Farg'ona viloyati hokimligi
前往频道在 Telegram
Farg‘ona viloyati hokimligi kanali Veb-sayt: fergana.uz Facebook: facebook.com/fvhokimligi Instagram: instagram.com/fviloyatihokimligi Youtube: youtube.com/@fvhokimligi Murojaat uchun: t.me/fvhmurojaat_bot
显示更多2025 年数字统计

38 990
订阅者
-20324 小时
-7267 天
-2 48630 天
帖子存档
Turkiyaning yirik qurilish kompaniyasi viloyatimizda istiqbolli loyihalarni amalga oshiradi
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Turkiyaning qurilish sohasida katta tajribaga ega bo‘lgan “Terminal Yapı ve Ticaret Anonim Şirketi” kompaniyasi rahbari Mehmet Alp Delimollaoğluni qabul qildi.
Uchrashuvda hamkorlikda Farg‘ona viloyatiga investitsiya kiritish, qurilish, sanoat sohalarida loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
__
Крупная строительная компания Турции реализует перспективные проекты в нашей области.
__
A major Turkish construction company will implement promising projects in our region.
Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
❤ 4👍 4
02:02
视频不可用在 Telegram 中显示
Jahon Hunarmandlar kengashi tomonidan joriy yilning 19-21-sentabr kunlari Qo‘qon shahrida o‘tkazilgan Uchinchi xalqaro hunarmandchilik festivaliga bag‘ishlangan videorolik tayyorlandi.
Mazkur videorolik Respublika "Hunarmand" uyushmasining rasmiy axborot kanallarida e’lon qilindi.
Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
Kokand_Musem_Opening_Highlights_Landscape_V1_ENGLISH_AND_UZBEK_AUDIO.mp420.41 MB
👍 8👏 3🎉 1
照片不可用在 Telegram 中显示
Tavakkal Qodirov tavalludining 100 yilligini nishonlash YUNESKOning xalqaro yubileylar ro‘yxatiga rasman kiritildi
Tavakkal Qodirov tavalludining 100 yilligini 2026–2027-yillarda YUNESKO doirasida nishonlanadigan xalqaro yubileylarga ro‘yxatiga qo‘shish bo‘yicha O‘zbekistonning (Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkiya va Turkmaniston qo‘llab-quvvatlovi bilan) taklifi Samarqand shahrida o‘tkazilgan YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasida maʼqullangan edi.
YUNESKOning mazkur qarori atoqli o‘zbek qo‘shiqchisi Tavakkal Qodirovning musiqa, qo‘shiqchilik sanʼati va madaniyat sohalarining rivoji hamda shu orqali YUNESKO maqsad-vazifalarini ilgari surishga qo‘shgan beqiyos hissasiga xalqaro hamjamiyat tomonidan berilgan yuqori bahoning yorqin namunasi bo‘ldi.
Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
👏 9👍 5❤ 4🎉 2
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
❗️ Tadbirkorlik sohasidagi 1 600 dan ortiq ma’muriy talablar bekor qilinadiAdliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan takliflar asosida Hukumat qarori bilan qonunchilikdagi tadbirkorlikka oid 1600 ta majburiy talablar bekor qilindi. ☑️ Ta’kidlash joiz, bunday katta hajmdagi cheklovlarning bekor qilinishi ilk bor amalga oshirilmoqda. 📋 Xususan, Hukumat qarori bilan veterinariya xizmati nazorati ostidagi 1 568 ta tovar pozitsiyasi bo‘yicha mahsulotga muvofiqlik sertifikati olish, shuningdek, turizm xizmatlarini ko‘rsatishda mazkur faoliyatga xos bo‘lmagan hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun faoliyat turini amalga oshirishda ayrim ortiqcha cheklovlar bilan bog‘liq jami 1 600 dan ortiq majburiy talablar bekor qilinmoqda. Shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyatidagi importni amalga oshirishda tovar qiymatiga qo‘yilgan 5 000 dollarlik cheklov, turistlarga uy-joyni 30 kungacha ijaraga berish, yog‘ochdan mebel tayyorlashga doir talablar bekor qilindi. 📜 Buning natijasida, tadbirkorlarga ma’muriy organlar bilan munosabatga kirishishda ortiqcha byurokratik to‘siqlar kamayishiga va ularning xarajatlari, vaqti va resursi tejalishiga erishiladi. Qayd etish joizki, bugungi kunda Tadbirkorlik sohasidagi majburiy talablar yagona elektron reyestriga 36 mingdan ortiq majburiy talablar kiritilgan bo‘lib, Adliya vazirligi tomonidan sohalar kesimida doimiy ravishda tadbirkorlarga qo‘shimcha qulaylik yaratish hamda sohadagi byurokratik to‘siqlarni qisqartirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilmoqda. 📝 Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-son “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qarori (https://lex.uz/docs/7919147) Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
❤ 2👏 1👌 1
02:07
视频不可用在 Telegram 中显示
#Hududlarda
Dang‘ara tumanidagi 34-umumta’lim maktabining 9-sinf o‘quvchisi, sport maktabi shug‘ullanuvchisi Husnoraxon Qudratullayeva nayza uloqtirish, disk uloqtirish hamda yadro uloqtirish sport turlarining barchasida g‘oliblikni qo‘lga kiritib, 3 ta oltin medal sohibasi bo‘ldi.
Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
1Sequence 02.mp427.79 MB
👍 13🔥 8🎉 4❤ 1
Hududlardan xabarlar☑️ Farg‘ona shahri: “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi ko‘kalamzorlashtirish ishlari izchil davom etmoqda. ☑️ Marg‘ilon shahri: “Charog‘on” MFYda elektr ta'minoti sifati yaxshilanmoqda. ☑️ Beshariq tumani: Tibbiyot mutaxassislari Xitoyda malaka oshirmoqda. ☑️ Oltiariq tumani: “Yangi O‘zbekistonda inson ulug‘” mavzusida madaniy tadbir bo‘lib o‘tdi. ☑️ Quva tumani: "Bolalik" MFYda “Tashabbusli budjet” loyihasi doirasida zamonaviy mini-stadion foydalanishga topshirildi. ☑️ Farg‘ona tumani: “Xavfsiz va sog‘lom yurt” tadbiri doirasida profilaktik targ‘ibot ishlari olib borildi. ☑️ O‘zbekiston tumani: Favqulodda vaziyatlar bo'limi tomonidan “Yong‘in xavfsizligi oyligi” doirasida keng qamrovli tadbirlar o‘tkazilmoqda. Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
❤ 5👍 2👌 1
Hududlardan xabarlar☑️ Farg‘ona shahri: “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi ko‘kalamzorlashtirish ishlari izchil davom etmoqda. ☑️ Marg‘ilon shahri: “Charog‘on” MFYda elektr ta'minoti sifati yaxshilanmoqda. ☑️ Beshariq tumani: Tibbiyot mutaxassislari Xitoyda malaka oshirmoqda. ☑️ Oltiariq tumani: “Yangi O‘zbekistonda inson ulug‘” mavzusida madaniy tadbir bo‘lib o‘tdi. ☑️ Quva tumani: "Bolalik" MFYda “Tashabbusli budjet” loyihasi doirasida zamonaviy mini-stadion foydalanishga topshirildi. ☑️ Farg‘ona tumani: “Xavfsiz va sog‘lom yurt” tadbiri doirasida profilaktik targ‘ibot ishlari olib borildi. ☑️ O‘zbekiston tumani: Favqulodda vaziyatlar bo'limi tomonidan “Yong‘in xavfsizligi oyligi” doirasida keng qamrovli tadbirlar o‘tkazilmoqda. Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
Farg‘onada Germaniya kompaniyasi tajribasi asosida energiya samaradorligini ta’minlashga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi
Ahmad Farg‘oniy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida Germaniyaning “GLOTECH” kompaniyasi vakillari ishtirokida yirik sanoat korxonalari uchun seminar bo‘lib o‘tdi. Uni viloyat hokimining mahalliy sanoatni rivojlantirish masalalari bo‘yicha yordamchisi Akmal Po‘latov ochib berdi.
“Bino va korxonalarning energiya samaradorligini oshirish uchun zamonaviy raqamli texnologiyalardan foydalanish. Muvaffaqiyatli loyihalar misolida” mavzusida o‘tkazilgan tadbirda binolar va korxonalarda energiya samaradorligini oshirish, iqtisodiy tejamkorlikka erishish hamda barqaror rivojlanish tamoyillarini qo‘llab-quvvatlash masalalari haqida so‘z bordi.
Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
👍 4❤ 1
照片不可用在 Telegram 中显示
Farg‘ona razryadli va unvonli sportchilarni tayyorlashda mamlakatimizda yetakchilik qilmoqda
Prezidentimizning “O‘zbekiston–2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmonida milliy terma jamoalar uchun yuqori malakali va natijador sportchilarni tayyorlash, razryadli va unvonli sportchilar sonini kamida 15 ming nafarga yetkazish vazifasi belgilangan.
Har qanday sportchining yuqori natijalarga erishishi, ma’lum bir razryad talablarini bajarishi, mashg‘ulotlarning samarali o‘tkazilishi hamda respublika darajasidagi musobaqalarda qayd etgan natijalari bilan belgilanadi.
Razryadli va unvonli sportchilar soni hududlar kesimida tahlil qilinganda, Farg‘ona viloyati 3 ming 281 nafar razryadli va unvonli sportchilarni tayyorlagan holda yetakchilik qilmoqda.
Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
👍 7❤ 5👏 1🎉 1🕊 1🏆 1
Viloyat hokimining o‘rinbosari Quvaytda: yangi investitsiya loyihalari muhokama qilindi
Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov rahbarligidagi O‘zbekiston delegatsiyasining Quvaytga tashrifi doirasida ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirishga qaratilgan qo‘mita 2-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur sessiyada delegatsiya tarkibida bo'lgan Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari Nuriddin Mamajonov ham ishtirok etib, Farg‘ona viloyati bilan Quvayt o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan qator amaliy takliflarni ilgari surdi.
Tashrif davomida “Aqarat” kompaniyasi, shuningdek, Hindiston biznes doiralari vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi. Shu bilan birga, “Diversity Tech” kompaniyasi boshqaruv direktori Islom Hassan bilan Farg‘ona viloyatida qiymati 60 million dollar bo‘lgan onkologiya markazini tashkil etish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishildi.
Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
👍 6❤ 3🔥 2👏 1
#Xushxabar
Farg‘onalik Nozimjon Shavkatjonov 416 mln so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandi
Bugun poytaxtimizda 2024-2025-o‘quv yili davomida xalqaro va mintaqaviy fan olimpiadalarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar va ularning ustozlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda 2025-yilda yurtimiz o‘quvchilari 29 ta xalqaro olimpiadada munosib ishtirok etib, jami 210 ta medal (40 ta oltin, 78 ta kumush, 92 ta bronza)ni qo‘lga kiritgani qayd etildi.
Quvonarlisi, Dang‘ara tumanidagi 1-sonli ayrim fanlar chuqur o‘qitiladigan sinflari mavjud umumiy o‘rta ta’lim maktab-internati sobiq o‘quvchisi, hozirda O‘zbekiston milliy universiteti talabasi Nozimjon Shavkatjonov ham O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi sifatida ushbu yutuqlarga munosib hissa qo‘shdi.
Fransiyaning Parij shahrida 55-marotaba o‘tkazilgan, dunyoning 90 dan ortiq mamlakatidan kelgan eng iqtidorli yosh fiziklar qatnashgan Xalqaro Fizika olimpiadasida (IPhO) bronza medalini qo‘lga kiritdi. Shu erishgan natijasi uchun bugungi marosimda u 416 mln so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandi. Uning ustozi Shavkat Mamatqulov esa 12 mln so‘m miqdoridagi pul mukofoti bilan rag‘batlantirildi.
Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
👏 21❤ 16👍 7🙏 1
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Germaniyaning “GLOTECH” kompaniyasi vakillarini qabul qildi.
Uchrashuvda sanoat korxonalari hamda ijtimoiy soha obyektlarining issiqlik va sovutish shamollatish tizimlarida ortiqcha energiya sarfisiz samaradorlikni oshirish masalalari muhokama qilindi.
Kompaniya vakillari zamonaviy raqamli texnologiyalardan foydalangan holda energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha viloyatdagi 24 ta ishlab chiqarish, sanoat va tashkilotlardagi energiya sarfini o‘rganishdi.
Muloqot davomida obyektlardagi energiya sarf-xarajatini kamaytirish evaziga samaradorlikni oshirish mumkin bo‘lgan yo‘nalishlarga to‘xtalib o‘tildi. Ishlab chiqarish jarayonlarining samaradorligi va ishonchliligini oshirishga xizmat qiluvchi takliflarni bildirdilar.
—
Хоким Ферганской области провёл встречу с представителями немецкой компании GLOTECH
—
Fergana Region Hokim Meets Representatives of Germany’s GLOTECH
Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
❤ 7👍 5🔥 1
照片不可用在 Telegram 中显示
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "2027-yilgi futbol bo‘yicha U-20 Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Qarori
Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
👍 2
Yapon investorlari Farg‘onada biznes yuritishga katta qiziqish bildirmoqda
Bugun viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Yaponiyadan kelgan Okuda Takefumi boshchiligidagi yirik ishbilarmonlar delegatsiyasini qabul qildi.
Uchrashuvda Farg‘ona shahridagi “Yangi O‘zbekiston” massivi – Ekoshaharda barpo etilayotgan yapon bog‘i, mehmonxona va restoranlar majmuasini o‘z ichiga olgan yirik va zamonaviy “Shogun City” loyihasini jadal sur’atlarda amalga oshirish chora-tadbirlari muhokama qilindi. Loyiha doirasidagi zamonaviy turar-joy majmuasi hamda biznes markazi haqida ma’lumot berildi.
—
Японские инвесторы проявляют большой интерес к ведению бизнеса в Фергане
—
Japanese Investors Show Strong Interest in Doing Business in Fergana
Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
👍 7❤ 6🔥 1
Yoshlar o‘rtasida V Paraosiyo o‘yinlarida viloyatimiz sportchilari muvafaqqiyatli ishtirok etdi
Xabaringiz bor, joriy yilning 7-14-dekabr kunlari Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida V Paraosiyo o'yinlari bo'lib o'tdi.
Mazkur musobaqalarda Farg‘ona viloyati sportchilari jami 12 ta oltin, 7 ta kumush va 3 ta bronza medallarini qo’lga kiritdilar.
Oltin medallar:
1. Mamaroziqov Hikmatillo – disk uloqtirish
2. Yigitaliyeva Shahina – disk uloqtirish
3. Qudratullayeva Xusnora – nayza uloqtirish
4. Imomaliyeva Sabinabonu – balandlikka sakrash
5. Qudratullayeva Xusnora – yadro uloqtirish
6. Yigitaliyeva Shahina - nayza uloqtirish
7. G’aniyev Muzrob - nayza uloqtirish
8. Qudratullayeva Xusnora - disk uloqtirish
9. Yigitaliyeva Shahina - yadro uloqtirish
10. Xomidov Xojiakbar – para pauerlifting
11. Xomidov Xojiakbar – para pauerlifting
12. Rustamova Karomat - para taekvando
Kumush medallar:
1. Orifjonova Feruza – para pauerlifting
2. Mamaroziqov Hikmatillo – yadro uloqtirish
3. Imomaliyeva Sabinabonu – uzunlikka sakrash
4. Odilov Ro'zimuhammad - yadro uloqtirish
5. Yo'ldasheva Farangiz - bulava uloqtirish
6. Valijinov Fayozbek - para taekvando
7. Usmonov Muhammadsodiq - para taekvando
Bronza medali:
1. Odilov Ro’zimuhammad – nayza uloqtirish
2. Hamidov Ozodbek - para taekvando
3. Jo’rayeva Kamola - para taekvando
Ma’lumot o‘rnida, musobaqada Farg‘ona viloyatidan para еngil atletika bo‘yicha 8 nafar, para pauerlifting bo‘yicha 2 nafar, para taekvando bo‘yicha 6 nafar sportchi ishtirok etib, yurtimiz sharafini munosib himoya qildilar.
Kompleks musobaqada qit’amizning 35 ta mamlakatidan jami 1 ming 500 nafardan ziyod atletlar 11 ta sport turidan gʻoliblik uchun bellashdi. Jami 197 ta medal ( 99 ta oltin, 57 ta kumush, 41 ta bronza) qo’lga kiritilib, yurtimiz sportchilari umumjamoa hisobida Osiyo qit’asida 1-o‘rinni egalladi.
Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
❤ 16🔥 4
照片不可用在 Telegram 中显示
“Mening maktabim” doirasida loyiha kiritish bosqichi boshlandi
Joriy yilning 15-dekabrdan boshlab 2025/2026-o‘quv yili doirasida “Mening maktabim” loyihasining 2-bosqichi boshlandi.
🟣15–24-dekabr kunlari — loyihalarni shakllantirish;
🟣 25–dekabrdan 10-yanvar kunlari — loyihalarni saralash;
🟣 11–20-yanvar kunlari — ovoz berish bosqichlari o‘tkaziladi.
O‘quvchilar “Ochiq budjet” portali orqali quyidagi usullardan foydalangan holda o‘z loyihalarini ilgari surishlari mumkin:
1️⃣ avtomatik tarzda — loyiha namunalari orasidan o‘ziga yoqqan loyihani tanlash orqali;
2️⃣ mustaqil ravishda — taqdim etilgan loyiha namunalari orasida mavjud bo‘lmagan loyihalarni yangidan shakllantirish orqali.
➡️ “Mening maktabim” loyihasida 5-sinfdan 11-sinfgacha boʻlgan har bir oʻquvchi oʻzi taʼlim olayotgan umumtaʼlim maktabiga doir loyihalarni ilgari surishi hamda ushbu loyihalarga ovoz berishi mumkin.
Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
❤ 7
Quvayt shahrida joylashgan “Sharq Sultan” yirik savdo-ko‘ngilochar markazida tashkil etilgan ko‘rgazmada O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan bir qatorda Farg‘ona viloyatida yetishtirilgan sifatli quruq mevalar va turli xil shirinliklar keng namoyish etildi.
Mazkur ko‘rgazma quvaytlik iste’molchilarda katta qiziqish uyg‘otib, mahalliy bozorda o‘zbek mahsulotlariga bo‘lgan talabning yanada oshishiga xizmat qildi.
Tadbir doirasida Farg‘ona viloyatining turli hududlarida faoliyat yuritayotgan korxonalar — O‘zbekiston tumanidagi “Yahyoxon Trade 2020” oilaviy korxonasi, Quvasoy shahridagi “Uz-Segang”, Beshariq tumanidagi “Speed Impex” hamda Rishton tumanidagi “Amazing Fruits” MCHJ rahbarlari quvaytlik xaridorlar va ishbilarmon doira vakillari bilan Quvayt bozoriga eksport qilish bo‘yicha yangi shartnomalar yuzasidan dastlabki kelishuvlarga erishildi.
Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
❤ 8👍 1
照片不可用在 Telegram 中显示
Yoshlar o‘rtasida V Paraosiyo o‘yinlari g‘oliblari – O‘zbekiston sport delegatsiyasi a’zolariga tabrik
Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
❤ 1👍 1
