ch
Feedback
Kun.uz | Rasmiy kanal

Kun.uz | Rasmiy kanal

前往频道在 Telegram

🇺🇿 Kun.uz saytining Telegram-kanaliga xush kelibsiz! ‼️ Ushbu kanal lotin alifbosida yuritiladi Reklama: +998781137733 Sayt: http://kun.uz/uz facebook.com/kunuznews twitter.com/KunUzNews instagram.com/kun.uz @kunuzmurojaat

显示更多
2025 年数字统计snowflakes fon
card fon
80 242
订阅者
-1524 小时
-427
-1 22930
帖子存档
照片不可用在 Telegram 中显示
Uitkoff Berlindagi uchrashuvdan so‘ng: o‘t ochishni to‘xtatishga yaqinlashdik Berlinda Zelenskiy, Uitkoff va Kushner 20 banddan iborat tinchlik yo‘lidagi reja, iqtisodiy masalalar va boshqa mavzular bo‘yicha “chuqur muhokamalar” o‘tkazgan, deb yozdi AQSh prezidentining maxsus vakili. 👉 https://kun.uz/31758652 Kun.uz rasmiy kanali
显示全部...
6👍 4😁 4
照片不可用在 Telegram 中显示
“Barcha yo‘llar Rimga eltadi”: Rim imperiyasining batafsil yo‘llar xaritasi yaratildi Arxeologlar milodiy 150 yil holatiga ko‘ra butun Rim imperiyasi bo‘ylab yo‘llarning eng batafsil xaritasini tuzdi. Yo‘llarning umumiy uzunligi qariyb 300 000 kilometrni tashkil etgan. 👉 https://kun.uz/01199496 Kun.uz rasmiy kanali
显示全部...
👍 13 11👏 5🔥 3😭 3
照片不可用在 Telegram 中显示
Shomurodov gol+pas tizimida Turkiya chempionatida yetakchiga aylandi Turkiya Superligasi 16-tur doirasidagi "Samsunspor" - "Istanbul Boshoqshehir” o‘yinida Eldor Shomurodovning goli va assisti jamoasining 2:0 hisobidagi g‘alabasini ta’minladi. 👉 https://kun.uz/70162665 Kun.uz rasmiy kanali
显示全部...
👍 76 18🔥 12👏 6
照片不可用在 Telegram 中显示
“Farg‘onada u zo‘r ekanini ko‘rsatib qo‘ymoqchi bo‘lgan” – tanishini mashinada qasddan urib o‘ldirgan shaxs ishida hukm o‘qildi Farg‘onada Lacetti mashinasida tanishini urib ketib, o‘ldirgan shaxs jinoiy jazoga tortildi. Sud uni qasddan odam o‘ldirish jinoyatini sodir qilganlikda aybli deb topib, 14 yil 1 oyga ozodlikdan mahrum qildi. Marhumning yaqinlari yetim qolgan 4 bola uchun 4 mlrd so‘m moddiy va ma’naviy zarar so‘radi. Sudlanuvchi esa marhumni qasddan urib ketmaganini bildirdi. 👉 https://kun.uz/74140696 Kun.uz rasmiy kanali
显示全部...
🤯 44 27😁 10😭 7👍 6😐 4🔥 3
03:22
视频不可用在 Telegram 中显示
Tojikistondan kelayotgan Cobalt bakidan 30 kg opiy topildi Termiz tumanida yashovchi shaxs boshqaruvidagi Cobalt “Bekobod-avto” chegara bojxona postiga kirib kelgan vaqtida tekshirilgan. Jarayonda mashinaning yoqilg‘i baki ichiga 30 kgdan ortiq opiy moddasi ustamonlik bilan yashirib qo‘yilgani aniqlangan. Toshkent shahrida esa narkolaboratoriya fosh etildi. 👉 https://kun.uz/82327146 Kun.uz rasmiy kanali
显示全部...
Мои видео1.mp427.92 MB
17👍 17🤯 15👏 6😁 4
02:24
视频不可用在 Telegram 中显示
Vodiyda metan-shoxobchalarga konteynerlarda gaz tashish sinab ko‘riladi Qishning sovuq kunlarida, vodiy viloyatlarida gaz bosimi tushib ketgan paytda, metan-shoxobchalarga siqilgan tabiiy gaz maxsus yuk mashinalarida tashib olib boriladi. Buning uchun O‘zbekiston Xitoydan 150 ta ko‘chma konteynerni buyurtma qilgan. 👉 https://kun.uz/33630690 Kun.uz rasmiy kanali
显示全部...
Мои видео.mp421.91 MB
😁 29 13👏 7👍 4😐 4🔥 3🤯 1
照片不可用在 Telegram 中显示
Zelenskiy Trampning tinchlik rejasini qayta yozishga harakat qilmoqda U Ukraina qurolli kuchlari sonini cheklashga tayyor, lekin faqat hozirgi darajada. Shu kunlarda Ukraina AQShning tinchlik rejasiga o‘z javobini taqdim etgan. Bugun Zelenskiy Berlinda Trampning maxsus vakili bilan uchrashmoqda. 👉 https://kun.uz/57954598 Kun.uz rasmiy kanali
显示全部...
7👍 5👏 4
照片不可用在 Telegram 中显示
📆 Bu hafta ham o‘z nihoyasiga yetmoqda. TEXNO olamda nima gap? Hafta davomida bo‘lib o‘tgan yangiliklarni eslab o‘tamiz. — Tinib-tinchimagan xitoyliklar olti qo‘lli super odamsimon robot ishlab chiqdi; Xiaomi 560 litrli katta muzlatkich chiqardi, narxi 850 dollar; ChatGPT Plusni bepul ulashish imkoniyati paydo bo‘lmoqda; Google til bilmaslik muammosini quloqchin orqali real vaqtda hal qilishni boshlayapti; Xitoyda dunyodagi birinchi 16 tonnalik Jetank dron tashuvchi sinovdan o‘tkazildi; Siz chat bot bilan yozishyapman deb o‘ylaysiz. Aslida esa javobni tirik odam yozmoqda; Apple iOS 26.2 va iPadOS 26.2 ni rasman chiqardi. Nima o‘zgarishlar bor? 👨‍💻 Raqamli dunyoda adashib qolmaslik uchun “Kun.uz Texnologiya” sahifasini kuzatib boring. 👉 https://t.me/+FhwW7Y1BQSthZDAy
显示全部...
15👏 4
02:27
视频不可用在 Telegram 中显示
65 yoshli “yigit”: yorqishloqlik ota hamon turnikda tortiladi Chapdast otaxon Muhammadkarim ota Bo‘tayev Andijon viloyatining Jalaquduq tumanidan. U shu yoshida ham turnikda yaxshi tortila oladi, tosh ko‘taradi, erta tongdan uzoq masofaga yuguradi, jismoniy faollikni ushlab turish uchun daraxt uchigacha ham chiqib tushadi. Qishloqdoshlari otaxonga “Tarzan” deb nom qo‘yishgan. “5 qizim bor, ularni turmushga uzatganman, uyda chol-kampir bilan qolganmiz. Shu 5 qizim 10 ta o‘g‘ilning o‘rnini bosadi”, deydi qahramonimiz. 📹 TO'LIQ VIDEONI TOMOSHA QILING
显示全部...
Tizer.mp424.49 MB
👍 83 24👏 15😁 8🔥 4🤯 3
照片不可用在 Telegram 中显示
15 dekabrda O‘zbekistonning qator hududlarida qor yog‘ishi mumkin “O‘zgidromet” 15 dekabr uchun ob-havo prognozini e’lon qildi. Unga ko‘ra, dushanba kuni qator hududlarda qor yog‘ishi mumkin. 👉 https://kun.uz/24393264 Kun.uz rasmiy kanali
显示全部...
31👍 29😭 1
照片不可用在 Telegram 中显示
«Real»dagi kichik inqiroz. Klubning muammosi nimada va Alonso endi nima qiladi? Madridliklar g‘alaba qozonishni unutib qo‘ydi, ayrim futbolchilar va murabbiy o‘rtasida esa ziddiyat ko‘zga tashlanmoqda. Kun.uz sport bo‘limi jurnalisti Qahramon Aslanov navbatdagi maqolasida Madridda nimalar bo‘layotgani haqidagi savolga javob izladi. 👉 https://kun.uz/35402663 Kun.uz rasmiy kanali
显示全部...
9🔥 5
00:27
视频不可用在 Telegram 中显示
Sidneydagi plyajda hujum. So‘nggi ma’lumotlar Ikki kishi plyajdagi odamlarni o‘qqa tutgan. Kamida 12 kishi halok bo‘lgan. Hujum ijrochilaridan biri oddiy fuqaro tomonidan qurolsizlantirilgan. 📹 👉 https://kun.uz/14971115 Kun.uz rasmiy kanali
显示全部...
sidney.MP42.40 MB
👍 68 11🤯 11👏 6
照片不可用在 Telegram 中显示
Zelenskiy front chizig‘ida, Tramp hammadan xafa – hafta dayjesti Hafta davomida Ukraina Qora dengizdagi «reyd»larni davom ettirdi, Zelenskiy Rossiya «ikki marta egallagan» Kupyanskka bordi, Tramp Rossiyadan ham, Ukrainadan ham xafa ekani aytildi. Rolikda haftaning muhim voqealarini eslaymiz. 📹 VIDЕONI TOMOSHA QILING
显示全部...
12😭 1
00:14
视频不可用在 Telegram 中显示
Sidneydagi plyajda odamlar o‘qqa tutildi. Qurbonlar bor Politsiyaning so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, 9 kishi halok bo‘lib, o‘ndan ortiq kishi yaralangan. Hujum qilganlardan biri o‘ldirilgan, ikkinchisi qo‘lga olingan. 👉 https://kun.uz/14971115 Kun.uz rasmiy kanali
显示全部...
IMG_2706.mp44.93 MB
🤯 20 10👍 8😁 1
照片不可用在 Telegram 中显示
Saloh qaytdi va rekord o‘rnatdi, «Arsenal» va «Barsa»da qiyin g‘alaba «Arsenal»ga avtogollar yordam berdi, «Liverpul» yuqoriga ko‘tarilmoqda. Shanba oqshomida Yevropa futbolida ro‘y bergan asosiy voqealar, o‘yinlardagi gollar va turnir jadvallaridagi vaziyat. 📹 👉https://kun.uz/61981714 Kun.uz rasmiy kanali
显示全部...
10🔥 7
Hindistonda futbol muxlislari Messi sababli stadionni vayron qilishdi Lionel Messining stadion bo‘ylab aylanib chiqishi rejalashtirilgan, ammo bu amalga oshmagan. Futbolchi maydonga chiqishi bilan siyosatchilar, amaldorlar, mashhur yulduzlar va ularning oila a’zolari hamda jurnalistlar qurshovida qolgan. 👉 https://kun.uz/45130520 Kun.uz rasmiy kanali
显示全部...
IMG_2658.MP440.11 MB
Мессиаа.mp41.71 MB
😁 74 21👍 7🤯 4😐 2
照片不可用在 Telegram 中显示
Kupyanskka borgan Zelenskiy va turkmancha betaraflik | "Geosiyosat" Urush nafaqat front chizig‘ida, balki siyosiy maydonda ham yangi bosqichga chiqmoqda. Ukrainadagi ehtimoliy prezidentlik saylovi, frontdagi harbiy holat va Donbass bo‘yicha AQSh ilgari surayotgan tashabbuslar yana diqqat markazida. Markaziy Osiyoda esa Turkmaniston doimiy betarafligining 30 yilligini nishonladi. Yakunlangan haftaning xalqaro maydondagi mavzulari muhokamasi – Kun.uz'ning jonli efirdagi “Geosiyosat” haftaligida. 📱 Telegram'da ko‘rish 📱 YouTube'da ko‘rish 📱 VKontakte'da ko‘rish
显示全部...
16😭 1
照片不可用在 Telegram 中显示
"Gryaz" laqabli jinoiy uyushma yetakchisi Turkiyada ushlandi U o‘ldirish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish, bosqinchilik, tovlamachilik, mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish kabi jinoyatlarda ayblanib, 2023 yilda qidiruvga berilgandi. Ushbu shaxs O‘zbekistonga qaytarilib, tergov organlariga topshirildi. 👉 https://kun.uz/30742418 Kun.uz rasmiy kanali
显示全部...
19👍 13😁 12
照片不可用在 Telegram 中显示
Naqdsiz savdo talabi, metanga cheklov va korrupsiyaga qarshi klaster - hafta dayjesti Metan-shoxobchalarga cheklov: bu safar ob-havo aybdor emas. Gazsiz uylarga arzonroq svet va’dasi: bu masala haliyam o‘rganilyapti. Uy va avtomobil savdosida yangi tartib: oldi-berdi naqdsiz shaklda bo‘lishi kerak. O‘zbekistonda ham fuqarolar yillik deklaratsiya topshira boshlaydi: buni ikkita shahar aholisi boshlab beradi. Ortda qolayotgan haftaning O‘zbekiston hayotiga oid ayrim xabarlari – Kun.uz dayjestida. 📹👉 VIDЕOSHARHNI TOMOSHA QILING
显示全部...
11👍 1
00:45
视频不可用在 Telegram 中显示
O‘tgan 10 kun ichida avtobuslarda chiptasiz yurgan qariyb 3 ming yo‘lovchi jarimaga tortildi “Toshshahartransxizmat” AJ ma’lumotiga ko‘ra, joriy yilning 11 oyi mobaynida jamoat transportida 19 500 dan ortiq yo‘l haqini to‘lamaslik holati aniqlangan. 👉 https://kun.uz/64017530 Kun.uz rasmiy kanali
显示全部...
03.mp411.62 MB
👍 50 12