Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari
Ir al canal en Telegram
O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @GazetauzMuloqotBot +998 78-333-10-15 Reklama: @Afisha_Media_Regina +998 99-444-35-39 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kirill alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb
Mostrar más2025 año en números

18 612
Suscriptores
-924 horas
-117 días
-45330 días
Archivo de publicaciones
Photo unavailableShow in Telegram
AQSh ma’muriyati 2026-yil yanvaridan boshlab Jo Bayden davrida kamida 29 mamlakatda tayinlangan elchilarni almashtirmoqda. Ularning o‘rniga Trampning “Amerika birinchi” siyosatini to‘liq qo‘llab-quvvatlaydigan diplomatlar keladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/22/diplomats/
Telegram | Instagram | YouTube
👍 3❤ 1
Photo unavailableShow in Telegram
O‘zbekistonda zo‘ravonlikka uchragan ayollar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovda ishtirokchilarning 70 foizdan ortig‘i davomli zo‘ravonliklar haqida ma’lum qildi. Ba’zan zo‘ravonlikda erning oila a’zolari ham qatnashgan. So‘ralganlarning 20,6 foizi suitsidga uringanini bildirdi. Tadqiqot natijalari.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/22/gender-violence/
Telegram | Instagram | YouTube
😢 3❤ 2🤔 2
Photo unavailableShow in Telegram
23−26-dekabr kunlari ayrim hudularda yog‘ingarchilik kuzatiladi, ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Harorat kechalari −3…+2 bo‘ladi, kunduzi asta-sekin +5…+10 darajagacha ko‘tariladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/22/meteo/
Telegram | Instagram | YouTube
❤ 1
Photo unavailableShow in Telegram
Xo‘jaobod tumanidagi kiyim bozorida rasta qulab tushish oqibatida bir sotuvchi jarohatlandi. Tuman hokimligining bildirishicha, holatga rasta qo‘lbola usulda qurilgani va ortiqcha kiyimlar ilingani sabab bo‘lgan. Tarqalgan videolarda bozor ma’muriyati sharoit yaratib bermayotgani aytiladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/22/bozor/
Telegram | Instagram | YouTube
😢 6❤ 2
Photo unavailableShow in Telegram
Farg‘onada yo‘l chetida to‘xtab turgan Cobalt kutilmaganda yo‘lga chiqib ketib, orqadan kelayotgan boshqa bir Cobalt bilan to‘qnashib ketdi. Oqibatda 52 yoshli yo‘lovchi shifoxonada vafot etdi. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/22/yth/
Telegram | Instagram | YouTube
😢 3
Photo unavailableShow in Telegram
Bo‘ston tuman sudida Rossiya-Ukraina urushida Rossiya tomonidan qatnashgan 38 yoshli fuqaro 3 yilga qamaldi. U Rossiyaga ishlashga borib, hujjatlari bo‘lmagani sababli majburan urushga yollangan. 4 oycha xizmat qilgach, o‘zini granata bilan portlatgan va gospitalga yuborilgan. So‘ng O‘zbekistonga qaytib kelgan.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/22/yollanish/
Telegram | Instagram | YouTube
🤔 5
Photo unavailableShow in Telegram
O‘zbekiston va Rossiya O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi doirasida bozorlarga kirish bo‘yicha muzokaralarni yakunlash to‘g‘risidagi protokolni imzoladi. Hujjat prezident Shavkat Mirziyoyevning Sankt Peterburgga tashrifi doirasida imzolandi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/22/wto/
Telegram | Instagram | YouTube
👍 7
Photo unavailableShow in Telegram
Clockster kompaniyasi bosh direktori Yerjan Risqali autsorsing kompaniyadan liniyali personalni boshqarish bo‘yicha mutaxassisga aylanish tarixi, Workly’ning sotib olinishi va HR tizimlari fintex bilan birlashadigan kelajak haqidagi tasavvurlari bilan o‘rtoqlashdi (reklama).
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/22/clockster/
❤ 5👍 3👎 1🤔 1
Photo unavailableShow in Telegram
Dushanba kuni O‘zbekistondagi barcha metan quyish shoxobchalari soat 10:00 dan 16:00 gacha ishlaydi, deya xabar qildi Energetika vazirligi. Ijtimoiy tarmoqlarda ayrim hududlarda zapravkalar avval e’lon qilingan jadvaldan kamroq soat ishlayotgani va ba’zilari yopiqligi haqida xabarlar tarqalgandi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/22/angks/
Telegram | Instagram | YouTube
👎 13🤔 2❤ 1
Photo unavailableShow in Telegram
Savdo-sanoat palatasi mahalliy hokimiyat organlari tomonidan tadbirkorlarni tutash hududlarni ijaraga olishga asossiz majburlash qonunchilikka zid ekanini ma’lum qildi. Tadbirkorlik faoliyatini erkin amalga oshirishga to‘sqinlik qiladigan bunday bunday holatlar yuzasidan palataga murojaat qilish so‘raldi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/22/rent/
Telegram | Instagram | YouTube
Photo unavailableShow in Telegram
Hafta boshini hisobga olmasa, o‘zbekistonliklar ish kunlari ko‘proq quruq ob-havoga guvoh bo‘ladi. Harorat kunduzi ham, kechasi ham asta-sekin ko‘tarilib boradi. Hafta boshida tunda tog‘larda -13 daraja sovuq kuzatilsa, hafta o‘rtalariga borib janubiy hududlarda harorat +12 darajagacha ko‘tariladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/22/weather/
Telegram | Instagram | YouTube
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
2025-yil InfinBANK uchun rivojlanishdagi muhim bosqich bo‘ldi. Bank nafaqat O‘zbekiston bank sektoridagi o‘z mavqeini mustahkamladi, balki qator nufuzli sohaviy mukofotlarga sazovor bo‘lib, innovatsion, texnologik va mijozlarga yo‘naltirilgan bank maqomini tasdiqladi (reklama).
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/22/infinbank/
👍 2
Photo unavailableShow in Telegram
Shavkat Mirziyoyev Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashi yig‘ilishidagi nutqida O‘zbekiston YOII bilan amaliy hamkorlikni kengaytirish tarafdori ekanini aytdi. Savdo, sanoat kooperatsiyasi, raqamli texnologiyalar, turizm kabi yo‘nalishlardagi hamkorlikni chuqurlashtirish haqida so‘z bordi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/22/eaeu-address/
Telegram | Instagram | YouTube
👍 95❤ 88👎 1
Photo unavailableShow in Telegram
Rossiyada O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston prezidentlariga Lev Tolstoy nomidagi Xalqaro tinchlik mukofoti berildi. “Yetakchilar ushbu mukofotga Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlashga qo‘shgan ulkan shaxsiy hissasi uchun sazovor bo‘ldi”, — deyiladi xabarda.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/22/tolstoy-peace-prize/
Telegram | Instagram | YouTube
👍 74❤ 68👎 5🤔 4
Photo unavailableShow in Telegram
Shanba kuni Toshkentda kuchli qor yog‘ishni boshladi va u yakshanba tongigacha davom etdi. Gazeta muxbiri Dilyaver Ablyakimov poytaxt bo‘ylab sayr qilib, qor bilan qoplangan ko‘chalar, diqqatga sazovor manzillar, obodonlashtirish xodimlari mehnati, qorbo‘ron o‘ynayotgan va suratga tushayotganlarni kadrlarga muhrladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/21/snow-in-tashkent/
Telegram | Instagram | YouTube
👍 12👎 2
Photo unavailableShow in Telegram
Qurilish vaziri Sherzod Hidoyatovning aytishicha, O‘zbekistonda uy-joylarni ulushdorlik asosida qurishda joriy etilayotgan eskrou tizimi ulushdorlarni to‘liq himoya qiladi — hech bir fuqaro aldanmaydi. Uning so‘zlariga ko‘ra, eskrou tizimi yangi yildan majburiy tarzda ishga tushirishga to‘liq tayyor.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/19/escrow/
Telegram | Instagram | YouTube
👍 5❤ 4
Photo unavailableShow in Telegram
Toshkentda haydovchi ehtiyotsizligi oqibatida ikkita avtobus orasida qolib ketib halok bo‘ldi. Temiryo‘l kesishmasida to‘xtagan haydovchi transportni qo‘l tormoziga qo‘ymasdan pastga tushgan, natijada harakatlanib ketgan avtobus uni oldindagi transportga qisib qo‘ygan.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/21/bus-driver/
Telegram | Instagram | YouTube
😢 21❤ 3
Photo unavailableShow in Telegram
Bojxona organlari 2025-yil boshidan beri qiymati 2,3 mlrd so‘mdan ziyod 7,25 mln donadan ortiq pirotexnika buyumini musodara qildi. Holatlarning 10 tasi bo‘yicha jinoyat ishi, 80 tasi bo‘yicha esa ma’muriy ishlar qo‘zg‘atilgan.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/20/pyrotechnics/
Telegram | Instagram | YouTube
👍 5❤ 3
Photo unavailableShow in Telegram
O‘zbekistonda suratga olingan ilk to‘liq metrajli 3D multfilm — “Sehrlandiya: qahramonlik missiyasi” taqdim etildi. Unda Temur, Ulug‘bek, Jaloliddin va Boburning do‘stlari sehrli olamga tushib qoladi va yovuz Olabo‘jiga to‘qnash keladi. Premeraga Saida Mirziyoyeva va Xayma Vashington tashrif buyurdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/20/sehrlandiya/
Telegram | Instagram | YouTube
👍 25❤ 17
Photo unavailableShow in Telegram
O‘zbekiston prezidenti va Yaponiya bosh vaziri “kelgusi avlodlar uchun kengaytirilgan strategik sheriklik”ni yo‘lga qo‘yishga kelishib oldi. Ta’lim, sog‘liqni saqlash, ekologiya, transport, shaharsozlik, turizm, agrar soha, tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish bo‘yicha kelishuvlar imzolandi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/20/uzbekistan-japan/
Telegram | Instagram | YouTube
👍 23❤ 14
