uz
Feedback
Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Kanalga Telegram’da o‘tish

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @GazetauzMuloqotBot +998 78-333-10-15 Reklama: @Afisha_Media_Regina +998 99-444-35-39 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kirill alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb

Ko'proq ko'rsatish
2025 yil raqamlardasnowflakes fon
card fon
18 607
Obunachilar
+224 soatlar
-37 kunlar
-45030 kunlar
Postlar arxiv
Photo unavailableShow in Telegram
Britaniyaning Economist nashri “siyosiy xarakter” yaxshilanganini ta’kidlab, Suriyani yil mamlakati deb topdi. Jurnalning yozishicha, “katta muammolar” saqlanib qolayotganiga qaramay, Suriya 2025-yilda 2024-yilga qaraganda “ancha baxtli va osoyishta” bo‘ldi. https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/24/economist/ Telegram | Instagram | YouTube
Hammasini ko'rsatish...
4🤔 3👎 1
02:48
Video unavailableShow in Telegram
Shahar hali uyquga ketmay, Yangi yilga qizg‘in hozirlik ko‘rayotgan bir paytda — bayram shukuhini yaratish uchun tinim bilmay mehnat qilayotganlar bor. Mo‘jiza o‘z-o‘zidan sodir bo‘lmaydi — uni yetkazishadi, tashishadi va asrab qolishadi. Har kuni qaysidir jihat bayramning yanada o‘zgacha bo‘lishiga xizmat qiladi. “Shahar uyg‘oq mahal” maxsus loyihasining ilk soni — Uklon kompaniyasi haydovchilariga bag‘ishlanadi. Bu sonda bayramoldi safarlar kayfiyati, shaharning yangicha qiyofaga kirishi, haydovchilarni uyda kimlar kutishi va ular yilning eng yorqin kunlaridan birini qanday kutib olishlari haqida so‘z boradi. Reklama huquqlari asosida.
Hammasini ko'rsatish...
Uklon telegram 2.mp442.89 MB
7👍 4
Photo unavailableShow in Telegram
AQSh shu hafta Karib dengiziga katta miqdordagi samolyotlar, qo‘shin va uskunalarni tashladi, deb yozdi WSJ. Bu Donald Tramp ma’muriyatining Venesuela prezidenti Nikolas Maduroga nisbatan kuchayib borayotgan bosim kampaniyasidagi so‘nggi qadamidir. https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/24/caribbean/ Telegram | Instagram | YouTube
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
“O‘zatom” rahbari Azim Axmedxadjayevga ko‘ra, mamlakatda ikkinchi yirik AES qurilishiga ruxsat berilishi mumkin. Hozircha bunday reja mavjud emas, biroq o‘rganilgan maydon va elektr energiyasiga bo‘lgan talabning o‘sishi kelgusida loyihani kengaytirishga imkon beradi, dedi u. https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/24/aes/ Telegram | Instagram | YouTube
Hammasini ko'rsatish...
👎 6👍 2 1
Photo unavailableShow in Telegram
Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining Toshkent markazida, “Hamid Olimjon” metro bekati yonida joylashgan binosi elektron savdolarda 242,09 mlrd so‘mga sotildi. Xaridor boshlang‘ich narxdan 5 foizga yuqori bo‘lgan yagona taklifni kiritdi. https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/24/e-auksion/ Telegram | Instagram | YouTube
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
Italiya bosh vaziri Jorja Meloni unga berilgan 270 ta rasmiy sovg‘ani, qonun talabiga ko‘ra, sotishni reja qilgandi. Ammo auksion uyidagi tergov sababli bu reja bekor bo‘ldi. OAVga ko‘ra, sovg‘alar orasida qator davlatlar rahbarlari, jumladan, O‘zbekiston prezidenti bergan qimmatbaho toshli marjon ham bor. https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/24/meloni-gifts/ Telegram | Instagram | YouTube
Hammasini ko'rsatish...
🤔 12 1
Photo unavailableShow in Telegram
Asterium — O‘zbekistondagi eng yirik kriptoekotizim — mashhur Paynet to‘lov tizimi bilan integratsiyani ishga tushirdi. Endi kriptohamyonni to‘ldirish shunchaki mobil aloqa yoki kommunal xizmatlar uchun to‘lov qilishdek oson (reklama). https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/24/asterium/
Hammasini ko'rsatish...
👍 5 1
Photo unavailableShow in Telegram
To‘qqiz oy yakuniga ko‘ra, yangi qurilgan uylar narxi so‘mda 2,4% ga, dollarda 5,5% ga, ikkilamchi bozorda esa 1,8% va 5% ga oshdi, deb xabar bermoqda MB. Bozor o‘sishi asosan xususiy uy-joylar hisobiga ta’minlandi. Sotuvchilar aktivlar qiymatini saqlab qolish maqsadida narxlarni dollarda belgilamoqda. https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/24/real-estate/ Telegram | Instagram | YouTube
Hammasini ko'rsatish...
👎 5🤔 3👍 2
Photo unavailableShow in Telegram
AES qurilishi Jizzaxning turistik salohiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi, dedi “O‘zatom” rahbari Azim Axmedxadjayev. U Turizm qo‘mitasidan tushgan savollarga “ekspertlar darajasida batafsil javob berilganini” aytdi. “Kelgusida ishlab chiqarilgan elektrdan turizm rivojida ham foydalaniladi”, — dedi u. https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/24/npp-and-tourism/ Telegram | Instagram | YouTube
Hammasini ko'rsatish...
👎 11 2
Photo unavailableShow in Telegram
TBC Bank qo‘shimcha bonuslar, mablag‘larni nazorat qilish vositalari va bank xizmatlaridan foydalanishni yanada qulay qiladigan kichik, ammo foydali imtiyozlarni o‘z ichiga olgan TBC Plus obunasini ishga tushirdi (reklama). https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/24/tbc-bank/
Hammasini ko'rsatish...
🤔 3 1👎 1
Photo unavailableShow in Telegram
Bojxona qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Otabek Choriyevning aytishicha, Yangi yil bayrami arafasida ko‘chalarda pirotexnikalar ovozi deyarli eshitilmayapti. Toshkent shahri FVB vakili hozircha ulardan shikastlanish bilan bog‘liq murojaatlar kelib tushmaganini ma’lum qildi. https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/24/paqildoq/ Telegram | Instagram | YouTube
Hammasini ko'rsatish...
4🤔 3😢 2
Photo unavailableShow in Telegram
IIV vakiliga ko‘ra, 2025-yil boshidan buyon O‘zbekistonda og‘ir jinoyatlar soni o‘tgan yilga nisbatan 4192 taga kamaydi. Xususan, talonchilik, bosqinchilik, o‘g‘rilik, badanga qasddan og‘ir shikast yetkazish kabi jinoyatlar sonida pasayish kuzatilgan. Ammo nomusga tegish jinoyati 6 foizga — 359 tadan 381 tagacha oshgan. https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/24/crime-stats/ Telegram | Instagram | YouTube
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
Kapitalbank va O‘zbekiston nogironlar uyushmasi inklyuziv bank xizmatlarini rivojlantirish hamda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qulay moliyaviy muhit yaratishga qaratilgan hamkorlik memorandumini imzoladi (reklama). https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/24/kapitalbank/
Hammasini ko'rsatish...
👍 2
Photo unavailableShow in Telegram
Vladimir Zelenskiy Ukraina, AQSh va Rossiya muhokama qilayotgan tinchlik rejasining 20 bandi mazmunini ochiqladi. Rejada Ukraina suverenitetini tasdiqlash, Zaporoje AES boshqaruvi taqsimoti, bosib olingan xududlar maqomi, chegaralarni kuch yo‘li bilan o‘zgartirmaslik majburiyati, saylovlar o‘tkazish kabilar bor. https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/24/peace-deal/ Telegram | Instagram | YouTube
Hammasini ko'rsatish...
5
Photo unavailableShow in Telegram
Toshkent hayvonot bog‘iga borgan odamlar oq bengal yo‘lbarsi va amur yo‘lbarsiga qor otdi. Qor ichiga toshlar solingani aniqlandi. Qoidabuzarlar zudlik bilan hayvonot bog‘i hududidan chiqarib yuborildi. https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/24/tash-zoo/ Telegram | Instagram | YouTube
Hammasini ko'rsatish...
😢 8👎 3 2
Photo unavailableShow in Telegram
Deputatlar 2025-yil uchun davlat budjetiga kiritilgan, davlat xarajatlarini sezilarli darajada oshirishni nazarda tutuvchi tuzatishlarni ommaviy muhokamasiz ma’qulladi. Xarajatlar $3,4 mlrd ga oshadi. Davlat budjetiga yuklamani geosiyosiy nizolar va jahondagi iqtisodiy beqarorlik kuchaytirgan. Tafsilotlar. https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/24/parliament/ Telegram | Instagram | YouTube
Hammasini ko'rsatish...
👎 2
Photo unavailableShow in Telegram
Hukumat rivojlanish loyihalari portfelini deputatlar bilan kelishadi, budjet ijrosi hisobotlari budjetdan tashqari jamg‘armalarga oid ma’lumotlar bilan to‘ldiriladi. Hokimlar “Ochiq budjet” ma’lumotlarini e’lon qila boshlaydi. Shu bilan birga, budjet hujjatlarini ko‘rib chiqish jarayoni hozircha to‘liq ochiq emas. https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/23/budget-process/ Telegram | Instagram | YouTube
Hammasini ko'rsatish...
👍 6 1🤔 1
Photo unavailableShow in Telegram
2021−2025-yillarda O‘zbekistonda kiberjinoyatlar soni 11 baravar ortdi, deydi IIV vakili. Oqibatda fuqarolar 3,7 trln so‘m (2025-yilda — 1,8 trln so‘m) zarar ko‘rgan. Joriy yilda kriptoaktivlar aylanmasi bilan bog‘liq 2 mingdan ortiq jinoyat aniqlandi, 76 mlrd so‘mning noqonuniy chiqib ketishi oldi olindi. https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/24/cybercrime/ Telegram | Instagram | YouTube
Hammasini ko'rsatish...
🤔 4
Photo unavailableShow in Telegram
Kia yangi Sonet — Kia Sonet Black Edition komplektatsiyasini taqdim etdi, u qora rangda bajarildi: kuzov, 16 dyuymli disklar, dekorativ elementlar va logotiplar. Premium ko‘rinishga ega avtomobil Prestige versiyasining barcha qulayliklari va texnologiyalarini saqlab qolgan (reklama). https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/24/adm/
Hammasini ko'rsatish...
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
Buxoro, Urganch va Termizda tuman tufayli bir nechta tungi va ertalabki reyslar Samarqand va Nukus aeroportlariga yo‘naltirildi. Bundan tashqari, S6317 Istanbul-Namangan reysi yo‘lovchining sog‘lig‘i yomonlashgani sababli Samarqandga qo‘ndi. https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/24/fog/ Telegram | Instagram | YouTube
Hammasini ko'rsatish...