Kun.uz | Rasmiy kanal
Відкрити в Telegram
🇺🇿 Kun.uz saytining Telegram-kanaliga xush kelibsiz! ‼️ Ushbu kanal lotin alifbosida yuritiladi Reklama: +998781137733 Sayt: http://kun.uz/uz facebook.com/kunuznews twitter.com/KunUzNews instagram.com/kun.uz @kunuzmurojaat
Показати більше2025 рік у цифрах

80 246
Підписники
-1524 години
-427 днів
-1 22930 день
Архів дописів
01:08
Відео недоступнеДивитись в Telegram
Sidneyda o‘t ochganlardan birining qurolini olib qo‘ygan kishi qahramonga aylandi. Uni Tramp ham maqtadi
U yelkasi va qo‘lidan jarohatlanib, operatsiya qilingan.
👉 https://kun.uz/96492961
Kun.uz rasmiy kanali
IMG_3939.mp424.07 MB
👏 52❤ 14👍 6🔥 5😁 4
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Kupyanskka tashrif: Rossiya da’volariga shubha uyg‘otdi | “Geosiyosat”
Volodimir Zelenskiy Kupyanskka tashrif buyurib, stela oldida suratga tushdi. Bundan avvalroq Rossiya tomoni shahar o‘z nazoratida ekanini bir necha bor e’lon qilgan edi. Zelenskiy so‘zlariga ko‘ra Ukraina diplomatik muzokaralarda yaxshi natijalarga erishishi uchun front chizig‘idagi yutuqlar juda muhimdir. Kun.uz’ning “Geosiyosat” dasturida ekspertlar ushbu mavzu xususida so‘z yuritdi.
📹 VIDEONI TOMOSHA QILING
❤ 14😁 4🤯 2
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Paralimpiya harakati: Prezident yoshlar yutug‘ini “yangi yorqin sahifa” deb baholadi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Dubay shahrida bo‘lib o‘tgan V Yoshlar Paraosiyo o‘yinlarida g‘olib bo‘lgan O‘zbekiston sport delegatsiyasi a’zolariga tabrik yo‘lladi. Davlat rahbari ushbu g‘alabani mamlakat paralimpiya harakati tarixida “yangi yorqin sahifa” deb baholadi.
👉 https://kun.uz/09407018
Kun.uz rasmiy kanali
👍 95❤ 9🔥 3
Фото недоступнеДивитись в Telegram
O‘zbekiston fuqarolari qaysi davlatlarga o‘qishga ketmoqda? Top-10 ro‘yxat
2025 yilning yanvar–oktyabr oylarida jami 26,4 ming nafar O‘zbekiston fuqarosi o‘qish maqsadida chet elga safar qilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 6,1 ming nafarga yoki 18,9 foizga kamaygan.
👉 https://kun.uz/60509270
Kun.uz rasmiy kanali
👍 11❤ 7🤯 2
Фото недоступнеДивитись в Telegram
SSV “Elektron retsept” tizimini joriy etish bo‘yicha qo‘shimcha tushuntirish berdi
Birinchi bosqichda ayrim toifadagi dori vositalari (jumladan, tizimli ta’sirga ega antibiotiklar va boshqalar) uchun elektron retsept majburiy bo‘lishi, tizim to‘liq joriy etilgunga qadar va favqulodda vaziyatlarda ayrim holatlarda qog‘oz retsept imkoniyati saqlanishi kabi masalalar belgilangan.
👉 https://kun.uz/70751401
Kun.uz rasmiy kanali
❤ 10👍 6
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Prokuror: Janubiy Koreya sobiq prezidenti KXDRni tajovuzga undamoqchi bo‘lgan
Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti Yun Sok Yol 2024 yil dekabrida harbiy holat joriy etishni oqlash uchun Shimoliy Koreyani agressiyaga undashga uringan, deb ma’lum qildi maxsus prokuror Cho In Sok.
👉 https://kun.uz/98743626
Kun.uz rasmiy kanali
❤ 12🤯 9😐 5😭 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
AQShda universitetdagi otishmada o‘zbekistonlik talaba halok bo‘ldi
Rod-Aylend shtati, Providens shahridagi Braun universiteti hududida sodir bo‘lgan otishma oqibatida o‘zbekistonlik talaba Muhammadaziz Umrzoqov halok bo‘ldi. O‘zbekistonning AQShdagi vakolatxonasi marhumning yaqinlari bilan doimiy aloqada ekani va AQSh idoralari bilan hamkorlikda zarur masalalarni hal etish bo‘yicha ish olib borayotganini ma’lum qildi.
👉 https://kun.uz/79782880
Kun.uz rasmiy kanali
😭 109🤯 15❤ 9🔥 4
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Uitkoff Berlindagi uchrashuvdan so‘ng: o‘t ochishni to‘xtatishga yaqinlashdik
Berlinda Zelenskiy, Uitkoff va Kushner 20 banddan iborat tinchlik yo‘lidagi reja, iqtisodiy masalalar va boshqa mavzular bo‘yicha “chuqur muhokamalar” o‘tkazgan, deb yozdi AQSh prezidentining maxsus vakili.
👉 https://kun.uz/31758652
Kun.uz rasmiy kanali
❤ 6👍 4😁 4
Фото недоступнеДивитись в Telegram
“Barcha yo‘llar Rimga eltadi”: Rim imperiyasining batafsil yo‘llar xaritasi yaratildi
Arxeologlar milodiy 150 yil holatiga ko‘ra butun Rim imperiyasi bo‘ylab yo‘llarning eng batafsil xaritasini tuzdi. Yo‘llarning umumiy uzunligi qariyb 300 000 kilometrni tashkil etgan.
👉 https://kun.uz/01199496
Kun.uz rasmiy kanali
👍 13❤ 11👏 5🔥 3😭 3
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Shomurodov gol+pas tizimida Turkiya chempionatida yetakchiga aylandi
Turkiya Superligasi 16-tur doirasidagi "Samsunspor" - "Istanbul Boshoqshehir” o‘yinida Eldor Shomurodovning goli va assisti jamoasining 2:0 hisobidagi g‘alabasini ta’minladi.
👉 https://kun.uz/70162665
Kun.uz rasmiy kanali
👍 76❤ 18🔥 12👏 6
Фото недоступнеДивитись в Telegram
“Farg‘onada u zo‘r ekanini ko‘rsatib qo‘ymoqchi bo‘lgan” – tanishini mashinada qasddan urib o‘ldirgan shaxs ishida hukm o‘qildi
Farg‘onada Lacetti mashinasida tanishini urib ketib, o‘ldirgan shaxs jinoiy jazoga tortildi. Sud uni qasddan odam o‘ldirish jinoyatini sodir qilganlikda aybli deb topib, 14 yil 1 oyga ozodlikdan mahrum qildi. Marhumning yaqinlari yetim qolgan 4 bola uchun 4 mlrd so‘m moddiy va ma’naviy zarar so‘radi. Sudlanuvchi esa marhumni qasddan urib ketmaganini bildirdi.
👉 https://kun.uz/74140696
Kun.uz rasmiy kanali
🤯 44❤ 27😁 10😭 7👍 6😐 4🔥 3
03:22
Відео недоступнеДивитись в Telegram
Tojikistondan kelayotgan Cobalt bakidan 30 kg opiy topildi
Termiz tumanida yashovchi shaxs boshqaruvidagi Cobalt “Bekobod-avto” chegara bojxona postiga kirib kelgan vaqtida tekshirilgan. Jarayonda mashinaning yoqilg‘i baki ichiga 30 kgdan ortiq opiy moddasi ustamonlik bilan yashirib qo‘yilgani aniqlangan. Toshkent shahrida esa narkolaboratoriya fosh etildi.
👉 https://kun.uz/82327146
Kun.uz rasmiy kanali
Мои видео1.mp427.92 MB
❤ 17👍 17🤯 15👏 6😁 4
02:24
Відео недоступнеДивитись в Telegram
Vodiyda metan-shoxobchalarga konteynerlarda gaz tashish sinab ko‘riladi
Qishning sovuq kunlarida, vodiy viloyatlarida gaz bosimi tushib ketgan paytda, metan-shoxobchalarga siqilgan tabiiy gaz maxsus yuk mashinalarida tashib olib boriladi. Buning uchun O‘zbekiston Xitoydan 150 ta ko‘chma konteynerni buyurtma qilgan.
👉 https://kun.uz/33630690
Kun.uz rasmiy kanali
Мои видео.mp421.91 MB
😁 29❤ 13👏 7👍 4😐 4🔥 3🤯 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Zelenskiy Trampning tinchlik rejasini qayta yozishga harakat qilmoqda
U Ukraina qurolli kuchlari sonini cheklashga tayyor, lekin faqat hozirgi darajada. Shu kunlarda Ukraina AQShning tinchlik rejasiga o‘z javobini taqdim etgan. Bugun Zelenskiy Berlinda Trampning maxsus vakili bilan uchrashmoqda.
👉 https://kun.uz/57954598
Kun.uz rasmiy kanali
❤ 7👍 5👏 4
Фото недоступнеДивитись в Telegram
📆 Bu hafta ham o‘z nihoyasiga yetmoqda. TEXNO olamda nima gap? Hafta davomida bo‘lib o‘tgan yangiliklarni eslab o‘tamiz.
— Tinib-tinchimagan xitoyliklar olti qo‘lli super odamsimon robot ishlab chiqdi;
— Xiaomi 560 litrli katta muzlatkich chiqardi, narxi 850 dollar;
— ChatGPT Plusni bepul ulashish imkoniyati paydo bo‘lmoqda;
— Google til bilmaslik muammosini quloqchin orqali real vaqtda hal qilishni boshlayapti;
— Xitoyda dunyodagi birinchi 16 tonnalik Jetank dron tashuvchi sinovdan o‘tkazildi;
— Siz chat bot bilan yozishyapman deb o‘ylaysiz. Aslida esa javobni tirik odam yozmoqda;
— Apple iOS 26.2 va iPadOS 26.2 ni rasman chiqardi. Nima o‘zgarishlar bor?
👨💻 Raqamli dunyoda adashib qolmaslik uchun “Kun.uz Texnologiya” sahifasini kuzatib boring.
👉 https://t.me/+FhwW7Y1BQSthZDAy
❤ 15👏 4
02:27
Відео недоступнеДивитись в Telegram
65 yoshli “yigit”: yorqishloqlik ota hamon turnikda tortiladi
Chapdast otaxon Muhammadkarim ota Bo‘tayev Andijon viloyatining Jalaquduq tumanidan. U shu yoshida ham turnikda yaxshi tortila oladi, tosh ko‘taradi, erta tongdan uzoq masofaga yuguradi, jismoniy faollikni ushlab turish uchun daraxt uchigacha ham chiqib tushadi. Qishloqdoshlari otaxonga “Tarzan” deb nom qo‘yishgan. “5 qizim bor, ularni turmushga uzatganman, uyda chol-kampir bilan qolganmiz. Shu 5 qizim 10 ta o‘g‘ilning o‘rnini bosadi”, deydi qahramonimiz.
📹 TO'LIQ VIDEONI TOMOSHA QILING
Tizer.mp424.49 MB
👍 83❤ 24👏 15😁 8🔥 4🤯 3
Фото недоступнеДивитись в Telegram
15 dekabrda O‘zbekistonning qator hududlarida qor yog‘ishi mumkin
“O‘zgidromet” 15 dekabr uchun ob-havo prognozini e’lon qildi. Unga ko‘ra, dushanba kuni qator hududlarda qor yog‘ishi mumkin.
👉 https://kun.uz/24393264
Kun.uz rasmiy kanali
❤ 31👍 29😭 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
«Real»dagi kichik inqiroz. Klubning muammosi nimada va Alonso endi nima qiladi?
Madridliklar g‘alaba qozonishni unutib qo‘ydi, ayrim futbolchilar va murabbiy o‘rtasida esa ziddiyat ko‘zga tashlanmoqda. Kun.uz sport bo‘limi jurnalisti Qahramon Aslanov navbatdagi maqolasida Madridda nimalar bo‘layotgani haqidagi savolga javob izladi.
👉 https://kun.uz/35402663
Kun.uz rasmiy kanali
❤ 9🔥 5
00:27
Відео недоступнеДивитись в Telegram
Sidneydagi plyajda hujum. So‘nggi ma’lumotlar
Ikki kishi plyajdagi odamlarni o‘qqa tutgan. Kamida 12 kishi halok bo‘lgan. Hujum ijrochilaridan biri oddiy fuqaro tomonidan qurolsizlantirilgan.
📹 👉 https://kun.uz/14971115
Kun.uz rasmiy kanali
sidney.MP42.40 MB
👍 68❤ 11🤯 11👏 6
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Zelenskiy front chizig‘ida, Tramp hammadan xafa – hafta dayjesti
Hafta davomida Ukraina Qora dengizdagi «reyd»larni davom ettirdi, Zelenskiy Rossiya «ikki marta egallagan» Kupyanskka bordi, Tramp Rossiyadan ham, Ukrainadan ham xafa ekani aytildi. Rolikda haftaning muhim voqealarini eslaymiz.
📹 VIDЕONI TOMOSHA QILING
❤ 12😭 1
