Toshkent shahar IIBB | Rasmiy kanal
Open in Telegram
Сайт: www.iibb.uz Facebook: fb.com/iibb.uz Instagram: www.instagram.com/iibb_uz ВК – vk.com/iibbuz ОК – ok.ru/iibbuz YouTube: youtube.com/@ToshkentshaharIIBB Mover: mover.uz/channel/Toshkent_IIBB_Multimedia/ Х – x.com/iibb_uz
Show more2025 year in numbers

23 474
Subscribers
+824 hours
+657 days
-14630 days
Posts Archive
Repost from IIV | Rasmiy kanal
Xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha 20 ming nafarga yaqin huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari jalb etilgan
———
Хавфсизликни таъминлаш бўйича 20 минг нафарга яқин ҳуқуқни муҳофаза қилувчи орган ходимлари жалб этилган
———
Для обеспечения безопасности привлечено около 20 тысяч сотрудников правоохранительных органов
Website | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Ok | TV
uz.mp416.28 MB
RU.mp415.67 MB
🫡 5👍 4⚡ 2❤ 2
Repost from IIV | Rasmiy kanal
Photo unavailableShow in Telegram
EʼLON
Fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash tizimi samaradorligini oshirish maqsadida, joriy yilning 25-dekabr (payshanba) kuni Ichki ishlar vazirligi hamda vazirlik huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti rahbariyati tomonidan fuqarolar qabuli oʻtkaziladi.
Qabulda Jazoni ijro etish tizimiga oid masalalari yuzasidan murojaatlar koʻrib chiqiladi.Qabul Toshkent viloyati, Zangiota tumani, Bogʻzor qoʻrgʻonidagi “Sadoqat bogʻi”ning majlislar zalida, soat 10:00 dan boshlab oʻtkaziladi. Moʻljal: Birinchi mintaqaviy hudud 21-son jazoni ijro etish koloniyasi. ——— ЭЪЛОН Фуқароларнинг мурожаатлари билан ишлаш тизими самарадорлигини ошириш мақсадида, жорий йилнинг 25 декабрь (пайшанба) куни Ички ишлар вазирлиги ҳамда вазирлик ҳузуридаги Жазони ижро этиш департаменти раҳбарияти томонидан фуқаролар қабули ўтказилади.
Қабулда Жазони ижро этиш тизимига оид масалалари юзасидан мурожаатлар кўриб чиқилади.Қабул Тошкент вилояти, Зангиота тумани, Боғзор қўрғонидаги «Садоқат боғи»нинг мажлислар залида, соат 10:00 дан бошлаб ўтказилади. Мўлжал: Биринчи минтақавий ҳудуд 21-сон жазони ижро этиш колонияси. ——— ОБЪЯВЛЕНИЕ В целях повышения эффективности работы с обращениями граждан, 25 декабря (четверг) текущего года руководством Министерства внутренних дел и Департамента исполнения наказаний при министерстве будет проведен прием граждан.
На приеме будут рассмотрены обращения по вопросам, связанным с системой исполнения наказаний.Прием будет проводиться с 10:00 в зале заседаний "Садокат боги" поселка Богзор Зангиатинского района Ташкентской области. Ориентир: Исправительная колония № 21 Первого координационного центра. Website | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Ok | TV
👍 4👌 2🫡 2❤ 1
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Prezident Shavkat Mirziyoyev to‘qimachilik sanoatida 2025-yil yakunlari hamda kelgusi yil uchun ustuvor vazifalar yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.
—
Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией об итогах 2025 года и приоритетных задачах на следующий год в текстильной промышленности.
#Mirziyoyev #taqdimot #yengilsanoat #tuqimachilik
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
❤ 5👏 3🔥 2👍 1🙏 1🫡 1
“Prezident Olimpiadasi”da gʻolib va sovrindor boʻlgan poytaxt sportchilari taqdirlanishdi
Joriy yil oʻtkazilgan “Prezident Olimpiadasi” musobaqasida umumjamoa hisobida Toshkent shahri jamoasi faxrli birinchi oʻrinni qoʻlga kiritgan edi. Shu munosabat bilan poytaxtimizdagi “Renessans” kino uyida musobaqada shohsupaga koʻtarilgan Toshkent shahri vakillari, shuningdek, yuqori natija qayd etgan shahar federatsiya boʻlimlarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.
—
Награждены победители и призёры «Президентской Олимпиады» из Ташкента
Сегодня в столичном Доме кино «Ренессанс» состоялось мероприятие, посвящённое подведению итогов года Управления спорта города Ташкента, а также церемония награждения спортсменов и их тренеров, поднявшихся на пьедестал почёта на соревнованиях «Президентской Олимпиады».
© Toshkent shahar Sport boshqarmasi
💻 Facebook 🖥 Instagram 📲 Telegram 💻 VK 📱 OK 📹 YouTube 🎥 Mover 🐤 Twitter 📲 Threads
👍 9❤ 4👏 3⚡ 1👌 1
DIQQAT! YO‘L HARAKATI ISHTIROKCHILARIGA MUHIM E’LON
Hurmatli Shahrimiz aholisi va mehmonlari!
🔹 Sergeli tumanida 2025-yil 25-dekabr kunidan tun-u kun faoliyat yuritadigan (24/7) gastronomik Turizm ko‘chasida 🔴"Yangi Yil"🔴 bayrami tadbirlari o‘tkazilishi munosabati bilan quyidagi ko‘chalarda transport vositalari harakati vaqtincha cheklanadi:
➖ Sug‘diyona ko‘chasining Yangi Sergeli ko‘chasi kesishmasidan Jaloyir va Bag‘rikeng ko‘chalari kesishmasigacha bo‘lgan qismi;
➖ Jaloyir ko‘chasining Sug‘diyona ko‘chasi kesishmasidan Obihayot ko‘chasi kesishmasigacha bo‘lgan qismi;
🔹 Bektemir tumanida 2025-yil 25-dekabrdan boshlab Chirchiqbo‘yi ko‘chasining (xaritada ko‘rsatilgan) ma’lum qismida, “Coca-Cola Garden” bog‘ida o‘tkaziladigan bayram tadbirlari hamda fuqarolar xavfsizligini ta’minlash maqsadida avtomobillar harakati vaqtincha cheklanadi.
Shu munosabat bilan, mazkur yo‘nalishdan harakatlanuvchi haydovchilardan aylanma yo‘llardan foydalanishlarini so‘raymiz va harakatni oldindan rejalashtirishni tavsiya etamiz.
Cheklov muddati: 2025-yil 25-dekabrdan 2026-yil 10-yanvargacha.
Yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz!
💻 Facebook 🖥 Instagram 📲 Telegram 💻 VK 📱 OK 📹 YouTube 🎥 Mover 🐤 Twitter 📲 Threads
❤ 5👍 3👌 2⚡ 1
🔴 Toshkent shahar IIBBda bayram yarmarkasi tashkil etildi
Bayram to‘kin dasturxonsiz, tansiq taom va sovg‘a-salomlarsiz o‘tmasligi ma’lum. Ayniqsa, Yangi yil yil to‘kinlik, mo‘l-ko‘lchilik, qut-baraka olib kelsin degan niyatda dasturxon noz-ne’matlarga to‘ldirilib, sovg‘a-salomlar ulashilishi odat tusiga kirgan. Ichki ishlar xodimlarining bayram kunlari kuchaytirilgan ish tartibida faoliyat yuritishiga qaramay, oila a’zolariga bayramona kayfiyat ulashish, bayram dasturxonlari to‘kin bo‘lishi maqsadida Bosh boshqarma rahbariyati tomonidan yangi yil savdo yarmarkasi tashkillashtirildi. Savdo yarmarkasi xodimlar uchun o‘z oilalari, yaqinlariga sifatli hamda hamyonbop oziq-ovqat, maishiy texnika mahsulotlarini xarid qilish imkonini yaratdi. Mahsulotlarning rang-barangligi, yuqori sifatliligi, tanlov imkonining kengligi xodimlar uchun katta qulaylik hamda ko‘tarinkilik bag‘ishladi. Mazkur tadbir xodimlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, oilaviy iqtisodini mustahkamlashga qaratilgan bo‘lib, bayramona kayfiyatni his qilish va ishchanlik ruhining ko‘tarilishiga xizmat qiladi.
———
🔴 Тошкент шаҳар ИИББда байрам ярмаркаси ташкил этилди
Байрам тўкин дастурхонсиз, тансиқ таом ва совға-саломларсиз ўтмаслиги маълум. Айниқса, Янги йил йил тўкинлик, мўл-кўлчилик, қут-барака олиб келсин деган ниятда дастурхон ноз-неъматларга тўлдирилиб, совға-саломлар улашилиши одат тусига кирган. Ички ишлар ходимларининг байрам кунлари кучайтирилган иш тартибида фаолият юритишига қарамай, оила аъзоларига байрамона кайфият улашиш, байрам дастурхонлари тўкин бўлиши мақсадида Бош бошқарма раҳбарияти томонидан янги йил савдо ярмаркаси ташкиллаштирилди. Савдо ярмаркаси ходимлар учун ўз оилалари, яқинларига сифатли ҳамда ҳамёнбоп озиқ-овқат, маиший техника маҳсулотларини харид қилиш имконини яратди. Маҳсулотларнинг ранг-баранглиги, юқори сифатлилиги, танлов имконининг кенглиги ходимлар учун катта қулайлик ҳамда кўтаринкилик бағишлади. Мазкур тадбир ходимларни ижтимоий қўллаб-қувватлаш, оилавий иқтисодини мустаҳкамлашга қаратилган бўлиб, байрамона кайфиятни ҳис қилиш ва ишчанлик руҳининг кўтарилишига хизмат қилади.
💻 Facebook 🖥 Instagram 📲 Telegram 💻 VK 📱 OK 📹 YouTube 🎥 Mover 🐤 Twitter 📲 Threads
👍 12❤ 4👏 2⚡ 1👎 1💯 1🫡 1
Repost from IIV | Rasmiy kanal
Photo unavailableShow in Telegram
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan “Yangi Oʻzbekiston ichki ishlar organlari faoliyati yuzasidan yil sarhisobi: tahlil, natija va kamchiliklar hamda ustuvor vazifalar” mavzusida boʻlib oʻtayotgan matbuot anjumanini quyidagi havola orqali jonli efirda tomosha qiling
———
Ўзбекистон Республикаси Ички ишлар вазирлиги томонидан «Янги Ўзбекистон ички ишлар органлари фаолияти юзасидан йил сарҳисоби: таҳлил, натижа ва камчиликлар ҳамда устувор вазифалар» мавзусида бўлиб ўтаётган матбуот анжуманини қуйидаги ҳавола орқали жонли эфирда томоша қилинг
Website | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Ok | TV
👍 3⚡ 2❤ 2👌 1
01:29
Video unavailableShow in Telegram
#Surdo_tarjima
👉 Yashnobod tumanida probatsiya hisobida turuvchi shaxslar bilan sayyor sud o‘tkazildi
👉 Яшнобод туманида пробация ҳисобида турувчи шахслар билан сайёр суд ўтказилди
Rasmiy sahifalarimizda bizni kuzatib boring!
💻 Facebook 🖥 Instagram 📲 Telegram 💻 VK 📱 OK 📹 YouTube 🎥 Mover 🐤 Twitter 📲 Threads
SURDO (PROBATSIYA) TELEG.mp422.44 MB
👍 8❤ 3👌 3⚡ 2
Photo unavailableShow in Telegram
👉 Rasmiy ma’lumot
Ijtimoiy tarmoqlarda ikki nafar haydovchi va ularning yo‘lovchilari o‘rtasidagi ziddiyat aks etgan video tarqalgan. Mazkur holat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.
Joriy yilning 21 dekabr kuni taxminan soat 23:30 larda Chilonzor tumani, KHAY ko‘chasida davlat raqam belgisi 01 K 122 VC bo‘lgan Cobalt rusumli avtomashina haydovchisi - 2002 yilda tug‘ilgan A.A. (yo‘lovchilari: 2001 yilda tug‘ilgan R.U. va 1988 yilda tug‘ilgan S.J.) hamda davlat raqam belgisi 50 Ye 942 FB bo‘lgan Cobalt rusumli avtomashina haydovchisi - 2000 yilda tug‘ilgan A.A. (yo‘lovchilari: 1999 yilda tug‘ilganlar Sh.A., S.N. va B.S.) lar yo‘l talashishgan. So‘ng yo‘lning qatnov qismida o‘zaro janjallashib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan jamoat tartibini buzishgan. Hodisa natijasida tan jarohati bilan tibbiyot muassasasiga murojaat qilgan fuqarolar aniqlanmagan.
Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIO FMB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (“Mayda bezorilik”) bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Hurmatli haydovchilar, yo‘llarda harakatlanish madaniyatiga rioya eting!
———
👉 Расмий маълумот
Ижтимоий тармоқларда икки нафар ҳайдовчи ва уларнинг йўловчилари ўртасидаги зиддият акс этган видео тарқалган. Мазкур ҳолат юзасидан қуйидагиларни маълум қиламиз.
Жорий йилнинг 21 декабрь куни тахминан соат 23:30 ларда Чилонзор тумани, КҲАЙ кўчасида давлат рақам белгиси 01 К 122 VC бўлган Cobalt русумли автомашина ҳайдовчиси - 2002 йилда туғилган А.А. (йўловчилари: 2001 йилда туғилган Р.У. ва 1988 йилда туғилган С.Ж.) ҳамда давлат рақам белгиси 50 Е 942 FB бўлган Cobalt русумли автомашина ҳайдовчиси - 2000 йилда туғилган А.А. (йўловчилари: 1999 йилда туғилганлар Ш.А., С.Н. ва Б.С.) лар йўл талашишган. Сўнг йўлнинг қатнов қисмида ўзаро жанжаллашиб, жамиятда юриш-туриш қоидаларини қасддан менсимасдан жамоат тартибини бузишган. Ҳодиса натижасида тан жароҳати билан тиббиёт муассасасига мурожаат қилган фуқаролар аниқланмаган.
Мазкур ҳолат юзасидан Чилонзор тумани ИИО ФМБ томонидан Ўзбекистон Республикаси Маъмурий жавобгарлик тўғрисидаги кодекснинг 183-моддаси (“Майда безорилик”) билан маъмурий баённома расмийлаштирилган.
Ҳурматли ҳайдовчилар, йўлларда ҳаракатланиш маданиятига риоя этинг!
💻 Facebook 🖥 Instagram 📲 Telegram 💻 VK 📱 OK 📹 YouTube 🎥 Mover 🐤 Twitter 📲 Threads
❤ 6👍 2👎 2🥰 2😍 2🤗 2🙏 1🫡 1
👉 Qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari o‘rganilmoqda
Yurtimizda qish. Qorli-qirovli kunlar boshlanib, uylar, bolalar muassasalari, o‘quv dargohlari, korxona-tashkilotlar, inshootlarni isitish, yo‘llar, trotuarlarni qor-muzlardan tozalash ishlari mutasaddilardan katta e’tiborni talab qiladi. Qish mavsumining talofatsiz, ko‘ngilsizliklarsiz o‘tkazilishini ta’minlash maqsadida Toshkent shahar hokimi, prokurori, IIBB, soliq boshqarmasi hamda boshqaruv servis kompaniyalari, obodonlashtirish hamda boshqa mutasaddi tashkilotlar rahbarlari hamkorligida bir qator poytaxt tumanlaridagi holatlarni o‘rganish ishlari olib borildi. Batafsil...
———
👉 Қиш мавсумига тайёргарлик ишлари ўрганилмоқда
Юртимизда қиш. Қорли-қировли кунлар бошланиб, уйлар, болалар муассасалари, ўқув даргоҳлари, корхона-ташкилотлар, иншоотларни иситиш, йўллар, тротуарларни қор-музлардан тозалаш ишлари мутасаддилардан катта эътиборни талаб қилади. Қиш мавсумининг талофатсиз, кўнгилсизликларсиз ўтказилишини таъминлаш мақсадида Тошкент шаҳар ҳокими, прокурори, ИИББ, солиқ бошқармаси ҳамда бошқарув сервис компаниялари, ободонлаштириш ҳамда бошқа мутасадди ташкилотлар раҳбарлари ҳамкорлигида бир қатор пойтахт туманларидаги ҳолатларни ўрганиш ишлари олиб борилди. Батафсил...
Rasmiy sahifalarimizda bizni kuzatib boring!
💻 Facebook 🖥 Instagram 📲 Telegram 💻 VK 📱 OK 📹 YouTube 🎥 Mover 🐤 Twitter 📲 Threads
