ru
Feedback
Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Открыть в Telegram

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @GazetauzMuloqotBot +998 78-333-10-15 Reklama: @Afisha_Media_Regina +998 99-444-35-39 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kirill alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb

Больше
2025 год в цифрахsnowflakes fon
card fon
18 626
Подписчики
+2824 часа
-277 дней
-46230 день
Архив постов
Фото недоступноПоказать в Telegram
2025-yilda Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan 13 ming nafar xodim foydasiga 159 mlrd so‘mlik ish haqi undirilgan va 11 mingga yaqin mehnatni muhofaza qilish talabi buzilgani aniqlangan. O‘zbekistonda bir yil ichida ishlab chiqarishda 731 ta baxtsiz hodisa sodir bo‘ldi, 212 kishi vafot etdi. https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/23/work/ Telegram | Instagram | YouTube
Показать все...
1
03:00
Видео недоступноПоказать в Telegram
Shahar uyg‘oq mahal va Yangi yilga tayyorgarlik ko‘rayotgan paytda — 31-dekabr kechasi ularga boshqa kun soatlaridan farq qilmaydiganlar ham bor. Oynalarda girlyandalar yoqilib, oilalar stol atrofida to‘planganda, ular navbatga chiqadi va sog‘liqni himoya qilishda tunu kun xizmatda bo‘ladi. “Shahar uyg‘oq mahal” maxsus loyihasi Kimyo University Hospital tez yordam brigadalari — reanimatolog shifokor, feldsher va haydovchi haqida hikoya qiladi. Ularning ishi kechqurun tugamaydi va bayram paytida tanaffus qilmaydi. Kunduzi va kechasi, ish va dam olish kunlarida har daqiqa ahamiyatli bo‘lgan chaqiruvlarga chiqishadi. Ish diqqat, aniqlik va har qanday paytda to‘liq tayyorlikni talab qiladi: qaror qabul qilish, yordam ko‘rsatish, bemorni o‘z vaqtida yetkazish — hatto shahar bayram og‘ushida yashayotganda ham. Bunday odamlar tufayli bayram eng qiyin pallalarda ham amalga oshadi. Reanimatolog tez yordam brigadasiga chaqiruv raqami — 1413. Reklama huquqlari asosida.
Показать все...
Kimyo hospital tg UZ.mp446.26 MB
3👍 3
Фото недоступноПоказать в Telegram
Sirdaryodagi korxonalardan birida xorijlik 3 ishchi sigaret chekish uchun o‘zbek so‘mini yoqqani aks etgan video tarqaldi. Sud bu holatni milliy adovatni targ‘ib qiluvchi deb topdi va ularning har biriga 41,2 mln so‘mdan jarima tayinladi. Erkaklar ishdan ham bo‘shatildi. https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/27/uzbek-sum/ Telegram | Instagram | YouTube
Показать все...
👍 15 3😢 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
2025-yilda dorilarni shifokor tavsiyasisiz qo‘llash oqibatida shoshilinch yordamga 24 mingta murojaat va 418 ta anafilaktik shok holati qayd etilgan, o‘z joniga qasd qilishga uringan 1500 kishi shifoxonaga yotqizilgan. SSV rahbari elektron retseptlar dorilarni o‘zboshimchalik bilan qo‘llashni kamaytirishini aytdi. https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/25/electronic-prescription/ Telegram | Instagram | YouTube
Показать все...
👍 1
00:11
Видео недоступноПоказать в Telegram
Kelajak x2: EnerGo‘dan ikki karra yangi yil kayfiyati Odamlarning javobi EnerGo uchun muhim signal bo‘ldi. Yangi yil munosabati bilan EnerGo “Kelajak” abonementlari sonini ikki barobarga oshirdik va uni ikki marta xarid qilish imkoniyatini ham qo‘shdi: — 50 kVt — 50 000 so‘m; — amal qilish muddati — faollashtirilgandan so‘ng 30 kun. Jami 2026 ta “Kelajak” abonementi mavjud — bitta format, ikki karra imkoniyat. Yangi yilni ishonchli yo‘nalishlar, qulay quvvatlash va puxta rejalashtirilgan safarlar bilan boshlash mumkin. Ilova: qr.energocharge.uz Reklama huquqlari asosida.
Показать все...
IMG_7925.mp45.14 MB
👍 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
Ekologiya masalalari 2026-yilda O‘zbekiston siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan bo‘ladi, dedi prezident. Issiqxonalarni klasterlarga birlashtirish, korxonalarda ekostandartlarni joriy qilish, jamoat transportini rivojlantirish, shaharlarni ko‘kalamzorlashtirish, kanallarni yopiq tizimga o‘tkazish rejalari mavjud. https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/27/ecology/ Telegram | Instagram | YouTube
Показать все...
👍 69 16
Фото недоступноПоказать в Telegram
Qonunchilik palatasi deputati Abdumannop Buriyev biznes ombudsman lavozimiga tayinlandi. U avval adliya sohasida ishlagan, jumladan, Farg‘ona viloyati adliya boshqarmasiga rahbarlik qilgan. Biznes ombudsman lavozimi mart oyidan beri vakansiya holatida edi. https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/27/biznes-ombudsman/ Telegram | Instagram | YouTube
Показать все...
2
02:05
Видео недоступноПоказать в Telegram
Шаҳар уйғоқ маҳал, Янги йилга тўлиқ тайёргарлик кўраётган бир пайтда — байрамнинг рўй бериши учун ишлашни давом эттираётганлар ҳам бор. Мўжиза ўз-ўзидан пайдо бўлмайди — уни қабул қилишади, текширишади ва қўлдан-қўлга етказишади. Баъзан айнан сўнгги қадам, айниқса, муҳим бўлади. “Шаҳар уйғоқ маҳал” махсус лойиҳаси Uzum Market буюртмаларни топшириш пунктида ишловчи Виолеттанинг ҳикоясини сўзлайди. Икки йилдан буён у декабрь ойини БТП столи ортида кутиб олади ва 31 декабрь кечгача ишлайди, одамларга узоқ кутилган совғалар, харидлар ва кичик сюрпризларга тўла қутиларни етказиб беради. Иш диққат ва сабр талаб қилади: керакли буюртмани топиш, маълумотларни текшириш, уни кечикмасдан топшириш — ҳатто ташқарида байрамона шовқин-сурон ва навбат камаймаса ҳам. Аммо айнан шу ерда — одам қўлига пакетини олганида ва Янги йил аллақачон яқинлигини ҳис қилганида байрам ҳақиқатга айланади. Реклама ҳуқуқлари асосида.
Показать все...
UZUMPVZ-SUBTITLE_50mb.mp434.82 MB
8👍 5
Фото недоступноПоказать в Telegram
“Iblis devori”, “Xazonrezgi”, “Falak” va “Ov” singari asarlar muallifi Tohir Malik tavalludiga 27-dekabrda 79 yil to‘ldi. Sana munosabati bilan Gazeta O‘zbekiston xalq yozuvchisining asarlari asosida test tayyorladi. https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/27/tohir-malik/ Telegram | Instagram | YouTube
Показать все...
4👍 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
O‘tkazilgan so‘rovlar ham, xalqaro tahlillar ham 75 foiz aholining moliyaviy holati keskin yaxshilanganini tasdiqladi, dedi Shavkat Mirziyoyev. U, shuningdek, inflyatsiya darajasi bu yil 7,4 foiz bo‘lishi kutilayotgani va bu juda katta natija ekanini qo‘shimcha qildi. https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/26/financial-situation/ Telegram | Instagram | YouTube
Показать все...
👍 105 43🤔 7😢 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
Postlarida Anora Sodiqovani kamsitgan deb topilgan bloger Mirsaid Haydarov jurnalistga 25 mln so‘mlik ma’naviy zararni to‘ladi. MIBga ko‘ra, blogerdan qo‘shimchasiga sud xarajatlari bilan bog‘liq 5,6 mln so‘m ham undirildi. https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/27/anora-sodiqova/ Telegram | Instagram | YouTube
Показать все...
👍 2
Фото недоступноПоказать в Telegram
2026-yilda O‘zbekiston iqtisodiyotini texnologik va innovatsion o‘sish modeliga o‘tkazish rejalashtirilgan. 2026-yilda 50 mlrd dollar investitsiya jalb etish ko‘zda tutilmoqda. Investorlar uchun maxsus soliq va huquqiy rejimlar taklif etiladi. https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/26/economy/ Telegram | Instagram | YouTube
Показать все...
👍 62 25
02:01
Видео недоступноПоказать в Telegram
Shahar uyg‘onib, Yangi yilga tayyorgarlik ko‘rayotgan bir paytda, bayramga yordam berish uchun tinimsiz ishlayotganlar bor. Mo‘jiza shunchaki sodir bo‘lmaydi — uni olib kelishadi, olib ketishadi, qutqarishadi. Har kuni qandaydir detal bayramning yanada o‘ziga xos bo‘lishiga yordam beradi. “Shahar uyg‘oq mahal” maxsus loyihasi Uzum Market omboridagi smena boshlig‘i Ruslan haqida hikoya qiladi. Mana uch yildirki, Ruslan omborda ishlaydi va ulardan ikkitasida 31-dekabr oqshomigacha so‘nggi sovg‘alar o‘z egalariga yetib borishini nazorat qiladi. Ish mas’uliyatli va mashaqqatli, hushyorlikni talab qiladi. Butun smena to‘xtovsiz va yuqori tezlikda ishlaydi, omborda shovqin-suron hukmron, ammo yangi yil sehriga ham o‘rin bor. Reklama huquqlari asosida.
Показать все...
UZUMSKLAD_SUBTITLE_UZ-50mb.mp433.67 MB
4👎 4👍 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
Jizzaxda AES qurilishi loyihasi bo‘yicha 300 ga yaqin odam ishtirokida jamoatchilik eshituvi bo‘lib o‘tdi. Aholining savollari faqat yozma ravishda qabul qilinib, javoblandi. Savollarning asosiy qismi AESning ehtimoliy xavfi, shuningdek, ish o‘rinlariga oid bo‘ldi. Gazeta reportaji. https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/26/jizzax-aes/ Telegram | Instagram | YouTube
Показать все...
👎 10😢 2 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
JIB Namangan shahri sudi ichki ishlar binosida qiynoqqa solingani aytilgan fuqaro ishini ko‘rib chiqishni boshladi. IIBning 3 nafar sobiq profilaktika inspektori JKning 5 ta moddasi bo‘yicha ayblanmoqda. Advokat birinchi ochiq sud majlisida audio va video qaydiga ruxsat berilmaganini bildirdi. https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/26/namangan/ Telegram | Instagram | YouTube
Показать все...
👎 7
Фото недоступноПоказать в Telegram
Dam olish kunlari Toshkentda qayerlarga borish mumkin? (27−28-dekabr) “Sehrlandiya” va yana 3 ta kinopremyera, Teplo Winter Fest 2025, Central Park, Shevchenko ko‘chasi, Magic City, Dream Park’dagi Yangi yil shoulari, “Bu qala” guruhi konserti, “Qarsildoq” baleti, “Muzyurak” myuzikli, Sahna Music Night, Van Gog ijodiga bag‘ishlangan multimedia ko‘rgazmasi va dam olish kunlaridagi boshqa qizqarli tadbirlar: https://www.afisha.uz/uz/gorod/2025/12/26/27-28-dekabr Telegram | Instagram | YouTube
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
O‘zbekiston 2030-yilgacha IT xizmatlar eksportini $5 mlrd ga yetkazmoqchi. 2026-yilda Toshkent, Buxoro, Farg‘onada 4 ta data-markaz va 2 ta super kompyuter ishga tushiriladi. Markaziy bankda esa har yili 15−20 ta fintex startapni tashqi bozorga chiqarish uchun fintex ofisi va innovatsion xab tashkil etiladi. https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/26/it/ Telegram | Instagram | YouTube
Показать все...
👍 104 13
Фото недоступноПоказать в Telegram
O‘zbekistonda elektromobillarga o‘tishni rag‘batlantirish uchun avtokreditlar qiymati pasaytiriladi. Mahalliy elektromobillarga 12%, xorijiylariga 16%li kreditlar ajratiladi. Shuningdek, davlat elektr energiya xarajatlarining bir qismini o‘z zimmasiga oladi va eski avtomobillarni almashtirishni subsidiyalaydi. https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/26/electromobile/ Telegram | Instagram | YouTube
Показать все...
👍 96 14👎 2🤔 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
2026-yildan “Elektron hukumat” tizimi yangilanadi: 1000 dan ortiq davlat xizmati, 240 ta ma’lumotlar bazasi va 100 mingdan ziyod davlat xizmatchisining vakolatlari yagona platformaga birlashtiriladi. Topshiriqlar ijrosini nazorat qilish SIga topshiriladi. “Hech kim hech qayoqqa yashirolmaydi”, — dedi prezident. https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/26/gov-service/ Telegram | Instagram | YouTube
Показать все...
8👍 4
Фото недоступноПоказать в Telegram
Amaldorlar, jumladan, tuman hokimlarining oylik maoshlari oshirilgach, ularning ishiga qo‘yiladigan talablar kuchaytiriladi, boshqaruv va nazoratning yangi tizimi istisnosiz qabul qilinishi kerak, dedi prezident. https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/26/wages/ Telegram | Instagram | YouTube
Показать все...
👍 64 39