POSTDA|Rasmiy kanal
الذهاب إلى القناة على Telegram
Ўзбекистон Республикаси Ички ишлар вазирлиги Бирлашган таҳририяти хабарлари 🌐 Веб-сайт : www.postda.uz 📨 E:mail: info@postda.uz
إظهار المزيد2025 عام في الأرقام

24 774
المشتركون
-124 ساعات
+17 أيام
-7030 أيام
أرشيف المشاركات
Photo unavailableShow in Telegram
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni munosabati bilan soha rivojiga munosib hissa qo‘shgan yurtdoshlarimizdan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmoni
—
Указ Президента Республики Узбекистан "О награждении в связи с Днем работников сельского хозяйства группы соотечественников, внесших достойный вклад в развитие сферы"
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
00:24
Video unavailableShow in Telegram
Toʻlov tizimidagi shaffoflik va qulaylikni oshirish bo‘yicha yangilik
Toʻlov tizimida shaffoflikni ta’minlash, xizmat koʻrsatish sifatini oshirish hamda elektron toʻlovlarga ragʻbatlantirish maqsadida naqd pul bilan amalga oshirilayotgan toʻlov koʻrsatkichlari past boʻlgan “Yer usti xalqa yoʻli” yoʻnalishidagi barcha 14 ta bekatda shuningdek, “Paxtakor” va “Alisher Navoiy” bekatlarida 2025-yil 9-dekabrdan boshlab kassalar yopiladi. Ushbu bekatlarda kassalar oʻrniga yangi zamonaviy QR-kodli chiptalar beruvchi apparatlar — infokioskalar ishga tushirilgan.
Infokioskalarning afzalliklari:
• Naqd pul aylanishini kamaytirib, toʻlovlar shaffof va xavfsiz boʻladi;
• Chipta xaridi tezlashadi — navbatlar kamayadi va yoʻlovchilar vaqtini tejaydi;
• QR-kod asosidagi chiptalarni mobil telefon yoki chop etilgan kvitansiya shaklida ishlatish mumkin.
IMG_4708.MP48.79 MB
Photo unavailableShow in Telegram
Кўкатлар истеъмолининг аҳамияти
Кўпгина витамин, минерал ва антиоксидантларнинг табиий манбаи ҳисобланган кўкатлар нафақат таом таъми ҳамда кўринишини яхшилаб, иштаҳани очади, балки:
* овқат ҳазмини осонлаштиради.
* таркибида Е витамини кўп миқдорда бўлгани туфайли тери, соч ва тирноқларнинг ҳолатига ижобий таъсир кўрсатади.
* иммунитетни кучайтиради.
* қабзият муаммоси билан курашишга ёрдам беради.
* “ёмон” холестерин даражасини пасайтиришга кўмаклашиб, қон томирлари деворларида тиқин пайдо бўлишининг олдини олади.
Гулчеҳра АЗИМОВА тайёрлади.
👉@postdarasmiy
Photo unavailableShow in Telegram
#JUMBOQ
Sizda ham, menda ham bittadan anor bor. Ularni o‘zaro almashsak, har birimizda bir donadan anor qoladi. Agar ikkimizda bittadan g‘oya bo‘lsa, almashish orqali har birimiz ikkita g‘oyaga ega bo‘lamiz. Sizningcha, biz almashganimizdan so‘ng ikkimizda ham qolmaydigan narsa nima?
Ushbu savolga Navro'zbek, Baxtiyor Xalitov, Shaxboz Latifov, Azamat Axmatov, Mansur, Qurbonov Ulug'bek, Isroil Ergashev, Nuriddin kabi o'quvchilarimiz to‘g‘ri javob yoʻllashdi. Ofarin! Bilimdonlarga keyingi jumboq savollarda ham omad tilab qolamiz.
Javob: Sir.
👉 @postdarasmiy telegram kanalimizga a’zo bo‘ling.
Photo unavailableShow in Telegram
Huquq va adolat bayrami
Yurtimizda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33 yilligi keng nishonlanmoqda. Shu munosabat bilan Toshkent shahar Qo‘riqlash boshqarmasida ham tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda xodimlar Konstitutsiyaning davlat va jamiyat hayotidagi o‘rni, unda mustahkamlab qo‘yilgan demokratik tamoyillar hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish masalalari yuzasidan fikr almashdilar.
Tadbirning badiiy qismi sifatida IIV huzuridagi Qo‘riqlash departamenti ansambli tomonidan bayramona konsert dasturi namoyish etildi. Milliy kuy-qo‘shiqlar va raqslar ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlab, ushbu tarixiy sananing ahamiyatini yanada yorqinroq ifoda etdi.
👉@postdarasmiy
Huquqiy bilimlar bellashuvi
8-dekabr Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyayasi qabul qilingan kun munosabati bilan IIV Qorovul qoʻshinlari qoʻmondonligi hamda Toshkent viloyati Yoshlar Ittifoqi kengashi bilan hamkorlikda, qoʻshinga qarashli 7534-sonli harbiy qismda harbiy xizmatchilar oʻrtasida Zakovat intelekttual oʻyini oʻtkazildi. Konstitutsiya inson qadri, erkinligi, tenglik va adolat garovi shiori ostida, harbiy xizmatchilar huquqiy bilim va savodxonligini oshirish, ularda bosh qomusimizga nisbatan hurmat ruhini shakllantirish maqsadida oʻtkazilib, unda qoʻshin miqyosidagi 6 terma jamoa oʻzaro gʻoliblik uchun baxslarga kirishdi. Yakuniy natijalarga koʻra, gʻoliblikni 7534-sonli harbiy qism Toʻmaris jamoasi qoʻlga kiritilgan boʻlsa, keyingi oʻrinlarni 7534 va 7535-sonli harbiy qismlarning Everest va Zukkolar jamoalari egallashdi, gʻolib va sovrindorlar diplom va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandilar. IIV Qorovul qoʻshinlari qoʻmondonligi axborot guruhi
Photo unavailableShow in Telegram
Ўзбекистон Республикаси Конституциясининг 33 йиллиги муносабати билан Нукус шаҳрида жойлашган Ёшлар марказида маданий-маърифий тадбир ташкил этилди. Тадбир доирасида китоблар ярмаркаси ва ҳарбий тузилмаларнинг махсус кўргазмаси ўтказилди.Кўргазмада Қуролли Кучлар, Ички ишлар, Фавқулодда вазиятлар ва бошқа тузилмаларнинг хизмат воситалари, жиҳозлари ҳамда ҳарбий анжомлари намойиш этилди. Ёшлар ушбу кўргазмаларга катта қизиқиш билдириб, мутахассислардан батафсил маълумотлар олишди Тадбир юқори савияда ўтказилиб, иштирокчиларда катта таассурот қолдирди. 👉@postdarasmiy
Photo unavailableShow in Telegram
ХУЛОСА ЧИҚАРИШГА ШОШИЛМАНГ!
Суратда нимани кўрябсиз? Қовурилган тухум ва картошками?
Йўқ, кўриб турганингиз,
- олма
- қатиқ
- шафтоли эди.
Ҳар-бир кўрганингиз сиз ўйлагандай бўлиб чиқавермайди. Сизга кўрсатилаётган нарсага ҳукм чиқаришга шошилманг. Зеро кўз, зоҳирнигина кўра олади, ботинни эмас!
Photo unavailableShow in Telegram
OTA DUOSINI OLIB
«Sodiq xizmatlari uchun» medali sohibi, Marg‘ilon shahar IIB TQX JQB katta tezkor vakili, kapitan Bahodir Xolmatovni safdoshlari «mohir izquvar» deya ta’riflashadi. Chunki u o‘ziga topshirilgan har qanday vazifaga o‘ta sinchkovlik va mas’uliyat bilan yondashishga odatlangan. Shu bois jinoyatlarni «issiq izida» fosh etishda uning mahorati doim qo‘l keladi.
Батафсил ўқинг👉
👉 @postdarasmiy телеграм каналимизга аъзо бўлинг.
Photo unavailableShow in Telegram
#JUMBOQ
Sizda ham, menda ham bittadan anor bor. Ularni o‘zaro almashsak, har birimizda bir donadan anor qoladi. Agar ikkimizda bittadan g‘oya bo‘lsa, almashish orqali har birimiz ikkita g‘oyaga ega bo‘lamiz. Sizningcha, biz almashganimizdan so‘ng ikkimizda ham qolmaydigan narsa nima?
Ushbu savolning javobini to‘g‘ri topsangiz, bugun soat 17:00 da telegram kanalimiz orqali e’lon qilamiz.
Javobni quyidagi manzilga yo‘llashingiz mumkin: https://t.me/postda_muloqot
👉 @postdarasmiy telegram kanalimizga a’zo bo‘ling.
Photo unavailableShow in Telegram
9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2003-yil 21-noyabrdagi rezolyutsiyasiga muvofiq, 2004-yildan boshlab har yili 9-dekabr – Butunjahon korrupsiyaga qarshi kurashish kuni (International Day Against Corruption) sifatida nishonlanadi.Mazkur sana 2003-yil 9-dekabr kuni Meksikaning Merida shahrida BMT tashabbusi bilan Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro konvensiyaning imzolanishi bilan bog‘liq. BMT Bosh Assambleyasi rezolyutsiyasida ta’kidlanganidek, ushbu kunni belgilashdan maqsad – korrupsiya muammosining asl mohiyatini chuqur anglash, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha global hamkorlikni kuchaytirish hamda uning oldini olishga qaratilgan sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlashdan iboratdir. 👉@postdarasmiy
Photo unavailableShow in Telegram
E’lon
Ishtirok eting va g‘olib bo‘ling!
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi nashrlari — “Postda – На посту” gazetasi va “Qalqon – Щит” jurnali tahririyati 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan "Vatan – muqaddas, uni himoya qilish sharafli burchdir!" nomli ijodiy tanlovini e’lon qiladi.
Tanlovda ichki ishlar organlari xodimlari va harbiy xizmatchilarning faoliyatini ifoda etuvchi suratlar, maqolalar, she’rlar va hikoyalar bilan ishtirok etish mumkin.Qatnashuvchilarning yoshi, kasbi, ijtimoiy mavqeyi cheklanmagan. Tanlovga materiallar 2026-yil 10-yanvargacha qabul qilinadi. G‘oliblarni qimmatbaho esdalik sovg‘alari kutmoqda. Murojaat uchun: +998-93-577-43-92, +998-90-962-74-17. 👉 @postdarasmiy
MEHNAT YARMARKASI
Kosonsoy tumani IIB Probatsiya bo‘limi hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi tomonidan probatsiya ro‘yxatidagi ishsiz fuqarolar uchun “Mehnat yarmarkasi” tashkil etildi. Tadbirda 25 ta korxona 257 ta bo‘sh ish o‘rni bilan ishtirok etdi. Yarmarka yakunida 9 nafar fuqaroga doimiy ish o‘rniga yo‘llanma berildi, 4 nafar fuqaro esa xususiy korxonalarga ishga qabul qilinib, mehnat shartnomalari rasmiylashtirildi.
O‘z muxbirimiz,
Namangan viloyati.
👉@postdarasmiy
01:08
Video unavailableShow in Telegram
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan Nukus shahrining markaziy ko'chalari boʻylab Milliy gvardiya Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha boshqarmasi hamda Milliy gvardiya Chavandozlar maktabi tashabbusi bilan "Otliq kavaleriya" paradi bo‘lib o‘tdi.
Unda MG va IIV hamda boshqa huquqni muhofaza qilish idoralari ishtirok etib, ko'rgazmali shiqishlari namoyish etildi.
👉 @postdarasmiy
IMG_1453.MP453.22 MB
Бош Қомусимизнинг 33 йиллиги кенг нишонланди
Вилоят мусиқали драма театрида Бош қомусимизнинг 33 йиллиги муносабати билан байрам шодиёнаси бўлиб ўтди.
Байрам тадбирини вилоят ҳокими Муротжон Азимов очиб, барча қашқадарёликларни Конституциямизнинг 33 йиллиги билан самимий муборакбод этди.
Тадбирда воҳа санъаткорлари томонидсн ватанни, юртимизни мадҳ этувчи турли куй-қўшиқлар куйланди.
Ўзи мухбиримиз.
👉@postdarasmiy
Baxtimiz qomusi
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan IIV Ixtisoslashtirilgan maktab-internatida "Konstitutsiya - inson qadri, erkinlik, tenglik va adolat garovi" shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Unda dotsent, yuridik fanlari doktori Baxram Xudaybergenov yangi tahrirdagi konstitutsiyada o‘rin olgan inson huquqlari, erkinlik va tenglik kafolatlari haqida ma’lumot berib o‘tdi.
Tadbir davomida maktab-internati direktori podpolkovnik Asliddin Begboyev mehmonlar, maktab jamoasi va oʻquvchilarni bayram bilan qutladi va fan olimpiadasining tuman bosqichi va Toshkent shahar bosqichi gʻoliblarini hamda 16 nafar iqtidorli oʻquvchilarni faxrli oʻrinlarni egallashlariga sababchi bo‘lgan pedagoglar jamoasiga o‘z minnatdorchiligini bildirib tashakkurnomalar, faxriy yorliqlar va esdalik sovgʻalar bilan taqdirladi.
👉@postdarasmiy
Photo unavailableShow in Telegram
TA’MINOT TIZIMI XODIMLARI BILAN UCHRASHUV
Buxoro viloyatida IIV Moliya va moddiy-texnika ta’minoti departamenti rahbariyati hamda Faxriylar kengashi a’zolari ishtirokida tizim xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Tadbir davomida so‘nggi vaqtlarda ichki ishlar organlari tizimida uchrayotgan ayrim salbiy holatlar, ularning oldini olish bo‘yicha samarali choralar, xodimlar orasida xizmat intizomini mustahkamlash masalalari yuzasidan ochiq va erkin muloqot olib borildi.
Батафсил ўқинг👉
👉 @postdarasmiy телеграм каналимизга аъзо бўлинг.
Photo unavailableShow in Telegram
YONG‘IN XAVFSIZLIGI TIZIMI MAVSUMGA TAYYORMI?
Kuz–qish… har yili o‘zining sinovlari bilan keladi. Ammo, bu yil Xorazm viloyatida Favqulodda vaziyatlar tizimi vohaning barcha tumanlarida sinov mashqlarini jiddiy va mas’uliyat bilan o‘tkazdi. Chunki, mavsumga tayyorgarlik birgina “tekshiruv” “nazorat”lar bilan cheklanmayapti — balki, qat’iy va kompleks yondashuv asosida amalga oshirilmoqda.
Батафсил ўқинг👉
👉 @postdarasmiy телеграм каналимизга аъзо бўлинг.
#Ислоҳотлар_самараси
ПОЛИКЛИНИКА БИНОСИ – ЗАМОНАВИЙ ҚИЁФАДА
Фарғона вилояти ИИБ Тиббиёт бўлими поликлиникаси биноси капитал таъмирланиб, Бош Қомусимиз байрам куни арафасида замонавий кўринишда фойдаланишга топширилди.Тиббий хизматларнинг сифат даражаси ошиб, янги замонавий йўналишлар, даволаш ва диагностика усуллари, ноёб илмий-амалий тажрибалар шаклланаётгани қайд этилди. Эл-юрт саломатлигини мустаҳкамлаш йўлида фидокорона меҳнат қилаётган тиббиёт ходимларини муносиб рағбатлантириш ҳам доимо эътибор марказида бўлиб келаётгани таъкидланди. 👉@postdarasmiy
