Farg'ona viloyati hokimligi
Відкрити в Telegram
Farg‘ona viloyati hokimligi kanali Veb-sayt: fergana.uz Facebook: facebook.com/fvhokimligi Instagram: instagram.com/fviloyatihokimligi Youtube: youtube.com/@fvhokimligi Murojaat uchun: t.me/fvhmurojaat_bot
Показати більше2025 рік у цифрах

38 990
Підписники
-20324 години
-7267 днів
-2 48630 день
Архів дописів
Фото недоступнеДивитись в Telegram
E-auksion.uz platformasi orqali Farg'ona viloyatidagi ko'chmas mulklarni sotib oling!
⚡️Ko‘p qavatli turar-joylar - 20 ta
⚡️Turar-joy uchastkasi (hovli) - 24 ta
⚡️Qishloq xo‘jaligi yerlari - 1 ta
⚡️Noturar-joy obyektlari - 524 ta
⚡️Qurilishi tugallanmagan koʻp qavatli turar-joylar - 1 ta
⚡️Qurilishi tugallanmagan binolar - 3 ta
⚡️Boʻsh yerlar - 12 ta
⚡️"O‘zagroservis" AJ ko'chmas mulklari - 4 ta
⚡️"O‘zagrokimyohimoya" AJ bino-inshootlari - 16 ta
⚡️Davlat obyekti - 35 ta
⚡️Barchasini ko‘rish
Izoh: Ba'zi toifadagi mulklarning "E-auksion" platformasida chegirma yoki muddatli to'lov asosida sotuvi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi va Hukumat qarorlarida belgilab qo‘yilgan tartibda o‘tkaziladi!
☎️ 71 202-21-11
Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
❤ 2
01:01
Відео недоступнеДивитись в Telegram
Ahmad Farg‘oniy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Farg'ona viloyati bo'limi tomonidan Matbuot anjumani o'tkazildi.
Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
18.62 MB
👍 5🔥 2👏 2
#Xushxabar
Farg‘ona davlat universiteti talabasi Para Osiyo o‘yinlarida 7 ta oltin medal sohibasi bo'ldi!
Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida 7-14-dekabr kunlari bo‘lib o‘tgan V Yoshlar Para Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi safida ishtirok etgan Farg‘ona davlat universiteti talabasi Maxdiya Muxtorova para suzish bo‘yicha 7 ta masofaning barchasida faol qatnashib, 7 ta oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
4.20 MB
👍 18❤ 5🔥 4😍 3
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#Xushxabar
Farg‘ona davlat universiteti talabasi Para Osiyo o‘yinlarida 7 ta oltin medal sohibasi bo'ldi!
Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida 7-14-dekabr kunlari bo‘lib o‘tgan V Yoshlar Para Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi safida ishtirok etgan Farg‘ona davlat universiteti talabasi Maxdiya Muxtorova para suzish bo‘yicha 7 ta masofaning barchasida faol qatnashib, 7 ta oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
Turkiyaning yirik qurilish kompaniyasi viloyatimizda istiqbolli loyihalarni amalga oshiradi
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Turkiyaning qurilish sohasida katta tajribaga ega bo‘lgan “Terminal Yapı ve Ticaret Anonim Şirketi” kompaniyasi rahbari Mehmet Alp Delimollaoğluni qabul qildi.
Uchrashuvda hamkorlikda Farg‘ona viloyatiga investitsiya kiritish, qurilish, sanoat sohalarida loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
__
Крупная строительная компания Турции реализует перспективные проекты в нашей области.
__
A major Turkish construction company will implement promising projects in our region.
Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
❤ 4👍 4
02:02
Відео недоступнеДивитись в Telegram
Jahon Hunarmandlar kengashi tomonidan joriy yilning 19-21-sentabr kunlari Qo‘qon shahrida o‘tkazilgan Uchinchi xalqaro hunarmandchilik festivaliga bag‘ishlangan videorolik tayyorlandi.
Mazkur videorolik Respublika "Hunarmand" uyushmasining rasmiy axborot kanallarida e’lon qilindi.
Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
Kokand_Musem_Opening_Highlights_Landscape_V1_ENGLISH_AND_UZBEK_AUDIO.mp420.41 MB
👍 8👏 3🎉 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Tavakkal Qodirov tavalludining 100 yilligini nishonlash YUNESKOning xalqaro yubileylar ro‘yxatiga rasman kiritildi
Tavakkal Qodirov tavalludining 100 yilligini 2026–2027-yillarda YUNESKO doirasida nishonlanadigan xalqaro yubileylarga ro‘yxatiga qo‘shish bo‘yicha O‘zbekistonning (Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkiya va Turkmaniston qo‘llab-quvvatlovi bilan) taklifi Samarqand shahrida o‘tkazilgan YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasida maʼqullangan edi.
YUNESKOning mazkur qarori atoqli o‘zbek qo‘shiqchisi Tavakkal Qodirovning musiqa, qo‘shiqchilik sanʼati va madaniyat sohalarining rivoji hamda shu orqali YUNESKO maqsad-vazifalarini ilgari surishga qo‘shgan beqiyos hissasiga xalqaro hamjamiyat tomonidan berilgan yuqori bahoning yorqin namunasi bo‘ldi.
Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
👏 9👍 5❤ 4🎉 2
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
❗️ Tadbirkorlik sohasidagi 1 600 dan ortiq ma’muriy talablar bekor qilinadiAdliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan takliflar asosida Hukumat qarori bilan qonunchilikdagi tadbirkorlikka oid 1600 ta majburiy talablar bekor qilindi. ☑️ Ta’kidlash joiz, bunday katta hajmdagi cheklovlarning bekor qilinishi ilk bor amalga oshirilmoqda. 📋 Xususan, Hukumat qarori bilan veterinariya xizmati nazorati ostidagi 1 568 ta tovar pozitsiyasi bo‘yicha mahsulotga muvofiqlik sertifikati olish, shuningdek, turizm xizmatlarini ko‘rsatishda mazkur faoliyatga xos bo‘lmagan hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun faoliyat turini amalga oshirishda ayrim ortiqcha cheklovlar bilan bog‘liq jami 1 600 dan ortiq majburiy talablar bekor qilinmoqda. Shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyatidagi importni amalga oshirishda tovar qiymatiga qo‘yilgan 5 000 dollarlik cheklov, turistlarga uy-joyni 30 kungacha ijaraga berish, yog‘ochdan mebel tayyorlashga doir talablar bekor qilindi. 📜 Buning natijasida, tadbirkorlarga ma’muriy organlar bilan munosabatga kirishishda ortiqcha byurokratik to‘siqlar kamayishiga va ularning xarajatlari, vaqti va resursi tejalishiga erishiladi. Qayd etish joizki, bugungi kunda Tadbirkorlik sohasidagi majburiy talablar yagona elektron reyestriga 36 mingdan ortiq majburiy talablar kiritilgan bo‘lib, Adliya vazirligi tomonidan sohalar kesimida doimiy ravishda tadbirkorlarga qo‘shimcha qulaylik yaratish hamda sohadagi byurokratik to‘siqlarni qisqartirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilmoqda. 📝 Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-son “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qarori (https://lex.uz/docs/7919147) Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
❤ 2👏 1👌 1
02:07
Відео недоступнеДивитись в Telegram
#Hududlarda
Dang‘ara tumanidagi 34-umumta’lim maktabining 9-sinf o‘quvchisi, sport maktabi shug‘ullanuvchisi Husnoraxon Qudratullayeva nayza uloqtirish, disk uloqtirish hamda yadro uloqtirish sport turlarining barchasida g‘oliblikni qo‘lga kiritib, 3 ta oltin medal sohibasi bo‘ldi.
Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
1Sequence 02.mp427.79 MB
👍 13🔥 8🎉 4❤ 1
Hududlardan xabarlar☑️ Farg‘ona shahri: “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi ko‘kalamzorlashtirish ishlari izchil davom etmoqda. ☑️ Marg‘ilon shahri: “Charog‘on” MFYda elektr ta'minoti sifati yaxshilanmoqda. ☑️ Beshariq tumani: Tibbiyot mutaxassislari Xitoyda malaka oshirmoqda. ☑️ Oltiariq tumani: “Yangi O‘zbekistonda inson ulug‘” mavzusida madaniy tadbir bo‘lib o‘tdi. ☑️ Quva tumani: "Bolalik" MFYda “Tashabbusli budjet” loyihasi doirasida zamonaviy mini-stadion foydalanishga topshirildi. ☑️ Farg‘ona tumani: “Xavfsiz va sog‘lom yurt” tadbiri doirasida profilaktik targ‘ibot ishlari olib borildi. ☑️ O‘zbekiston tumani: Favqulodda vaziyatlar bo'limi tomonidan “Yong‘in xavfsizligi oyligi” doirasida keng qamrovli tadbirlar o‘tkazilmoqda. Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
❤ 5👍 2👌 1
Hududlardan xabarlar☑️ Farg‘ona shahri: “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi ko‘kalamzorlashtirish ishlari izchil davom etmoqda. ☑️ Marg‘ilon shahri: “Charog‘on” MFYda elektr ta'minoti sifati yaxshilanmoqda. ☑️ Beshariq tumani: Tibbiyot mutaxassislari Xitoyda malaka oshirmoqda. ☑️ Oltiariq tumani: “Yangi O‘zbekistonda inson ulug‘” mavzusida madaniy tadbir bo‘lib o‘tdi. ☑️ Quva tumani: "Bolalik" MFYda “Tashabbusli budjet” loyihasi doirasida zamonaviy mini-stadion foydalanishga topshirildi. ☑️ Farg‘ona tumani: “Xavfsiz va sog‘lom yurt” tadbiri doirasida profilaktik targ‘ibot ishlari olib borildi. ☑️ O‘zbekiston tumani: Favqulodda vaziyatlar bo'limi tomonidan “Yong‘in xavfsizligi oyligi” doirasida keng qamrovli tadbirlar o‘tkazilmoqda. Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
Farg‘onada Germaniya kompaniyasi tajribasi asosida energiya samaradorligini ta’minlashga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi
Ahmad Farg‘oniy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida Germaniyaning “GLOTECH” kompaniyasi vakillari ishtirokida yirik sanoat korxonalari uchun seminar bo‘lib o‘tdi. Uni viloyat hokimining mahalliy sanoatni rivojlantirish masalalari bo‘yicha yordamchisi Akmal Po‘latov ochib berdi.
“Bino va korxonalarning energiya samaradorligini oshirish uchun zamonaviy raqamli texnologiyalardan foydalanish. Muvaffaqiyatli loyihalar misolida” mavzusida o‘tkazilgan tadbirda binolar va korxonalarda energiya samaradorligini oshirish, iqtisodiy tejamkorlikka erishish hamda barqaror rivojlanish tamoyillarini qo‘llab-quvvatlash masalalari haqida so‘z bordi.
Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
👍 4❤ 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Farg‘ona razryadli va unvonli sportchilarni tayyorlashda mamlakatimizda yetakchilik qilmoqda
Prezidentimizning “O‘zbekiston–2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmonida milliy terma jamoalar uchun yuqori malakali va natijador sportchilarni tayyorlash, razryadli va unvonli sportchilar sonini kamida 15 ming nafarga yetkazish vazifasi belgilangan.
Har qanday sportchining yuqori natijalarga erishishi, ma’lum bir razryad talablarini bajarishi, mashg‘ulotlarning samarali o‘tkazilishi hamda respublika darajasidagi musobaqalarda qayd etgan natijalari bilan belgilanadi.
Razryadli va unvonli sportchilar soni hududlar kesimida tahlil qilinganda, Farg‘ona viloyati 3 ming 281 nafar razryadli va unvonli sportchilarni tayyorlagan holda yetakchilik qilmoqda.
Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
👍 7❤ 5👏 1🎉 1🕊 1🏆 1
Viloyat hokimining o‘rinbosari Quvaytda: yangi investitsiya loyihalari muhokama qilindi
Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov rahbarligidagi O‘zbekiston delegatsiyasining Quvaytga tashrifi doirasida ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirishga qaratilgan qo‘mita 2-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur sessiyada delegatsiya tarkibida bo'lgan Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari Nuriddin Mamajonov ham ishtirok etib, Farg‘ona viloyati bilan Quvayt o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan qator amaliy takliflarni ilgari surdi.
Tashrif davomida “Aqarat” kompaniyasi, shuningdek, Hindiston biznes doiralari vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi. Shu bilan birga, “Diversity Tech” kompaniyasi boshqaruv direktori Islom Hassan bilan Farg‘ona viloyatida qiymati 60 million dollar bo‘lgan onkologiya markazini tashkil etish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishildi.
Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
👍 6❤ 3🔥 2👏 1
#Xushxabar
Farg‘onalik Nozimjon Shavkatjonov 416 mln so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandi
Bugun poytaxtimizda 2024-2025-o‘quv yili davomida xalqaro va mintaqaviy fan olimpiadalarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar va ularning ustozlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda 2025-yilda yurtimiz o‘quvchilari 29 ta xalqaro olimpiadada munosib ishtirok etib, jami 210 ta medal (40 ta oltin, 78 ta kumush, 92 ta bronza)ni qo‘lga kiritgani qayd etildi.
Quvonarlisi, Dang‘ara tumanidagi 1-sonli ayrim fanlar chuqur o‘qitiladigan sinflari mavjud umumiy o‘rta ta’lim maktab-internati sobiq o‘quvchisi, hozirda O‘zbekiston milliy universiteti talabasi Nozimjon Shavkatjonov ham O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi sifatida ushbu yutuqlarga munosib hissa qo‘shdi.
Fransiyaning Parij shahrida 55-marotaba o‘tkazilgan, dunyoning 90 dan ortiq mamlakatidan kelgan eng iqtidorli yosh fiziklar qatnashgan Xalqaro Fizika olimpiadasida (IPhO) bronza medalini qo‘lga kiritdi. Shu erishgan natijasi uchun bugungi marosimda u 416 mln so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandi. Uning ustozi Shavkat Mamatqulov esa 12 mln so‘m miqdoridagi pul mukofoti bilan rag‘batlantirildi.
Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
👏 21❤ 16👍 7🙏 1
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Germaniyaning “GLOTECH” kompaniyasi vakillarini qabul qildi.
Uchrashuvda sanoat korxonalari hamda ijtimoiy soha obyektlarining issiqlik va sovutish shamollatish tizimlarida ortiqcha energiya sarfisiz samaradorlikni oshirish masalalari muhokama qilindi.
Kompaniya vakillari zamonaviy raqamli texnologiyalardan foydalangan holda energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha viloyatdagi 24 ta ishlab chiqarish, sanoat va tashkilotlardagi energiya sarfini o‘rganishdi.
Muloqot davomida obyektlardagi energiya sarf-xarajatini kamaytirish evaziga samaradorlikni oshirish mumkin bo‘lgan yo‘nalishlarga to‘xtalib o‘tildi. Ishlab chiqarish jarayonlarining samaradorligi va ishonchliligini oshirishga xizmat qiluvchi takliflarni bildirdilar.
—
Хоким Ферганской области провёл встречу с представителями немецкой компании GLOTECH
—
Fergana Region Hokim Meets Representatives of Germany’s GLOTECH
Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
❤ 7👍 5🔥 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "2027-yilgi futbol bo‘yicha U-20 Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Qarori
Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
👍 2
Yapon investorlari Farg‘onada biznes yuritishga katta qiziqish bildirmoqda
Bugun viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Yaponiyadan kelgan Okuda Takefumi boshchiligidagi yirik ishbilarmonlar delegatsiyasini qabul qildi.
Uchrashuvda Farg‘ona shahridagi “Yangi O‘zbekiston” massivi – Ekoshaharda barpo etilayotgan yapon bog‘i, mehmonxona va restoranlar majmuasini o‘z ichiga olgan yirik va zamonaviy “Shogun City” loyihasini jadal sur’atlarda amalga oshirish chora-tadbirlari muhokama qilindi. Loyiha doirasidagi zamonaviy turar-joy majmuasi hamda biznes markazi haqida ma’lumot berildi.
—
Японские инвесторы проявляют большой интерес к ведению бизнеса в Фергане
—
Japanese Investors Show Strong Interest in Doing Business in Fergana
Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
👍 7❤ 6🔥 1
