Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari
Відкрити в Telegram
O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @GazetauzMuloqotBot +998 78-333-10-15 Reklama: @Afisha_Media_Regina +998 99-444-35-39 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kirill alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb
Показати більше2025 рік у цифрах

18 612
Підписники
-924 години
-117 днів
-45330 день
Архів дописів
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Saida Mirziyoyeva The Walt Disney vitse-prezidenti Hayma Vashington bilan uchrashuvda O‘zbekistonda mintaqaviy ofis, o‘zbek tilida bolalar kontentiga ega telekanal, Cinema Park va “Disneylend” ochishni taklif qildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/19/hayma-washington/
Telegram | Instagram | YouTube
👍 76❤ 16👎 1🤔 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Asialuxe Travel’ning ma’lum qilishicha, dekabr oyi 2026-yilda dam olishni rejalashtirish uchun maqbul oy bo‘lib qolmoqda. Erta band qilish maksimal foyda, mehmonxonalarning keng tanlovi va yuqori mavsum boshlanishidan oldin qismlarga bo‘lib to‘lash imkoniyatini beradi (reklama).
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/19/asialuxe-travel/
❤ 3👍 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Dam olish kunlari Toshkentda qayerlarga borish mumkin? (20–21-dekabr)
“Avatar” va yana bir qancha kinonamoyishlar, Geek Con Tashkent, Anhor bog‘ida Yangi yil archasi ochilishi, Magic City’da shou-dasturlar, kitob yarmarkasi, teatrlardagi rang-barang spektakllar, “Setora” konserti, Van Gog ijodiga bag‘ishlangan ko‘rgazma, Respublika bolalar kutubxonasidagi to‘garaklar va dam olish kunlaridagi boshqa qiziqarli tadbirlar:
https://www.afisha.uz/uz/gorod/2025/12/19/20-21-dekabr
Telegram | Instagram | YouTube
❤ 2
Фото недоступнеДивитись в Telegram
MDH davlatlarining atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanish bo‘yicha komissiyasi ilk bor Toshkentda yig‘ilish o‘tkazdi. Vakillar kichik atom reaktorlari, uran chiqindilari omborlari rekultivatsiyasi, shuningdek, pestitsidlar va batareyalar utilizatsiyasida tinch atomdan foydalanish masalalarini muhokama qildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/19/nuclear-power/
Telegram | Instagram | YouTube
👎 3❤ 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
O‘zbekistonda kichik biznes vaqtni tejash, xarajatlarni kamaytirish va soliq xatarlarini minimallashtirish imkonini beruvchi raqamli vositalardan tobora faol foydalanmoqda. Bunday yechimlar orasida yakka tartibdagi tadbirkorlar va o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarga mo‘ljallangan Xolis platformasi ham bor (reklama).
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/19/paynet-xolis/
🤔 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
JST bo‘yicha bosh muzokarachi Azizbek O‘runov O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayonida “beixtiyor sekinlashish” xavfi mavjudligini ma’lum qildi. 2026-yil martgacha JSTga a’zo bo‘lishga tayyorligiga qaramay, ayrim a’zo davlatlar tomonidan yuborilayotgan savollar mamlakatda xavotir uyg‘otmoqda.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/19/wto-uzb/
Telegram | Instagram | YouTube
🤔 3
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Yangi yil bayrami munosabati bilan Toshkentning barcha tumanlarida 25-dekabrdan 10-yanvargacha bayram tadbirlari bo‘lib o‘tadi. Bosh archa Milliy kutubxona yaqinida bo‘ladi, qolgan hududlarda ham archalar qo‘yiladi. Ro‘yxat va manzil.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/19/archa/
Telegram | Instagram | YouTube
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Shavkat Mirziyoyev Yaponiyaga tashrifi doirasida Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) rahbari Akixiko Tanaka bilan uchrashdi. Tomonlar sohalarni rivojlantirish bo‘yicha 3 mlrd dollardan ziyod tashabbuslarni, jumladan, yapon investorlari uchun maxsus iqtisodiy zonani tashkil etishni muhokama qildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/19/jica/
Telegram | Instagram | YouTube
👍 24❤ 8
Фото недоступнеДивитись в Telegram
O‘zbekistonda narkotiklar noqonuniy muomalasiga mansabdor shaxslar homiylik qilayotgan va yordam berayotgan holatlar ko‘p uchramoqda, dedi Ravshan Mamatov. U taqdim etgan narkotiklar noqonuniy muomalasi uchun javobgarlikni takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilindi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/19/mansabdor/
Telegram | Instagram | YouTube
❤ 1👎 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Iqtisodiyotning ochilishi zaif nosavdo sektori, yashirin imtiyozlar va davlat korxonalari samarasizligi kabi muammolarni yuzaga chiqarishi mumkin. IHTTning O‘zbekiston uchun “yo‘l xaritasi” yechimlarni taklif etmoqda. Tafsilotlar — tashkilot eksperti Uilyam Tompsonning Gazeta`ga bergan intervyusida.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/19/oecd-investments/
Telegram | Instagram | YouTube
👍 2❤ 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Ikki fuqaro Centrum Air`ning chiptalarni ortiqcha sotgani sababli Istanbul-Namangan reysiga sig‘may qoldi. Raqobat qo‘mitasi aralashuvi bilan ularning huquqlari tiklandi. Xususan, aviakompaniya ularga 500 yevro kompensatsiya, 865 ming so‘m tovon va yana bir qator imtiyozlar berdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/19/centrum-air/
Telegram | Instagram | YouTube
👍 10🤔 2
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Prezident Shavkat Mirziyoyev Yaponiya biznes va moliya institutlari rahbarlari bilan uchrashuvda ularni O‘zbekiston iqtisodiyotini modernizatsiya qilishda faol ishtirok etishga taklif qildi. U O‘zbekiston Yaponiyani kelajak sanoatini qurishda strategik sherik sifatida ko‘rishini ta’kidladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/19/japan-uzbekistan-business-forum/
Telegram | Instagram | YouTube
👍 27❤ 9
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Farg‘ona shahridagi Prezident maktabi 11-sinf o‘quvchisi Dilafro‘z Sobirova Garvard universitetining integrativ biologiya yo‘nalishiga 100 foizli grant bilan qabul qilindi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/19/harvard/
Telegram | Instagram | YouTube
👍 20❤ 6
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Buyuk Britaniya avvalroq YeI sanksiyasiga uchragan o‘zbekistonlik tadbirkor Rustam Mo‘minovga nisbatan sanksiya kiritdi. Cheklovlar, shuningdek, O‘zbekistondagi 4 ta — Farg‘ona Kimyo Zavodi, Raw Materials Cellulose, Gelion Business Trade va Chemistry International kompaniyalariga ham tatbiq etildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/19/britain-sanctions/
Telegram | Instagram | YouTube
🤔 3❤ 1👍 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Sudyalar oliy kengashi Akmal Shukurovning jinoyat ishini ko‘rib chiqqan va tayinlangan jazoni yengillashtirgani uchun Toshkent shahar apellyatsiya instansiyasiga xizmat tekshiruvi tayinladi. Gazeta apellyatsiya qarorida sudyalar va sudlanuvchining ismlari yashirilganiga e’tibor qaratdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/19/court/
Telegram | Instagram | YouTube
👍 7🤔 4
Фото недоступнеДивитись в Telegram
O‘zbekiston JSTga a’zo bo‘lish uchun savdo shartlarini kelishib olish kerak bo‘lgan davlatlar ro‘yxatini qisqartirishda davom etmoqda. Kuni kecha Yevropa Ittifoqi va o‘zining Janubiy Amerikadagi ikkinchi muhim savdo sherigi bo‘lgan Ekvador bilan bozorga kirish bo‘yicha protokollar imzolandi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/19/wto/
Telegram | Instagram | YouTube
👍 9
Фото недоступнеДивитись в Telegram
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va “Kapitalbank” ATB hamkorligida “Kiberxavfsizlikni ta’minlash va firibgarlikka qarshi kurash: 2025-yil natijalari, tendensiyalar va transformatsion o‘zgarishlar” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi (reklama).
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/19/kapitalbank/
👍 3❤ 2
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Shanba, yakshanba kunlari O‘zbekistonga nam havo massalarining yangi qismi kirib keladi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi kutilmoqda. Harorat kechasi -5 darajagacha sovuq, kunduzi +5 darajagacha iliq bo‘ladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/19/meteo/
Telegram | Instagram | YouTube
👍 2
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Denov tumanida tahdid va zo‘ravonlik bilan fuqarolardan pul undirib kelgan guruh qo‘lga olindi. Ular fuqarolarga bosim o‘tkazib, pichoq bilan qo‘rqitish, zo‘ravonlik qo‘llash hamda shaxsiy ma’lumotlarni oshkor qilish bilan tahdid etish orqali katta miqdorda pul talab qilib kelgan.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/19/criminal-group/
Telegram | Instagram | YouTube
👍 6
