uk
Feedback
Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

Відкрити в Telegram

Ambassador of @profiuniversity www.xalqtaliminfo.uz sayti rasmiy kanali. Savol yuborish vaqtincha cheklangan. Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: http://myurls.co/xalqtaliminfo Reklama: @XalqinfoREK Guvohnoma: №146004

Показати більше
2025 рік у цифрахsnowflakes fon
card fon
106 448
Підписники
-7224 години
-6347 днів
-3 08430 день
Архів дописів
01:50
Відео недоступнеДивитись в Telegram
Sirtqi ta’limda o‘qiyotgan o‘qituvchi malaka oshirishi majburiymi? Ushbu savolga quyidagi video orqali batafsil javob berishga harakat qildik. Marhamat, videoni ko'ring va savolingizga javob toping. Shunga o'xshash dolzarb savollarga javob topishni istasangiz, Instagram sahifamizni ham kuzatib boring. Telegram l Instagram l YouTube
Показати все...
AQPY0ZhRqV5ZenaX1gt2mIILKJ8g4XvnnqmkgqdRkSpd4yseGKlNL7Ga9M76_yzCea6.mp49.87 MB
Instagram sahifamiz
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Jismoniy tarbiya va musiqa fani o‘qituvchilari boshqacharoq tartibda attestatsiyadan o‘tadi Jismoniy tarbiya va musiqa madaniyati fanlaridan oliy yoki birinchi malaka toifasiga ega hamda tegishli talablarga javob beradigan pedagoglar attestatsiya sinovlarining birinchi bosqich natijalari asosida “Yil o‘qituvchisi” tanlovida ham ishtirok etishadi. Ular bu tanlovida qatnashishni istamasa, mutaxassislik fani va kasb standarti bo‘yicha 40 ta test topshirig‘ini bajaradi va bu attestatsiya jarayoni uchun yetarli hisoblanadi. Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/1404
Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.
Telegram l Instagram l YouTube
Показати все...
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Endi qozog‘istonlik o‘qituvchilar ChatGPT’dan bepul foydalanadi Qozog‘iston hukumati OpenAI bilan ta’lim tizimida sun’iy intellektni joriy etish bo‘yicha memorandum imzoladi. Kelishuvga ko‘ra, Qozog‘istondagi pedagoglar ChatGPT Edu versiyasidan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/1405
Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.
Telegram l Instagram l YouTube
Показати все...
01:06
Відео недоступнеДивитись в Telegram
Yangi baholash tizimi va qog'ozbozlik Yangi baholash tizimiga o'tkazilgan maktablarda ishlovchi juda ko'p o'qituvchilar ularning asosiy vaqti qog'ozbozlik bilan o'tayotganini aytib, o'z e'tirozlarini bildirishadi. Mana shunday keyslardan biri sifatida ushbu videoda aytilgan holatni misol qilib keltirishimiz mumkin. Xo'sh, siz ishlayotgan maktabda holat qanday? 📝 Izoh yozish Telegram l Instagram l YouTube
Показати все...
AQPJ_9WD3wgxIR_tJ0GFF1lAF4o2xHTq9qVj55f4VPbpgdXCqDC5BEZf1ZQd7Py.mp46.90 MB
Izoh yozish
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#Tayinlov A.Avloniy nomidagi malaka oshirish institutiga yangi prorektor tayinlandi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining tegishli buyrug‘iga muvofiq, Shotursunova Nodira Nasirovna A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutining Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori lavozimiga tayinlandi. Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/1403
Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.
Telegram l Instagram l YouTube
Показати все...
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Ta’lim sohasidagi hamkorlik uchun e’tirof Joriy yilning 6-noyabr kuni O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi munosabati bilan tantanali tadbir tashkil qilindi. Unda “Xalq ta’limi Info” tahririyatining O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi bilan olib borayotgan faol hamkorligi yuqori baholanib, kasaba uyushmasi tomonidan taqdirlandi. Kelgusida ham “Xalq ta’limi Info” ta’lim tizimidagi muhim yangiliklarni yoritish, muammolarga yechim topishga xizmat qiluvchi loyiha sifatida o‘z faoliyatini yanada kengaytirib boradi. Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/1402
Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.
Telegram l Instagram l YouTube
Показати все...
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#Sõragan_edingiz Attestatsiya vaqtida kompyuter ishlamay qolsa nima qilish kerak?
Savol
Attestatsiyaga kirib, test yechayotganimda kompyuter qotib, platforma ishlamay qoldi. Kompyuterda qotish bo‘lganidan so‘ng men belgilagan javoblarning o‘rni ham almashib ketibdi. Xullas, hammasi rasvo bo‘ldi. Tashkilotchi va mas’ullarga endi nima qilaman deb so‘rasam, natijangiz shu, shikoyat qilishga haqqingiz yo‘q deb, urishib berishdi. Bu vaziyatda o‘qituvchi nima qilishi kerak? Axir ayb menda emas, ularning o‘zida edi-ku. Javobhttps://xalqtaliminfo.uz/post/1183
Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.
Telegram l Instagram l YouTube
Показати все...
Pedagoglar attestatsiyasi borasida kechayotgan bahslarga ekspertlar javobi Attestatsiya natijalaridan norozi bo'layotgan pedagoglar nima qilishi kerak, degan savol hali ham kun tartibida turibdi. "Tanaffus" podkastida ko'tarilgan quyidagi mavzular esa attestatsiya natijalaridan norozi bo'layotgan pedagoglar uchun asosiy qo'llanma bo'lib xizmat qiladi. 03:35 - Biz o'zi kimni va nima maqsadda sinayapmiz? ➡️ BATAFSIL 08:00 - Dunyo tajribasida o‘qituvchilar qay tartibda attestatsiyadan o‘tkaziladi? ➡️ BATAFSIL 10:43 - Pedagogika va kasb standartidan tuzilgan testlar saviyasi qanday? ➡️ BATAFSIL 13:59 - Pedagog mauglining onasi ismini bilmasa, yomon o‘qituvchi bo‘lib qolmaydi ➡️ BATAFSIL 15:57 - Kasb standartidan test tuzmaslik kerak ➡️ BATAFSIL 16:41 - O‘qituvchi o‘ziga ishonmasa, testdan norozi bo‘lib murojaat yo‘llamaydi ➡️ BATAFSIL 17:48 - Ayrim fanlar uchun murakkab, ayrimlari uchun sodda test tuzilganmi? ➡️ BATAFSIL 19:47 - Attestatsiya testlari yaroqsizmidi? ➡️ BATAFSIL 23:01 - Pedagogika testlari: Bir savolda ikkita to‘g‘ri javob bormi? ➡️ BATAFSIL 28:34 - Vazirlik "tarozimiz" to‘g‘ri deb qat’iy fikrida turib olmasligi kerak ➡️ BATAFSIL 29:10 - Kasb standartidan testlari qanday bo‘lishi kerak? ➡️ BATAFSIL 34:00 - Testlar valid bo‘lmasa, hammasi bir tiyin ➡️ BATAFSIL 34:38 - Aslida test tuzish bilan ilmiy tashkilotlar shug‘illanishi kerak ➡️ BATAFSIL 38:34 - O‘zbekistonda kuchli testologlar bormi? ➡️ BATAFSIL 42:16 - Testning sifatini 4 ta javobning bittasi to‘g‘ri ekanligi bilan o‘lchab bo‘lmaydi ➡️ BATAFSIL 44:21 - Vazirlik tuzgan testlarni tekshiradigan mustaqil tashkilot bormi? ➡️ BATAFSIL 49:55 - O‘qituvchi hamma narsani xotirasida saqlab yuruvchi fleshka emas ➡️ BATAFSIL 51:11 - Test ichida test bo‘lishining o‘zi xato ➡️ BATAFSIL 53:14 - Test tuzuvchilar darslikda berilgan ma’lumotlar maqsadini ham tushunmagan ➡️ BATAFSIL 56:32 - Attestatsiyada aynan darslikdan test tushishi kerakmi? ➡️ BATAFSIL 01:00:06 - Aslida malaka toifasi o‘rtasida qanday farqlar bo‘lishi kerak? ➡️ BATAFSIL 01:03:34 - Hozir o‘qituvchilarga noto‘g‘ri ball bilan baho berilmoqda ➡️ BATAFSIL 01:08:00 - Attestatsiya tizimi xalqaro akkreditatsiyadan qanday qilib o‘tdi? ➡️ BATAFSIL 01:09:52 - Testlar o‘qituvchilarga ham ochiqlanishi kerakmi? ➡️ BATAFSIL 01:11:27 - O‘qituvchilar vazirlikni sudga berishi mumkin ➡️ BATAFSIL 01:12:11 - Vazirlik test spetsifikatsiyasini xohlagancha o‘zgartiradimi? ➡️ BATAFSIL 01:13:46 - Vazirlik validlik tadqiqotlari o‘tkazganda kamchiliklar sezilardi ➡️ BATAFSIL 01:14:34 - Vazirlik appelyatsiya shikoyatiga qanday javob qaytarishi kerak? ➡️ BATAFSIL 01:15:20 - Validlik talablariga javob bermaydigan test bilan o‘qituvchilarni baholashni taqiqlash kerak ➡️ BATAFSIL 01:18:30 - Har safar attestatsiyada qaysidir fandan muammo kelib chiqadi ➡️ BATAFSIL 01:19:19 - "X variant" nega tarqalib ketti? ➡️ BATAFSIL 01:23:00 - Attestatsiyadan norozi o‘qituvchilar qanday yo‘l tutishi kerak? ➡️ BATAFSIL 01:25:28 - Test vaqtida kompyuterda nosozlik bo‘lsa, attestatsiya boshqa kunga ko‘chirilishi kerakmi? ➡️ BATAFSIL 01:27:10 - 80 ball oldim deb o‘ylagan o‘qituvchilar natijasi, 50 ball chiqdimi? ➡️ BATAFSIL 01:31:47 - Test jarayonida sodir bo‘ladigan fors-major holatlar yo‘riqnomada bo‘lishi kerak ➡️ BATAFSIL 01:34:14 - Testlar ataylab qiyin tuzilganmidi? ➡️ BATAFSIL 01:35:04 - Yil o‘qituvchisi, vazir ustamasi va 70 foizlik ustamasini attestatsiyaga bog‘lash xato ➡️ BATAFSIL 01:38:03 - O‘qituvchi o‘zi kim? ➡️ BATAFSIL 01:41:13 - Attestatsiyada ko‘zi ojiz o‘qituvchilarga adolatsizlik qilindimi? ➡️ BATAFSIL 01:43:32 - Testda barcha o‘qituvchilarga bir xil standart sharoit ta’minlanishi kerak ➡️ BATAFSIL 01:46:58 - Attestatsiya natijalari bekor qilinishi kerakmi? ➡️ BATAFSIL 01:50:39 - O‘qituvchilar oxirigacha kurashishi kerak ➡️ BATAFSIL 01:55:51 - Vazirlik ochiq ishlashi kerak ➡️ BATAFSIL 01:57:29 - Attestatsiyani stressiz o‘tkazish mumkinmi? ➡️ BATAFSIL 01:58:44 - Umumiy xulosalar ➡️ BATAFSIL 📝 Izoh yozish ▶️ To'liq video — https://youtu.be/rvg_3AC3gvI Telegram l Facebook l YouTube
Показати все...
Izoh yozish
Ko'rsatuvni to'liq ko'rish
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Vazirlik “Yil o‘qituvchisi” natijalari nega o‘zgarib qolganiga izoh berdi Avvalroq, o‘qituvchilarning attestatsiya imtihonida “Yil o‘qituvchisi” tanlovi uchun yiqqan ballari 3 kundan so‘ng g‘ayrioddiy tarzda pasaytirib qo‘yilgani haqida xabar bergandik. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi holat bo‘yicha rasmiy bayonot berib, aslida nima bo‘lganini birma-bir izohlab berishga harakat qildi. Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/1401
Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.
Telegram l Instagram l YouTube
Показати все...
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Pedagoglar uchun moʻljallangan oʻquv dasturiga arizalar qabuli boshlandi 📢 Ishonch jamgʻarmasi tomonidan moliyalashtirilgan YUNESKOning Oʻzbekistonda 300 nafar pedagog uchun moʻljallangan oʻquv dasturiga arizalar qabul qilish boshlandi ✅ YUNESKO Ishonch jamg'armasi ko'magida hamda Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi bilan hamkorlikda Buxoro, Farg'ona va Surxondaryo viloyatlaridan davlat maktablari pedagoglarini kasbiy rivojlanish dasturiga ariza topshirishga taklif etadi. Quyidagi ko‘nikmalaringizni rivojlantiring: • Ilg‘or pedagogik va andragogik kompetensiyalar • AKT, raqamli vositalar va suʼniy intellekt • Mentorlik va hamkasblar bilan oʻzaro tajriba almashish Oʻquv dasturini muvaffaqiyatli yakunlagan ishtirokchilar 12–18 oy davom etadigan YUNESKO mentorlik dasturiga jalb etiladi, va ushbu davr mobaynida moliyaviy ragʻbatlantirish va sertifikatlar bilan taqdirlanadi. Hoziroq ariza topshiring va O‘zbekistonda ta’lim sifatini oshirishga hissa qo‘shuvchi mentor-o‘qituvchiga aylaning! 📆 ARIZA TOPSHIRISH MUDDATI: • 1-guruh: 2025-yil 1-noyabr – 2025-yil 30-noyabr • 2-guruh: 2025-yil 1-dekabr – 2025-yil 31-dekabr • 3-guruh: 2026-yil 1-yanvar – 2026-yil 31-yanvar Arizangizni ushbu havola orqali topshiring: HAVOLA Savollar uchun: Ishonch@unesco.org
Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.
Telegram l Instagram l YouTube
Показати все...
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Xalq ta'limi Info iqtibosi
"Ta’lim siyosatini belgilovchi shaxslar attestatsiya tizimini qanchalik oqlamasin, 2023–2025-yillar ta’lim boshqaruvida o‘qituvchilar faoliyatini adolatsiz baholagan tizim sifatida tarixda qoladi. Bugun bu haqiqatni tan olish og‘irdir, ammo vaqtlar o‘tib, bu adolatsizlik albatta tan olinadi va yuqori minbarlardan turib ular qoralanadi..."
Ulug'bek Po'latov, xalqtaliminfo.uz loyihasi asoschisi Telegram l Instagram l YouTube
Показати все...
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Deyarli ikki yillik tanaffusdan so‘ng TRMga direktor tayinlandi 2024-yil fevral oyidan buyon mazkur lavozimga hech kim tayinlanmagandi. Ta’limni rivojlantirish markazi direktori vazifasini vaqtincha bajarib turish esa direktor o‘rinbosari Risyukova Yuliya Vasilyevnaga yuklatilgandi. Joriy yilning 4-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining farmoyishi bilan Risyukova Yuliya Vasilyevnaning aynan o’zi shu lavozimga rasman tayinlandi. Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/1400
Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.
Telegram l Instagram l YouTube
Показати все...
01:42
Відео недоступнеДивитись в Telegram
Kimyo yoki fizika laborotoriya xonasi kabinet mudirligi kimga berilishi kerak? Maktabda laboratoriya xonasi mavjud bo‘lgani uchun kabinet mudirligini qaysi o'qituvchiga berish masalasida doim tushunmovchiliklar kelib chiqadi. Shu sababli, mazkur videoda buning tartibini batafsil tushuntirib berishga harakat qildik. Shu o'rinda, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligidan bu borada ham amaliy yechim berilishini kutib qolamiz. Shunga o'xshash dolzarb savollarga javob topishni istasangiz, Instagram sahifamizni ham kuzatib boring. Telegram l Instagram l YouTube
Показати все...
AQMSje7QVe9AcpoAdcpYIOetmX53syN7zMoDRNFyE6uUd_ZHK5sT0FT7wmloEKN.mp411.43 MB
Instagram sahifamiz
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Vazirlik huzuridagi Baholash markazi ingliz tili o‘qituvchilarini yuzma-yuz muhokamaga taklif qildi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi ingliz tili fani o‘qituvchilarni 5-15-noyabr kunlari soat 09:00 dan 18:00 ga qadar yuzma-yuz muhokama qilish uchun Markazga taklif qildi. Bunga 19 mingdan ortiq pedagoglarning keskin noroziligi sabab bo‘ldi. Ayni vaqtda xalqtaliminfo.uz'ning ‘‘Tanaffus’’ podkastiga taklifi borasida o‘qituvchilar tomonidan vakil belgilanganligi ma’lum qilindi, ammo vazirlik Axborot xizmatiga ham bu borada xabar berilgan bo‘lsa-da, hozircha vazirlik tomon aloqaga chiqmadi. Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/1399
Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.
Telegram l Instagram l YouTube
Показати все...
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Attestatsiyadan norozi pedagoglar hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi diqqatiga Ayni vaqtda pedagog xodimlar attestatsiyasi kun tartibiga ko‘tarilmoqda. Bir tomondan pedagoglar test jarayonlari adolatsiz o‘tayotganidan shikoyat qilsa, ikkinchi tomondan vazirlik hammasi normal jarayon ekanligini iddao qilmoqda. Shu sababli, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining OAV bilan hamkorlikda, savollarga ochiq javob berishga tayyor ekanligi haqidagi pozitsiyasidan kelib chiqib, xalqtaliminfo.uz tahririyati ikki tomonni ham "Tanaffus" podkastining navbatdagi soniga taklif qiladi. Tomonlar o‘zaro muzokaralarga tayyor bo‘lgan taqdirda o‘qituvchilar hamda vazirlik tomonidan tegishli vakillar biz bilan bog‘lanishi mumkinligini ma’lum qilamiz. Xalqtaliminfo.uz har ikki tomonga ham mikrofon tutishga hamda jarayonni xolis yoritib borishga tayyor ekanligini ma’lum qiladi. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Axborot xizmati hamda pedagoglar vakili biz bilan bog‘lanib, muzokara kunini belgilashlari mumkin.
Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.
Telegram l Instagram l YouTube
Показати все...
00:30
Відео недоступнеДивитись в Telegram
Boshlang'ich sinf o'qituvchilari diqqatiga Siz uchun ajoyib bir yangilik topib qo'ydik. Qanday yangilik deysizmi? Ushbu yangilik haqidagi ma'lumotlarni Instagram sahifamizda e'lon qilamiz. Marhamat, hoziroq bizning Instagram sahifamizga obuna bo'ling! Shunga o'xshash dolzarb savollarga javob topishni istasangiz, Instagram sahifamizni ham kuzatib boring. Telegram l Instagram l YouTube
Показати все...
AQMoQuoum9JcpzxMI9BUoBxF6VlEIO3lPYEpCRhfRWtrKgSbgu5d9fkkViEWWJb.mp42.90 MB
Instagram sahifamiz
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Vazir E’zoza Karimova YUNESKO 43-sessiyasi doirasida bir qator Ta’lim vazirlari bilan uchrashdi YUNESKO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasi doirasida tashkil etilgan tadbirlarda o‘zaro hamkorlik aloqalari, taʼlim sifati hamda o‘qituvchilar malakasini oshirishdagi kelgusi rejalar xususida so‘z borgan. Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/1398
Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.
Telegram l Instagram l YouTube
Показати все...
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Endilikda fan olimpiadasi natijalari dars taqsimotida hech qanday ustunlik bermaydi Pedagoglarga dars taqsimotida ustunlik beradigan bir qancha ko'rsatkichlar ro'yxatdan chiqarib tashlandi. Ular orasidan fan olimpiadasi va "Yil o'qituvchisi" natijalari ham bor. Xo'sh, yana qaysi ko‘rsatkichlar endi dars taqsimotida hisobga olinmaydi? Bu haqda batafsil saytimizda o'qing. Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/1394
Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.
Telegram l Instagram l YouTube
Показати все...
Фото недоступнеДивитись в Telegram
“Apellyatsiya natijasidan qoniqmaganlar sudga murojaat qilishi mumkin” — vazirlik Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi attestatsiya natijalaridan norozi bo‘lgan pedagoglar masalasi kun tartibiga ko‘tarilgandan so‘ng, rasmiy bayonot bilan chiqdi. Shuningdek, vazirlik OAV bilan ham hamkorlik, savollarga ochiq javob berishga tayyorligini aytib, yaqin orada matbuot anjumani tashkil etilishini ma'lum qildi. Eslatib o'tamiz, vazirlik bir yildan buyon jamoatchilik bilan deyarli ochiq muloqot tashkil qilgani yo‘q. Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/1397
Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.
Telegram l Instagram l YouTube
Показати все...
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Vazirlik pedagoglarning “Yil o‘qituvchisi” natijalarini o‘zgartirib qo‘ygani aytilmoqda Ijtimoiy tarmoqlarda “Yil o‘qituvchisi” natijalari sotilyaptimi?” degan mazmunda xabarlar tarqalmoqda. Ma'lum bo'lishicha, o'qituvchilarning attestatsiya imtihonida “Yil o‘qituvchisi” tanlovi uchun yiqqan ballari 3 kundan so'ng g'ayrioddiy tarzda pasaytirib qo'yilgan. Ajablanarlisi, bunday holat ko'pchilik pedagoglar bilan sodir bo'lmoqda. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi esa bu haqda pedagoglarni rasman ogohlantirmagan. Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/1396
Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.
Telegram l Instagram l YouTube
Показати все...