Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari
前往频道在 Telegram
O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @GazetauzMuloqotBot +998 78-333-10-15 Reklama: @Afisha_Media_Regina +998 99-444-35-39 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kirill alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb
显示更多2025 年数字统计

18 626
订阅者
+2824 小时
-277 天
-46230 天
帖子存档
照片不可用在 Telegram 中显示
2025-yilda dorilarni shifokor tavsiyasisiz qo‘llash oqibatida shoshilinch yordamga 24 mingta murojaat va 418 ta anafilaktik shok holati qayd etilgan, o‘z joniga qasd qilishga uringan 1500 kishi shifoxonaga yotqizilgan. SSV rahbari elektron retseptlar dorilarni o‘zboshimchalik bilan qo‘llashni kamaytirishini aytdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/25/electronic-prescription/
Telegram | Instagram | YouTube
00:11
视频不可用在 Telegram 中显示
Kelajak x2: EnerGo‘dan ikki karra yangi yil kayfiyati
Odamlarning javobi EnerGo uchun muhim signal bo‘ldi.
Yangi yil munosabati bilan EnerGo “Kelajak” abonementlari sonini ikki barobarga oshirdik va uni ikki marta xarid qilish imkoniyatini ham qo‘shdi:
— 50 kVt — 50 000 so‘m;
— amal qilish muddati — faollashtirilgandan so‘ng 30 kun.
Jami 2026 ta “Kelajak” abonementi mavjud — bitta format, ikki karra imkoniyat.
Yangi yilni ishonchli yo‘nalishlar, qulay quvvatlash va puxta rejalashtirilgan safarlar bilan boshlash mumkin.
Ilova: qr.energocharge.uz
Reklama huquqlari asosida.
IMG_7925.mp45.14 MB
照片不可用在 Telegram 中显示
Ekologiya masalalari 2026-yilda O‘zbekiston siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan bo‘ladi, dedi prezident. Issiqxonalarni klasterlarga birlashtirish, korxonalarda ekostandartlarni joriy qilish, jamoat transportini rivojlantirish, shaharlarni ko‘kalamzorlashtirish, kanallarni yopiq tizimga o‘tkazish rejalari mavjud.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/27/ecology/
Telegram | Instagram | YouTube
👍 69❤ 16
照片不可用在 Telegram 中显示
Qonunchilik palatasi deputati Abdumannop Buriyev biznes ombudsman lavozimiga tayinlandi. U avval adliya sohasida ishlagan, jumladan, Farg‘ona viloyati adliya boshqarmasiga rahbarlik qilgan. Biznes ombudsman lavozimi mart oyidan beri vakansiya holatida edi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/27/biznes-ombudsman/
Telegram | Instagram | YouTube
❤ 1
02:05
视频不可用在 Telegram 中显示
Шаҳар уйғоқ маҳал, Янги йилга тўлиқ тайёргарлик кўраётган бир пайтда — байрамнинг рўй бериши учун ишлашни давом эттираётганлар ҳам бор. Мўжиза ўз-ўзидан пайдо бўлмайди — уни қабул қилишади, текширишади ва қўлдан-қўлга етказишади. Баъзан айнан сўнгги қадам, айниқса, муҳим бўлади.
“Шаҳар уйғоқ маҳал” махсус лойиҳаси Uzum Market буюртмаларни топшириш пунктида ишловчи Виолеттанинг ҳикоясини сўзлайди. Икки йилдан буён у декабрь ойини БТП столи ортида кутиб олади ва 31 декабрь кечгача ишлайди, одамларга узоқ кутилган совғалар, харидлар ва кичик сюрпризларга тўла қутиларни етказиб беради.
Иш диққат ва сабр талаб қилади: керакли буюртмани топиш, маълумотларни текшириш, уни кечикмасдан топшириш — ҳатто ташқарида байрамона шовқин-сурон ва навбат камаймаса ҳам. Аммо айнан шу ерда — одам қўлига пакетини олганида ва Янги йил аллақачон яқинлигини ҳис қилганида байрам ҳақиқатга айланади.
Реклама ҳуқуқлари асосида.
UZUMPVZ-SUBTITLE_50mb.mp434.82 MB
❤ 8👍 5
照片不可用在 Telegram 中显示
“Iblis devori”, “Xazonrezgi”, “Falak” va “Ov” singari asarlar muallifi Tohir Malik tavalludiga 27-dekabrda 79 yil to‘ldi. Sana munosabati bilan Gazeta O‘zbekiston xalq yozuvchisining asarlari asosida test tayyorladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/27/tohir-malik/
Telegram | Instagram | YouTube
❤ 3
照片不可用在 Telegram 中显示
O‘tkazilgan so‘rovlar ham, xalqaro tahlillar ham 75 foiz aholining moliyaviy holati keskin yaxshilanganini tasdiqladi, dedi Shavkat Mirziyoyev. U, shuningdek, inflyatsiya darajasi bu yil 7,4 foiz bo‘lishi kutilayotgani va bu juda katta natija ekanini qo‘shimcha qildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/26/financial-situation/
Telegram | Instagram | YouTube
👍 105❤ 43🤔 4😢 1
照片不可用在 Telegram 中显示
Postlarida Anora Sodiqovani kamsitgan deb topilgan bloger Mirsaid Haydarov jurnalistga 25 mln so‘mlik ma’naviy zararni to‘ladi. MIBga ko‘ra, blogerdan qo‘shimchasiga sud xarajatlari bilan bog‘liq 5,6 mln so‘m ham undirildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/27/anora-sodiqova/
Telegram | Instagram | YouTube
👍 2
照片不可用在 Telegram 中显示
2026-yilda O‘zbekiston iqtisodiyotini texnologik va innovatsion o‘sish modeliga o‘tkazish rejalashtirilgan. 2026-yilda 50 mlrd dollar investitsiya jalb etish ko‘zda tutilmoqda. Investorlar uchun maxsus soliq va huquqiy rejimlar taklif etiladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/26/economy/
Telegram | Instagram | YouTube
👍 62❤ 25
02:01
视频不可用在 Telegram 中显示
Shahar uyg‘onib, Yangi yilga tayyorgarlik ko‘rayotgan bir paytda, bayramga yordam berish uchun tinimsiz ishlayotganlar bor. Mo‘jiza shunchaki sodir bo‘lmaydi — uni olib kelishadi, olib ketishadi, qutqarishadi. Har kuni qandaydir detal bayramning yanada o‘ziga xos bo‘lishiga yordam beradi.
“Shahar uyg‘oq mahal” maxsus loyihasi Uzum Market omboridagi smena boshlig‘i Ruslan haqida hikoya qiladi. Mana uch yildirki, Ruslan omborda ishlaydi va ulardan ikkitasida 31-dekabr oqshomigacha so‘nggi sovg‘alar o‘z egalariga yetib borishini nazorat qiladi.
Ish mas’uliyatli va mashaqqatli, hushyorlikni talab qiladi. Butun smena to‘xtovsiz va yuqori tezlikda ishlaydi, omborda shovqin-suron hukmron, ammo yangi yil sehriga ham o‘rin bor.
Reklama huquqlari asosida.
UZUMSKLAD_SUBTITLE_UZ-50mb.mp433.67 MB
❤ 4👎 4👍 1
照片不可用在 Telegram 中显示
Jizzaxda AES qurilishi loyihasi bo‘yicha 300 ga yaqin odam ishtirokida jamoatchilik eshituvi bo‘lib o‘tdi. Aholining savollari faqat yozma ravishda qabul qilinib, javoblandi. Savollarning asosiy qismi AESning ehtimoliy xavfi, shuningdek, ish o‘rinlariga oid bo‘ldi. Gazeta reportaji.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/26/jizzax-aes/
Telegram | Instagram | YouTube
👎 8😢 2❤ 1
照片不可用在 Telegram 中显示
JIB Namangan shahri sudi ichki ishlar binosida qiynoqqa solingani aytilgan fuqaro ishini ko‘rib chiqishni boshladi. IIBning 3 nafar sobiq profilaktika inspektori JKning 5 ta moddasi bo‘yicha ayblanmoqda. Advokat birinchi ochiq sud majlisida audio va video qaydiga ruxsat berilmaganini bildirdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/26/namangan/
Telegram | Instagram | YouTube
👎 6
照片不可用在 Telegram 中显示
Dam olish kunlari Toshkentda qayerlarga borish mumkin? (27−28-dekabr)
“Sehrlandiya” va yana 3 ta kinopremyera, Teplo Winter Fest 2025, Central Park, Shevchenko ko‘chasi, Magic City, Dream Park’dagi Yangi yil shoulari, “Bu qala” guruhi konserti, “Qarsildoq” baleti, “Muzyurak” myuzikli, Sahna Music Night, Van Gog ijodiga bag‘ishlangan multimedia ko‘rgazmasi va dam olish kunlaridagi boshqa qizqarli tadbirlar:
https://www.afisha.uz/uz/gorod/2025/12/26/27-28-dekabr
Telegram | Instagram | YouTube
照片不可用在 Telegram 中显示
O‘zbekiston 2030-yilgacha IT xizmatlar eksportini $5 mlrd ga yetkazmoqchi. 2026-yilda Toshkent, Buxoro, Farg‘onada 4 ta data-markaz va 2 ta super kompyuter ishga tushiriladi. Markaziy bankda esa har yili 15−20 ta fintex startapni tashqi bozorga chiqarish uchun fintex ofisi va innovatsion xab tashkil etiladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/26/it/
Telegram | Instagram | YouTube
👍 104❤ 12
照片不可用在 Telegram 中显示
O‘zbekistonda elektromobillarga o‘tishni rag‘batlantirish uchun avtokreditlar qiymati pasaytiriladi. Mahalliy elektromobillarga 12%, xorijiylariga 16%li kreditlar ajratiladi. Shuningdek, davlat elektr energiya xarajatlarining bir qismini o‘z zimmasiga oladi va eski avtomobillarni almashtirishni subsidiyalaydi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/26/electromobile/
Telegram | Instagram | YouTube
👍 96❤ 14👎 2
照片不可用在 Telegram 中显示
2026-yildan “Elektron hukumat” tizimi yangilanadi: 1000 dan ortiq davlat xizmati, 240 ta ma’lumotlar bazasi va 100 mingdan ziyod davlat xizmatchisining vakolatlari yagona platformaga birlashtiriladi. Topshiriqlar ijrosini nazorat qilish SIga topshiriladi. “Hech kim hech qayoqqa yashirolmaydi”, — dedi prezident.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/26/gov-service/
Telegram | Instagram | YouTube
❤ 7👍 4
照片不可用在 Telegram 中显示
Amaldorlar, jumladan, tuman hokimlarining oylik maoshlari oshirilgach, ularning ishiga qo‘yiladigan talablar kuchaytiriladi, boshqaruv va nazoratning yangi tizimi istisnosiz qabul qilinishi kerak, dedi prezident.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/26/wages/
Telegram | Instagram | YouTube
👍 64❤ 38
照片不可用在 Telegram 中显示
Сlick: “Bu yil sizga bag‘ishlangan”
Odatlar, yo‘nalishlar, kichik quvonchlar va tez to‘lovlar — bularning barchasi har bir foydalanuvchining shaxsiy suratiga aylanadi. Сlick 2025-yil yakunlari va bu yil qanday o‘tgani bo‘yicha kichik tabriknomalar to‘pladi.
Ularni Сlick’da ochib, bir qarashdayoq tushunadiganlar bilan ulashish mumkin.
Reklama huquqlari asosida.
❤ 3
照片不可用在 Telegram 中显示
Toshkent mehmonlari va aholisi uchun Yangi yilga bezatilgan avtobuslar bayramning ajralmas qismiga aylangan. Haydovchilar o‘z transportlarini girlyandalar, chiroqchalar va archa o‘yinchoqlari bilan o‘zlari bezamoqda, oyna va eshiklarga rasmlar chizmoqda. Gazeta ushbu an’ana haqida haydovchilar bilan suhbatlashdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/26/new-year-buses/
Telegram | Instagram | YouTube
👍 7❤ 4👎 2
