Hubbuna
前往频道在 Telegram
Ma'lumotlardan ko‘chirilganda link ko‘rsatilmasa, rozi emasmiz! Asoschi: @GiyosiddinYusuf Reklama: https://t.me/Hubbuna_uz/61 Savollar uchun: @Yechimhubbuna
显示更多2025 年数字统计

18 995
订阅者
无数据24 小时
+2127 天
+1 05530 天
帖子存档
00:49
视频不可用在 Telegram 中显示
Ona...
✍ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
IMG_5242.MP42.54 MB
照片不可用在 Telegram 中显示
Bolangizga «Bu muhim» prinspini oʻrgating
Agar oʻzingiz haq ekanligingizga ishonchingiz komil boʻlsa va hamma sizni qoʻllab-quvvatlashini bilsangiz, farzandingizga hech qanday munosabat bildirmasdan oʻz ishingizni qilishda davom eting.
Tasavvur qiling: hammangiz narsalaringizni yigʻib, poezdga shoshilyapsizlar. Bunday holda, bolaning: «Men bilan oʻynang!» degan gapini hamma, shu jumladan, buvilar ham osonlikcha e’tiborsiz qoldirishadi.
Farzandingizga muhim narsalar borligini oʻrgating. Unga «Bu muhim» degan gapni oʻrgating.
Siz uning oldida choʻkkalab, koʻzlariga qarab, elkalarini ushlab, xotirjam va qat’iy ayting: «Kattalar hozir tayyorlanishi kerak, biz sen bilan keyin oʻynaymiz. Bu muhim!»
Tez orada bola sizni tushuna boshlaydi.
📚Gʻiyosiddin Yusufning «Sevdirib tarbiyalang» kitobidan #iqtibos
Kitobni xarid qilish
Yanada ko'proq iqtiboslar
❤ 34👍 14🔥 8
00:46
视频不可用在 Telegram 中显示
Farzandingiz maqsadsizmi?
Kelajakda kim bo‘lishini, nima qilishini bilmayaptimi?
Siz ota-ona sifatida unga aniq yechim bera olmayapsiz.
👉 Aslida muammo yechim bera olmayotganingizda emas, balki qanday yechim berishni bilmayotganingizdadir.
Bugungi kunda zamon shiddat bilan rivojlanmoqda va zamonaviy kasblar soni kundan-kunga ortib bormoqda.
🎯 Seminarimizda aynan zamonaviy dunyoda to‘g‘ri kasb tanlash masalasini batafsil muhokama qilamiz.
Shuningdek, seminar davomida hozirgi kunda eng aktual bo‘lgan 10 ta mavzu bo‘yicha
sizni qiynayotgan savollarga aniq va amaliy yechimlar olasiz.
📌Biz bilan minglab ota-onalar farzand tarbiyasidagi muammolarga yechim topishdi — endi navbat sizniki.
📝 Ro‘yxatdan o‘tishga shoshiling — joylar cheklangan!
👉 Murojaat uchun: @menejer_ezoza1
@bexzod_shukurullaev_admin1
👉 Roʻyhatdan oʻtish uchun:https://forms.gle/sBXi98BxerNJanbW9
Telegram kanal👉@shukurullaevbexzod
IMG_5784.MOV8.83 MB
❤🔥 1❤ 1👍 1🔥 1💯 1
照片不可用在 Telegram 中显示
Ko‘ngli yumshoq odamni xafa qilmang. Ular ko‘p o‘ylash tufayli kechasi uxlay olmaydilar...
#Eslatma
✍ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
🔥 88💔 41💯 32❤ 18
Repost from TgId: 1601638115
"Tarbiya-chi?" kitobidan iqtiboslar mundarijasi
Tabassumingiz - bir olam quvonch
Oʻzingizdan bezdirmang
Farzandingizni sun'iy ozuqa bilan oʻstirmang
Ismni toʻliq aytish
Tengqurlari bilan oʻynasin
Kundalik muomaladan bir chimdim
Bolani robotga aylantirmang
Bolaning maqsadi boʻlsin
Ulkan ilmlar sari ilk qadam
Qush uyasida koʻrganini qiladi
Ustozga hurmat
Oʻqishlari haqida
Ayolni tarbiyalash uchun
Bolani "oʻgʻri" demang
Koʻproq vazifa belgilang
Oʻrnak boʻlaylik!
Ota-onaga murojaat
Amalingiz ta'sirliroq
Refleks hosil boʻlsin
Bolani tushunish
E’tibor tarozingiz
adolatli bo‘lsin
Xato ham tajriba
Kichik qadamlardan boshlang
Injiqlik sabablari
Er va xotin munosabatining
tarbiyaga ta’siri
Xato qilib qoʻysa...
Buyurishimiz emas,
o‘rgatishimiz lozim
Ulkan xatoga aylantirmaylik!
Oilada xurmat boʻlsin
Tarbiya - hammasidan muhim
E'tibor
Itoatkor bola tarbiyalash
Mehr-oqibatli qilib tarbiyalang
Mustaqil inson tarbiyalash
Bolalar xonasini qanday
jihozlagan ma’qul?
Bolalarning savollari
Fizikaviy tajribalar –
bolalar quvonchi
Oʻyindan xulosa
Erkalatib oʻynatish
Bir xillikdan qoching
Erkak kishi oilasi uchun mas’ul
Farzandingizni tinglang
Ular bilan birga oʻynang
Telefonga bogʻlanib qolmang
Tahdid qilishni bilasizmi?
Alohida gaplashing
Mehrning oʻrni
Toʻngʻich farzand tarbiyasi
Bolalar oldida janjallashmang
Ruxsat soʻrab kiring
Onasini yaxshi ko‘rishingizni
bildirib turing
Bolani haqoratlamang
Ota-ona oʻrtasidagi ittifoq
Kim bilan do‘stlashishi kerak?
Qizlaringizga mehr bering
Salomatlik
Uni hurmat qiling
Ayol ilmli boʻlishi shart!
Bolaga bola nazari bilan qarang
Qiyoslash
Tarbiyada otaning oʻrni
Farzandlar onaga ergashadi
Farzandim telefonga “yopishib” qolmasin desangiz
Sabrli ustoz boʻling!
Kelishmovchiliklar sababi
Farzandingizni urishdan oldin o'ylab ko'ring
Bola boshidan...
Bolalarni kitobxon qilish
uchun o‘nta tavsiya
Bola nega yigʻlaydi?
Farzandlaringizdan ko'ra ilmliroq boʻlishingiz kerak!
Taqdirdan nolimang
O'ziga ishonch baland bo'lishi uchun
Tarbiya oiladagi muhitdan
boshlanadi
Bolani uygʻotish
Qiz saqlaguncha
tuz saqlash kerakmi?
Bolalarni to'g'ri tarbiya qilamiz
Ota-onaning dardi...
Bolangizga bolalik bering
Oʻyin
ONA — ota va bola orasini
bog'lovchi
E'tibor sotmang
Farzandlarimiz - yuzimiz
Tilingizga ehtiyot boʻling
Kuloli boʻling
Kattalarga muomala qilgandek...
Otani yomon koʻrdirgan onalar
Otalarga
Muloqot
Bolalik xotiralarini boʻlishing
"Bekorchi" ayollar
Chaqaloqlarning rivojlanishi
uchun eng muhimi nima?
Hiylalarsiz hiylalar
Ota va qiz o‘rtasidagi
munosabatlar
Bolalar tajovuzkorligining
4 sababi
"Seni yaxshi koʻraman"
Farzandning nutq madaniyati
Bolaning harorati chiqsa...
Sizdan yordam so‘ramasa,
aralashmang
Oʻrgana olmasa
❤ 30🔥 7💯 3👍 2
照片不可用在 Telegram 中显示
Ayolni shunday sevish kerakki, boshqa birov uni yanada kuchliroq sevishi mumkinligi uning xayoliga ham kelmasin.
#Muhabbat
✍ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
🔥 109❤ 52💯 32❤🔥 10👍 9💔 7👏 1😁 1
➤ Intizom sirlari: hayotingiz tartibga solish va maqsadlarga erishish yo‘llari
🌸 Harakatlaringizda muntazamlik va izchillikni odat qiling. Kichik qadamlardan boshlang va asta-sekin yuklama hajmini oshiring.
🌸 Yutuqlaringizni muntazam ravishda baholab boring va kerak bo‘lsa, rejangizga o‘zgartirishlar kiriting. Bu to‘g‘ri yo‘ldan adashmaslikka yordam beradi.
🌸 Jismoniy va ruhiy salomatligingizni e’tibordan chetda qoldirmang. Muntazam jismoniy mashqlar, to‘g‘ri ovqatlanish va yetarli darajada dam olish yuqori samaradorlikka erishishga yordam beradi.
🌸 Maqsadlaringizni tushunuvchi insonlar orasidan qo‘llab-quvvatlovchilar toping. Ular bilan muloqot qilish sizga ilhom berishi va qiyin damlarni yengishga yordam berishi mumkin.
#tarjima
✍ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
❤ 46👍 13🔥 8🥰 3
照片不可用在 Telegram 中显示
Sevmagan inson bilan yashash mumkin agar o‘rtada hurmat bo‘lsa. Ammo hurmat qilmaydigan inson bilan yashash imkonsiz.
Alisher Sultonxo'jayev
#Muhabbat
✍ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
❤ 86💯 41👍 21🔥 6💔 6
00:51
视频不可用在 Telegram 中显示
Sevib qolsa, nima qilish kerak?
Birovning tuyg'ulariga xo'jayinlik qilishga haqlimizmi? Yoki yoshlar sevishib yuraversa bo'ladimi? Oilali ayolni sevib qolsa, nima qilish kerak?
Javoblar videoda. 👆
#Muhabbat
Yanada ko‘proq videolar
IMG_3290.MP42.63 MB
😁 36👍 20❤ 9💯 6💔 3🔥 2🤔 1
Ayolni o‘yinchoq o‘rnida bilmang,
Uning yuragi bor, uning qalbi bor.
Achchiq kalom bilan bag‘rini tilmang,
Zaifgina jonga yetmasin ozor!
Ichini duv to‘kib yuborgan taqdir,
Faqat sirti uning o‘xshar butunga.
Ozgina e’tibor, ozgina mehr,
Bir og‘iz shirin so‘z yetarli unga.
U ham kimga orzu, kimga havasdir,
Nafsingiz yo‘lida aylamang qurbon!
Jimgina yig‘lasa, hech gap emasdir,
Ammo Xudoyimga yig‘lasa yomon!
Gulim deng, ko‘zingiz quvnatsin gullab,
O‘zin ko‘z yoshiga cho‘kmasin o‘zi,
Yo seving, yo yashang sevganga o‘xshab,
Yo xanjar, yo malham erkakning so‘zi!
Sizga fido jonning qadriga yeting,
Ishqqa mahtal qilmang, mehrga gado.
Yurak tegib turgan qovurg‘angizdan,
Ayolni seving deb yaratgan Xudo!
Malika Tavfiq
#Шеър
✍ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
❤ 81👍 18🔥 14💔 1
照片不可用在 Telegram 中显示
Muhimi qancha vaqt birga vaqt o'tkazayotganingiz emas, muhimi u vaqtni qanday o'tkazayotganingizdir.
Uning yonida xotirjam bo'lsangiz, halovatni his qilsangiz, zerikib qolmasangiz, nimagadir ehtiyoj sezmasangiz, ana shu baxtdir!
Mana shu oila qurishga arziydi!
#baxt
#oila_qurish
✍ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
❤ 102🔥 23👍 10💔 5🥰 3
照片不可用在 Telegram 中显示
Barcha yo'llar meni sen tomonga boshlaydi.
#tarjima #muhabbat
✍ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
❤ 68👍 12🔥 11💔 3
02:51
视频不可用在 Telegram 中显示
Agar shunday erkak "xotin quli" deyilsa, unda "xotin qulilar" ko'payaversin!
✍ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
4.08 MB
照片不可用在 Telegram 中显示
🧔♂️ — Charchadingmi?
🧕 — Yo‘q.
🧔♂️ — Unda nega jimsan?
🧕 — Jim o'tirganim uchun charchamadim.
#Tabassum
✍ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
😁 128🤔 15❤ 9👍 6❤🔥 4💯 4
照片不可用在 Telegram 中显示
Bolangizga hech qachon “yigʻlama” demang
Bolaga o‘z his-tuyg‘ularini yashab o‘tishga ijozat berish kerak, ularni ichiga yutishga majburlash yaxshi emas.
Unga o‘z hissiyotlarini anglashga yordam bering. U bilan ochiq va rost suhbat quring. Hatto uning yig‘isi sizning g‘ashingizni keltirsa ham, unutmang, bola hozir salbiy emotsiyalarni boshidan kechirmoqda va uni tinchlantirish zarur.
Bunday deyish kerak: ”Bilaman, hozir sen opang ketib qolganidan mahzun bo‘lyapsan. Yig‘lashing mumkin – bu tabiiy hol. Ba’zan hammamiz tuyg‘ularimizni ichimizdan chiqarib turishimiz kerak. Kelaqol, seni quchoqlay!”
📚Gʻiyosiddin Yusufning «Tarbiya-chi?» kitobidan #iqtibos
Kitobni xarid qilish
Yanada ko'proq iqtiboslar
❤ 47👍 20🔥 14😁 3
照片不可用在 Telegram 中显示
Sodiqlik hamisha jismoniy harakat bilan bo'lavermaydi. Undan nimanidir yashirish yoki kimdir haqidagi xayol ham sadoqatga putur yetkazadi!
#Eslatma
✍ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
🔥 67❤ 31👍 20💯 9💔 7❤🔥 6👏 3
06:00
视频不可用在 Telegram 中显示
Oila daraxtga o'xshaydi. Uning ildizi...
✍ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
IMG_5214.MP418.37 MB
❤ 53💯 11🔥 8❤🔥 5👏 3💔 2👍 1🥰 1
照片不可用在 Telegram 中显示
Erkak faqat o‘zining qulayligi uchun harakat qilayotganini tushungan ayol munosabatlar uchun kurashishni to‘xtatadi.
Bu fikrga qo'shilasizmi? 🔥
#Ayollar
✍ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
🔥 209💯 103👍 18❤ 8👏 3🌚 3
照片不可用在 Telegram 中显示
Ming so'm sadaqa qilish uyat emas!
Hozirgi kunda ijtimoiy tarmoq orqali xayriya e'lonlari tez-tez uchrab turadi. Ularga munosabatimiz ham borgan sari hissiz bo'lib borayotgandek. "Ha, navbatdagi bir xayriya-da!" degan o'yda xotirjam keyingi xabarga o'tamiz.
E'londa kimningdir uyi yongani, bemor ekani yoki boshqa muhtojligi aytilgan bo'lsa ham ta'sirlanmaymiz. "Qay biriga bo'lay?!" deya vijdonimizni ovutamiz.
Aslida, internet, ijtimoiy tarmoq orqali birlashilsa, juda katta ishlarni amalga oshirish mumkin. Xususan, xayriya, sadaqa masalalarida ham. Agar xayriya e'lonini ko'rgan har bir kishi 1000 so'mdan sadaqa qilsa ham bir insonning ehtiyojini bir kunda qondirish mumkin deb o'ylayman.
Ha, ming so'm sadaqa qilish uyat emas. Sizning sadaqangiz 10 barobardan 700 barobargacha ko'paytiriladi — ixlosingizga qarab. Agar 700 barobar ko'paytirilsa, demak, siz 700 ming so'm sadaqa qilgan hisoblanasiz. Hatto bundan ziyoda bo'lishi ham mumkin.
Endi shu xayriya e'lonini boshqalarga ham ulashsangiz, ular sadaqa qilgan miqdorcha siz ham sadaqa qilgandek bo'lsangiz, ehhe qancha savob olish mumkin!
Shu bilan birga, yuqorida aytganimizdek, har bir kishi 1000 so'mdan sadaqa qiladigan bo'lsa, minglab kishilardan juda katta pul yig'iladi.
Bizning ham oilalarga yordam berish uchun tashkil qilgan ixtiyoriy xayriyamiz bor. Ushbu so'zni bosib u haqida batafsil ma'lumot olishingiz mumkin.
Ehsoningiz uchun karta raqam:
9860160605493933
❤ 28👍 13🔥 4
照片不可用在 Telegram 中显示
Ertalab kefir ichish kun davomida ishtahani yaxshilaydi, og‘izdagi yoqimsiz hidni yo‘qotadi, energiya beradi va asab tizimini tartibga soladi.
Kechqurun ichilgan kefir ovqat hazm qilishni osonlashtiradi, ochlik hissini yo‘qotadi, uyqu sifatini yaxshilaydi va kalsiyning so‘rilishiga yordam beradi.
#salomatlik
✍ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
👍 73❤ 36🔥 6
