Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari
前往频道在 Telegram
O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @GazetauzMuloqotBot +998 78-333-10-15 Reklama: @Afisha_Media_Regina +998 99-444-35-39 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kirill alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb
显示更多2025 年数字统计

18 612
订阅者
-924 小时
-117 天
-45330 天
帖子存档
照片不可用在 Telegram 中显示
9 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan o‘zbekistonlik shaxmatchilar Turkiyada bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida 12 ta medalni qo‘lga kiritdi: 5 ta oltin, 2 ta kumush va 5 ta bronza. O‘zbekiston jamoasi turnirda umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/22/chess/
Telegram | Instagram | YouTube
❤ 12👍 5
照片不可用在 Telegram 中显示
Surxondaryo viloyatida Sherobod sement zavodi va “Sharg‘unko‘mir” bitta lot sifatida auksionga qo‘yildi. Investor sement zavodini ko‘mir yoqilg‘isiga o‘tkazishi va ko‘mir qazib olishni yiliga 1 mln tonnagacha oshirish uchun “Sharg‘unko‘mir”ga kamida $20 mln sarmoya kiritishi shart bo‘ladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/22/open-tenders/
Telegram | Instagram | YouTube
🤔 4❤ 2
照片不可用在 Telegram 中显示
22-dekabr kuni Shavkat Mirziyoyev Ermitaj muzeyida MDH davlatlari rahbarlari bilan uchrashdi. Norasmiy uchrashuv davomida savdo hamkorligi hamda qo‘shma iqtisodiy va madaniy tashabbuslar muhokama qilindi. Muzokaralardan so‘ng yetakchilar muzey eksponatlarini tomosha qildi. Foto.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/22/hermitage-museum/
Telegram | Instagram | YouTube
👍 49❤ 22👎 1
照片不可用在 Telegram 中显示
Oltin narxi yana bir rekordni yangilab, bir unsiya uchun 4400 dollardan oshdi. Bunga geosiyosiy vaziyatning keskinlashuvi va AQSh Federal zaxirasining 2026-yilda stavkalarni pasaytirishi kutilmalari sabab bo‘ldi. Yil boshidan buyon oltin 68 foizdan ko‘proqqa qimmatlashdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/22/gold/
Telegram | Instagram | YouTube
❤ 6
照片不可用在 Telegram 中显示
Yaponiyada Shavkat Mirziyoyev yirik korporatsiyalar rahbarlari bilan uchrashdi. Energetika, aviatsiya va muhim minerallar sohasidagi loyihalar muhokama qilindi. Prezident Toyota Tsusho, Hitachi va Sakai kompaniyalarini avtokomponentlar hamda qurilish texnikasi ishlab chiqarishni mahalliylashtirishga taklif qildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/22/jbic/
Telegram | Instagram | YouTube
👍 19❤ 11
照片不可用在 Telegram 中显示
Rekord darajadagi daromadga qaramay, jahon aviatsiyasi tizimli muammolarga duch kelmoqda. Xalqaro havo transporti assotsiatsiyasi prognoziga ko‘ra, 2026-yilda tarmoqning sof foydasi past marjinallik saqlanib qolgani holda 41 mlrd dollarga yetadi. Soha oldida turgan muammolar tahlili — Gazeta materialida.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/22/aviation/
Telegram | Instagram | YouTube
❤ 2🤔 1
照片不可用在 Telegram 中显示
Qanot Sharq xususiy aviakompaniyasi Markaziy Osiyo va MDHda uzoq masofali Airbus A321XLR samolyotining ilk operatoriga aylandi. Amerikaning Air Lease kompaniyasidan uzoq muddatli lizingga olingan samolyot Gamburgdagi zavoddan yetib keldi. Samolyotning tashqi ko‘rinishi va saloni — Gazeta fotoreportajida.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/22/qanot-sharq-a321xlr-uk32112/
Telegram | Instagram | YouTube
👍 4❤ 2
照片不可用在 Telegram 中显示
AQSh ma’muriyati 2026-yil yanvaridan boshlab Jo Bayden davrida kamida 29 mamlakatda tayinlangan elchilarni almashtirmoqda. Ularning o‘rniga Trampning “Amerika birinchi” siyosatini to‘liq qo‘llab-quvvatlaydigan diplomatlar keladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/22/diplomats/
Telegram | Instagram | YouTube
👍 3❤ 1
照片不可用在 Telegram 中显示
O‘zbekistonda zo‘ravonlikka uchragan ayollar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovda ishtirokchilarning 70 foizdan ortig‘i davomli zo‘ravonliklar haqida ma’lum qildi. Ba’zan zo‘ravonlikda erning oila a’zolari ham qatnashgan. So‘ralganlarning 20,6 foizi suitsidga uringanini bildirdi. Tadqiqot natijalari.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/22/gender-violence/
Telegram | Instagram | YouTube
😢 3❤ 2🤔 2
照片不可用在 Telegram 中显示
23−26-dekabr kunlari ayrim hudularda yog‘ingarchilik kuzatiladi, ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Harorat kechalari −3…+2 bo‘ladi, kunduzi asta-sekin +5…+10 darajagacha ko‘tariladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/22/meteo/
Telegram | Instagram | YouTube
❤ 1
照片不可用在 Telegram 中显示
Xo‘jaobod tumanidagi kiyim bozorida rasta qulab tushish oqibatida bir sotuvchi jarohatlandi. Tuman hokimligining bildirishicha, holatga rasta qo‘lbola usulda qurilgani va ortiqcha kiyimlar ilingani sabab bo‘lgan. Tarqalgan videolarda bozor ma’muriyati sharoit yaratib bermayotgani aytiladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/22/bozor/
Telegram | Instagram | YouTube
😢 6❤ 2
照片不可用在 Telegram 中显示
Farg‘onada yo‘l chetida to‘xtab turgan Cobalt kutilmaganda yo‘lga chiqib ketib, orqadan kelayotgan boshqa bir Cobalt bilan to‘qnashib ketdi. Oqibatda 52 yoshli yo‘lovchi shifoxonada vafot etdi. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/22/yth/
Telegram | Instagram | YouTube
😢 3
照片不可用在 Telegram 中显示
Bo‘ston tuman sudida Rossiya-Ukraina urushida Rossiya tomonidan qatnashgan 38 yoshli fuqaro 3 yilga qamaldi. U Rossiyaga ishlashga borib, hujjatlari bo‘lmagani sababli majburan urushga yollangan. 4 oycha xizmat qilgach, o‘zini granata bilan portlatgan va gospitalga yuborilgan. So‘ng O‘zbekistonga qaytib kelgan.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/22/yollanish/
Telegram | Instagram | YouTube
🤔 5
照片不可用在 Telegram 中显示
O‘zbekiston va Rossiya O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi doirasida bozorlarga kirish bo‘yicha muzokaralarni yakunlash to‘g‘risidagi protokolni imzoladi. Hujjat prezident Shavkat Mirziyoyevning Sankt Peterburgga tashrifi doirasida imzolandi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/22/wto/
Telegram | Instagram | YouTube
👍 7
照片不可用在 Telegram 中显示
Clockster kompaniyasi bosh direktori Yerjan Risqali autsorsing kompaniyadan liniyali personalni boshqarish bo‘yicha mutaxassisga aylanish tarixi, Workly’ning sotib olinishi va HR tizimlari fintex bilan birlashadigan kelajak haqidagi tasavvurlari bilan o‘rtoqlashdi (reklama).
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/22/clockster/
❤ 5👍 3👎 1🤔 1
照片不可用在 Telegram 中显示
Dushanba kuni O‘zbekistondagi barcha metan quyish shoxobchalari soat 10:00 dan 16:00 gacha ishlaydi, deya xabar qildi Energetika vazirligi. Ijtimoiy tarmoqlarda ayrim hududlarda zapravkalar avval e’lon qilingan jadvaldan kamroq soat ishlayotgani va ba’zilari yopiqligi haqida xabarlar tarqalgandi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/22/angks/
Telegram | Instagram | YouTube
👎 13🤔 2❤ 1
照片不可用在 Telegram 中显示
Savdo-sanoat palatasi mahalliy hokimiyat organlari tomonidan tadbirkorlarni tutash hududlarni ijaraga olishga asossiz majburlash qonunchilikka zid ekanini ma’lum qildi. Tadbirkorlik faoliyatini erkin amalga oshirishga to‘sqinlik qiladigan bunday bunday holatlar yuzasidan palataga murojaat qilish so‘raldi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/22/rent/
Telegram | Instagram | YouTube
照片不可用在 Telegram 中显示
Hafta boshini hisobga olmasa, o‘zbekistonliklar ish kunlari ko‘proq quruq ob-havoga guvoh bo‘ladi. Harorat kunduzi ham, kechasi ham asta-sekin ko‘tarilib boradi. Hafta boshida tunda tog‘larda -13 daraja sovuq kuzatilsa, hafta o‘rtalariga borib janubiy hududlarda harorat +12 darajagacha ko‘tariladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/22/weather/
Telegram | Instagram | YouTube
👍 1
照片不可用在 Telegram 中显示
2025-yil InfinBANK uchun rivojlanishdagi muhim bosqich bo‘ldi. Bank nafaqat O‘zbekiston bank sektoridagi o‘z mavqeini mustahkamladi, balki qator nufuzli sohaviy mukofotlarga sazovor bo‘lib, innovatsion, texnologik va mijozlarga yo‘naltirilgan bank maqomini tasdiqladi (reklama).
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/22/infinbank/
👍 2
