1
Photo unavailableShow in Telegram
Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi qoshida Davlat maqsadli jamg‘armasi tashkil etildi. Unga 2025-yil oxiriga qadar 900 mlrd so‘m, 2026-yilda esa milliy budjetdan qo‘shimcha 548 mlrd so‘m ajratiladi. U ekologiya va havo sifatini yaxshilash loyihalarini moliyalashtiradi. https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/19/ecology/ Telegram | Instagram | YouTube
إظهار الكل...
3👎 2
Photo unavailableShow in Telegram
Saida Mirziyoyeva The Walt Disney vitse-prezidenti Hayma Vashington bilan uchrashuvda O‘zbekistonda mintaqaviy ofis, o‘zbek tilida bolalar kontentiga ega telekanal, Cinema Park va “Disneylend” ochishni taklif qildi. https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/19/hayma-washington/ Telegram | Instagram | YouTube
إظهار الكل...
👍 76 16👎 1🤔 1
Photo unavailableShow in Telegram
Asialuxe Travel’ning ma’lum qilishicha, dekabr oyi 2026-yilda dam olishni rejalashtirish uchun maqbul oy bo‘lib qolmoqda. Erta band qilish maksimal foyda, mehmonxonalarning keng tanlovi va yuqori mavsum boshlanishidan oldin qismlarga bo‘lib to‘lash imkoniyatini beradi (reklama). https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/19/asialuxe-travel/
إظهار الكل...
3👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
Dam olish kunlari Toshkentda qayerlarga borish mumkin? (20–21-dekabr) “Avatar” va yana bir qancha kinonamoyishlar, Geek Con Tashkent, Anhor bog‘ida Yangi yil archasi ochilishi, Magic City’da shou-dasturlar, kitob yarmarkasi, teatrlardagi rang-barang spektakllar, “Setora” konserti, Van Gog ijodiga bag‘ishlangan ko‘rgazma, Respublika bolalar kutubxonasidagi to‘garaklar va dam olish kunlaridagi boshqa qiziqarli tadbirlar: https://www.afisha.uz/uz/gorod/2025/12/19/20-21-dekabr Telegram | Instagram | YouTube
إظهار الكل...
2
Photo unavailableShow in Telegram
MDH davlatlarining atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanish bo‘yicha komissiyasi ilk bor Toshkentda yig‘ilish o‘tkazdi. Vakillar kichik atom reaktorlari, uran chiqindilari omborlari rekultivatsiyasi, shuningdek, pestitsidlar va batareyalar utilizatsiyasida tinch atomdan foydalanish masalalarini muhokama qildi. https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/19/nuclear-power/ Telegram | Instagram | YouTube
إظهار الكل...
👎 3 1
Photo unavailableShow in Telegram
O‘zbekistonda kichik biznes vaqtni tejash, xarajatlarni kamaytirish va soliq xatarlarini minimallashtirish imkonini beruvchi raqamli vositalardan tobora faol foydalanmoqda. Bunday yechimlar orasida yakka tartibdagi tadbirkorlar va o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarga mo‘ljallangan Xolis platformasi ham bor (reklama). https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/19/paynet-xolis/
إظهار الكل...
🤔 1
Photo unavailableShow in Telegram
JST bo‘yicha bosh muzokarachi Azizbek O‘runov O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayonida “beixtiyor sekinlashish” xavfi mavjudligini ma’lum qildi. 2026-yil martgacha JSTga a’zo bo‘lishga tayyorligiga qaramay, ayrim a’zo davlatlar tomonidan yuborilayotgan savollar mamlakatda xavotir uyg‘otmoqda. https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/19/wto-uzb/ Telegram | Instagram | YouTube
إظهار الكل...
🤔 3
Photo unavailableShow in Telegram
Yangi yil bayrami munosabati bilan Toshkentning barcha tumanlarida 25-dekabrdan 10-yanvargacha bayram tadbirlari bo‘lib o‘tadi. Bosh archa Milliy kutubxona yaqinida bo‘ladi, qolgan hududlarda ham archalar qo‘yiladi. Ro‘yxat va manzil. https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/19/archa/ Telegram | Instagram | YouTube
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
Shavkat Mirziyoyev Yaponiyaga tashrifi doirasida Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) rahbari Akixiko Tanaka bilan uchrashdi. Tomonlar sohalarni rivojlantirish bo‘yicha 3 mlrd dollardan ziyod tashabbuslarni, jumladan, yapon investorlari uchun maxsus iqtisodiy zonani tashkil etishni muhokama qildi. https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/19/jica/ Telegram | Instagram | YouTube
إظهار الكل...
👍 24 8
Photo unavailableShow in Telegram
O‘zbekistonda narkotiklar noqonuniy muomalasiga mansabdor shaxslar homiylik qilayotgan va yordam berayotgan holatlar ko‘p uchramoqda, dedi Ravshan Mamatov. U taqdim etgan narkotiklar noqonuniy muomalasi uchun javobgarlikni takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilindi. https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/19/mansabdor/ Telegram | Instagram | YouTube
إظهار الكل...
1👎 1
Photo unavailableShow in Telegram
Dollarning rasmiy kursi tushdi Markaziy bank 22-dekabrdagi xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan rasmiy kursini e’lon qildi. Unga ko‘ra, 1 AQSH dollari 25,47 so‘mga arzonlab, 11 996,14 so‘m etib belgilandi. Yevro va rubl kursi ham tushdi. Telegram | Instagram | YouTube
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
Iqtisodiyotning ochilishi zaif nosavdo sektori, yashirin imtiyozlar va davlat korxonalari samarasizligi kabi muammolarni yuzaga chiqarishi mumkin. IHTTning O‘zbekiston uchun “yo‘l xaritasi” yechimlarni taklif etmoqda. Tafsilotlar — tashkilot eksperti Uilyam Tompsonning Gazeta`ga bergan intervyusida. https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/19/oecd-investments/ Telegram | Instagram | YouTube
إظهار الكل...
👍 2 1
Photo unavailableShow in Telegram
Ikki fuqaro Centrum Air`ning chiptalarni ortiqcha sotgani sababli Istanbul-Namangan reysiga sig‘may qoldi. Raqobat qo‘mitasi aralashuvi bilan ularning huquqlari tiklandi. Xususan, aviakompaniya ularga 500 yevro kompensatsiya, 865 ming so‘m tovon va yana bir qator imtiyozlar berdi. https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/19/centrum-air/ Telegram | Instagram | YouTube
إظهار الكل...
👍 10🤔 2
Photo unavailableShow in Telegram
Prezident Shavkat Mirziyoyev Yaponiya biznes va moliya institutlari rahbarlari bilan uchrashuvda ularni O‘zbekiston iqtisodiyotini modernizatsiya qilishda faol ishtirok etishga taklif qildi. U O‘zbekiston Yaponiyani kelajak sanoatini qurishda strategik sherik sifatida ko‘rishini ta’kidladi. https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/19/japan-uzbekistan-business-forum/ Telegram | Instagram | YouTube
إظهار الكل...
👍 27 9