Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov
الذهاب إلى القناة على Telegram
Ambassador of @profiuniversity www.xalqtaliminfo.uz sayti rasmiy kanali. Savol yuborish vaqtincha cheklangan. Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: http://myurls.co/xalqtaliminfo Reklama: @XalqinfoREK Guvohnoma: №146004
إظهار المزيد2025 عام في الأرقام

106 448
المشتركون
-7224 ساعات
-6347 أيام
-3 08430 أيام
أرشيف المشاركات
01:50
Video unavailableShow in Telegram
Sirtqi ta’limda o‘qiyotgan o‘qituvchi malaka oshirishi majburiymi?
Ushbu savolga quyidagi video orqali batafsil javob berishga harakat qildik. Marhamat, videoni ko'ring va savolingizga javob toping.
Shunga o'xshash dolzarb savollarga javob topishni istasangiz, Instagram sahifamizni ham kuzatib boring.
Telegram l Instagram l YouTube
AQPY0ZhRqV5ZenaX1gt2mIILKJ8g4XvnnqmkgqdRkSpd4yseGKlNL7Ga9M76_yzCea6.mp49.87 MB
Instagram sahifamiz
Photo unavailableShow in Telegram
Jismoniy tarbiya va musiqa fani o‘qituvchilari boshqacharoq tartibda attestatsiyadan o‘tadi
Jismoniy tarbiya va musiqa madaniyati fanlaridan oliy yoki birinchi malaka toifasiga ega hamda tegishli talablarga javob beradigan pedagoglar attestatsiya sinovlarining birinchi bosqich natijalari asosida “Yil o‘qituvchisi” tanlovida ham ishtirok etishadi.
Ular bu tanlovida qatnashishni istamasa, mutaxassislik fani va kasb standarti bo‘yicha 40 ta test topshirig‘ini bajaradi va bu attestatsiya jarayoni uchun yetarli hisoblanadi.
Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/1404
Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.Telegram l Instagram l YouTube
Photo unavailableShow in Telegram
Endi qozog‘istonlik o‘qituvchilar ChatGPT’dan bepul foydalanadi
Qozog‘iston hukumati OpenAI bilan ta’lim tizimida sun’iy intellektni joriy etish bo‘yicha memorandum imzoladi.
Kelishuvga ko‘ra, Qozog‘istondagi pedagoglar ChatGPT Edu versiyasidan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/1405
Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.Telegram l Instagram l YouTube
01:06
Video unavailableShow in Telegram
Yangi baholash tizimi va qog'ozbozlik
Yangi baholash tizimiga o'tkazilgan maktablarda ishlovchi juda ko'p o'qituvchilar ularning asosiy vaqti qog'ozbozlik bilan o'tayotganini aytib, o'z e'tirozlarini bildirishadi.
Mana shunday keyslardan biri sifatida ushbu videoda aytilgan holatni misol qilib keltirishimiz mumkin.
Xo'sh, siz ishlayotgan maktabda holat qanday?
📝 Izoh yozish
Telegram l Instagram l YouTube
AQPJ_9WD3wgxIR_tJ0GFF1lAF4o2xHTq9qVj55f4VPbpgdXCqDC5BEZf1ZQd7Py.mp46.90 MB
Izoh yozish
Photo unavailableShow in Telegram
#Tayinlov
A.Avloniy nomidagi malaka oshirish institutiga yangi prorektor tayinlandi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining tegishli buyrug‘iga muvofiq, Shotursunova Nodira Nasirovna A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutining Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori lavozimiga tayinlandi.
Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/1403
Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.Telegram l Instagram l YouTube
Photo unavailableShow in Telegram
Ta’lim sohasidagi hamkorlik uchun e’tirof
Joriy yilning 6-noyabr kuni O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi munosabati bilan tantanali tadbir tashkil qilindi.
Unda “Xalq ta’limi Info” tahririyatining O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi bilan olib borayotgan faol hamkorligi yuqori baholanib, kasaba uyushmasi tomonidan taqdirlandi.
Kelgusida ham “Xalq ta’limi Info” ta’lim tizimidagi muhim yangiliklarni yoritish, muammolarga yechim topishga xizmat qiluvchi loyiha sifatida o‘z faoliyatini yanada kengaytirib boradi.
Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/1402
Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.Telegram l Instagram l YouTube
Photo unavailableShow in Telegram
#Sõragan_edingiz
Attestatsiya vaqtida kompyuter ishlamay qolsa nima qilish kerak?
SavolAttestatsiyaga kirib, test yechayotganimda kompyuter qotib, platforma ishlamay qoldi. Kompyuterda qotish bo‘lganidan so‘ng men belgilagan javoblarning o‘rni ham almashib ketibdi. Xullas, hammasi rasvo bo‘ldi. Tashkilotchi va mas’ullarga endi nima qilaman deb so‘rasam, natijangiz shu, shikoyat qilishga haqqingiz yo‘q deb, urishib berishdi. Bu vaziyatda o‘qituvchi nima qilishi kerak? Axir ayb menda emas, ularning o‘zida edi-ku. Javob — https://xalqtaliminfo.uz/post/1183
Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.Telegram l Instagram l YouTube
Repost from Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov
Pedagoglar attestatsiyasi borasida kechayotgan bahslarga ekspertlar javobi
Attestatsiya natijalaridan norozi bo'layotgan pedagoglar nima qilishi kerak, degan savol hali ham kun tartibida turibdi.
"Tanaffus" podkastida ko'tarilgan quyidagi mavzular esa attestatsiya natijalaridan norozi bo'layotgan pedagoglar uchun asosiy qo'llanma bo'lib xizmat qiladi.
03:35 - Biz o'zi kimni va nima maqsadda sinayapmiz?
➡️ BATAFSIL
08:00 - Dunyo tajribasida o‘qituvchilar qay tartibda attestatsiyadan o‘tkaziladi?
➡️ BATAFSIL
10:43 - Pedagogika va kasb standartidan tuzilgan testlar saviyasi qanday?
➡️ BATAFSIL
13:59 - Pedagog mauglining onasi ismini bilmasa, yomon o‘qituvchi bo‘lib qolmaydi
➡️ BATAFSIL
15:57 - Kasb standartidan test tuzmaslik kerak
➡️ BATAFSIL
16:41 - O‘qituvchi o‘ziga ishonmasa, testdan norozi bo‘lib murojaat yo‘llamaydi
➡️ BATAFSIL
17:48 - Ayrim fanlar uchun murakkab, ayrimlari uchun sodda test tuzilganmi?
➡️ BATAFSIL
19:47 - Attestatsiya testlari yaroqsizmidi?
➡️ BATAFSIL
23:01 - Pedagogika testlari: Bir savolda ikkita to‘g‘ri javob bormi?
➡️ BATAFSIL
28:34 - Vazirlik "tarozimiz" to‘g‘ri deb qat’iy fikrida turib olmasligi kerak
➡️ BATAFSIL
29:10 - Kasb standartidan testlari qanday bo‘lishi kerak?
➡️ BATAFSIL
34:00 - Testlar valid bo‘lmasa, hammasi bir tiyin
➡️ BATAFSIL
34:38 - Aslida test tuzish bilan ilmiy tashkilotlar shug‘illanishi kerak
➡️ BATAFSIL
38:34 - O‘zbekistonda kuchli testologlar bormi?
➡️ BATAFSIL
42:16 - Testning sifatini 4 ta javobning bittasi to‘g‘ri ekanligi bilan o‘lchab bo‘lmaydi
➡️ BATAFSIL
44:21 - Vazirlik tuzgan testlarni tekshiradigan mustaqil tashkilot bormi?
➡️ BATAFSIL
49:55 - O‘qituvchi hamma narsani xotirasida saqlab yuruvchi fleshka emas
➡️ BATAFSIL
51:11 - Test ichida test bo‘lishining o‘zi xato
➡️ BATAFSIL
53:14 - Test tuzuvchilar darslikda berilgan ma’lumotlar maqsadini ham tushunmagan
➡️ BATAFSIL
56:32 - Attestatsiyada aynan darslikdan test tushishi kerakmi?
➡️ BATAFSIL
01:00:06 - Aslida malaka toifasi o‘rtasida qanday farqlar bo‘lishi kerak?
➡️ BATAFSIL
01:03:34 - Hozir o‘qituvchilarga noto‘g‘ri ball bilan baho berilmoqda
➡️ BATAFSIL
01:08:00 - Attestatsiya tizimi xalqaro akkreditatsiyadan qanday qilib o‘tdi?
➡️ BATAFSIL
01:09:52 - Testlar o‘qituvchilarga ham ochiqlanishi kerakmi?
➡️ BATAFSIL
01:11:27 - O‘qituvchilar vazirlikni sudga berishi mumkin
➡️ BATAFSIL
01:12:11 - Vazirlik test spetsifikatsiyasini xohlagancha o‘zgartiradimi?
➡️ BATAFSIL
01:13:46 - Vazirlik validlik tadqiqotlari o‘tkazganda kamchiliklar sezilardi
➡️ BATAFSIL
01:14:34 - Vazirlik appelyatsiya shikoyatiga qanday javob qaytarishi kerak?
➡️ BATAFSIL
01:15:20 - Validlik talablariga javob bermaydigan test bilan o‘qituvchilarni baholashni taqiqlash kerak
➡️ BATAFSIL
01:18:30 - Har safar attestatsiyada qaysidir fandan muammo kelib chiqadi
➡️ BATAFSIL
01:19:19 - "X variant" nega tarqalib ketti?
➡️ BATAFSIL
01:23:00 - Attestatsiyadan norozi o‘qituvchilar qanday yo‘l tutishi kerak?
➡️ BATAFSIL
01:25:28 - Test vaqtida kompyuterda nosozlik bo‘lsa, attestatsiya boshqa kunga ko‘chirilishi kerakmi?
➡️ BATAFSIL
01:27:10 - 80 ball oldim deb o‘ylagan o‘qituvchilar natijasi, 50 ball chiqdimi?
➡️ BATAFSIL
01:31:47 - Test jarayonida sodir bo‘ladigan fors-major holatlar yo‘riqnomada bo‘lishi kerak
➡️ BATAFSIL
01:34:14 - Testlar ataylab qiyin tuzilganmidi?
➡️ BATAFSIL
01:35:04 - Yil o‘qituvchisi, vazir ustamasi va 70 foizlik ustamasini attestatsiyaga bog‘lash xato
➡️ BATAFSIL
01:38:03 - O‘qituvchi o‘zi kim?
➡️ BATAFSIL
01:41:13 - Attestatsiyada ko‘zi ojiz o‘qituvchilarga adolatsizlik qilindimi?
➡️ BATAFSIL
01:43:32 - Testda barcha o‘qituvchilarga bir xil standart sharoit ta’minlanishi kerak
➡️ BATAFSIL
01:46:58 - Attestatsiya natijalari bekor qilinishi kerakmi?
➡️ BATAFSIL
01:50:39 - O‘qituvchilar oxirigacha kurashishi kerak
➡️ BATAFSIL
01:55:51 - Vazirlik ochiq ishlashi kerak
➡️ BATAFSIL
01:57:29 - Attestatsiyani stressiz o‘tkazish mumkinmi?
➡️ BATAFSIL
01:58:44 - Umumiy xulosalar
➡️ BATAFSIL
📝 Izoh yozish
▶️ To'liq video — https://youtu.be/rvg_3AC3gvI
Telegram l Facebook l YouTube
Izoh yozish
Ko'rsatuvni to'liq ko'rish
Photo unavailableShow in Telegram
Vazirlik “Yil o‘qituvchisi” natijalari nega o‘zgarib qolganiga izoh berdi
Avvalroq, o‘qituvchilarning attestatsiya imtihonida “Yil o‘qituvchisi” tanlovi uchun yiqqan ballari 3 kundan so‘ng g‘ayrioddiy tarzda pasaytirib qo‘yilgani haqida xabar bergandik.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi holat bo‘yicha rasmiy bayonot berib, aslida nima bo‘lganini birma-bir izohlab berishga harakat qildi.
Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/1401
Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.Telegram l Instagram l YouTube
Photo unavailableShow in Telegram
Pedagoglar uchun moʻljallangan oʻquv dasturiga arizalar qabuli boshlandi
📢 Ishonch jamgʻarmasi tomonidan moliyalashtirilgan YUNESKOning Oʻzbekistonda 300 nafar pedagog uchun moʻljallangan oʻquv dasturiga arizalar qabul qilish boshlandi
✅ YUNESKO Ishonch jamg'armasi ko'magida hamda Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi bilan hamkorlikda Buxoro, Farg'ona va Surxondaryo viloyatlaridan davlat maktablari pedagoglarini kasbiy rivojlanish dasturiga ariza topshirishga taklif etadi.
Quyidagi ko‘nikmalaringizni rivojlantiring:
• Ilg‘or pedagogik va andragogik kompetensiyalar
• AKT, raqamli vositalar va suʼniy intellekt
• Mentorlik va hamkasblar bilan oʻzaro tajriba almashish
Oʻquv dasturini muvaffaqiyatli yakunlagan ishtirokchilar 12–18 oy davom etadigan YUNESKO mentorlik dasturiga jalb etiladi, va ushbu davr mobaynida moliyaviy ragʻbatlantirish va sertifikatlar bilan taqdirlanadi.
Hoziroq ariza topshiring va O‘zbekistonda ta’lim sifatini oshirishga hissa qo‘shuvchi mentor-o‘qituvchiga aylaning!
📆 ARIZA TOPSHIRISH MUDDATI:
• 1-guruh: 2025-yil 1-noyabr – 2025-yil 30-noyabr
• 2-guruh: 2025-yil 1-dekabr – 2025-yil 31-dekabr
• 3-guruh: 2026-yil 1-yanvar – 2026-yil 31-yanvar
Arizangizni ushbu havola orqali topshiring: HAVOLA
Savollar uchun: Ishonch@unesco.org
Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.Telegram l Instagram l YouTube
Photo unavailableShow in Telegram
Xalq ta'limi Info iqtibosi
"Ta’lim siyosatini belgilovchi shaxslar attestatsiya tizimini qanchalik oqlamasin, 2023–2025-yillar ta’lim boshqaruvida o‘qituvchilar faoliyatini adolatsiz baholagan tizim sifatida tarixda qoladi. Bugun bu haqiqatni tan olish og‘irdir, ammo vaqtlar o‘tib, bu adolatsizlik albatta tan olinadi va yuqori minbarlardan turib ular qoralanadi..."Ulug'bek Po'latov, xalqtaliminfo.uz loyihasi asoschisi Telegram l Instagram l YouTube
Photo unavailableShow in Telegram
Deyarli ikki yillik tanaffusdan so‘ng TRMga direktor tayinlandi
2024-yil fevral oyidan buyon mazkur lavozimga hech kim tayinlanmagandi. Ta’limni rivojlantirish markazi direktori vazifasini vaqtincha bajarib turish esa direktor o‘rinbosari Risyukova Yuliya Vasilyevnaga yuklatilgandi.
Joriy yilning 4-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining farmoyishi bilan Risyukova Yuliya Vasilyevnaning aynan o’zi shu lavozimga rasman tayinlandi.
Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/1400
Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.Telegram l Instagram l YouTube
01:42
Video unavailableShow in Telegram
Kimyo yoki fizika laborotoriya xonasi kabinet mudirligi kimga berilishi kerak?
Maktabda laboratoriya xonasi mavjud bo‘lgani uchun kabinet mudirligini qaysi o'qituvchiga berish masalasida doim tushunmovchiliklar kelib chiqadi.
Shu sababli, mazkur videoda buning tartibini batafsil tushuntirib berishga harakat qildik. Shu o'rinda, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligidan bu borada ham amaliy yechim berilishini kutib qolamiz.
Shunga o'xshash dolzarb savollarga javob topishni istasangiz, Instagram sahifamizni ham kuzatib boring.
Telegram l Instagram l YouTube
AQMSje7QVe9AcpoAdcpYIOetmX53syN7zMoDRNFyE6uUd_ZHK5sT0FT7wmloEKN.mp411.43 MB
Instagram sahifamiz
Photo unavailableShow in Telegram
Vazirlik huzuridagi Baholash markazi ingliz tili o‘qituvchilarini yuzma-yuz muhokamaga taklif qildi
Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi ingliz tili fani o‘qituvchilarni 5-15-noyabr kunlari soat 09:00 dan 18:00 ga qadar yuzma-yuz muhokama qilish uchun Markazga taklif qildi. Bunga 19 mingdan ortiq pedagoglarning keskin noroziligi sabab bo‘ldi.
Ayni vaqtda xalqtaliminfo.uz'ning ‘‘Tanaffus’’ podkastiga taklifi borasida o‘qituvchilar tomonidan vakil belgilanganligi ma’lum qilindi, ammo vazirlik Axborot xizmatiga ham bu borada xabar berilgan bo‘lsa-da, hozircha vazirlik tomon aloqaga chiqmadi.
Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/1399
Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.Telegram l Instagram l YouTube
Photo unavailableShow in Telegram
Attestatsiyadan norozi pedagoglar hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi diqqatiga
Ayni vaqtda pedagog xodimlar attestatsiyasi kun tartibiga ko‘tarilmoqda. Bir tomondan pedagoglar test jarayonlari adolatsiz o‘tayotganidan shikoyat qilsa, ikkinchi tomondan vazirlik hammasi normal jarayon ekanligini iddao qilmoqda.
Shu sababli, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining OAV bilan hamkorlikda, savollarga ochiq javob berishga tayyor ekanligi haqidagi pozitsiyasidan kelib chiqib, xalqtaliminfo.uz tahririyati ikki tomonni ham "Tanaffus" podkastining navbatdagi soniga taklif qiladi.
Tomonlar o‘zaro muzokaralarga tayyor bo‘lgan taqdirda o‘qituvchilar hamda vazirlik tomonidan tegishli vakillar biz bilan bog‘lanishi mumkinligini ma’lum qilamiz.
Xalqtaliminfo.uz har ikki tomonga ham mikrofon tutishga hamda jarayonni xolis yoritib borishga tayyor ekanligini ma’lum qiladi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Axborot xizmati hamda pedagoglar vakili biz bilan bog‘lanib, muzokara kunini belgilashlari mumkin.
Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.Telegram l Instagram l YouTube
00:30
Video unavailableShow in Telegram
Boshlang'ich sinf o'qituvchilari diqqatiga
Siz uchun ajoyib bir yangilik topib qo'ydik. Qanday yangilik deysizmi?
Ushbu yangilik haqidagi ma'lumotlarni Instagram sahifamizda e'lon qilamiz. Marhamat, hoziroq bizning Instagram sahifamizga obuna bo'ling!
Shunga o'xshash dolzarb savollarga javob topishni istasangiz, Instagram sahifamizni ham kuzatib boring.
Telegram l Instagram l YouTube
AQMoQuoum9JcpzxMI9BUoBxF6VlEIO3lPYEpCRhfRWtrKgSbgu5d9fkkViEWWJb.mp42.90 MB
Instagram sahifamiz
Photo unavailableShow in Telegram
Vazir E’zoza Karimova YUNESKO 43-sessiyasi doirasida bir qator Ta’lim vazirlari bilan uchrashdi
YUNESKO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasi doirasida tashkil etilgan tadbirlarda o‘zaro hamkorlik aloqalari, taʼlim sifati hamda o‘qituvchilar malakasini oshirishdagi kelgusi rejalar xususida so‘z borgan.
Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/1398
Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.Telegram l Instagram l YouTube
Photo unavailableShow in Telegram
Endilikda fan olimpiadasi natijalari dars taqsimotida hech qanday ustunlik bermaydi
Pedagoglarga dars taqsimotida ustunlik beradigan bir qancha ko'rsatkichlar ro'yxatdan chiqarib tashlandi. Ular orasidan fan olimpiadasi va "Yil o'qituvchisi" natijalari ham bor.
Xo'sh, yana qaysi ko‘rsatkichlar endi dars taqsimotida hisobga olinmaydi? Bu haqda batafsil saytimizda o'qing.
Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/1394
Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.Telegram l Instagram l YouTube
Photo unavailableShow in Telegram
“Apellyatsiya natijasidan qoniqmaganlar sudga murojaat qilishi mumkin” — vazirlik
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi attestatsiya natijalaridan norozi bo‘lgan pedagoglar masalasi kun tartibiga ko‘tarilgandan so‘ng, rasmiy bayonot bilan chiqdi.
Shuningdek, vazirlik OAV bilan ham hamkorlik, savollarga ochiq javob berishga tayyorligini aytib, yaqin orada matbuot anjumani tashkil etilishini ma'lum qildi.
Eslatib o'tamiz, vazirlik bir yildan buyon jamoatchilik bilan deyarli ochiq muloqot tashkil qilgani yo‘q.
Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/1397
Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.Telegram l Instagram l YouTube
Photo unavailableShow in Telegram
Vazirlik pedagoglarning “Yil o‘qituvchisi” natijalarini o‘zgartirib qo‘ygani aytilmoqda
Ijtimoiy tarmoqlarda “Yil o‘qituvchisi” natijalari sotilyaptimi?” degan mazmunda xabarlar tarqalmoqda.
Ma'lum bo'lishicha, o'qituvchilarning attestatsiya imtihonida “Yil o‘qituvchisi” tanlovi uchun yiqqan ballari 3 kundan so'ng g'ayrioddiy tarzda pasaytirib qo'yilgan.
Ajablanarlisi, bunday holat ko'pchilik pedagoglar bilan sodir bo'lmoqda. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi esa bu haqda pedagoglarni rasman ogohlantirmagan.
Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/1396
Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.Telegram l Instagram l YouTube
