ar
Feedback
Daryo | Rasmiy kanal

Daryo | Rasmiy kanal

الذهاب إلى القناة على Telegram

Daryo.uz”ning rasmiy kanali. Reklama — https://daryo.uz/aloqa-malumotlari Tahririyat — @daryoga_murojaatbot Lifestyle — @daryo_lotin Tezkor xabarlar — @daryo_live Sport — @daryo_sport24 Dunyo — @daryo_world Global — @daryo_global

إظهار المزيد
2025 عام في الأرقامsnowflakes fon
card fon
407 542
المشتركون
-1 81724 ساعات
+5 7537 أيام
+5 92630 أيام
أرشيف المشاركات
Photo unavailableShow in Telegram
Urgut tumanida 100 ming aholiga moʻljallangan zamonaviy eko-shahar barpo etiladi Kelgusi yil 544 milliard soʻm ajratilib, 72 ta bogʻcha, maktab, poliklinika, shuningdek, ichki yoʻllar qurilib-taʼmirlanadi, kanallar beton qoplamaga oʻtkazilib, 2 ta sel-suv ombori barpo etiladi. Tanlab olingan 33 ta tuman va 330 ta sharoiti ogʻir mahalladagi ishlar ham shunday tashkil qilinadi. Ularda bir vaqtning oʻzida tadbirkorlik infratuzilmasi ham rivojlantiriladi. Ushbu maqsadlar uchun barcha manbalar hisobidan 8,5 trillion soʻm mablagʻ ajratiladi. 👉 Obuna bo'ling — @daryo
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
Navoiydagi oltin konlarida maʼdan qazib olish boʻyicha 320 mln dollarlik loyiha ishga tushiriladi “Muruntov” konini oʻzlashtirishning navbatdagi bosqichi hamda kumush konlari boʻyicha yirik loyihalar ham amalga oshiriladi. Batafsil — https://daryo.uz/BIxKbT7vg 👉 Obuna bo‘ling — @daryo
إظهار الكل...
01:31
Video unavailableShow in Telegram
❗️2026-yilda O‘zbekistonda ekologiya sohasiga 1 trillion 900 milliard so‘m yo‘naltiriladi 👉 Obuna bo'ling — @daryo
إظهار الكل...
Запись_2025_12_26_12_49_37_316.mp419.82 MB
01:05
Video unavailableShow in Telegram
"Dunyo tajribasidan kelib chiqib, avtomobillar chiqarayotgan zararli moddalar darajasiga qarab, ekologik st́ikerlar tizimi joriy etiladi. Katta miqdorda zararli moddalar chiqaradigan avtomashinalarning poytaxt va viloyat markazlari hamda shaharlarga kirishi cheklanadi. Bunday transport vositalarini yangisiga almashtirish yoki ularga filtr o‘rnatish uchun davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash choralari ko‘riladi" — Shavkat Mirziyoyev. 👉 Obuna bo'ling — @daryo
إظهار الكل...
Запись_2025_12_26_12_52_59_691.mp424.09 MB
01:48
Video unavailableShow in Telegram
"Toshkent shahri va Toshkent viloyatida 2 mingga yaqin ko‘mir va gazda isitiladigan issiqxona bor. Endi, filtrsiz ko‘mirda ishlaydigan qozonxonalardan voz kechamiz. Ularni poytaxt atrofidan ko‘chirib, hamma joyda markazlashgan qozonxonalar orqali isitishni yo‘lga qo‘yamiz. Shu maqsadda 200 gektardan kam bo‘lmagan agro-klasterlar tashkil etiladi, ularning tarkibiga o‘tadigan issiqxonalarga alohida subsidiya beriladi" — Shavkat Mirziyoyev. 👉 Obuna bo'ling — @daryo
إظهار الكل...
Запись_2025_12_26_12_43_41_128.mp430.52 MB
01:05
Video unavailableShow in Telegram
"Mening niyatim – yoshlarimiz talab yuqori bo‘lgan kasblar bo‘yicha dunyoda raqobatdosh bo‘lsin, kerak bo‘lsa, boshqalardan bir pog‘ona ustun tursin. Ushbu maqsadga erishish yo‘lida kasbiy ta’limning eng muhim bo‘g‘ini bo‘lgan texnikumlarni yangi sifat bosqichiga olib chiqamiz. Buning uchun, 2026-yildan boshlab, har yili kamida 100 tadan texnikumni to‘liq ta’mirlab, texnologik va talab yuqori bo‘lgan kasblarga mos holda jihozlab boramiz" — Shavkat Mirziyoyev. 👉 Obuna bo'ling — @daryo
إظهار الكل...
Запись_2025_12_26_12_35_47_117.mp412.69 MB
Photo unavailableShow in Telegram
Oʻzbekistonda strategik investorlarga loyiha uchun yerlar bozor qiymatida toʻgʻridan-toʻgʻri beriladi Yer toifasi oʻzgarganida koʻrilgan zarar uchun toʻlovni 10 yilgacha boʻlib-boʻlib toʻlashga ruxsat etiladi. Batafsil — https://daryo.uz/Ye-NJTnvg 👉 Obuna bo'ling — @daryo
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
⚡️Mustaqil O‘zbekiston tarixida ilk bor sunʼiy yo‘ldosh fazoga uchiriladi 2028-yilda Samarqandda “Xalqaro astronavtika kongressi” o‘tkazilishiga puxta tayyorgarlik ko‘rilmoqda.
“Bugun sizlarga yana bir muhim yangilikni aytmoqchiman. Mustaqil O‘zbekiston tarixida ilk bor kosmik sohada sunʼiy yo‘ldosh va mamlakatimiz fuqarosi bo‘lgan birinchi o‘zbek kosmonavtini fazoga uchirish bo‘yicha ishlarni boshladik. Bu – Yangi O‘zbekistonning ilmiy va texnologik rivojlanishiga, umuman, milliy taraqqiyotimizni yangi bosqichga olib chiqishga katta turtki beradi, deb ishonaman”,
– dedi davlat rahbari. 👉 Obuna bo‘ling — @daryo
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
O‘zbekistonda mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha ish beruvchilarga yangi talablar joriy qilindi Ish beruvchilar tashkilotlarda xodimlarni majburiy o‘qitishni tashkil etishi hamda ma’muriy-jamoatchilik nazoratini yo‘lga qo‘yishi shart bo‘ladi. Batafsil — https://daryo.uz/uxqDVonDg 👉 Obuna bo‘ling — @daryo
إظهار الكل...
02:17
Video unavailableShow in Telegram
"Biz to‘qqiz yilda barcha iqtisodiyot tarmoqlariga 130 milliard dollarlik xorijiy investisiya olib keldik. Joriy yilning o‘zida chet ellik hamkorlarimiz bilan yana 140 milliard dollarlik yangi investisiyaviy kelishuvlarga erishdik. Kelgusi yilda 50 milliard dollar xorijiy investisiya jalb qilamiz" — Shavkat Mirziyoyev. 👉 Obuna bo'ling — @daryo
إظهار الكل...
Запись_2025_12_26_11_57_15_413.mp439.50 MB
01:06
Video unavailableShow in Telegram
"Tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha siyosatimizni davom ettirib, 2026-yilda asosiy soliq stavkalarini o‘zgarishsiz qoldiramiz" — Shavkat Mirziyoyev 👉 Obuna bo'ling — @daryo
إظهار الكل...
Запись_2025_12_26_11_47_55_300.mp441.15 MB
01:02
Video unavailableShow in Telegram
2026-yil 1-yanvardan boshlab, QQSdan tushumning Toshkent shahrida 5 foizi, qolgan hududlarda 20 foizi qoldirilib, bu mablagʻning yarmi tumanlar byudjetiga oʻtkaziladi. 👉 Obuna bo'ling — @daryo
إظهار الكل...
Запись_2025_12_26_11_42_04_480.mp466.92 MB
Photo unavailableShow in Telegram
⚡️O‘zbekistonda 2025-yil “Mahallani rivojlantirish va jamiyatning yuksalish yili” bo‘ladi 👉 Obuna bo'ling — @daryo
إظهار الكل...
01:36
Video unavailableShow in Telegram
O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi yil boshidagi 8,9 foizdan 5,8 foizga tushdi "Bu ishlarni boshlaganimizda aholimizning uchdan bir qismi kambag‘allik chegarasida yashardi. Kredit, subsidiya, kompensatsiya kabi 100 dan ziyod xizmatlar orqali ijtimoiy himoyaning mutlaqo yangi tizimini yo‘lga qo‘yganimiz va bularni mahalladagi “yettilik”ning o‘ziga berganimiz natijasida 8,5 milliondan ziyod odam kambag‘allikdan chiqdi, ishsizlik 2 karra qisqardi" — Shavkat Mirziyoyev. 👉 Obuna bo'ling — @daryo
إظهار الكل...
Запись_2025_12_26_11_22_36_688.mp455.80 MB
02:06
Video unavailableShow in Telegram
O‘zbekistonning yalpi ichki mahsuloti birinchi marta 145 milliard dollardan oshdi “Global savdo tizimida “oʻyin qoidalari” oʻzgarayotgan bir paytda biz bu yil eksportimizni 23 foizga oshirib, 33,4 milliard dollarga yetkazamiz.Eng muhimi, islohotlarimiz uchun mustahkam moliyaviy baza boʻladigan oltin-valyuta zaxiralarimiz ilk bor 60 milliard dollardan oshdi”, — dedi prezident Shavkat Mirziyoyev. 👉 Obuna bo'ling — @daryo
إظهار الكل...
IMG_7960.MP424.97 MB
Photo unavailableShow in Telegram
O‘zbekistonda 2026-yil uchun davlat byudjeti tasdiqlandi Prezident davlat byudjeti to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Kelasi yil uchun konsolidatsiyalashgan byudjet taqchilligining cheklangan miqdori yalpi ichki mahsulotning 3 foizi etib belgilandi. Batafsil — https://daryo.uz/xl2jvo7DR 👉 Obuna bo'ling — @daryo
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
“Muhlat tugab boryapti”. Kurdlar ash-Shar’a qanoti ostiga o‘tadimi? Suriya demokratik kuchlari yadrosini AQSH ittifoqchisi, mamlakatning uchdan biri va neft konlarini nazorat qiluvchi kurdlar tashkil qiladi. Biroq ularni davlat bilan integratsiya qilish oson kechmayapti. Damashq hamda Anqara tomonidan yil oxirigacha berilgan muhlat esa tugab boryapti. Agar kurdlar ash-Shar’a hukumatini tan olmasa, urush kelib chiqishi mumkin. Batafsil — https://daryo.uz/M9S7XtnDg 👉 Obuna bo'ling — @daryo
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
Qozog‘iston: AZAL samolyotiga jangovar qism elementlari zarar yetkazgan, ularning kimga tegishli ekani aniqlanmadi 2024-yil Oqtov yaqinida halokatga uchragan Azerbaijan Airlines samolyoti bo‘yicha hisobot e’lon qilindi. Ilhom Aliyev halokat uchun javobgarlikni Rossiyaga yuklagan edi. Batafsil — https://daryo.uz/kMyr4T7DR 👉 Obuna bo'ling — @daryo
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
Toshkent shahri uchun dizayn kod ishlab chiqildi Poytaxtdagi binolar va jamoat joylarining tashqi ko‘rinishi uchun yagona va tushunarli qoidalarni belgilaydigan me’yoriy-huquqiy hujjat tez kunda jamoatchilik muhokamasiga qo‘yiladi. Batafsil — https://daryo.uz/b-nrZo7DR 👉 Obuna bo'ling — @daryo
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
Suriyada yanvardan valyuta almashadi Chora Asad davriga tegishli pullardan voz kechish va milliy valyuta qiymatini mustahkamlashga qaratilgan. Batafsil — https://daryo.uz/QywXRhnDg 👉 Obuna bo‘ling — @daryo
إظهار الكل...