Daryo | Rasmiy kanal
Відкрити в Telegram
“Daryo.uz”ning rasmiy kanali. Reklama — https://daryo.uz/aloqa-malumotlari Tahririyat — @daryoga_murojaatbot Lifestyle — @daryo_lotin Tezkor xabarlar — @daryo_live Sport — @daryo_sport24 Dunyo — @daryo_world Global — @daryo_global
Показати більше2025 рік у цифрах

407 542
Підписники
-1 81724 години
+5 7537 днів
+5 92630 день
Архів дописів
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Urgut tumanida 100 ming aholiga moʻljallangan zamonaviy eko-shahar barpo etiladi
Kelgusi yil 544 milliard soʻm ajratilib, 72 ta bogʻcha, maktab, poliklinika, shuningdek, ichki yoʻllar qurilib-taʼmirlanadi, kanallar beton qoplamaga oʻtkazilib, 2 ta sel-suv ombori barpo etiladi.
Tanlab olingan 33 ta tuman va 330 ta sharoiti ogʻir mahalladagi ishlar ham shunday tashkil qilinadi. Ularda bir vaqtning oʻzida tadbirkorlik infratuzilmasi ham rivojlantiriladi.
Ushbu maqsadlar uchun barcha manbalar hisobidan 8,5 trillion soʻm mablagʻ ajratiladi.
👉 Obuna bo'ling — @daryo
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Navoiydagi oltin konlarida maʼdan qazib olish boʻyicha 320 mln dollarlik loyiha ishga tushiriladi
“Muruntov” konini oʻzlashtirishning navbatdagi bosqichi hamda kumush konlari boʻyicha yirik loyihalar ham amalga oshiriladi.
Batafsil — https://daryo.uz/BIxKbT7vg
👉 Obuna bo‘ling — @daryo
01:31
Відео недоступнеДивитись в Telegram
❗️2026-yilda O‘zbekistonda ekologiya sohasiga 1 trillion 900 milliard so‘m yo‘naltiriladi
👉 Obuna bo'ling — @daryo
Запись_2025_12_26_12_49_37_316.mp419.82 MB
01:05
Відео недоступнеДивитись в Telegram
"Dunyo tajribasidan kelib chiqib, avtomobillar chiqarayotgan zararli moddalar darajasiga qarab, ekologik st́ikerlar tizimi joriy etiladi.
Katta miqdorda zararli moddalar chiqaradigan avtomashinalarning poytaxt va viloyat markazlari hamda shaharlarga kirishi cheklanadi.
Bunday transport vositalarini yangisiga almashtirish yoki ularga filtr o‘rnatish uchun davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash choralari ko‘riladi" — Shavkat Mirziyoyev.
👉 Obuna bo'ling — @daryo
Запись_2025_12_26_12_52_59_691.mp424.09 MB
01:48
Відео недоступнеДивитись в Telegram
"Toshkent shahri va Toshkent viloyatida 2 mingga yaqin ko‘mir va gazda isitiladigan issiqxona bor.
Endi, filtrsiz ko‘mirda ishlaydigan qozonxonalardan voz kechamiz. Ularni poytaxt atrofidan ko‘chirib, hamma joyda markazlashgan qozonxonalar orqali isitishni yo‘lga qo‘yamiz.
Shu maqsadda 200 gektardan kam bo‘lmagan agro-klasterlar tashkil etiladi, ularning tarkibiga o‘tadigan issiqxonalarga alohida subsidiya beriladi" — Shavkat Mirziyoyev.
👉 Obuna bo'ling — @daryo
Запись_2025_12_26_12_43_41_128.mp430.52 MB
01:05
Відео недоступнеДивитись в Telegram
"Mening niyatim – yoshlarimiz talab yuqori bo‘lgan kasblar bo‘yicha dunyoda raqobatdosh bo‘lsin, kerak bo‘lsa, boshqalardan bir pog‘ona ustun tursin. Ushbu maqsadga erishish yo‘lida kasbiy ta’limning eng muhim bo‘g‘ini bo‘lgan texnikumlarni yangi sifat bosqichiga olib chiqamiz.
Buning uchun, 2026-yildan boshlab, har yili kamida 100 tadan texnikumni to‘liq ta’mirlab, texnologik va talab yuqori bo‘lgan kasblarga mos holda jihozlab boramiz" — Shavkat Mirziyoyev.
👉 Obuna bo'ling — @daryo
Запись_2025_12_26_12_35_47_117.mp412.69 MB
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Oʻzbekistonda strategik investorlarga loyiha uchun yerlar bozor qiymatida toʻgʻridan-toʻgʻri beriladi
Yer toifasi oʻzgarganida koʻrilgan zarar uchun toʻlovni 10 yilgacha boʻlib-boʻlib toʻlashga ruxsat etiladi.
Batafsil — https://daryo.uz/Ye-NJTnvg
👉 Obuna bo'ling — @daryo
Фото недоступнеДивитись в Telegram
⚡️Mustaqil O‘zbekiston tarixida ilk bor sunʼiy yo‘ldosh fazoga uchiriladi
2028-yilda Samarqandda “Xalqaro astronavtika kongressi” o‘tkazilishiga puxta tayyorgarlik ko‘rilmoqda.
“Bugun sizlarga yana bir muhim yangilikni aytmoqchiman. Mustaqil O‘zbekiston tarixida ilk bor kosmik sohada sunʼiy yo‘ldosh va mamlakatimiz fuqarosi bo‘lgan birinchi o‘zbek kosmonavtini fazoga uchirish bo‘yicha ishlarni boshladik. Bu – Yangi O‘zbekistonning ilmiy va texnologik rivojlanishiga, umuman, milliy taraqqiyotimizni yangi bosqichga olib chiqishga katta turtki beradi, deb ishonaman”,– dedi davlat rahbari. 👉 Obuna bo‘ling — @daryo
Фото недоступнеДивитись в Telegram
O‘zbekistonda mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha ish beruvchilarga yangi talablar joriy qilindi
Ish beruvchilar tashkilotlarda xodimlarni majburiy o‘qitishni tashkil etishi hamda ma’muriy-jamoatchilik nazoratini yo‘lga qo‘yishi shart bo‘ladi.
Batafsil — https://daryo.uz/uxqDVonDg
👉 Obuna bo‘ling — @daryo
02:17
Відео недоступнеДивитись в Telegram
"Biz to‘qqiz yilda barcha iqtisodiyot tarmoqlariga 130 milliard dollarlik xorijiy investisiya olib keldik.
Joriy yilning o‘zida chet ellik hamkorlarimiz bilan yana 140 milliard dollarlik yangi investisiyaviy kelishuvlarga erishdik.
Kelgusi yilda 50 milliard dollar xorijiy investisiya jalb qilamiz" — Shavkat Mirziyoyev.
👉 Obuna bo'ling — @daryo
Запись_2025_12_26_11_57_15_413.mp439.50 MB
01:06
Відео недоступнеДивитись в Telegram
"Tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha siyosatimizni davom ettirib, 2026-yilda asosiy soliq stavkalarini o‘zgarishsiz qoldiramiz" — Shavkat Mirziyoyev
👉 Obuna bo'ling — @daryo
Запись_2025_12_26_11_47_55_300.mp441.15 MB
01:02
Відео недоступнеДивитись в Telegram
2026-yil 1-yanvardan boshlab, QQSdan tushumning Toshkent shahrida 5 foizi, qolgan hududlarda 20 foizi qoldirilib, bu mablagʻning yarmi tumanlar byudjetiga oʻtkaziladi.
👉 Obuna bo'ling — @daryo
Запись_2025_12_26_11_42_04_480.mp466.92 MB
Фото недоступнеДивитись в Telegram
⚡️O‘zbekistonda 2025-yil “Mahallani rivojlantirish va jamiyatning yuksalish yili” bo‘ladi
👉 Obuna bo'ling — @daryo
01:36
Відео недоступнеДивитись в Telegram
O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi yil boshidagi 8,9 foizdan 5,8 foizga tushdi
"Bu ishlarni boshlaganimizda aholimizning uchdan bir qismi kambag‘allik chegarasida yashardi.
Kredit, subsidiya, kompensatsiya kabi 100 dan ziyod xizmatlar orqali ijtimoiy himoyaning mutlaqo yangi tizimini yo‘lga qo‘yganimiz va bularni mahalladagi “yettilik”ning o‘ziga berganimiz natijasida 8,5 milliondan ziyod odam kambag‘allikdan chiqdi, ishsizlik 2 karra qisqardi" — Shavkat Mirziyoyev.
👉 Obuna bo'ling — @daryo
Запись_2025_12_26_11_22_36_688.mp455.80 MB
02:06
Відео недоступнеДивитись в Telegram
O‘zbekistonning yalpi ichki mahsuloti birinchi marta 145 milliard dollardan oshdi
“Global savdo tizimida “oʻyin qoidalari” oʻzgarayotgan bir paytda biz bu yil eksportimizni 23 foizga oshirib, 33,4 milliard dollarga yetkazamiz.Eng muhimi, islohotlarimiz uchun mustahkam moliyaviy baza boʻladigan oltin-valyuta zaxiralarimiz ilk bor 60 milliard dollardan oshdi”, — dedi prezident Shavkat Mirziyoyev.
👉 Obuna bo'ling — @daryo
IMG_7960.MP424.97 MB
Фото недоступнеДивитись в Telegram
O‘zbekistonda 2026-yil uchun davlat byudjeti tasdiqlandi
Prezident davlat byudjeti to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Kelasi yil uchun konsolidatsiyalashgan byudjet taqchilligining cheklangan miqdori yalpi ichki mahsulotning 3 foizi etib belgilandi.
Batafsil — https://daryo.uz/xl2jvo7DR
👉 Obuna bo'ling — @daryo
Фото недоступнеДивитись в Telegram
“Muhlat tugab boryapti”. Kurdlar ash-Shar’a qanoti ostiga o‘tadimi?
Suriya demokratik kuchlari yadrosini AQSH ittifoqchisi, mamlakatning uchdan biri va neft konlarini nazorat qiluvchi kurdlar tashkil qiladi. Biroq ularni davlat bilan integratsiya qilish oson kechmayapti. Damashq hamda Anqara tomonidan yil oxirigacha berilgan muhlat esa tugab boryapti. Agar kurdlar ash-Shar’a hukumatini tan olmasa, urush kelib chiqishi mumkin.
Batafsil — https://daryo.uz/M9S7XtnDg
👉 Obuna bo'ling — @daryo
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Qozog‘iston: AZAL samolyotiga jangovar qism elementlari zarar yetkazgan, ularning kimga tegishli ekani aniqlanmadi
2024-yil Oqtov yaqinida halokatga uchragan Azerbaijan Airlines samolyoti bo‘yicha hisobot e’lon qilindi. Ilhom Aliyev halokat uchun javobgarlikni Rossiyaga yuklagan edi.
Batafsil — https://daryo.uz/kMyr4T7DR
👉 Obuna bo'ling — @daryo
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Toshkent shahri uchun dizayn kod ishlab chiqildi
Poytaxtdagi binolar va jamoat joylarining tashqi ko‘rinishi uchun yagona va tushunarli qoidalarni belgilaydigan me’yoriy-huquqiy hujjat tez kunda jamoatchilik muhokamasiga qo‘yiladi.
Batafsil — https://daryo.uz/b-nrZo7DR
👉 Obuna bo'ling — @daryo
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Suriyada yanvardan valyuta almashadi
Chora Asad davriga tegishli pullardan voz kechish va milliy valyuta qiymatini mustahkamlashga qaratilgan.
Batafsil — https://daryo.uz/QywXRhnDg
👉 Obuna bo‘ling — @daryo
