ar
Feedback
НУРАФШОН ЗИЁСИ

НУРАФШОН ЗИЁСИ

الذهاب إلى القناة على Telegram

НУРАФШОН ЗИЁСИ – ШАҲАР ҲАЁТИНИНГ ОЙНАСИ! 🔹 Nurafshon shahri yangiliklari 🔹 Tezkor va xolis xabarlar 🔹 Muhim e’lonlar va tabriklar Шаҳар тараққиётидан хабардор бўлиш учун бизга қўшилинг! Мурожаат учун 👉 @NurafshonZiyo2025

إظهار المزيد
2025 عام في الأرقامsnowflakes fon
card fon
50 233
المشتركون
-53624 ساعات
-2 1907 أيام
-4 85230 أيام
أرشيف المشاركات
Photo unavailableShow in Telegram
🍊 Мандарин мавсуми! Мандарин таркибидаги B1 витамини асаб тизимига ижобий таъсир қилиб, хотира ва диққатни яхшилайди. D витамини мия фаолиятиини рағбатлантирибгина қолмай, қариш жараёнини ҳам секинлаштиради. Шунингдек, ушбу цитрус мева суяк ва бўғимларни мустаҳкамловчи К витаминини ҳам ўз ичига олади. Қон-томир деворларининг эластиклигини таъминлаб, пайдо бўлиши мумкин бўлган муаммоларнинг олдини олади. Телеграм | Instagram  | Youtube | Tik tok | Facebook
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
Texnikum va ish beruvchilar o‘rtasidagi hamkorlik ham yangi bosqichga olib chiqiladi. Xususan, “dual ta’lim” asosida o‘qitishni samarali tashkil qilgan korxonalarga 7 yil muddatga 5 milliard so‘mgacha imtiyozli kredit ajratiladi. Tadbirkorlik reytingida qo‘shimcha 5 ball beriladi. Korxonalar ishga olgan texnikum o‘quvchisi uchun 1 foizli ijtimoiy soliq imtiyozi yana uch yilga uzaytiriladi. Shuningdek, 2026-yildan boshlab texnikumlarda “dual ta’lim” asosida ta’lim olayotgan 100 ming o‘quvchiga ilk bor stipendiya to‘lanadi. “A’lo” baholarga o‘qiyotgan, tanlagan kasbini puxta egallayotgan o‘quvchilarga esa oshirilgan miqdordagi stipendiyalar beriladi. Facebook|Instagram|X
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
Yaqinda texnikumlarga zamonaviy qiyofa va yangicha muhit olib kirish bo‘yicha besh yillik dastur tasdiqlandi.
“Mening niyatim – yoshlarimiz talab yuqori bo‘lgan kasblar bo‘yicha dunyoda raqobatdosh bo‘lsin, kerak bo‘lsa, boshqalardan bir pog‘ona ustun tursin. Ushbu maqsadga erishish yo‘lida kasbiy ta’limning eng muhim bo‘g‘ini bo‘lgan texnikumlarni yangi sifat bosqichiga olib chiqamiz,
– dedi Prezidentimiz. Buning uchun 2026-yildan boshlab har yili kamida 100 tadan texnikum to‘liq ta’mirlanib, texnologik va talab yuqori bo‘lgan kasblarga mos holda jihozlab boriladi. Germaniya, Shveytsariya, Buyuk Britaniya, Xitoy, Koreya kabi davlatlarning ilg‘or ta’lim dasturlari joriy qilingan texnikumlar soni 100 taga yetkaziladi. 2026-yilda 7 ta viloyatda, 2027-yilda esa qolgan hududlarda Ilg‘or kasbiy mahorat texnikumi va “Kasblar shaharchasi” faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Ilg‘or kasbiy mahorat texnikumlari hududdagi boshqa texnikumlar uchun metodik va amaliyot bazasi sifatida faoliyat yuritsa, “Kasblar shaharchasi” maktab o‘quvchilarini qurilish, servis, qishloq xo‘jaligi, sanoat, transport, “yashil” energetika kabi sohalardagi zamonaviy kasblarga yo‘naltirishga xizmat qiladi. Facebook|Instagram|X
إظهار الكل...
2
Photo unavailableShow in Telegram
Turistlar oqimi tobora oshayotgani aviatsiya va temir yo‘lda yo‘lovchi tashish quvvatini 2 barobar ko‘paytirishni taqozo etmoqda. Shu bois, 2026-yilda aviaparkdagi havo kemalarining soni 120 taga yetkaziladi. Mahalliy aviaqatnovlarni oshirish uchun subsidiyalashning yangi tizimi joriy etiladi. Endi narxidan qat’i nazar, sotilgan har bir chipta uchun aniq miqdorda subsidiya ajratiladi. Bu chipta narxini pasaytirish va talabni oshirishga xizmat qiladi. Shu bilan birga, yangi samolyotlar uchun uchuvchilar, ularga texnik xizmat ko‘rsatuvchilar, aeroportlar uchun servis va boshqaruv sohasida malakali mutaxassislarni tayyorlash maqsadida Fuqaro aviatsiyasi universiteti tashkil etiladi. Ichki temir yo‘llarni rivojlantirish bo‘yicha besh yillik dastur qabul qilinadi. Shaharlarni tezyurar poyezdlar qatnovi bilan bog‘lash uchun 2026-yildan yana 500 kilometr temir yo‘l qurilishi boshlanadi. Kelgusi yili 110 kilometr temir yo‘l tarmog‘i qurilib, Bo‘ka, Piskent, Bekobod, Boyovut tumanlari hamda Nurafshon shahri poytaxt bilan bog‘lanadi. “Toshkent – Samarqand” yo‘nalishida yuqori tezlikda harakatlanadigan yo‘lovchi poyezdlar uchun yangi temir yo‘l liniyasini qurish boshlanadi. Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva, Navoiydagi vokzallar ham xususiy sheriklik uchun beriladi. Facebook|Instagram|X
إظهار الكل...
1
⚡️ФАКАТ 26-31 ДЕКАБР - БАЙРАМГА АКЦИЯ БОШЛАНДИ! idea’да куп техникалар -50% гача “БАЙРАМОНА ЧЕГИРМАДА” Манзилларимиз 👈 ❗️—50%🔻32" Smart TV (32SNR/100S) - 59 500 сўмдан ❗️—50%🔻GOODWELL (GMF2012X) - 44 500 сўмдан ❗️—50%🔻32" ARTEL (A32NHCH001) 84 500 сўмдан ❗️—50%🔻AVALON (SI009) - 44 500 сўмдан ❗️—50%🔻SAMSUNG Galaxy A17 (6/128) - 129 500 сўмдан ❗️—50%🔻BOSCH (MFW66020) - 114 500 сўмдан ❗️—50%🔻FERRE Gaz (LP60G40DBECOF21) - 109 500 сўмдан ❗️—50%🔻12" ARCTIC (SIM2AW12HE) - 249 500 сўмдан ❗️—40%🔻iPhone 13 (128GB) - 419 400 сўмдан ойига* 👉БЕПУЛ HONOR X9d ЮТИБ ОЛИНГ!🎁 ☑️ Бошланғич тўлов — ЙЎҚ ☑️ Кафиллар керак эмас — ЙЎҚ 🟢 Адрес 👉 Локациялар * Шошилинг! Техникалар сони чекланган. Нарxлар йигирма тўрт ойга муддатли тўлов асосида кўрсатилган! 📞 71-230-7799 | Chat Nigina -50% CHEGIRMALAR | Instagram | 📍 Do'konlarimiz #ASIǴIŃ...
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
Shuningdek, yangi yilda tadbirkorlar tomonidan 4 milliard dollarlik 3,5 mingdan ziyod yangi servis obyektlari ishga tushiriladi. Turizm maskanlarini tashkil qilish uchun kelgusi uch yilda 5 ming gektar yer auksionga chiqariladi. Bundan tashqari, 2026-yildan “O‘zbekiston merosi mehmonxonalari” dasturi boshlanadi. Madaniy meros obyektlarida xususiy sheriklik asosida “butik mehmonxona” tashkil qilish uchun nufuzli mehmonxona tarmoqlari olib kelinadi. Dastur ishtirokchilariga yer, mulk, foyda soliqlari va bojxona to‘lovidan imtiyoz beriladi. Mana shu ishlar hisobiga 2026-yilda xizmatlar bozori 100 milliard dollardan oshiriladi. Facebook|Instagram|X
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
Joriy yilning o‘zida xizmatlar hajmi qariyb 15 foizga o‘sib, 82 milliard dollarga yetdi. Xizmatlarga bo‘lgan talabni rag‘batlantirish uchun 2026-yilda sohaga 85 trillion so‘m kredit, 9 trillion so‘m subsidiya ajratiladi. Xususan, ta’lim xizmatlari uchun budjetdan 7 trillion so‘m beriladi. Keyingi besh yilda xorijiy turistlar sonini 2 karra oshirish, turizm xizmatlari hajmini esa 20 milliard dollarga yetkazish bo‘yicha katta marra olinmoqda. Shu maqsadda turizm infratuzilmasini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratiladi. Samarqandda Bibixonim, Registon majmualari, Amir Temur maqbarasi, Ulug‘bek rasadxonasi, Shohi Zinda va Afrosiyob muzeyini bir-biri bilan bog‘laydigan zamonaviy yo‘lak va ko‘priklar barpo etiladi. Shahrisabzda G‘elon yirik turistik majmuasining birinchi bosqichi ishga tushiriladi. Pop tumanida Arashan tog‘ dam olish turistik zonasi tashkil etiladi. Xivadagi Ichanqal’a immersiv, ya’ni jonli va “aqlli” muzey-shaharga aylantiriladi. Xorazm va Qoraqalpog‘istondagi arxeologik yodgorliklar bo‘ylab yirik turizm halqasi tashkil etiladi. Facebook|Instagram|X
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
Болаларни қучоқлаш ҳақида ✓ Болани қучоқлаш она ва бола кайфиятини яхшилайди; ✓ Бола ўзига ишончи, имунитети ортади. Қучоқлашга тўйган бола инжиқлиги кам бўлади. ✓ Онасига «ёпишган» ўзини яхши, хотиржам ҳис қилмаётган бўлади. Болалар улғайгач оналари мажбурлаб ҳам қучоқлолмай қолади. Ҳозироқ кичкинтойинггизни бағрингизга босинг! Бугун дилбандларингизни қучоқладингизми? Кайфиятингиз қандай? Телеграм | Instagram  | Youtube | Tik tok | Facebook
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
Aholi ehtiyojidan kelib chiqib, iqtisodiyotda eng katta talab yaratadigan uy-joy ipotekasiga 2026-yilda 23 trillion so‘m resurs ajratiladi. Uy-joy sotib olishda boshlang‘ich to‘lov va foiz to‘lovlarining bir qismini qoplash uchun 2 trillion 700 milliard so‘m subsidiya beriladi. Shuningdek, bitta kvartira uchun ajratiladigan imtiyozli ipoteka kreditining miqdori 15 foizga oshiriladi. Kelgusi yilda 140 mingta kvartirali ko‘p qavatli uy-joy barpo etilishi ro‘zg‘or uchun zarur iste’mol tovarlariga talabni oshirishi tabiiy, albatta. Bu talabni moliyaviy manbalar bilan ta’minlash maqsadida 2026-yilda 125 trillion so‘mlik iste’mol krediti ajratiladi. Umuman, 2026-yilda qurilish ishlari hajmini 11 foizga ko‘paytirib, 30 milliard dollarga yetkazish reja qilingan. Facebook|Instagram|X
إظهار الكل...
1
Photo unavailableShow in Telegram
Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida kuzatilmaydigan iqtisodiyot ulushini 45-50 foizdan 28 foizga pasaytirishga erishildi. Lekin bu hali dastlabki qadamlar ekani ta’kidlandi. Bu boradagi ishlarni kuchaytirish uchun 2026-yilda barcha davlat xizmatlari va kommunal to‘lovlar, yoqilg‘i, alkogol va tamaki mahsulotlari, avtomobil va ko‘chmas mulk savdolari naqdsiz to‘lov shakliga o‘tkaziladi. Soliq, bojxona, sanepidemnazorat, standart, karantin, qurilish nazorati inspeksiyasi, yong‘in xavfsizligi kabi 17 turdagi tekshiruvlarda yonkameradan foydalanish majburiy bo‘ladi. “Soya”dagi iqtisodiyotdan ixtiyoriy ravishda shaffoflikka chiqmoqchi bo‘lgan tadbirkorlar buxgalteriya, statistika, soliq hisobotlarini yuritish bo‘yicha bepul o‘qitiladi.
“Ayrim yurtdoshlarimizda topgan daromadini iqtisodiyotga yo‘naltirish, bank depozitiga joylashtirish, aktivlarini o‘z nomiga rasmiylashtirish bilan bog‘liq xavotirlar bor. Shu bois, deputatlarimiz va Markaziy bank xalqaro tashkilotlar bilan maslahatlashgan holda, fuqarolarimiz yurtimizda yoki chet elda shu paytgacha olgan daromad va aktivlaridan emin-erkin foydalanishiga sharoit yaratish bo‘yicha takliflar tayyorlasa, o‘ylaymanki, to‘g‘ri bo‘ladi”,
– dedi Prezidentimiz. Facebook|Instagram|X
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
Akkreditatsiya, metrologiya va standartlashtirish sohalaridagi islohotlar natijasida O‘zbekiston “Global sifat infrastrukturasi” indeksida so‘nggi ikki yilda 15 pog‘ona yuqorilab, 52-o‘ringa ko‘tarildi.
“Bu albatta yaxshi! Shu bilan birga, mahsulotlarimiz raqobatdoshligini yanada oshirish uchun texnik tartibga solish sohasini yangi bosqichga olib chiqamiz. Buning uchun “Davlat nazorati” tizimidan xalqaro tajribada yuqori samara bergan “Bozor nazorati” tizimiga o‘tamiz,
– dedi Prezidentimiz. Innovatsiya asosida yuqori texnologik mahsulot ishlab chiqarayotgan korxonalar rag‘batlantiriladi. Korxona mutaxassislarining ilmiy-tadqiqot va konstruktorlik ishlanmalaridan olgan daromadi soliqdan ozod qilinadi. Ana shunday islohotlar orqali kelgusi besh yilda sanoatda mehnat unumdorligi 30 ming dollarga yetkaziladi, 1 ming dollarlik qo‘shilgan qiymat yaratishga ketadigan energiya sarfi 1,5 barobar kamaytiriladi. Facebook|Instagram|X
إظهار الكل...
2
Photo unavailableShow in Telegram
Assalomu aleykum qadrli kuzatuvchilarimiz va mijozlarimiz, Hammaning boshlangan kuni hayrli va barokatli bo'lsin azizlar!
❄️ Baxt, saodat, quvonch uyingizdan arimasin. ❄️Qordek oppoq orzularingiz amalga oshsin! 😀Sizlarga yangi yil uchun - yangi postni taqdim etamiz.Yaqin kunlarda yangiliklarni kutib qoling 🎄Siz real gilam bilan qoling va bog'laning. Real gilam sizning ishonchingizni oqlaydi, biz sifatni kafolatlaymiz, har qanday mavsumda ham ishlayveramiz mavsumning ahamiyati ega yo'q
📱🔥 YANGI YIL BU YANGILIK! 🍇 “Uzum Nasiya” orqali 3 / 6 /12 oygacha 💳 bo‘lib to‘lash imkoniyati mavjud!
📍 Xizmat ko‘rsatadigan hududlarimiz: Olmaliq | Piskent | Nurafshon (To‘ytepa) | Toshkent shahar | Bo‘ka | Mikrorayon 🚨Batafsil ma'lumot uchun: 📞 +998949396929 📞 +998931883024 Телеграм | Instagram  | Youtube | Tik tok | Facebook
إظهار الكل...
2
Photo unavailableShow in Telegram
"Endilikda maktab kutubxonalari har yili 10 million dona badiiy adabiyotlar bilan taʼminlanadi" — Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasidan. Телеграм | Instagram  | Youtube | Tik tok | Facebook
إظهار الكل...
1
Photo unavailableShow in Telegram
Kelgusi yilda ilk bor mahalla infratuzilmasini rivojlantirish uchun 20 trillion so‘m viloyatlarning o‘ziga beriladi. Ushbu mablag‘larning har bir so‘mi aholi uchun qo‘shilgan qiymat yaratishi zarurligi ko‘rsatib o‘tildi. Shu bois, bu pullar umuman qaysidir tuman uchun emas, balki mahallada ish o‘rinlari yaratadigan, aholini daromadli qiladigan aniq loyihalarga yo‘naltiriladi. Bu budjet mablag‘larini samarali ishlatishda loyihaviy yondashuv bo‘ladi. Urbanizatsiya va shaharlarni barqaror rivojlantirish bo‘yicha yangi islohotlar boshlanadi. Jumladan, shaharlar tartibsiz kengayishining oldini olishda aniq mezonlar belgilanadi va shu orqali ekin maydonlarining asossiz qisqarib ketishiga chek qo‘yiladi. Shuningdek, respublikada ilk bor 45 ta aglomeratsiya hududlari belgilanadi. Kelgusi yilda “Barqaror shahar” platformasi ishga tushirilib, “yashash uchun qulaylik indeksi”ni yuritish yo‘lga qo‘yiladi. Bu indeks orqali shaharlardagi har bir mahallaga xos muammolar aniqlanib, ularga mos yechimlar beriladi. Facebook|Instagram|X
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
Kelgusi yildan mahallani rivojlantirish bo‘yicha kompleks yondashuv joriy etiladi. Har bir viloyatda 2-3 tadan tumanni tanlab, hamma mahallasidagi barcha muammolarni bir vaqtning o‘zida hal qiladigan tizim yaratiladi. Ularda bir vaqtning o‘zida tadbirkorlik infratuzilmasi ham rivojlantiriladi. Ushbu maqsadlar uchun barcha manbalar hisobidan 8,5 trillion so‘m mablag‘ ajratiladi. Deputatlarga o‘z okrugidagi muammolarni hal etish uchun 500 milliard so‘m berilmoqda. Bu borada “yashil hudud”, “yashil bog‘” yaratish bo‘yicha har bir deputatning tashabbusiga qo‘shimcha 330 million so‘mdan yo‘naltirilishi belgilandi. Bunday yondashuv orqali 2030-yilgacha sharoiti og‘ir barcha tumanlardagi mahallalarga Yangi O‘zbekiston qiyofasi olib kirilishi ta’kidlandi. Facebook|Instagram|X
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
Prezidentimiz 2026-yilda amalga oshiriladigan eng muhim ustuvor yo‘nalishlarga alohida to‘xtalib o‘tdi. Birinchi ustuvor yo‘nalish mahalla infratuzilmasini yanada yaxshilash, ularga Yangi O‘zbekiston qiyofasini olib kirishdan iborat.
Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi. Aynan mahalladagi yo‘l, suv, elektr va transport ta’minoti, bog‘cha, maktab va oilaviy poliklinikadagi shart-sharoitlarga qarab, odamlar islohotlarimizga baho beradi”,
– dedi Prezidentimiz. Mahalla infratuzilmasini tubdan yaxshilash orqali mamlakatimizni har tomonlama rivojlantirish, uning qiyofasini yanada go‘zal va obod qilish ishlari davom ettiriladi. Facebook|Instagram|X
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
“Tarix davomida qanday og‘ir sinovlarga duch kelmaylik, biz avvalo birdamlikdan kuch oldik. Mashaqqatli kunlarda odamlarimiz, mahalla ahli yelkadosh bo‘lib qiyinchiliklarni yenggan. Oila – oilaga, qo‘shni – qo‘shniga ko‘mak berib yashagan. Biz mana shunday o‘ta noyob qadriyatimizga doimo sodiq qolishimiz, yosh avlodimizni ayni shu ruhda tarbiyalashimiz kerak. Bugungi kunda jamiyatimizda turli xil fikr va qarashlar bo‘lishi tabiiy. Bu – demokratiyaning birlamchi talabi. Ammo millati, tili va dinidan qat’i nazar, 38 millionli el-yurtimizni birlashtiradigan ulug‘ bir g‘oya bor. U ham bo‘lsa, Vatan manfaati, xalqimiz manfaatidir. Mana shunday buyuk maqsadga erishishda mahalla tizimining o‘rni va ta’siri beqiyos. Chunki mahalla tinch va ahil bo‘lsa, jamiyatimiz tinch va hamjihat bo‘ladi. Mahalla rivojlansa, butun mamlakatimiz yuksaladi,
– dedi Prezidentimiz. Shularning barchasini hisobga olib, Prezidentimiz 2026-yilni yurtimizda “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili”, deb e’lon qilishni taklif qildi. Facebook|Instagram|X
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
#Тезкор ⚡️⚡️Ўзбекистон Президенти: 2026-йилни юртимизда Маҳаллани ривожлантириш ва жамиятни юксалтириш йили деб таклиф қиламан. Телеграм | Instagram  | Youtube | Tik tok | Facebook
إظهار الكل...
"2026 — Маҳаллани ривожлантириш ва жамиятни юксалтириш йили!" Телеграм | Instagram  | Youtube | Tik tok | Facebook
إظهار الكل...
01:17
Video unavailableShow in Telegram
БУГУНГИ МЕНЮ 🍽 🍛 Ош 🥗 Салат билан хоним 🥟 Қайласи билан пигодий 🍖 Марковчали тефтель 🥔 Пюре 🍝 Макарон 🥗 Оливье салати 🥬 Холодец 💰 НАРХИ: барчаси — 30 000 сўм 💵 Тўлов — нақд пулда ⏰ ТАЙЁР ВАҚТИ: Бугун тушликка, соат 12:00 га тайёр бўлади 📍 МАНЗИЛ: Янги обод мфй, Серий дом 🚗 Яқин атрофда бўлса — доставка мавжуд 📞 Телефон: +998770770399 📲 Telegram: @Aliya_9023 @Aliya_food111 ☝️ Телеграм | Instagram  | Youtube | Tik tok | Facebook
إظهار الكل...
26.42 MB