НУРАФШОН ЗИЁСИ
Открыть в Telegram
НУРАФШОН ЗИЁСИ – ШАҲАР ҲАЁТИНИНГ ОЙНАСИ! 🔹 Nurafshon shahri yangiliklari 🔹 Tezkor va xolis xabarlar 🔹 Muhim e’lonlar va tabriklar Шаҳар тараққиётидан хабардор бўлиш учун бизга қўшилинг! Мурожаат учун 👉 @NurafshonZiyo2025
Больше2025 год в цифрах

50 555
Подписчики
-53624 часа
-2 1907 дней
-4 85230 день
Архив постов
⚡️ФАКАТ 26-31 ДЕКАБР - БАЙРАМГА АКЦИЯ БОШЛАНДИ!
idea’да куп техникалар -50% гача “БАЙРАМОНА ЧЕГИРМАДА” Манзилларимиз 👈
❗️—50%🔻32" Smart TV (32SNR/100S) - 59 500 сўмдан
❗️—50%🔻GOODWELL (GMF2012X) - 44 500 сўмдан
❗️—50%🔻32" ARTEL (A32NHCH001) 84 500 сўмдан
❗️—50%🔻AVALON (SI009) - 44 500 сўмдан
❗️—50%🔻SAMSUNG Galaxy A17 (6/128) - 129 500 сўмдан
❗️—50%🔻BOSCH (MFW66020) - 114 500 сўмдан
❗️—50%🔻FERRE Gaz (LP60G40DBECOF21) - 109 500 сўмдан
❗️—50%🔻12" ARCTIC (SIM2AW12HE) - 249 500 сўмдан
❗️—40%🔻iPhone 13 (128GB) - 419 400 сўмдан ойига*
👉БЕПУЛ HONOR X9d ЮТИБ ОЛИНГ!🎁
☑️ Бошланғич тўлов — ЙЎҚ
☑️ Кафиллар керак эмас — ЙЎҚ
🟢 Адрес 👉 Локациялар
* Шошилинг! Техникалар сони чекланган. Нарxлар йигирма тўрт ойга муддатли тўлов асосида кўрсатилган!
📞 71-230-7799 | Chat Nigina
-50% CHEGIRMALAR | Instagram | 📍 Do'konlarimiz
#ASIǴIŃ...
Фото недоступноПоказать в Telegram
Shuningdek, yangi yilda tadbirkorlar tomonidan 4 milliard dollarlik 3,5 mingdan ziyod yangi servis obyektlari ishga tushiriladi.
Turizm maskanlarini tashkil qilish uchun kelgusi uch yilda 5 ming gektar yer auksionga chiqariladi.
Bundan tashqari, 2026-yildan “O‘zbekiston merosi mehmonxonalari” dasturi boshlanadi.
Madaniy meros obyektlarida xususiy sheriklik asosida “butik mehmonxona” tashkil qilish uchun nufuzli mehmonxona tarmoqlari olib kelinadi. Dastur ishtirokchilariga yer, mulk, foyda soliqlari va bojxona to‘lovidan imtiyoz beriladi.
Mana shu ishlar hisobiga 2026-yilda xizmatlar bozori 100 milliard dollardan oshiriladi.
Facebook|Instagram|X
Фото недоступноПоказать в Telegram
Joriy yilning o‘zida xizmatlar hajmi qariyb 15 foizga o‘sib, 82 milliard dollarga yetdi.
Xizmatlarga bo‘lgan talabni rag‘batlantirish uchun 2026-yilda sohaga 85 trillion so‘m kredit, 9 trillion so‘m subsidiya ajratiladi. Xususan, ta’lim xizmatlari uchun budjetdan 7 trillion so‘m beriladi.
Keyingi besh yilda xorijiy turistlar sonini 2 karra oshirish, turizm xizmatlari hajmini esa 20 milliard dollarga yetkazish bo‘yicha katta marra olinmoqda. Shu maqsadda turizm infratuzilmasini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratiladi.
Samarqandda Bibixonim, Registon majmualari, Amir Temur maqbarasi, Ulug‘bek rasadxonasi, Shohi Zinda va Afrosiyob muzeyini bir-biri bilan bog‘laydigan zamonaviy yo‘lak va ko‘priklar barpo etiladi.
Shahrisabzda G‘elon yirik turistik majmuasining birinchi bosqichi ishga tushiriladi. Pop tumanida Arashan tog‘ dam olish turistik zonasi tashkil etiladi.
Xivadagi Ichanqal’a immersiv, ya’ni jonli va “aqlli” muzey-shaharga aylantiriladi.
Xorazm va Qoraqalpog‘istondagi arxeologik yodgorliklar bo‘ylab yirik turizm halqasi tashkil etiladi.
Facebook|Instagram|X
Фото недоступноПоказать в Telegram
Болаларни қучоқлаш ҳақида
✓ Болани қучоқлаш она ва бола кайфиятини яхшилайди;
✓ Бола ўзига ишончи, имунитети ортади.
Қучоқлашга тўйган бола инжиқлиги кам бўлади.
✓ Онасига «ёпишган» ўзини яхши, хотиржам ҳис қилмаётган бўлади. Болалар улғайгач оналари мажбурлаб ҳам қучоқлолмай қолади.
Ҳозироқ кичкинтойинггизни бағрингизга босинг!
Бугун дилбандларингизни қучоқладингизми? Кайфиятингиз қандай?
Телеграм | Instagram | Youtube | Tik tok | Facebook
Фото недоступноПоказать в Telegram
Aholi ehtiyojidan kelib chiqib, iqtisodiyotda eng katta talab yaratadigan uy-joy ipotekasiga 2026-yilda 23 trillion so‘m resurs ajratiladi.
Uy-joy sotib olishda boshlang‘ich to‘lov va foiz to‘lovlarining bir qismini qoplash uchun 2 trillion 700 milliard so‘m subsidiya beriladi.
Shuningdek, bitta kvartira uchun ajratiladigan imtiyozli ipoteka kreditining miqdori 15 foizga oshiriladi.
Kelgusi yilda 140 mingta kvartirali ko‘p qavatli uy-joy barpo etilishi ro‘zg‘or uchun zarur iste’mol tovarlariga talabni oshirishi tabiiy, albatta. Bu talabni moliyaviy manbalar bilan ta’minlash maqsadida 2026-yilda 125 trillion so‘mlik iste’mol krediti ajratiladi.
Umuman, 2026-yilda qurilish ishlari hajmini 11 foizga ko‘paytirib, 30 milliard dollarga yetkazish reja qilingan.
Facebook|Instagram|X
❤ 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida kuzatilmaydigan iqtisodiyot ulushini 45-50 foizdan 28 foizga pasaytirishga erishildi. Lekin bu hali dastlabki qadamlar ekani ta’kidlandi.
Bu boradagi ishlarni kuchaytirish uchun 2026-yilda barcha davlat xizmatlari va kommunal to‘lovlar, yoqilg‘i, alkogol va tamaki mahsulotlari, avtomobil va ko‘chmas mulk savdolari naqdsiz to‘lov shakliga o‘tkaziladi.
Soliq, bojxona, sanepidemnazorat, standart, karantin, qurilish nazorati inspeksiyasi, yong‘in xavfsizligi kabi 17 turdagi tekshiruvlarda yonkameradan foydalanish majburiy bo‘ladi.
“Soya”dagi iqtisodiyotdan ixtiyoriy ravishda shaffoflikka chiqmoqchi bo‘lgan tadbirkorlar buxgalteriya, statistika, soliq hisobotlarini yuritish bo‘yicha bepul o‘qitiladi.
“Ayrim yurtdoshlarimizda topgan daromadini iqtisodiyotga yo‘naltirish, bank depozitiga joylashtirish, aktivlarini o‘z nomiga rasmiylashtirish bilan bog‘liq xavotirlar bor. Shu bois, deputatlarimiz va Markaziy bank xalqaro tashkilotlar bilan maslahatlashgan holda, fuqarolarimiz yurtimizda yoki chet elda shu paytgacha olgan daromad va aktivlaridan emin-erkin foydalanishiga sharoit yaratish bo‘yicha takliflar tayyorlasa, o‘ylaymanki, to‘g‘ri bo‘ladi”,– dedi Prezidentimiz. Facebook|Instagram|X
Фото недоступноПоказать в Telegram
Akkreditatsiya, metrologiya va standartlashtirish sohalaridagi islohotlar natijasida O‘zbekiston “Global sifat infrastrukturasi” indeksida so‘nggi ikki yilda 15 pog‘ona yuqorilab, 52-o‘ringa ko‘tarildi.
“Bu albatta yaxshi! Shu bilan birga, mahsulotlarimiz raqobatdoshligini yanada oshirish uchun texnik tartibga solish sohasini yangi bosqichga olib chiqamiz. Buning uchun “Davlat nazorati” tizimidan xalqaro tajribada yuqori samara bergan “Bozor nazorati” tizimiga o‘tamiz”,– dedi Prezidentimiz. Innovatsiya asosida yuqori texnologik mahsulot ishlab chiqarayotgan korxonalar rag‘batlantiriladi. Korxona mutaxassislarining ilmiy-tadqiqot va konstruktorlik ishlanmalaridan olgan daromadi soliqdan ozod qilinadi. Ana shunday islohotlar orqali kelgusi besh yilda sanoatda mehnat unumdorligi 30 ming dollarga yetkaziladi, 1 ming dollarlik qo‘shilgan qiymat yaratishga ketadigan energiya sarfi 1,5 barobar kamaytiriladi. Facebook|Instagram|X
❤ 2
Фото недоступноПоказать в Telegram
Assalomu aleykum qadrli kuzatuvchilarimiz va mijozlarimiz, Hammaning boshlangan kuni hayrli va barokatli bo'lsin azizlar!❄️ Baxt, saodat, quvonch uyingizdan arimasin. ❄️Qordek oppoq orzularingiz amalga oshsin! 😀Sizlarga yangi yil uchun - yangi postni taqdim etamiz.Yaqin kunlarda yangiliklarni kutib qoling 🎄Siz real gilam bilan qoling va bog'laning. Real gilam sizning ishonchingizni oqlaydi, biz sifatni kafolatlaymiz, har qanday mavsumda ham ishlayveramiz mavsumning ahamiyati ega yo'q
📱🔥 YANGI YIL BU YANGILIK! 🍇 “Uzum Nasiya” orqali 3 / 6 /12 oygacha 💳 bo‘lib to‘lash imkoniyati mavjud!📍 Xizmat ko‘rsatadigan hududlarimiz: Olmaliq | Piskent | Nurafshon (To‘ytepa) | Toshkent shahar | Bo‘ka | Mikrorayon 🚨Batafsil ma'lumot uchun: 📞 +998949396929 📞 +998931883024 Телеграм | Instagram | Youtube | Tik tok | Facebook
❤ 2
Фото недоступноПоказать в Telegram
Kelgusi yilda ilk bor mahalla infratuzilmasini rivojlantirish uchun 20 trillion so‘m viloyatlarning o‘ziga beriladi.
Ushbu mablag‘larning har bir so‘mi aholi uchun qo‘shilgan qiymat yaratishi zarurligi ko‘rsatib o‘tildi. Shu bois, bu pullar umuman qaysidir tuman uchun emas, balki mahallada ish o‘rinlari yaratadigan, aholini daromadli qiladigan aniq loyihalarga yo‘naltiriladi. Bu budjet mablag‘larini samarali ishlatishda loyihaviy yondashuv bo‘ladi.
Urbanizatsiya va shaharlarni barqaror rivojlantirish bo‘yicha yangi islohotlar boshlanadi.
Jumladan, shaharlar tartibsiz kengayishining oldini olishda aniq mezonlar belgilanadi va shu orqali ekin maydonlarining asossiz qisqarib ketishiga chek qo‘yiladi. Shuningdek, respublikada ilk bor 45 ta aglomeratsiya hududlari belgilanadi.
Kelgusi yilda “Barqaror shahar” platformasi ishga tushirilib, “yashash uchun qulaylik indeksi”ni yuritish yo‘lga qo‘yiladi. Bu indeks orqali shaharlardagi har bir mahallaga xos muammolar aniqlanib, ularga mos yechimlar beriladi.
Facebook|Instagram|X
Фото недоступноПоказать в Telegram
Kelgusi yildan mahallani rivojlantirish bo‘yicha kompleks yondashuv joriy etiladi.
Har bir viloyatda 2-3 tadan tumanni tanlab, hamma mahallasidagi barcha muammolarni bir vaqtning o‘zida hal qiladigan tizim yaratiladi. Ularda bir vaqtning o‘zida tadbirkorlik infratuzilmasi ham rivojlantiriladi.
Ushbu maqsadlar uchun barcha manbalar hisobidan 8,5 trillion so‘m mablag‘ ajratiladi.
Deputatlarga o‘z okrugidagi muammolarni hal etish uchun 500 milliard so‘m berilmoqda. Bu borada “yashil hudud”, “yashil bog‘” yaratish bo‘yicha har bir deputatning tashabbusiga qo‘shimcha 330 million so‘mdan yo‘naltirilishi belgilandi.
Bunday yondashuv orqali 2030-yilgacha sharoiti og‘ir barcha tumanlardagi mahallalarga Yangi O‘zbekiston qiyofasi olib kirilishi ta’kidlandi.
Facebook|Instagram|X
Фото недоступноПоказать в Telegram
Prezidentimiz 2026-yilda amalga oshiriladigan eng muhim ustuvor yo‘nalishlarga alohida to‘xtalib o‘tdi.
Birinchi ustuvor yo‘nalish mahalla infratuzilmasini yanada yaxshilash, ularga Yangi O‘zbekiston qiyofasini olib kirishdan iborat.
“Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi. Aynan mahalladagi yo‘l, suv, elektr va transport ta’minoti, bog‘cha, maktab va oilaviy poliklinikadagi shart-sharoitlarga qarab, odamlar islohotlarimizga baho beradi”,– dedi Prezidentimiz. Mahalla infratuzilmasini tubdan yaxshilash orqali mamlakatimizni har tomonlama rivojlantirish, uning qiyofasini yanada go‘zal va obod qilish ishlari davom ettiriladi. Facebook|Instagram|X
Фото недоступноПоказать в Telegram
“Tarix davomida qanday og‘ir sinovlarga duch kelmaylik, biz avvalo birdamlikdan kuch oldik. Mashaqqatli kunlarda odamlarimiz, mahalla ahli yelkadosh bo‘lib qiyinchiliklarni yenggan. Oila – oilaga, qo‘shni – qo‘shniga ko‘mak berib yashagan. Biz mana shunday o‘ta noyob qadriyatimizga doimo sodiq qolishimiz, yosh avlodimizni ayni shu ruhda tarbiyalashimiz kerak. Bugungi kunda jamiyatimizda turli xil fikr va qarashlar bo‘lishi tabiiy. Bu – demokratiyaning birlamchi talabi. Ammo millati, tili va dinidan qat’i nazar, 38 millionli el-yurtimizni birlashtiradigan ulug‘ bir g‘oya bor. U ham bo‘lsa, Vatan manfaati, xalqimiz manfaatidir. Mana shunday buyuk maqsadga erishishda mahalla tizimining o‘rni va ta’siri beqiyos. Chunki mahalla tinch va ahil bo‘lsa, jamiyatimiz tinch va hamjihat bo‘ladi. Mahalla rivojlansa, butun mamlakatimiz yuksaladi”,– dedi Prezidentimiz. Shularning barchasini hisobga olib, Prezidentimiz 2026-yilni yurtimizda “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili”, deb e’lon qilishni taklif qildi. Facebook|Instagram|X
01:17
Видео недоступноПоказать в Telegram
БУГУНГИ МЕНЮ 🍽
🍛 Ош
🥗 Салат билан хоним
🥟 Қайласи билан пигодий
🍖 Марковчали тефтель
🥔 Пюре
🍝 Макарон
🥗 Оливье салати
🥬 Холодец
💰 НАРХИ: барчаси — 30 000 сўм
💵 Тўлов — нақд пулда
⏰ ТАЙЁР ВАҚТИ:
Бугун тушликка, соат 12:00 га тайёр бўлади
📍 МАНЗИЛ: Янги обод мфй, Серий дом
🚗 Яқин атрофда бўлса — доставка мавжуд
📞 Телефон: +998770770399
📲 Telegram:
@Aliya_9023
@Aliya_food111 ☝️
Телеграм | Instagram | Youtube | Tik tok | Facebook
26.42 MB
Фото недоступноПоказать в Telegram
Iste’dodli o‘g‘il-qizlarimiz ta’lim, ilm-fan, madaniyat, san’at, sport va boshqa sohalarda erishayotgan katta yutuqlari bilan ham Yangi O‘zbekistonimiz ravnaqiga munosib hissa qo‘shayotgani ta’kidlandi.
O‘quvchi va talabalarimiz joriy yilda xalqaro fan olimpiadalarida 51 ta oltin, 101 ta kumush, 126 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, o‘z bilim va salohiyatini butun dunyoga namoyish qildi.
Ma’lumki, O‘zbekiston kelgusi yili 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasiga, 2027-yilda 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi jahon chempionatiga, 2029-yilda esa Yoshlar Osiyo o‘yinlariga mezbonlik qiladi.
Shu bilan birga, 2026-yilda yurtimizda ilk bor maktab o‘quvchilari o‘rtasida nufuzli xalqaro kimyo va informatika olimpiadalari, Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar talabalari o‘rtasida muhandislik yo‘nalishlarida, Turkiy davlatlar texnikum o‘quvchilari o‘rtasida kasb yo‘nalishlarida xalqaro olimpiada o‘tkaziladi.
Bunday nufuzli tadbirlar Vatanimizni rivojlangan sport va ilm-fan mamlakatiga aylantirish, uning obro‘-e’tiborini yuksaltirishga xizmat qiladi.
Facebook|Instagram|X
❤ 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
Aholi farovonligi va biznesni o‘stirishga xizmat qiladigan infratuzilmani yanada yaxshilash bo‘yicha ham 2025-yil katta o‘zgarishlar yili bo‘ldi.
Xususan, energetika sohasida tub burilish yasalgani hisobiga elektr ishlab chiqarish hajmi 85 milliard kilovatt-soatga yetkazildi.
Bu yil 188 ta mahalladagi 715 ming aholi yashaydigan xonadonlarga birinchi marta toza ichimlik suvi kirib bordi, yana 2 million 300 mingga yaqin aholining suv ta’minoti yaxshilandi. Yoki 867 ta “og‘ir” mahalladagi 470 mingta xonadonga tomorqalarni sug‘orish uchun ilk bor suv yetib bordi.
Joriy yilda aholiga 8 million 100 ming kvadrat metr ko‘p qavatli uylar topshirilmoqda, odamlarning o‘zi ham yashash sharoitini yaxshilash uchun 19 million kvadrat metr maydonda qurilish qildi.
Biznes vakillari tomonidan 24 million kvadrat metr noturar joy obyektlari barpo etildi.
Umuman, so‘nggi to‘qqiz yilda 210 million kvadrat metrli turar joy va noturar joy obyektlari foydalanishga topshirildi.
Facebook|Instagram|X
Фото недоступноПоказать в Telegram
“E’tibor bering, bundan to‘qqiz yil oldin iqtisodiyotimiz hajmini 100 milliard dollarga yetkazish biz uchun juda katta marra bo‘lib ko‘rinardi. Bu yil tariximizda birinchi marta yalpi ichki mahsulotimiz 145 milliard dollardan oshdi. Bunday yuksak natijalar xalqimizning, barchamizning qanday ulkan ishlarga qodir ekanimizni yaqqol namoyon etmoqda”,– dedi davlatimiz rahbari. Global savdo tizimida “o‘yin qoidalari” o‘zgarayotgan bir paytda joriy yil eksportimiz 23 foizga oshib, 33,4 milliard dollarga yetkazilishi ta’kidlandi. Eng muhimi, oltin-valyuta zaxiralarimiz ilk bor 60 milliard dollardan oshdi. Bu yil iqtisodiyotimizga jalb qilingan xorijiy investitsiyalar hajmi 43,1 milliard dollarga yetdi. Jami investitsiyalarning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 31,9 foizni tashkil etmoqda. Bu esa iqtisodiyotimiz kelgusi yillarda ham yuqori sur’atlar bilan barqaror o‘sib borishi uchun zamin bo‘ladi. Facebook|Instagram|X
Фото недоступноПоказать в Telegram
“Bugungi kunda dunyoda sodir bo‘layotgan va yaqin-yaqingacha hech kim tasavvur qila olmagan o‘zgarishlar, davlatlar o‘rtasida iqtisodiy qarama-qarshilik, xavfsizlikka tahdidlar ortib borayotgan tahlikali bir vaziyatda sizlar bilan o‘ta murakkab yilni yakunlayapmiz”,– dedi Prezidentimiz. Qanchalik og‘ir bo‘lmasin, boshlangan demokratik islohotlar qat’iy davom ettirilgani, xalqimizning qo‘llab-quvvatlashi va yoshlarimizning g‘ayrat-shijoati, hamjihatlik asosi bo‘lgan mahallaning hayotimizdagi o‘rni va ta’siri kuchaytirilgani, odamlarning ongi va dunyoqarashi o‘zgarib, el-yurtimiz yanada jipslashgani, tadbirkor, dehqon va fermerlarning tashabbuskorligi va mardona mehnati, o‘zaro manfaatli hamkorlikka asoslangan do‘stona tashqi siyosat hisobiga 2025-yilda barcha sohalarda ulkan yutuqlarga erishildi. Avvalo, jahon miqyosida ishlab chiqarish va transport-logistika zanjirlari uzilgan, xomashyo va moliyaviy resurslar narxi oshgan sharoitda ham mamlakatimiz iqtisodiyoti ishonchli va barqaror o‘sishda davom etmoqda. Bu natijalar dunyo hamjamiyati va nufuzli xalqaro tashkilotlar tomonidan e’tirof etilmoqda. Facebook|Instagram|X
