en
Feedback
POSTDA|Rasmiy kanal

POSTDA|Rasmiy kanal

Open in Telegram

Ўзбекистон Республикаси Ички ишлар вазирлиги Бирлашган таҳририяти хабарлари 🌐 Веб-сайт : www.postda.uz 📨 E:mail: info@postda.uz

Show more
2025 year in numberssnowflakes fon
card fon
24 774
Subscribers
-124 hours
+17 days
-7030 days
Posts Archive
МАҲАЛЛАЛАРДА МУҲОКАМА Бекобод шаҳрида 10 ва ундан ортиқ қоидабузарлик содир этган ҳайдовчилар йиғилиб, маҳаллаларда муҳокама қилинди. Уларга содир бўлаётган йўл-транспорт ҳодисалари, сабаб бўлаётган омиллар, ЙТҲларнинг олдини олиш борасида амалга оширилаётган ишлар тўғрисида тушунчалар берилди. @Postdarasmiy
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
ФИДОЙИЛИК – ҲАЁТ ШИОРИ Бахтиёр Бобомуродов асли сайхунободлик. У ички ишлар органларидаги хизмат фаолиятини 1988 йили туман ИИБ Қўриқлаш бўлимида бошлаб, уч йил давомида тумандаги давлат ва жамоат ташкилотлари биноларини қўриқлашда, ўғрилик, талон-торожликнинг олдини олишда жонбозлик кўрсатади. ИИВ Академиясини тамомлагандан сўнг лавҳамиз қаҳрамони Сирдарё тумани ИИБ Тергов бўлинмаси терговчиси этиб та­йинланади. Бироз вақт ўтгач эса, Сайхунобод тумани ИИБга терговчи сифатида ишга ўтказилади. Батафсил ўқинг👉 👉 @postdarasmiy телеграм каналимизга аъзо бўлинг.
Show all...
Мавсум масъулияти янада ортди Андижон вилояти ИИБда куз-қиш мавсумини беталафот ўтказиш мақсадида махсус штаб фаолият олиб бормоқда. Бу ерда мавсумга алоқадор барча соҳа вакиллари жамланган бўлиб, улар фуқаролар томонидан йўлланган мурожаатларни ўз вақтида қабул қилиш ва зудлик билан ижросини таъминлашни назорат қилмоқдалар. Шу кунгача 200 га яқин сўровлар келиб тушди ва уларнинг барчаси ижобий ечим топди. Ўз мухбиримиз. Андижон вилояти. 👉@postdarasmiy
Show all...
02:32
Video unavailableShow in Telegram
10-dekabr – Oʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun ——— 10 декабрь – Ўзбекистон Республикаси Давлат мадҳияси қабул қилинган кун ——— 10 декабря - День принятия Государственного гимна Республики Узбекистан Telegram|YouTube|Instagram|Facebook
Show all...
madhiya yangi o'zbekiston_1~1.mp439.56 MB
МАҚСАД – ИШОНЧЛИ ҚЎРИҚЛАШ ХИЗМАТИНИ ТАЪМИНЛАШ Тошкент вилояти Қўриқлаш бошқармаси ва Чирчиқ шаҳри қўриқлаш бўлими ходимлари томонидан мазкур шаҳарнинг “Кимёгар” МФЙда объект ва хонадонларда ишончли қўриқлаш хизматини олиб бориш ва аҳоли орасида замонавий қўриқлаш сигнализация усканалари хизматларидан самарали фойдаланиш бўйича тарғибот-ташвиқот ишлари олиб борилди. Тадбир давомида қўриқлаш хизмати афзалликларидан фойдаланиш яшаш хонадонларнинг хавфсизлиги учун зарур эканликлигини тушунган фуқаролар ихтиёрий равишда ушбу хизматдан фойдаланиш бўйича ўзларининг истакларини билдиришди. Бу каби чоралар нафақат аҳолининг ҳуқуқий онгини оширишга, балки жиноят ва нохуш ҳолатларнинг олдини олишга ҳам хизмат қилмоқда. Бугунги кунда вилоят бўйлаб кўп қаватли ва якка тартибдаги хонадонлар, савдо ва маиший хизмат кўрсатиш объектлари қўриққа олиниб, кўп қаватли уйларнинг кириш жойларига махсус "ташвиш тугма"лар ўрнатилмоқда. 👉@postdarasmiy
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni munosabati bilan soha rivojiga munosib hissa qo‘shgan yurtdoshlarimizdan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi FarmoniУказ Президента Республики Узбекистан "О награждении в связи с Днем работников сельского хозяйства группы соотечественников, внесших достойный вклад в развитие сферы" Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Show all...
00:24
Video unavailableShow in Telegram
Toʻlov tizimidagi shaffoflik va qulaylikni oshirish bo‘yicha yangilik Toʻlov tizimida shaffoflikni ta’minlash, xizmat koʻrsatish sifatini oshirish hamda elektron toʻlovlarga ragʻbatlantirish maqsadida naqd pul bilan amalga oshirilayotgan toʻlov koʻrsatkichlari past boʻlgan “Yer usti xalqa yoʻli” yoʻnalishidagi barcha 14 ta bekatda shuningdek, “Paxtakor” va “Alisher Navoiy” bekatlarida 2025-yil 9-dekabrdan boshlab kassalar yopiladi. Ushbu bekatlarda kassalar oʻrniga yangi zamonaviy QR-kodli chiptalar beruvchi apparatlar — infokioskalar ishga tushirilgan. Infokioskalarning afzalliklari: • Naqd pul aylanishini kamaytirib, toʻlovlar shaffof va xavfsiz boʻladi; • Chipta xaridi tezlashadi — navbatlar kamayadi va yoʻlovchilar vaqtini tejaydi; • QR-kod asosidagi chiptalarni mobil telefon yoki chop etilgan kvitansiya shaklida ishlatish mumkin.
Show all...
IMG_4708.MP48.79 MB
Photo unavailableShow in Telegram
Кўкатлар истеъмолининг аҳамияти Кўпгина витамин, минерал ва антиоксидантларнинг табиий манбаи ҳисобланган кўкатлар нафақат таом таъми ҳамда кўринишини яхшилаб, иштаҳани очади, балки: * овқат ҳазмини осонлаштиради. * таркибида Е витамини кўп миқдорда бўлгани туфайли тери, соч ва тирноқларнинг ҳолатига ижобий таъсир кўрсатади. * иммунитетни кучайтиради. * қабзият муаммоси билан курашишга ёрдам беради. * “ёмон” холестерин даражасини пасайтиришга кўмаклашиб, қон томирлари деворларида тиқин пайдо бўлишининг олдини олади. Гулчеҳра АЗИМОВА тайёрлади. 👉@postdarasmiy
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
#JUMBOQ Sizda ham, menda ham bittadan anor bor. Ularni o‘zaro almashsak, har birimizda bir donadan anor qoladi. Agar ikkimizda bittadan g‘oya bo‘lsa, almashish orqali har birimiz ikkita g‘oyaga ega bo‘lamiz. Sizningcha, biz almashganimizdan so‘ng ikkimizda ham qolmaydigan narsa nima? Ushbu savolga Navro'zbek, Baxtiyor Xalitov, Shaxboz Latifov, Azamat Axmatov, Mansur, Qurbonov Ulug'bek, Isroil Ergashev, Nuriddin kabi o'quvchilarimiz to‘g‘ri javob yoʻllashdi. Ofarin! Bilimdonlarga keyingi jumboq savollarda ham omad tilab qolamiz. Javob: Sir. 👉 @postdarasmiy telegram kanalimizga a’zo bo‘ling.
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
Huquq va adolat bayrami Yurtimizda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33 yilligi keng nishonlanmoqda. Shu munosabat bilan Toshkent shahar Qo‘riqlash boshqarmasida ham tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda xodimlar Konstitutsiyaning davlat va jamiyat hayotidagi o‘rni, unda mustahkamlab qo‘yilgan demokratik tamoyillar hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish masalalari yuzasidan fikr almashdilar. Tadbirning badiiy qismi sifatida IIV huzuridagi Qo‘riqlash departamenti ansambli tomonidan bayramona konsert dasturi namoyish etildi. Milliy kuy-qo‘shiqlar va raqslar ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlab, ushbu tarixiy sananing ahamiyatini yanada yorqinroq ifoda etdi. 👉@postdarasmiy
Show all...
Huquqiy bilimlar bellashuvi
8-dekabr Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyayasi qabul qilingan kun munosabati bilan IIV Qorovul qoʻshinlari qoʻmondonligi hamda Toshkent viloyati Yoshlar Ittifoqi kengashi bilan hamkorlikda, qoʻshinga qarashli 7534-sonli harbiy qismda harbiy xizmatchilar oʻrtasida Zakovat intelekttual  oʻyini oʻtkazildi. Konstitutsiya inson qadri, erkinligi, tenglik va adolat garovi shiori ostida, harbiy xizmatchilar huquqiy bilim va savodxonligini oshirish, ularda bosh qomusimizga nisbatan hurmat ruhini shakllantirish maqsadida oʻtkazilib, unda qoʻshin miqyosidagi 6 terma jamoa oʻzaro gʻoliblik uchun baxslarga kirishdi. Yakuniy natijalarga koʻra, gʻoliblikni 7534-sonli harbiy qism Toʻmaris jamoasi qoʻlga kiritilgan boʻlsa, keyingi oʻrinlarni 7534 va 7535-sonli harbiy qismlarning Everest va Zukkolar jamoalari egallashdi, gʻolib va sovrindorlar diplom va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandilar.   IIV Qorovul qoʻshinlari qoʻmondonligi axborot guruhi
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
Ўзбекистон Республикаси Конституциясининг 33 йиллиги муносабати билан Нукус шаҳрида жойлашган Ёшлар марказида маданий-маърифий тадбир ташкил этилди. Тадбир доирасида китоблар ярмаркаси ва ҳарбий тузилмаларнинг махсус кўргазмаси ўтказилди.
Кўргазмада Қуролли Кучлар, Ички ишлар, Фавқулодда вазиятлар ва бошқа тузилмаларнинг хизмат воситалари, жиҳозлари ҳамда ҳарбий анжомлари намойиш этилди. Ёшлар ушбу кўргазмаларга катта қизиқиш билдириб, мутахассислардан батафсил маълумотлар олишди Тадбир юқори савияда ўтказилиб, иштирокчиларда катта таассурот қолдирди. 👉@postdarasmiy
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
ХУЛОСА ЧИҚАРИШГА ШОШИЛМАНГ! ​​Суратда нимани кўрябсиз? Қовурилган тухум ва картошками? Йўқ, кўриб турганингиз, - олма - қатиқ - шафтоли эди. Ҳар-бир кўрганингиз сиз ўйлагандай бўлиб чиқавермайди. Сизга кўрсатилаётган нарсага ҳукм чиқаришга шошилманг. Зеро кўз, зоҳирнигина кўра олади, ботинни эмас!
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
OTA DUOSINI OLIB «Sodiq xizmatlari uchun» medali sohibi, Marg‘ilon shahar IIB TQX JQB katta tezkor vakili, kapitan Bahodir Xolmatovni safdoshlari «mohir izquvar» deya ta’riflashadi. Chunki u o‘ziga topshirilgan har qanday vazifaga o‘ta sinchkovlik va mas’uliyat bilan yondashishga odatlangan. Shu bois jinoyatlarni «issiq izida» fosh etishda uning mahorati doim qo‘l keladi. Батафсил ўқинг👉 👉 @postdarasmiy телеграм каналимизга аъзо бўлинг.
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
#JUMBOQ Sizda ham, menda ham bittadan anor bor. Ularni o‘zaro almashsak, har birimizda bir donadan anor qoladi. Agar ikkimizda bittadan g‘oya bo‘lsa, almashish orqali har birimiz ikkita g‘oyaga ega bo‘lamiz. Sizningcha, biz almashganimizdan so‘ng ikkimizda ham qolmaydigan narsa nima? Ushbu savolning javobini to‘g‘ri topsangiz, bugun soat 17:00 da telegram kanalimiz orqali e’lon qilamiz. Javobni quyidagi manzilga yo‘llashingiz mumkin: https://t.me/postda_muloqot 👉 @postdarasmiy telegram kanalimizga a’zo bo‘ling.
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2003-yil 21-noyabrdagi rezolyutsiyasiga muvofiq, 2004-yildan boshlab har yili 9-dekabr – Butunjahon korrupsiyaga qarshi kurashish kuni (International Day Against Corruption) sifatida nishonlanadi.
Mazkur sana 2003-yil 9-dekabr kuni Meksikaning Merida shahrida BMT tashabbusi bilan Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro konvensiyaning imzolanishi bilan bog‘liq. BMT Bosh Assambleyasi rezolyutsiyasida ta’kidlanganidek, ushbu kunni belgilashdan maqsad – korrupsiya muammosining asl mohiyatini chuqur anglash, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha global hamkorlikni kuchaytirish hamda uning oldini olishga qaratilgan sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlashdan iboratdir. 👉@postdarasmiy
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
E’lon Ishtirok eting va g‘olib bo‘ling! O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi nashrlari — “Postda – На посту” gazetasi va “Qalqon – Щит” jurnali tahririyati 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan "Vatan – muqaddas, uni himoya qilish sharafli burchdir!" nomli ijodiy tanlovini e’lon qiladi.
Tanlovda ichki ishlar organlari xodimlari va harbiy xizmatchilarning faoliyatini ifoda etuvchi suratlar, maqolalar, she’rlar va hikoyalar bilan ishtirok etish mumkin.
Qatnashuvchilarning yoshi, kasbi, ijtimoiy mavqeyi cheklanmagan. Tanlovga materiallar 2026-yil 10-yanvargacha qabul qilinadi. G‘oliblarni qimmatbaho esdalik sovg‘alari kutmoqda. Murojaat uchun: +998-93-577-43-92, +998-90-962-74-17. 👉 @postdarasmiy
Show all...
MEHNAT YARMARKASI Kosonsoy tumani IIB Probatsiya bo‘limi hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi tomonidan probatsiya ro‘yxatidagi ishsiz fuqarolar uchun “Mehnat yarmarkasi” tashkil etildi. Tadbirda 25 ta korxona 257 ta bo‘sh ish o‘rni bilan ishtirok etdi. Yarmarka yakunida 9 nafar fuqaroga doimiy ish o‘rniga yo‘llanma berildi, 4 nafar fuqaro esa xususiy korxonalarga ishga qabul qilinib, mehnat shartnomalari rasmiylashtirildi. O‘z muxbirimiz, Namangan viloyati. 👉@postdarasmiy
Show all...
01:08
Video unavailableShow in Telegram
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan Nukus shahrining markaziy ko'chalari boʻylab Milliy gvardiya Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha boshqarmasi hamda Milliy gvardiya Chavandozlar maktabi tashabbusi bilan "Otliq kavaleriya" paradi bo‘lib o‘tdi. Unda MG va IIV hamda boshqa huquqni muhofaza qilish idoralari ishtirok etib, ko'rgazmali shiqishlari namoyish etildi. 👉 @postdarasmiy
Show all...
IMG_1453.MP453.22 MB
Бош Қомусимизнинг 33 йиллиги кенг нишонланди Вилоят мусиқали драма театрида Бош қомусимизнинг 33 йиллиги муносабати билан байрам шодиёнаси бўлиб ўтди. Байрам тадбирини вилоят ҳокими Муротжон Азимов очиб, барча қашқадарёликларни Конституциямизнинг 33 йиллиги билан самимий муборакбод этди. Тадбирда воҳа санъаткорлари томонидсн ватанни, юртимизни мадҳ этувчи турли куй-қўшиқлар куйланди. Ўзи мухбиримиз. 👉@postdarasmiy
Show all...