ch
Feedback
Sevgi She'rlari

Sevgi She'rlari

前往频道在 Telegram

Ko'ngilga Malham Bo'ladigan Sevgi She'rlari! 📌• #Sevgi - KUYLARI 📌•• #Sevgi - SHERLARI 📌••• #Sevgi - IZHORLARI 📌•••• #Sevgi - STATUSLARI 📌••••• #Sevgi - HIKOYALARI @Maqsudbek_T Reklama 👉 @Reklama_Qoidalarr

显示更多
2025 年数字统计snowflakes fon
card fon
12 724
订阅者
-1524 小时
-1587
-36430
帖子存档
Yashagim kelmaydi sensiz dunyoda! Sevgi qasringni qur mening ko‘nglimda, Tayanchsan doimo o‘ngu so‘limda, Yonma yon kelyabsan umr yo‘limda, Yashagim kelmaydi sensiz dunyoda! Boshimga qulagan kabidir samo, Faqat sen bo‘lasan dardimga davo, O‘zgalar qandaydir, bilmayman ammo, Yashagim kelmaydi sensiz dunyoda! Armonim hukumron, orzularim puch Hayot imtixonidan olgandayman uch. To‘rt tomon huvullar qaydan topay kuch, Yashagim kelmaydi sensiz dunyoda! Qarisang o‘ylaysan hamma tomonni, Ko‘rib umring o‘tar yaxshi yomonni, Birga sursam deyman davru davronni, Yashagim kelmaydi sensiz dunyoda! Zorlansam yoradi toshlarni zorim, Sen o‘zing dardimga malxamim korim. Qalbimda borimsan tanxosan yorim, Yashagim kelmaydi sensiz dunyoda! ✍Baxtiyorjon Xasanov Telegram.me/Sherlari_Sevgi ☝️Obuna bo‘lishni unutmang!
显示全部...
17👍 8😍 4🔥 1
00:31
视频不可用在 Telegram 中显示
🎂 𝑻𝒖𝒈‘𝒊𝒍𝒈𝒂𝒏 𝒌𝒖𝒏 𝒕𝒂𝒃𝒓𝒊𝒌𝒍𝒂𝒓𝒊✨ 📌 𝑅𝑎𝑠𝑚𝑙𝑎𝑟 📌 ‌🇻‌🇮‌🇩‌🇪‌🇴 tabrik 📌 𝐴𝑢𝑑𝑖𝑜 𝑡𝑎𝑏𝑟𝑖𝑘 𝒀𝒂𝒒𝒊𝒏𝒍𝒂𝒓𝒊𝒏𝒈𝒊𝒛𝒏𝒊 𝑥𝑢𝑟𝑠𝑎𝑛𝑑 𝑞𝑖𝑙𝑎𝑚𝑖𝑧 Tez, arzon, sifatli! 👉 Buyurtma uchun yozing. +998996226995 +998996226995 Ayollar uchun telegram 👉 ✍🏻 @Elshod6995 Erkaklar uchun 👉 📍 @Tabrikadmini01 @Tabrikadmini01 @Tabrikadmini01 𝑻𝑼𝑮‘𝑰𝑳𝑮𝑨𝑵 𝑲𝒖𝒏 𝑻𝒂𝒃𝒓𝒊𝒌𝒍𝒂𝒓𝒊 🌹 https://t.me/Tabriklarloyihasi6995 https://t.me/Tabriklarloyihasi6995 https://t.me/Tabriklarloyihasi6995
显示全部...
8.55 MB
8👍 5🥰 4😍 2
#iqtibos Qoʻllaringni tutgin koʻzyoshlarimga, Bagʻrimga toʻkilib ezmasin meni. Qalbingga berikitib qoʻysin Xudoyim, Hijronlar borligim sezmasin meni. Qoʻllarimni tutgin, qoʻllarimni tut, Men qulab ketyapman gʻamning jariga. Har nega chap berib keldim-u lekin, Oʻtib ketolmadim ishqdan nariga. Yorijon, sen menga atalgan baxtsan, Men senga yozilgan qismatman axir. Taqdirning qoʻlimga tutgan oshi ham, Xuddi peshonamning shoʻridek taxir. Meni yomonlarga yoʻliqtirmagin, Qoʻrqitma koʻksimga tushmasin gʻuluv. Aslida oʻlmoqlik daxshatli emas, Seningsiz yashamoq haqiqiy qoʻrquv. Telegram.me/Sherlari_Sevgi
显示全部...
11🥰 8👍 7😍 2🔥 1
00:11
视频不可用在 Telegram 中显示
🍃❄️XAYRLI  TONG ❄️🍃            QADRLIKLARIM!. Tong nafasi urilib  yuzga, Ajib hislar uyg‘otdi dilga. Mehr qo‘shib baytimni bitdim, Aziz do‘stlar Salom Assalom!. 🍃❄️Assalomu aleykum ❄️🕊     🍃❄️Va rahmatullohi ❄️🕊         🍃❄️ Va barokatux!. ❄️🕊 ❄️Yakshanba tongi  muborak          bo‘lsin!. Munavvar tongga yetkazgan Ollohga hamd-sanolar, o‘tgan payg‘ambarlariga durud-salovatlar bo‘lsin!. Yo‘lingizni  qur’on nuri, qalbingizni  iymon yoritsin!. Yangi kun, yangi tong barchamizga muborak бўлсин!!!.🤲 💞 Telegram.me/Sherlari_Sevgi ☝️Obuna bo‘lishni unutmang!
显示全部...
2.35 MB
9🥰 9👍 3😍 3💋 1
00:19
视频不可用在 Telegram 中显示
🎉 Qadrli qadrdonim, bugungi quvonchli kun 14 - D E K A B R 🎉 🎁 Tavallud ayyomingiz 🎈 muborak boʻlsin! 🎊 🎁 Umringiz uzoq, 🎈 rizqingiz butun boʻlsin! 🎁 Oilangiz baxtiga doimo, 🎈 sogʻ-u, salomat boʻling🥰🎊 T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj
显示全部...
11.84 MB
🥰 9 5👍 5😍 2
00:07
视频不可用在 Telegram 中显示
🌙✨X A Y R L I T U N ✨🌹Alloh xonadoningizdan huzur, oilangizdan totuvlik, rizqingizdan barakot, tillaringizdan zikru duo, qalbingizdan mehr-oqibatni aritmasin!🤲🤲 Alloxim barchamizni Jannatlarida jam qilsin...!🤲 Xayrli tun AZIZLARIM T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj
显示全部...
1.26 KB
10👍 7🥰 4😍 2🔥 1
Farg'onalik! Yosh edimda olov edim yonib turgan Devonalik qilgandim ko'p devonalik Ming bir kecha meni o'ylab hayol surgan Farg'onalik qizcha edi Farg'onalik Sog'inchlari qiynar meni hali hamon Borgim kelar o'shal tanish ko'cha tomon Ko'rgan kunim bo'ldi faqat sarsonalik Farg'onalik qizcha edi Farg'onalik Sevar edi men ham jondan sevganim bor Ko'ziga boqib aytar edim takror takror Lablariga labim bosib mastonalik Farg'onalik qizcha edi Farg'onalik Taqdir tig'i yo'llarimiz kesib qo'ydi O'rtadagi rishtalarni uzib qo'ydi Naf bermadi shuncha bo'ldim parvonalik Farg'onalik qizcha edi Farg'onalik Ota rozi Xudo rozi bo'lib ketdi Taqdiriga tan bergancha ko'nib ketdi Ko'zlarimdan yoshlar oqdi marjonalik Farg'onalik qizcha edi Farg'onalik Meni yesa yeb bitirdi sevgi dardim Qayoqlarda qolib ketdi yigit qadrim To'rt tomonim zulmat bo'ldi tor xonalik Farg'onalik qizcha edi Farg'onalik Oldirganim bor og'zimdan oshginamni Nasib degan go'zal qalam qoshginamni Bo'larmanmi shuncha ham sho'r peshonalik Farg'onalik qizcha edi Farg'onalik Yillar o'tib dilda cho'g' ham so'nar balki Telba Mo'min taqdirga ham ko'nar balki O'g'il qizga qilsin endi zo'r onalik Farg'onalik qizcha edi Farg'onalik. (Mualliflik huquqi bilan himoyalangan) Farhod Mo'min. 09.03.2025 yil. Telegram.me/Sherlari_Sevgi
显示全部...
15👍 11🥰 7😍 4
*** Sog‘inganman bugun so‘zing jarangin Qulog‘im ostidan ketmaydi nari Eslatmasin deya ko‘zlaring rangin Qahva ichmay qo‘ydim anchadan beri Hech kimsa emasku dunyoda bekam Shu bugun men chindan ichimni yedim Tan olishim kerak aslida men ham Seni sevgan paytim chiroyli edim Qaydadir bir necha yillardan keyin Tasodifan bo‘lar go‘zal to‘qnashuv Bag‘ringga otilib bormog‘im tayin Duo qil bo‘lmasin bunday uchrashuv Tuxtadi, tugagan deyman-u ammo Qalbimga sensizlik keladi malol Lekin-chi, Yaratgan ushshoqni hatto Nasibang bo‘lmasa qildirmas xayol ✍Sadoqat Muhammadova Telegram.me/Sherlari_Sevgi
显示全部...
13😍 7👍 5🥰 4
照片不可用在 Telegram 中显示
SHUNCHAKI YASHANG🙂 Balki yetar,tugatarmiz soxta dardlarni Bekorga hayolga dard yukin ortdik Asli muhtojmasmiz,bu hasratlarni Kimlardan oldig-u yurakka sotdik Hayot qurilmagan siqilmoq uchun Nahot yashash qiyin,baxtlarga toʻlib Koʻp narsa kerakmas asli kulmoq-chun Shunchaki yashang,bas,gʻamni unitib Bu dardlar bir kuni oʻtib ham ketar Gar oʻlsak, ishlari bizsiz ham bitar Boʻldi yuraklarni qiynamang yetar Shunchaki yashang bas,gʻamni unitib Izzatoy✍ 12.12.2025 Telegram.me/Sherlari_Sevgi
显示全部...
12👍 10🥰 7😍 2🔥 1
SHUNCHALAR YIROQMIZ BIR-BIRIMIZDAN... Sen erta bahorsan, men bir kuz misol, Hayot tizginsizday chiqadi izdan. Qanchalar yaqinga oʻxshaymiz lekin, Shunchalar yiroqmiz bir-birimizdan... Ikki xil olammiz, ikki xil inson, Ikki dard, ikki tun, ikki xil armon, Sen oʻzga osmonsan, men oʻzga osmon, Shunchalar yiroqmiz bir-birimizdan... Biri sharq, biri gʻarb ikki tomonmiz Biri oʻt, biri suv rangi somonmiz, Sen yaxshi, biz esa mutloq yomonmiz, Shunchalar yiroqmiz bir-birimizdan... Birga ham boʻlarmiz balki roʼyoda, Sen yersan, bizning ruh balki somoda, Biri kam, biri koʻp, foniy dunyoda, Shunchalar yiroqmiz bir-birimizdan... ✍ Aʼzam Umrzoqov Telegram.me/Sherlari_Sevgi
显示全部...
🥰 11 10👍 7😍 3😢 1
💥💥💥 Ikki dunyo aro yagona, podshoh, Iymon yo‘lin bizga aylagin hamroh. O‘zingdan so‘raymiz najot-u, panoh, Yolg‘iz bir o‘zingga oshiq qil Alloh, Suyukli bo‘lmoqqa loyiq qil Alloh! Ishqning sharobini totli deydilar, Bu ishqni ne buyuk zotlar tuydilar, Faqat seni dedi, seni suydilar, Yolg‘iz bir o‘zingga oshiq qil Alloh, Suyukli bo‘lmoqqa loyiq qil Alloh! O‘rab qo‘yib to‘rtta tarafimizdan, Yolg‘on va’zlar o‘qib sharafimizga, Izg‘ib yurar shayton atrofimizda, Yolg‘iz bir o‘zingga oshiq qil Alloh, Suyukli bo‘lmoqqa loyiq qil Alloh! Saodatin bergin ikki dunyoni, Yo‘lboshchi aylagin iymon – ziyoni, Uzoqlashtir bizdan nafsni, baloni, Yolg‘iz bir o‘zingga oshiq qil Alloh, Suyukli bo‘lmoqqa loyiq qil Alloh! ✍ DILDORA ABDINAZAROVA Telegram.me/Sherlari_Sevgi
显示全部...
10🥰 6😍 6👍 5
00:22
视频不可用在 Telegram 中显示
Assalomu Alaykum va rohmatullohi va barokatuh ❄️Xayrli tong azizlarim!☀️ Barchangizga solih amallarga serxosil bo‘lgan xayrli tong va uzoq umr tilaymiz! Hamisha Allohning panoxida bo‘ling! ❄️Bugun haftaning Shanba kuni Alloh taolo bugungi kunimizni barchamiz uchun xayrli va barakali қилсин.🤲 Kunni shukronalik bilan boshlang.. Yangi tong uchun alhamdulillah! Shanba tongi muborak bo‘lsin ✨ Telegram.me/Sherlari_Sevgi
显示全部...
4.07 MB
8🥰 8😍 5👍 3
00:19
视频不可用在 Telegram 中显示
🎉 Qadrli qadrdonim, bugungi quvonchli kun 13 - D E K A B R 🎉 🎁 Tavallud ayyomingiz 🎈 muborak boʻlsin! 🎊 🎁 Umringiz uzoq, 🎈 rizqingiz butun boʻlsin! 🎁 Oilangiz baxtiga doimo, 🎈 sogʻ-u, salomat boʻling🥰🎊 T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj
显示全部...
11.85 MB
👍 8 6😍 5🥰 3
00:23
视频不可用在 Telegram 中显示
🌙XAYRLI TUN⭐️ 🌙Alloxim soʻradim bugun bir tilak..... 🌙Tilagimga yetayin qoʻlla ey falak.... 🌙Dunyoda bir umr baxtli yashasin..... 🌙Ushbu soʻzlarni oʻqigan yurak 🌙Xayrli tun Allohimga omonatimsiz🥰 Telegram.me/Sherlari_Sevgi
显示全部...
1.27 MB
13🥰 7👍 4😍 3
O n a j o n l a r i m . So‘zlari mehrga, tengsiz,juda boy, Ko‘ksida ko‘tarib,bizni to‘qqiz oy, Mehri ham daryodir,qalbi keng saroy, Jannatning kaliti,onajonlarim. Uyqusidan tunlar ,bolam deb kechib, Uxlasa uxlaydi,beshigin quchib, Libosin mehrdan, kiygandir bichib, Jannatning kaliti,onajonlarim. Bolasi bezovta,bo‘lsa yig‘idan, O‘tganday bo‘ladi qilich tig‘idan, Bolam deb kechadi,boru yo‘g‘idan, Jannatning kaliti,onajonlarim. Kuttirib qo‘yamiz,bizlar gohida, Oromin ololmas,uxlab osuda, Ranjitib qo‘yamiz,afsus behuda, Jannatning kaliti,onajonlarim. Ko‘zimiz bosadi,gohida shira, Kech qolib ko‘nglini,qilamiz xira, Bizlardan hech xafa,bo‘lmaydi sira, Jannatning kaliti,onajonlarim. U zotdan begona,hayotdan nolish, Yonidan ketamiz,yiroqqa xolis, Duolar qiladi,beminnat xolis, Jannatning kaliti,onajonlarim. Onajonlarimiz baxtimizga sog‘-omon bo‘lishsin! Marxabo Karimova Esonmurod qizi Telegram.me/Sherlari_Sevgi
显示全部...
13😍 5👍 4🥰 4
照片不可用在 Telegram 中显示
Hurmatli she'riyat ixlosmandlari! Go‘zal va betakror she'rlar sohibi, shoir JO‘RABEK RO‘ZIYEVICH ning sheʼrlari jamlangan rasmiy kanaliga taklif etamiz!👇 https://t.me/sabrim_05
显示全部...
👍 8🥰 6 4😍 4😁 1
Musofir yigit  😢 Men ketyapman chet elga Ropa rosa bir yilga Qaytgunimcha iltimos Tegib ketmagin erga Meni kutgin qaytaman Kelib toʻylar qilaman Seni goʻzal kelinchak Oq libos kiydiraman Xudo xoxlasa tezda Qaytaman kelasi kuzda Qaytgunimcha baxorim Yozishib turamiz telda Yor koʻzlaring yoshlamay Yuragimni gʻashlamay Iltimos bir yil chida Sogʻinsang xam indamay Ishon shu she'rim guvoh Sevgimiz menga hamrox Oʻzimdanku koʻnglim toʻq Seni asrasin Allox... ✍ ( Asmus) Telegram.me/Sherlari_Sevgi
显示全部...
9👍 6🥰 4💔 4😍 3
00:10
视频不可用在 Telegram 中显示
ҲИЛОЛА Кириб келаётган янги 2026-ЙИЛ бахт ва омад олиб келсин! БОШҚА ИСМЛАР 👈 БОШҚА ИСМЛАР 👈
显示全部...
9.20 MB
🥰 9 6👍 5😍 4
UNUTMA Zeriktirdi odamlar rayi, Birov uchun o'tar har lahza. Kasb bu tirikchilik manbayi, Ko'ngil ishi boshqa bir narsa. Ig'vogarlar har yerda g'olib, Hammasidan deging kelar dod, Eng asosiy masala qolib, Maydalashib ketar odamzod. Jilmayasan asab esa ming. Alam cheksang dushmanga zavqli. Suvdan quruq chiquvchilarning, Orasida bo'lmoqlik xavfli. Kimdur sendan izlasa foyda Barisini chetga surib qo'y. Bo'sh kelmagin kerakli joyda, Koinotni o'ylantirib qo'y. Qadrini bil dunyo har kunin. O'zligingni yo'qsa bilmaysan. Unutmasang hayot mazmunin Sen hech qachon unutilmaysan. ✍Faxriyor Baxtiyorov Telegram.me/Sherlari_Sevgi
显示全部...
11👍 10🥰 5😍 4
Vujudim muzlagan, armonlar hissiz, Bu dunyo ichida mangu qolmayman. Seni ilk koʻrganda qay holda edim, Qanday sevganimni eslay olmayman... Sen tanti insonsan, choʻqqisan, dorsan, Men kimga yormanu- sen kimga yorsan, Koʻmilgan qalbimda bir oʻzing borsan, Qanday sevganimni eslay olmayman... Ex sodda yoshligim, sodda yoshligim, Sen kimga oshiqsan ey beboshligim, Sanamlar ichida qalam qoshligim, Qanday sevganimni eslay olmayman... Yomgʻirla sheʼrlarim yuvadi osmon, Qalamlar titraydi tinadi zabon, Anduhlar ichida qolgan men yomon, Qanday sevganimni eslay olmayman... Dil toʻla dardlarim boʻlib yuzma-yuz, Sen soxta emassan, muxabbat yovuz, Tushunib yetmayman negadir hanuz, Qanday sevganimni eslay olmayman... ✍ Aʼzamjon Umrzoqov 08.12.2025 Telegram.me/Sherlari_Sevgi
显示全部...
9🥰 9👍 6😍 3