Sevgi She'rlari
الذهاب إلى القناة على Telegram
Ko'ngilga Malham Bo'ladigan Sevgi She'rlari! 📌• #Sevgi - KUYLARI 📌•• #Sevgi - SHERLARI 📌••• #Sevgi - IZHORLARI 📌•••• #Sevgi - STATUSLARI 📌••••• #Sevgi - HIKOYALARI @Maqsudbek_T Reklama 👉 @Reklama_Qoidalarr
إظهار المزيد2025 عام في الأرقام

12 724
المشتركون
-1524 ساعات
-1587 أيام
-36430 أيام
أرشيف المشاركات
Yashagim kelmaydi sensiz dunyoda!
Sevgi qasringni qur mening ko‘nglimda,
Tayanchsan doimo o‘ngu so‘limda,
Yonma yon kelyabsan umr yo‘limda,
Yashagim kelmaydi sensiz dunyoda!
Boshimga qulagan kabidir samo,
Faqat sen bo‘lasan dardimga davo,
O‘zgalar qandaydir, bilmayman ammo,
Yashagim kelmaydi sensiz dunyoda!
Armonim hukumron, orzularim puch
Hayot imtixonidan olgandayman uch.
To‘rt tomon huvullar qaydan topay kuch,
Yashagim kelmaydi sensiz dunyoda!
Qarisang o‘ylaysan hamma tomonni,
Ko‘rib umring o‘tar yaxshi yomonni,
Birga sursam deyman davru davronni,
Yashagim kelmaydi sensiz dunyoda!
Zorlansam yoradi toshlarni zorim,
Sen o‘zing dardimga malxamim korim.
Qalbimda borimsan tanxosan yorim,
Yashagim kelmaydi sensiz dunyoda!
✍Baxtiyorjon Xasanov
Telegram.me/Sherlari_Sevgi
☝️Obuna bo‘lishni unutmang!
❤ 17👍 8😍 4🔥 1
00:31
Video unavailableShow in Telegram
🎂 𝑻𝒖𝒈‘𝒊𝒍𝒈𝒂𝒏 𝒌𝒖𝒏 𝒕𝒂𝒃𝒓𝒊𝒌𝒍𝒂𝒓𝒊✨
📌 𝑅𝑎𝑠𝑚𝑙𝑎𝑟
📌 🇻🇮🇩🇪🇴 tabrik
📌 𝐴𝑢𝑑𝑖𝑜 𝑡𝑎𝑏𝑟𝑖𝑘
𝒀𝒂𝒒𝒊𝒏𝒍𝒂𝒓𝒊𝒏𝒈𝒊𝒛𝒏𝒊 𝑥𝑢𝑟𝑠𝑎𝑛𝑑 𝑞𝑖𝑙𝑎𝑚𝑖𝑧
Tez, arzon, sifatli!
👉 Buyurtma uchun yozing.
+998996226995
+998996226995
Ayollar uchun telegram 👉
✍🏻 @Elshod6995
Erkaklar uchun 👉
📍 @Tabrikadmini01
@Tabrikadmini01
@Tabrikadmini01
𝑻𝑼𝑮‘𝑰𝑳𝑮𝑨𝑵 𝑲𝒖𝒏 𝑻𝒂𝒃𝒓𝒊𝒌𝒍𝒂𝒓𝒊 🌹
https://t.me/Tabriklarloyihasi6995
https://t.me/Tabriklarloyihasi6995
https://t.me/Tabriklarloyihasi6995
8.55 MB
❤ 8👍 5🥰 4😍 2
#iqtibos
Qoʻllaringni tutgin koʻzyoshlarimga,
Bagʻrimga toʻkilib ezmasin meni.
Qalbingga berikitib qoʻysin Xudoyim,
Hijronlar borligim sezmasin meni.
Qoʻllarimni tutgin, qoʻllarimni tut,
Men qulab ketyapman gʻamning jariga.
Har nega chap berib keldim-u lekin,
Oʻtib ketolmadim ishqdan nariga.
Yorijon, sen menga atalgan baxtsan,
Men senga yozilgan qismatman axir.
Taqdirning qoʻlimga tutgan oshi ham,
Xuddi peshonamning shoʻridek taxir.
Meni yomonlarga yoʻliqtirmagin,
Qoʻrqitma koʻksimga tushmasin gʻuluv.
Aslida oʻlmoqlik daxshatli emas,
Seningsiz yashamoq haqiqiy qoʻrquv.
Telegram.me/Sherlari_Sevgi
❤ 11🥰 8👍 7😍 2🔥 1
00:11
Video unavailableShow in Telegram
🍃❄️XAYRLI TONG ❄️🍃
QADRLIKLARIM!.
Tong nafasi urilib yuzga,
Ajib hislar uyg‘otdi dilga.
Mehr qo‘shib baytimni bitdim,
Aziz do‘stlar Salom Assalom!.
🍃❄️Assalomu aleykum ❄️🕊
🍃❄️Va rahmatullohi ❄️🕊
🍃❄️ Va barokatux!. ❄️🕊
❄️Yakshanba tongi muborak
bo‘lsin!.
Munavvar tongga yetkazgan
Ollohga hamd-sanolar,
o‘tgan payg‘ambarlariga
durud-salovatlar bo‘lsin!.
Yo‘lingizni qur’on nuri,
qalbingizni iymon yoritsin!.
Yangi kun, yangi tong barchamizga muborak бўлсин!!!.🤲 💞
Telegram.me/Sherlari_Sevgi
☝️Obuna bo‘lishni unutmang!
2.35 MB
❤ 9🥰 9👍 3😍 3💋 1
00:19
Video unavailableShow in Telegram
🎉 Qadrli qadrdonim, bugungi quvonchli kun
14 - D E K A B R 🎉
🎁 Tavallud ayyomingiz
🎈 muborak boʻlsin! 🎊
🎁 Umringiz uzoq,
🎈 rizqingiz butun boʻlsin!
🎁 Oilangiz baxtiga doimo,
🎈 sogʻ-u, salomat boʻling🥰🎊
T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj
11.84 MB
🥰 9❤ 5👍 5😍 2
00:07
Video unavailableShow in Telegram
🌙✨X A Y R L I T U N
✨🌹Alloh xonadoningizdan huzur, oilangizdan totuvlik, rizqingizdan barakot, tillaringizdan zikru duo, qalbingizdan mehr-oqibatni aritmasin!🤲🤲
Alloxim barchamizni
Jannatlarida
jam qilsin...!🤲
Xayrli tun AZIZLARIM
T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj
T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj
1.26 KB
❤ 10👍 7🥰 4😍 2🔥 1
Farg'onalik!
Yosh edimda olov edim yonib turgan
Devonalik qilgandim ko'p devonalik
Ming bir kecha meni o'ylab hayol surgan
Farg'onalik qizcha edi Farg'onalik
Sog'inchlari qiynar meni hali hamon
Borgim kelar o'shal tanish ko'cha tomon
Ko'rgan kunim bo'ldi faqat sarsonalik
Farg'onalik qizcha edi Farg'onalik
Sevar edi men ham jondan sevganim bor
Ko'ziga boqib aytar edim takror takror
Lablariga labim bosib mastonalik
Farg'onalik qizcha edi Farg'onalik
Taqdir tig'i yo'llarimiz kesib qo'ydi
O'rtadagi rishtalarni uzib qo'ydi
Naf bermadi shuncha bo'ldim parvonalik
Farg'onalik qizcha edi Farg'onalik
Ota rozi Xudo rozi bo'lib ketdi
Taqdiriga tan bergancha ko'nib ketdi
Ko'zlarimdan yoshlar oqdi marjonalik
Farg'onalik qizcha edi Farg'onalik
Meni yesa yeb bitirdi sevgi dardim
Qayoqlarda qolib ketdi yigit qadrim
To'rt tomonim zulmat bo'ldi tor xonalik
Farg'onalik qizcha edi Farg'onalik
Oldirganim bor og'zimdan oshginamni
Nasib degan go'zal qalam qoshginamni
Bo'larmanmi shuncha ham sho'r peshonalik
Farg'onalik qizcha edi Farg'onalik
Yillar o'tib dilda cho'g' ham so'nar balki
Telba Mo'min taqdirga ham ko'nar balki
O'g'il qizga qilsin endi zo'r onalik
Farg'onalik qizcha edi Farg'onalik.
(Mualliflik huquqi bilan himoyalangan)
Farhod Mo'min. 09.03.2025 yil.
Telegram.me/Sherlari_Sevgi
❤ 15👍 11🥰 7😍 4
***
Sog‘inganman bugun so‘zing jarangin
Qulog‘im ostidan ketmaydi nari
Eslatmasin deya ko‘zlaring rangin
Qahva ichmay qo‘ydim anchadan beri
Hech kimsa emasku dunyoda bekam
Shu bugun men chindan ichimni yedim
Tan olishim kerak aslida men ham
Seni sevgan paytim chiroyli edim
Qaydadir bir necha yillardan keyin
Tasodifan bo‘lar go‘zal to‘qnashuv
Bag‘ringga otilib bormog‘im tayin
Duo qil bo‘lmasin bunday uchrashuv
Tuxtadi, tugagan deyman-u ammo
Qalbimga sensizlik keladi malol
Lekin-chi, Yaratgan ushshoqni hatto
Nasibang bo‘lmasa qildirmas xayol
✍Sadoqat Muhammadova
Telegram.me/Sherlari_Sevgi
❤ 13😍 7👍 5🥰 4
Photo unavailableShow in Telegram
SHUNCHAKI YASHANG🙂
Balki yetar,tugatarmiz soxta dardlarni
Bekorga hayolga dard yukin ortdik
Asli muhtojmasmiz,bu hasratlarni
Kimlardan oldig-u yurakka sotdik
Hayot qurilmagan siqilmoq uchun
Nahot yashash qiyin,baxtlarga toʻlib
Koʻp narsa kerakmas asli kulmoq-chun
Shunchaki yashang,bas,gʻamni unitib
Bu dardlar bir kuni oʻtib ham ketar
Gar oʻlsak, ishlari bizsiz ham bitar
Boʻldi yuraklarni qiynamang yetar
Shunchaki yashang bas,gʻamni unitib
Izzatoy✍ 12.12.2025
Telegram.me/Sherlari_Sevgi
❤ 12👍 10🥰 7😍 2🔥 1
SHUNCHALAR YIROQMIZ BIR-BIRIMIZDAN...
Sen erta bahorsan, men bir kuz misol,
Hayot tizginsizday chiqadi izdan.
Qanchalar yaqinga oʻxshaymiz lekin,
Shunchalar yiroqmiz bir-birimizdan...
Ikki xil olammiz, ikki xil inson,
Ikki dard, ikki tun, ikki xil armon,
Sen oʻzga osmonsan, men oʻzga osmon,
Shunchalar yiroqmiz bir-birimizdan...
Biri sharq, biri gʻarb ikki tomonmiz
Biri oʻt, biri suv rangi somonmiz,
Sen yaxshi, biz esa mutloq yomonmiz,
Shunchalar yiroqmiz bir-birimizdan...
Birga ham boʻlarmiz balki roʼyoda,
Sen yersan, bizning ruh balki somoda,
Biri kam, biri koʻp, foniy dunyoda,
Shunchalar yiroqmiz bir-birimizdan...
✍ Aʼzam Umrzoqov
Telegram.me/Sherlari_Sevgi
🥰 11❤ 10👍 7😍 3😢 1
💥💥💥
Ikki dunyo aro yagona, podshoh,
Iymon yo‘lin bizga aylagin hamroh.
O‘zingdan so‘raymiz najot-u, panoh,
Yolg‘iz bir o‘zingga oshiq qil Alloh,
Suyukli bo‘lmoqqa loyiq qil Alloh!
Ishqning sharobini totli deydilar,
Bu ishqni ne buyuk zotlar tuydilar,
Faqat seni dedi, seni suydilar,
Yolg‘iz bir o‘zingga oshiq qil Alloh,
Suyukli bo‘lmoqqa loyiq qil Alloh!
O‘rab qo‘yib to‘rtta tarafimizdan,
Yolg‘on va’zlar o‘qib sharafimizga,
Izg‘ib yurar shayton atrofimizda,
Yolg‘iz bir o‘zingga oshiq qil Alloh,
Suyukli bo‘lmoqqa loyiq qil Alloh!
Saodatin bergin ikki dunyoni,
Yo‘lboshchi aylagin iymon – ziyoni,
Uzoqlashtir bizdan nafsni, baloni,
Yolg‘iz bir o‘zingga oshiq qil Alloh,
Suyukli bo‘lmoqqa loyiq qil Alloh!
✍ DILDORA ABDINAZAROVA
Telegram.me/Sherlari_Sevgi
❤ 10🥰 6😍 6👍 5
00:22
Video unavailableShow in Telegram
Assalomu Alaykum va
rohmatullohi va barokatuh
❄️Xayrli tong azizlarim!☀️
Barchangizga solih amallarga
serxosil bo‘lgan xayrli tong va
uzoq umr tilaymiz! Hamisha
Allohning panoxida bo‘ling!
❄️Bugun haftaning Shanba kuni
Alloh taolo bugungi kunimizni
barchamiz uchun xayrli va
barakali қилсин.🤲
Kunni shukronalik bilan
boshlang..
Yangi tong uchun
alhamdulillah!
Shanba tongi muborak bo‘lsin ✨
Telegram.me/Sherlari_Sevgi
4.07 MB
❤ 8🥰 8😍 5👍 3
00:19
Video unavailableShow in Telegram
🎉 Qadrli qadrdonim, bugungi quvonchli kun
13 - D E K A B R 🎉
🎁 Tavallud ayyomingiz
🎈 muborak boʻlsin! 🎊
🎁 Umringiz uzoq,
🎈 rizqingiz butun boʻlsin!
🎁 Oilangiz baxtiga doimo,
🎈 sogʻ-u, salomat boʻling🥰🎊
T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj
11.85 MB
👍 8❤ 6😍 5🥰 3
00:23
Video unavailableShow in Telegram
🌙XAYRLI TUN⭐️
🌙Alloxim soʻradim bugun bir tilak.....
🌙Tilagimga yetayin qoʻlla ey falak....
🌙Dunyoda bir umr baxtli yashasin.....
🌙Ushbu soʻzlarni oʻqigan yurak
🌙Xayrli tun Allohimga omonatimsiz🥰
Telegram.me/Sherlari_Sevgi
1.27 MB
❤ 13🥰 7👍 4😍 3
O n a j o n l a r i m .
So‘zlari mehrga, tengsiz,juda boy,
Ko‘ksida ko‘tarib,bizni to‘qqiz oy,
Mehri ham daryodir,qalbi keng saroy,
Jannatning kaliti,onajonlarim.
Uyqusidan tunlar ,bolam deb kechib,
Uxlasa uxlaydi,beshigin quchib,
Libosin mehrdan, kiygandir bichib,
Jannatning kaliti,onajonlarim.
Bolasi bezovta,bo‘lsa yig‘idan,
O‘tganday bo‘ladi qilich tig‘idan,
Bolam deb kechadi,boru yo‘g‘idan,
Jannatning kaliti,onajonlarim.
Kuttirib qo‘yamiz,bizlar gohida,
Oromin ololmas,uxlab osuda,
Ranjitib qo‘yamiz,afsus behuda,
Jannatning kaliti,onajonlarim.
Ko‘zimiz bosadi,gohida shira,
Kech qolib ko‘nglini,qilamiz xira,
Bizlardan hech xafa,bo‘lmaydi sira,
Jannatning kaliti,onajonlarim.
U zotdan begona,hayotdan nolish,
Yonidan ketamiz,yiroqqa xolis,
Duolar qiladi,beminnat xolis,
Jannatning kaliti,onajonlarim.
Onajonlarimiz baxtimizga sog‘-omon bo‘lishsin!
Marxabo Karimova Esonmurod qizi
Telegram.me/Sherlari_Sevgi
❤ 13😍 5👍 4🥰 4
Photo unavailableShow in Telegram
Hurmatli she'riyat ixlosmandlari!
Go‘zal va betakror she'rlar sohibi, shoir JO‘RABEK RO‘ZIYEVICH ning sheʼrlari jamlangan rasmiy kanaliga taklif etamiz!👇
https://t.me/sabrim_05
👍 8🥰 6❤ 4😍 4😁 1
Musofir yigit 😢
Men ketyapman chet elga
Ropa rosa bir yilga
Qaytgunimcha iltimos
Tegib ketmagin erga
Meni kutgin qaytaman
Kelib toʻylar qilaman
Seni goʻzal kelinchak
Oq libos kiydiraman
Xudo xoxlasa tezda
Qaytaman kelasi kuzda
Qaytgunimcha baxorim
Yozishib turamiz telda
Yor koʻzlaring yoshlamay
Yuragimni gʻashlamay
Iltimos bir yil chida
Sogʻinsang xam indamay
Ishon shu she'rim guvoh
Sevgimiz menga hamrox
Oʻzimdanku koʻnglim toʻq
Seni asrasin Allox...
✍ ( Asmus)
Telegram.me/Sherlari_Sevgi
❤ 9👍 6🥰 4💔 4😍 3
00:10
Video unavailableShow in Telegram
ҲИЛОЛА
Кириб келаётган янги
2026-ЙИЛ бахт ва омад
олиб келсин!
БОШҚА ИСМЛАР 👈
БОШҚА ИСМЛАР 👈
9.20 MB
🥰 9❤ 6👍 5😍 4
UNUTMA
Zeriktirdi odamlar rayi,
Birov uchun o'tar har lahza.
Kasb bu tirikchilik manbayi,
Ko'ngil ishi boshqa bir narsa.
Ig'vogarlar har yerda g'olib,
Hammasidan deging kelar dod,
Eng asosiy masala qolib,
Maydalashib ketar odamzod.
Jilmayasan asab esa ming.
Alam cheksang dushmanga zavqli.
Suvdan quruq chiquvchilarning,
Orasida bo'lmoqlik xavfli.
Kimdur sendan izlasa foyda
Barisini chetga surib qo'y.
Bo'sh kelmagin kerakli joyda,
Koinotni o'ylantirib qo'y.
Qadrini bil dunyo har kunin.
O'zligingni yo'qsa bilmaysan.
Unutmasang hayot mazmunin
Sen hech qachon unutilmaysan.
✍Faxriyor Baxtiyorov
Telegram.me/Sherlari_Sevgi
❤ 11👍 10🥰 5😍 4
Vujudim muzlagan, armonlar hissiz,
Bu dunyo ichida mangu qolmayman.
Seni ilk koʻrganda qay holda edim,
Qanday sevganimni eslay olmayman...
Sen tanti insonsan, choʻqqisan, dorsan,
Men kimga yormanu- sen kimga yorsan,
Koʻmilgan qalbimda bir oʻzing borsan,
Qanday sevganimni eslay olmayman...
Ex sodda yoshligim, sodda yoshligim,
Sen kimga oshiqsan ey beboshligim,
Sanamlar ichida qalam qoshligim,
Qanday sevganimni eslay olmayman...
Yomgʻirla sheʼrlarim yuvadi osmon,
Qalamlar titraydi tinadi zabon,
Anduhlar ichida qolgan men yomon,
Qanday sevganimni eslay olmayman...
Dil toʻla dardlarim boʻlib yuzma-yuz,
Sen soxta emassan, muxabbat yovuz,
Tushunib yetmayman negadir hanuz,
Qanday sevganimni eslay olmayman...
✍ Aʼzamjon Umrzoqov 08.12.2025
Telegram.me/Sherlari_Sevgi
❤ 9🥰 9👍 6😍 3
