ar
Feedback
Toshkent shahar IIBB | Rasmiy kanal

Toshkent shahar IIBB | Rasmiy kanal

الذهاب إلى القناة على Telegram
2025 عام في الأرقامsnowflakes fon
card fon
23 472
المشتركون
+3724 ساعات
+407 أيام
-14830 أيام
أرشيف المشاركات
DIQQAT! YO‘L HARAKATI ISHTIROKCHILARIGA MUHIM E’LON Hurmatli Shahrimiz aholisi va mehmonlari! 🔹 Sergeli tumanida 2025-yil 25-dekabr kunidan tun-u kun faoliyat yuritadigan (24/7) gastronomik Turizm ko‘chasida 🔴"Yangi Yil"🔴 bayrami tadbirlari o‘tkazilishi munosabati bilan quyidagi ko‘chalarda transport vositalari harakati vaqtincha cheklanadi: ➖ Sug‘diyona ko‘chasining Yangi Sergeli ko‘chasi kesishmasidan Jaloyir va Bag‘rikeng ko‘chalari kesishmasigacha bo‘lgan qismi; ➖ Jaloyir ko‘chasining Sug‘diyona ko‘chasi kesishmasidan Obihayot ko‘chasi kesishmasigacha bo‘lgan qismi; 🔹 Bektemir tumanida 2025-yil 25-dekabrdan boshlab Chirchiqbo‘yi ko‘chasining (xaritada ko‘rsatilgan) ma’lum qismida, “Coca-Cola Garden” bog‘ida o‘tkaziladigan bayram tadbirlari hamda fuqarolar xavfsizligini ta’minlash maqsadida avtomobillar harakati vaqtincha cheklanadi. Shu munosabat bilan, mazkur yo‘nalishdan harakatlanuvchi haydovchilardan aylanma yo‘llardan foydalanishlarini so‘raymiz va harakatni oldindan rejalashtirishni tavsiya etamiz. Cheklov muddati: 2025-yil 25-dekabrdan 2026-yil 10-yanvargacha. Yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz! 💻 Facebook 🖥 Instagram 📲 Telegram 💻 VK 📱 OK 📹 YouTube 🎥 Mover 🐤 Twitter 📲 Threads
إظهار الكل...
5👍 3👌 2 1
00:57
Video unavailableShow in Telegram
#Surdo_tarjima ❗️ Xaridor niqobidagi firibgarlardan ogoh bo‘ling! ❗️ Харидор ниқобидаги фирибгарлардан огоҳ бўлинг! Rasmiy sahifalarimizda bizni kuzatib boring! 💻 Facebook 🖥 Instagram 📲 Telegram 💻 VK 📱 OK 📹 YouTube 🎥 Mover 🐤 Twitter 📲 Threads
إظهار الكل...
SURDO (KIBER) TELEG.mp414.52 MB
👍 7👌 3🫡 3🤔 1
🔴 Toshkent shahar IIBBda bayram yarmarkasi tashkil etildi Bayram to‘kin dasturxonsiz, tansiq taom va sovg‘a-salomlarsiz o‘tmasligi ma’lum. Ayniqsa, Yangi yil yil to‘kinlik, mo‘l-ko‘lchilik, qut-baraka olib kelsin degan niyatda dasturxon noz-ne’matlarga to‘ldirilib, sovg‘a-salomlar ulashilishi odat tusiga kirgan. Ichki ishlar xodimlarining bayram kunlari kuchaytirilgan ish tartibida faoliyat yuritishiga qaramay, oila a’zolariga bayramona kayfiyat ulashish, bayram dasturxonlari to‘kin bo‘lishi maqsadida Bosh boshqarma rahbariyati tomonidan yangi yil savdo yarmarkasi tashkillashtirildi. Savdo yarmarkasi xodimlar uchun o‘z oilalari, yaqinlariga sifatli hamda hamyonbop oziq-ovqat, maishiy texnika mahsulotlarini xarid qilish imkonini yaratdi. Mahsulotlarning rang-barangligi, yuqori sifatliligi, tanlov imkonining kengligi xodimlar uchun katta qulaylik hamda ko‘tarinkilik bag‘ishladi. Mazkur tadbir xodimlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, oilaviy iqtisodini mustahkamlashga qaratilgan bo‘lib, bayramona kayfiyatni his qilish va ishchanlik ruhining ko‘tarilishiga xizmat qiladi. ——— 🔴 Тошкент шаҳар ИИББда байрам ярмаркаси ташкил этилди Байрам тўкин дастурхонсиз, тансиқ таом ва совға-саломларсиз ўтмаслиги маълум. Айниқса, Янги йил йил тўкинлик, мўл-кўлчилик, қут-барака олиб келсин деган ниятда дастурхон ноз-неъматларга тўлдирилиб, совға-саломлар улашилиши одат тусига кирган. Ички ишлар ходимларининг байрам кунлари кучайтирилган иш тартибида фаолият юритишига қарамай, оила аъзоларига байрамона кайфият улашиш, байрам дастурхонлари тўкин бўлиши мақсадида Бош бошқарма раҳбарияти томонидан янги йил савдо ярмаркаси ташкиллаштирилди. Савдо ярмаркаси ходимлар учун ўз оилалари, яқинларига сифатли ҳамда ҳамёнбоп озиқ-овқат, маиший техника маҳсулотларини харид қилиш имконини яратди. Маҳсулотларнинг ранг-баранглиги, юқори сифатлилиги, танлов имконининг кенглиги ходимлар учун катта қулайлик ҳамда кўтаринкилик бағишлади. Мазкур тадбир ходимларни ижтимоий қўллаб-қувватлаш, оилавий иқтисодини мустаҳкамлашга қаратилган бўлиб, байрамона кайфиятни ҳис қилиш ва ишчанлик руҳининг кўтарилишига хизмат қилади. 💻 Facebook 🖥 Instagram 📲 Telegram 💻 VK 📱 OK 📹 YouTube 🎥 Mover 🐤 Twitter 📲 Threads
إظهار الكل...
👍 12 4👏 2 1👎 1💯 1🫡 1
03:21
Video unavailableShow in Telegram
Soʻnggi pushaymon: Tovlamachilik jinoyati panjara ortiga boshladi ——— Сўнгги пушаймон: Товламачилик жинояти панжара ортига бошлади Rasmiy sahifalarimizda bizni kuzatib boring! 💻 Facebook 🖥 Instagram 📲 Telegram 💻 VK 📱 OK 📹 YouTube 🎥 Mover 🐤 Twitter 📲 Threads
إظهار الكل...
004.mp424.33 MB
👍 3 2👌 2 1
Repost from IIV | Rasmiy kanal
Photo unavailableShow in Telegram
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan “Yangi Oʻzbekiston ichki ishlar organlari faoliyati yuzasidan yil sarhisobi: tahlil, natija va kamchiliklar hamda ustuvor vazifalar” mavzusida boʻlib oʻtayotgan matbuot anjumanini quyidagi havola orqali jonli efirda tomosha qiling ——— Ўзбекистон Республикаси Ички ишлар вазирлиги томонидан «Янги Ўзбекистон ички ишлар органлари фаолияти юзасидан йил сарҳисоби: таҳлил, натижа ва камчиликлар ҳамда устувор вазифалар» мавзусида бўлиб ўтаётган матбуот анжуманини қуйидаги ҳавола орқали жонли эфирда томоша қилинг Website | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Ok | TV
إظهار الكل...
👍 3 2 2👌 1
01:29
Video unavailableShow in Telegram
#Surdo_tarjima 👉 Yashnobod tumanida probatsiya hisobida turuvchi shaxslar bilan sayyor sud o‘tkazildi 👉 Яшнобод туманида пробация ҳисобида турувчи шахслар билан сайёр суд ўтказилди Rasmiy sahifalarimizda bizni kuzatib boring! 💻 Facebook 🖥 Instagram 📲 Telegram 💻 VK 📱 OK 📹 YouTube 🎥 Mover 🐤 Twitter 📲 Threads
إظهار الكل...
SURDO (PROBATSIYA) TELEG.mp422.44 MB
👍 8 3👌 3 2
00:40
Video unavailableShow in Telegram
🇺🇿 Toshkent shahar IIBB da Yangi yil shukuhi... 🇺🇿 Тошкент шаҳар ИИББ да Янги йил шукуҳи... Rasmiy sahifalarimizda bizni kuzatib boring! 💻 Facebook 🖥 Instagram 📲 Telegram 💻 VK 📱 OK 📹 YouTube 🎥 Mover 🐤 Twitter 📲 Threads
إظهار الكل...
003.mp428.20 MB
👍 9🥰 2🎉 2 1 1🔥 1👏 1
Photo unavailableShow in Telegram
👉 Rasmiy ma’lumot Ijtimoiy tarmoqlarda ikki nafar haydovchi va ularning yo‘lovchilari o‘rtasidagi ziddiyat aks etgan video tarqalgan. Mazkur holat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz. Joriy yilning 21 dekabr kuni taxminan soat 23:30 larda Chilonzor tumani, KHAY ko‘chasida davlat raqam belgisi 01 K 122 VC bo‘lgan Cobalt rusumli avtomashina haydovchisi - 2002 yilda tug‘ilgan A.A. (yo‘lovchilari: 2001 yilda tug‘ilgan R.U. va 1988 yilda tug‘ilgan S.J.) hamda davlat raqam belgisi 50 Ye 942 FB bo‘lgan Cobalt rusumli avtomashina haydovchisi - 2000 yilda tug‘ilgan A.A. (yo‘lovchilari: 1999 yilda tug‘ilganlar Sh.A., S.N. va B.S.) lar yo‘l talashishgan. So‘ng yo‘lning qatnov qismida o‘zaro janjallashib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan jamoat tartibini buzishgan. Hodisa natijasida tan jarohati bilan tibbiyot muassasasiga murojaat qilgan fuqarolar aniqlanmagan. Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIO FMB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (“Mayda bezorilik”) bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. Hurmatli haydovchilar, yo‘llarda harakatlanish madaniyatiga rioya eting! ——— 👉 Расмий маълумот Ижтимоий тармоқларда икки нафар ҳайдовчи ва уларнинг йўловчилари ўртасидаги зиддият акс этган видео тарқалган. Мазкур ҳолат юзасидан қуйидагиларни маълум қиламиз. Жорий йилнинг 21 декабрь куни тахминан соат 23:30 ларда Чилонзор тумани, КҲАЙ кўчасида давлат рақам белгиси 01 К 122 VC бўлган Cobalt русумли автомашина ҳайдовчиси - 2002 йилда туғилган А.А. (йўловчилари: 2001 йилда туғилган Р.У. ва 1988 йилда туғилган С.Ж.) ҳамда давлат рақам белгиси 50 Е 942 FB бўлган Cobalt русумли автомашина ҳайдовчиси - 2000 йилда туғилган А.А. (йўловчилари: 1999 йилда туғилганлар Ш.А., С.Н. ва Б.С.) лар йўл талашишган. Сўнг йўлнинг қатнов қисмида ўзаро жанжаллашиб, жамиятда юриш-туриш қоидаларини қасддан менсимасдан жамоат тартибини бузишган. Ҳодиса натижасида тан жароҳати билан тиббиёт муассасасига мурожаат қилган фуқаролар аниқланмаган. Мазкур ҳолат юзасидан Чилонзор тумани ИИО ФМБ томонидан Ўзбекистон Республикаси Маъмурий жавобгарлик тўғрисидаги кодекснинг 183-моддаси (“Майда безорилик”) билан маъмурий баённома расмийлаштирилган. Ҳурматли ҳайдовчилар, йўлларда ҳаракатланиш маданиятига риоя этинг! 💻 Facebook 🖥 Instagram 📲 Telegram 💻 VK 📱 OK 📹 YouTube 🎥 Mover 🐤 Twitter 📲 Threads
إظهار الكل...
6👍 2👎 2🥰 2😍 2🤗 2🙏 1🫡 1
👉 Qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari o‘rganilmoqda Yurtimizda qish. Qorli-qirovli kunlar boshlanib, uylar, bolalar muassasalari, o‘quv dargohlari, korxona-tashkilotlar, inshootlarni isitish, yo‘llar, trotuarlarni qor-muzlardan tozalash ishlari mutasaddilardan katta e’tiborni talab qiladi. Qish mavsumining talofatsiz, ko‘ngilsizliklarsiz o‘tkazilishini ta’minlash maqsadida Toshkent shahar hokimi, prokurori, IIBB, soliq boshqarmasi hamda boshqaruv servis kompaniyalari, obodonlashtirish hamda boshqa mutasaddi tashkilotlar rahbarlari hamkorligida bir qator poytaxt tumanlaridagi holatlarni o‘rganish ishlari olib borildi. Batafsil... ——— 👉 Қиш мавсумига тайёргарлик ишлари ўрганилмоқда Юртимизда қиш. Қорли-қировли кунлар бошланиб, уйлар, болалар муассасалари, ўқув даргоҳлари, корхона-ташкилотлар, иншоотларни иситиш, йўллар, тротуарларни қор-музлардан тозалаш ишлари мутасаддилардан катта эътиборни талаб қилади. Қиш мавсумининг талофатсиз, кўнгилсизликларсиз ўтказилишини таъминлаш мақсадида Тошкент шаҳар ҳокими, прокурори, ИИББ, солиқ бошқармаси ҳамда бошқарув сервис компаниялари, ободонлаштириш ҳамда бошқа мутасадди ташкилотлар раҳбарлари ҳамкорлигида бир қатор пойтахт туманларидаги ҳолатларни ўрганиш ишлари олиб борилди. Батафсил... Rasmiy sahifalarimizda bizni kuzatib boring! 💻 Facebook 🖥 Instagram 📲 Telegram 💻 VK 📱 OK 📹 YouTube 🎥 Mover 🐤 Twitter 📲 Threads
إظهار الكل...
Repost from IIV | Rasmiy kanal
03:56
Video unavailableShow in Telegram
Vatan himoyachilari oʻrtasida qoʻl jangi chempionati: kuch, mahorat va hamjihatlik sinovi Joriy yilning 19-dekabr sanasida “14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni“ hamda xizmat vazifasini bajarish chogʻida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar xotirasiga bagʻishlangan qoʻl jangi boʻyicha idoralararo turnir boʻlib oʻtdi ——— Ватан ҳимоячилари ўртасида қўл жанги чемпионати: куч, маҳорат ва ҳамжиҳатлик синови Жорий йилнинг 19 декабрь санасида “14 январь — Ватан ҳимоячилари куни“ ҳамда хизмат вазифасини бажариш чоғида ҳалок бўлган ҳарбий хизматчилар хотирасига бағишланган қўл жанги бўйича идоралараро турнир бўлиб ўтди Website | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Ok | TV
إظهار الكل...
Qo'l jangi SAYTGA (1).mp446.55 MB
2 2👍 2👌 2🏆 1
👉 Dars mavzusi ruhiy barqarorlikka bag‘ishlandi Toshkent shahar IIBB shaxsiy tarkibi bilan haftaning har dushanba kuni o‘tkazib kelinayotgan “Ma’naviyat va ma’rifat darsi”da yoritilayotgan mavzular xodimlarning dunyoqarashini kengaytirish, ma’naviy saviyasini oshirish barobarida kasb tayyorgarligi hamda xizmat faoliyatini samarali olib borishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Navbatdagi Ma’naviyat va ma’rifat darsi “Stressni yengish va xizmat jarayonida ruhiy barqarorlik” mavzusiga bag‘ishlandi. IIBB shaxsiy tarkibi oldida  Respublika IIV Akademiyasi Xizmat psixologiyasi va kasbiy madaniyati kafedrasi boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik Yo.Parpiyev ma’ruza qilib, yig‘ilganlar e’tiborini yurtimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, mazkur islohotlarning ustuvor maqsadi inson omili, ma’naviy barkamolligi ekanligi, yangi davr har bir insondan o‘z ichki imkoniyatlarini xolis baholash, psixologik bilimlar zaxirasini chuqurlashtirish  orqali  yaqinlari va hamkasblarining ruhiy dunyosini bilish va o‘rganishni  taqozo etishini ta’kidladi. Shuningdek, xodimlar har kunlik xizmat faoliyatida  psixologik faollik, ruhiy, his-hayajonli barqarorlik va stressga chidamlilikni saqlab turishlari zarurligini, ayniqsa yosh xodimlar bu jarayonda qiyinchiliklarga duch kelishi bunday holatlarda  jamoaviy qo‘llab-quvvatlashning o‘rni salmoqli ekanligi, ya’ni stress holatini 40-70 foizgacha kamaytirishi va ruhiy barqarorlikni oshirishi mumkinligiga e’tiborni qaratdi. Mavzu yig‘ilganlarda katta qiziqish uyg‘otdi. Ma’ruzadan so‘ng yig‘ilganlar e’tiboriga “Tahlilnoma” axborot dasturi namoyish etildi. ——— 👉 Дарс мавзуси руҳий барқарорликка бағишланди Тошкент шаҳар ИИББ шахсий таркиби билан ҳафтанинг ҳар душанба куни ўтказиб келинаётган “Маънавият ва маърифат дарси”да ёритилаётган мавзулар ходимларнинг дунёқарашини кенгайтириш, маънавий савиясини ошириш баробарида касб тайёргарлиги ҳамда хизмат фаолиятини самарали олиб боришда муҳим аҳамият касб этмоқда. Навбатдаги Маънавият ва маърифат дарси “Стрессни енгиш ва хизмат жараёнида руҳий барқарорлик” мавзусига бағишланди. ИИББ шахсий таркиби олдида  Республика ИИВ Академияси Хизмат психологияси ва касбий маданияти кафедраси бошлиғи ўринбосари, подполковник Ё.Парпиев маъруза қилиб, йиғилганлар эътиборини юртимизда олиб борилаётган кенг кўламли ислоҳотлар, мазкур ислоҳотларнинг устувор мақсади инсон омили, маънавий баркамоллиги эканлиги, янги давр ҳар бир инсондан ўз ички имкониятларини холис баҳолаш, психологик билимлар захирасини чуқурлаштириш  орқали  яқинлари ва ҳамкасбларининг руҳий дунёсини билиш ва ўрганишни  тақозо этишини таъкидлади. Шунингдек, ходимлар ҳар кунлик хизмат фаолиятида  психологик фаоллик, руҳий, ҳис-ҳаяжонли барқарорлик ва стрессга чидамлиликни сақлаб туришлари зарурлигини, айниқса ёш ходимлар бу жараёнда қийинчиликларга дуч келиши бундай ҳолатларда  жамоавий қўллаб-қувватлашнинг ўрни салмоқли эканлиги, яъни стресс ҳолатини 40-70 фоизгача камайтириши ва руҳий барқарорликни ошириши мумкинлигига эътиборни қаратди. Мавзу йиғилганларда катта қизиқиш уйғотди. Маърузадан сўнг йиғилганлар эътиборига “Таҳлилнома” ахборот дастури намойиш этилди. Rasmiy sahifalarimizda bizni kuzatib boring! 💻 Facebook 🖥 Instagram 📲 Telegram 💻 VK 📱 OK 📹 YouTube 🎥 Mover 🐤 Twitter 📲 Threads
إظهار الكل...
3👍 3👌 2 1👎 1
Repost from IIV | Rasmiy kanal
Ichki ishlar vazirligiga qarashli “JAR” sport-sogʻlomlashtirish kompleksida aralash jang sanʼatlari sport turi boʻyicha yoshlar va kattalar oʻrtasida “Oʻzbekiston kubogi” musobaqasi oʻtkazildi. Musobaqada barcha viloyat terma jamoalari qatnashdi. Aralash jang sanʼatlari, pankration va greppling yoʻnalishlari boʻyicha yoshlar va kattalar oʻrtasida oʻtkazilgan “Oʻzbekiston kubogi” musobaqasida Yaponiya va Livan davlatlarida boʻlib oʻtadigan Osiyo oʻyinlariga sportchilar saralab olindi. Ushbu musobaqada jami 901 nafar sportchilar ishtirok etishdi. ——— Ички ишлар вазирлигига қарашли “ЖАР” спорт-соғломлаштириш комплексида аралаш жанг санъатлари спорт тури бўйича ёшлар ва катталар ўртасида “Ўзбекистон кубоги” мусобақаси ўтказилди. Мусобақада барча вилоят терма жамоалари қатнашди. Аралаш жанг санъатлари, панкратион ва грэпплинг йўналишлари бўйича ёшлар ва катталар ўртасида ўтказилган “Ўзбекистон кубоги” мусобақасида Япония ва Ливан давлатларида бўлиб ўтадиган Осиё ўйинларига спортчилар саралаб олинди. Ушбу мусобақада жами 901 нафар спортчилар иштирок этишди. Website | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Ok | TV
إظهار الكل...
👍 6 2👌 2🏆 1
#xavfsiz_kibermakon 👉 Toshkent shahar IIBB ogohlantiradi! Allo! Markaziy bankdanmiz! Bank xodimi sizdan shaxsiy ma’lumotlaringizni hech qachon so‘ramaydi, firibgarlardan ogoh bo‘ling! —— 👉 Тошкент шаҳар ИИББ огоҳлантиради! Алло! Марказий банкданмиз! Банк ходими сиздан шахсий маълумотларингизни ҳеч қачон сўрамайди, фирибгарлардан огоҳ бўлинг! Rasmiy sahifalarimizda bizni kuzatib boring! 💻 Facebook 🖥 Instagram 📲 Telegram 💻 VK 📱 OK 📹 YouTube 🎥 Mover 🐤 Twitter 📲 Threads
إظهار الكل...
KIBER 1 TELEG.mp422.30 MB
SURDO (kiber-1) YUTUBE+INSTAG+TELEG.mp434.79 MB
👍 11 3🙏 3🫡 1