Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari
前往频道在 Telegram
O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @GazetauzMuloqotBot +998 78-333-10-15 Reklama: @Afisha_Media_Regina +998 99-444-35-39 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kirill alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb
显示更多2025 年数字统计

18 607
订阅者
-924 小时
-117 天
-45330 天
帖子存档
照片不可用在 Telegram 中显示
Britaniyaning Economist nashri “siyosiy xarakter” yaxshilanganini ta’kidlab, Suriyani yil mamlakati deb topdi. Jurnalning yozishicha, “katta muammolar” saqlanib qolayotganiga qaramay, Suriya 2025-yilda 2024-yilga qaraganda “ancha baxtli va osoyishta” bo‘ldi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/24/economist/
Telegram | Instagram | YouTube
❤ 4🤔 3👎 1
02:48
视频不可用在 Telegram 中显示
Shahar hali uyquga ketmay, Yangi yilga qizg‘in hozirlik ko‘rayotgan bir paytda — bayram shukuhini yaratish uchun tinim bilmay mehnat qilayotganlar bor. Mo‘jiza o‘z-o‘zidan sodir bo‘lmaydi — uni yetkazishadi, tashishadi va asrab qolishadi. Har kuni qaysidir jihat bayramning yanada o‘zgacha bo‘lishiga xizmat qiladi.
“Shahar uyg‘oq mahal” maxsus loyihasining ilk soni — Uklon kompaniyasi haydovchilariga bag‘ishlanadi. Bu sonda bayramoldi safarlar kayfiyati, shaharning yangicha qiyofaga kirishi, haydovchilarni uyda kimlar kutishi va ular yilning eng yorqin kunlaridan birini qanday kutib olishlari haqida so‘z boradi.
Reklama huquqlari asosida.
Uklon telegram 2.mp442.89 MB
❤ 7👍 4
照片不可用在 Telegram 中显示
AQSh shu hafta Karib dengiziga katta miqdordagi samolyotlar, qo‘shin va uskunalarni tashladi, deb yozdi WSJ. Bu Donald Tramp ma’muriyatining Venesuela prezidenti Nikolas Maduroga nisbatan kuchayib borayotgan bosim kampaniyasidagi so‘nggi qadamidir.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/24/caribbean/
Telegram | Instagram | YouTube
照片不可用在 Telegram 中显示
“O‘zatom” rahbari Azim Axmedxadjayevga ko‘ra, mamlakatda ikkinchi yirik AES qurilishiga ruxsat berilishi mumkin. Hozircha bunday reja mavjud emas, biroq o‘rganilgan maydon va elektr energiyasiga bo‘lgan talabning o‘sishi kelgusida loyihani kengaytirishga imkon beradi, dedi u.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/24/aes/
Telegram | Instagram | YouTube
👎 6👍 2❤ 1
照片不可用在 Telegram 中显示
Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining Toshkent markazida, “Hamid Olimjon” metro bekati yonida joylashgan binosi elektron savdolarda 242,09 mlrd so‘mga sotildi. Xaridor boshlang‘ich narxdan 5 foizga yuqori bo‘lgan yagona taklifni kiritdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/24/e-auksion/
Telegram | Instagram | YouTube
照片不可用在 Telegram 中显示
Italiya bosh vaziri Jorja Meloni unga berilgan 270 ta rasmiy sovg‘ani, qonun talabiga ko‘ra, sotishni reja qilgandi. Ammo auksion uyidagi tergov sababli bu reja bekor bo‘ldi. OAVga ko‘ra, sovg‘alar orasida qator davlatlar rahbarlari, jumladan, O‘zbekiston prezidenti bergan qimmatbaho toshli marjon ham bor.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/24/meloni-gifts/
Telegram | Instagram | YouTube
🤔 12❤ 1
照片不可用在 Telegram 中显示
Asterium — O‘zbekistondagi eng yirik kriptoekotizim — mashhur Paynet to‘lov tizimi bilan integratsiyani ishga tushirdi. Endi kriptohamyonni to‘ldirish shunchaki mobil aloqa yoki kommunal xizmatlar uchun to‘lov qilishdek oson (reklama).
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/24/asterium/
👍 5❤ 1
照片不可用在 Telegram 中显示
To‘qqiz oy yakuniga ko‘ra, yangi qurilgan uylar narxi so‘mda 2,4% ga, dollarda 5,5% ga, ikkilamchi bozorda esa 1,8% va 5% ga oshdi, deb xabar bermoqda MB. Bozor o‘sishi asosan xususiy uy-joylar hisobiga ta’minlandi. Sotuvchilar aktivlar qiymatini saqlab qolish maqsadida narxlarni dollarda belgilamoqda.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/24/real-estate/
Telegram | Instagram | YouTube
👎 5🤔 3👍 2
照片不可用在 Telegram 中显示
AES qurilishi Jizzaxning turistik salohiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi, dedi “O‘zatom” rahbari Azim Axmedxadjayev. U Turizm qo‘mitasidan tushgan savollarga “ekspertlar darajasida batafsil javob berilganini” aytdi. “Kelgusida ishlab chiqarilgan elektrdan turizm rivojida ham foydalaniladi”, — dedi u.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/24/npp-and-tourism/
Telegram | Instagram | YouTube
👎 11❤ 2
照片不可用在 Telegram 中显示
TBC Bank qo‘shimcha bonuslar, mablag‘larni nazorat qilish vositalari va bank xizmatlaridan foydalanishni yanada qulay qiladigan kichik, ammo foydali imtiyozlarni o‘z ichiga olgan TBC Plus obunasini ishga tushirdi (reklama).
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/24/tbc-bank/
🤔 3❤ 1👎 1
照片不可用在 Telegram 中显示
Bojxona qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Otabek Choriyevning aytishicha, Yangi yil bayrami arafasida ko‘chalarda pirotexnikalar ovozi deyarli eshitilmayapti. Toshkent shahri FVB vakili hozircha ulardan shikastlanish bilan bog‘liq murojaatlar kelib tushmaganini ma’lum qildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/24/paqildoq/
Telegram | Instagram | YouTube
❤ 4🤔 3😢 2
照片不可用在 Telegram 中显示
IIV vakiliga ko‘ra, 2025-yil boshidan buyon O‘zbekistonda og‘ir jinoyatlar soni o‘tgan yilga nisbatan 4192 taga kamaydi. Xususan, talonchilik, bosqinchilik, o‘g‘rilik, badanga qasddan og‘ir shikast yetkazish kabi jinoyatlar sonida pasayish kuzatilgan. Ammo nomusga tegish jinoyati 6 foizga — 359 tadan 381 tagacha oshgan.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/24/crime-stats/
Telegram | Instagram | YouTube
照片不可用在 Telegram 中显示
Kapitalbank va O‘zbekiston nogironlar uyushmasi inklyuziv bank xizmatlarini rivojlantirish hamda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qulay moliyaviy muhit yaratishga qaratilgan hamkorlik memorandumini imzoladi (reklama).
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/24/kapitalbank/
👍 2
照片不可用在 Telegram 中显示
Vladimir Zelenskiy Ukraina, AQSh va Rossiya muhokama qilayotgan tinchlik rejasining 20 bandi mazmunini ochiqladi. Rejada Ukraina suverenitetini tasdiqlash, Zaporoje AES boshqaruvi taqsimoti, bosib olingan xududlar maqomi, chegaralarni kuch yo‘li bilan o‘zgartirmaslik majburiyati, saylovlar o‘tkazish kabilar bor.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/24/peace-deal/
Telegram | Instagram | YouTube
❤ 5
照片不可用在 Telegram 中显示
Toshkent hayvonot bog‘iga borgan odamlar oq bengal yo‘lbarsi va amur yo‘lbarsiga qor otdi. Qor ichiga toshlar solingani aniqlandi. Qoidabuzarlar zudlik bilan hayvonot bog‘i hududidan chiqarib yuborildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/24/tash-zoo/
Telegram | Instagram | YouTube
😢 8👎 3❤ 2
照片不可用在 Telegram 中显示
Deputatlar 2025-yil uchun davlat budjetiga kiritilgan, davlat xarajatlarini sezilarli darajada oshirishni nazarda tutuvchi tuzatishlarni ommaviy muhokamasiz ma’qulladi. Xarajatlar $3,4 mlrd ga oshadi. Davlat budjetiga yuklamani geosiyosiy nizolar va jahondagi iqtisodiy beqarorlik kuchaytirgan. Tafsilotlar.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/24/parliament/
Telegram | Instagram | YouTube
👎 2
照片不可用在 Telegram 中显示
Hukumat rivojlanish loyihalari portfelini deputatlar bilan kelishadi, budjet ijrosi hisobotlari budjetdan tashqari jamg‘armalarga oid ma’lumotlar bilan to‘ldiriladi. Hokimlar “Ochiq budjet” ma’lumotlarini e’lon qila boshlaydi. Shu bilan birga, budjet hujjatlarini ko‘rib chiqish jarayoni hozircha to‘liq ochiq emas.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/23/budget-process/
Telegram | Instagram | YouTube
👍 6❤ 1🤔 1
照片不可用在 Telegram 中显示
2021−2025-yillarda O‘zbekistonda kiberjinoyatlar soni 11 baravar ortdi, deydi IIV vakili. Oqibatda fuqarolar 3,7 trln so‘m (2025-yilda — 1,8 trln so‘m) zarar ko‘rgan. Joriy yilda kriptoaktivlar aylanmasi bilan bog‘liq 2 mingdan ortiq jinoyat aniqlandi, 76 mlrd so‘mning noqonuniy chiqib ketishi oldi olindi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/24/cybercrime/
Telegram | Instagram | YouTube
🤔 4
照片不可用在 Telegram 中显示
Kia yangi Sonet — Kia Sonet Black Edition komplektatsiyasini taqdim etdi, u qora rangda bajarildi: kuzov, 16 dyuymli disklar, dekorativ elementlar va logotiplar. Premium ko‘rinishga ega avtomobil Prestige versiyasining barcha qulayliklari va texnologiyalarini saqlab qolgan (reklama).
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/24/adm/
👍 1
照片不可用在 Telegram 中显示
Buxoro, Urganch va Termizda tuman tufayli bir nechta tungi va ertalabki reyslar Samarqand va Nukus aeroportlariga yo‘naltirildi. Bundan tashqari, S6317 Istanbul-Namangan reysi yo‘lovchining sog‘lig‘i yomonlashgani sababli Samarqandga qo‘ndi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/24/fog/
Telegram | Instagram | YouTube
