fa
Feedback
Hubbuna

Hubbuna

رفتن به کانال در Telegram

Ma'lumotlardan ko‘chirilganda link ko‘rsatilmasa, rozi emasmiz! Asoschi: @GiyosiddinYusuf Reklama: https://t.me/Hubbuna_uz/61 Savollar uchun: @Yechimhubbuna

نمایش بیشتر
2025 سال در اعدادsnowflakes fon
card fon
18 999
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
+2127 روز
+1 05530 روز
آرشیو پست ها
00:49
Video unavailableShow in Telegram
Ona... ✍ @Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
نمایش همه...
IMG_5242.MP42.54 MB
star reaction 1 49❤‍🔥 12🔥 5👍 4
Photo unavailableShow in Telegram
Bolangizga «Bu muhim» prinspini oʻrgating Agar oʻzingiz haq ekanligingizga ishonchingiz komil boʻlsa va hamma sizni qoʻllab-quvvatlashini bilsangiz, farzandingizga hech qanday munosabat bildirmasdan oʻz ishingizni qilishda davom eting. Tasavvur qiling: hammangiz narsalaringizni yigʻib, poezdga shoshilyapsizlar. Bunday holda, bolaning: «Men bilan oʻynang!» degan gapini hamma, shu jumladan, buvilar ham osonlikcha e’tiborsiz qoldirishadi. Farzandingizga muhim narsalar borligini oʻrgating. Unga «Bu muhim» degan gapni oʻrgating. Siz uning oldida choʻkkalab, koʻzlariga qarab, elkalarini ushlab, xotirjam va qat’iy ayting: «Kattalar hozir tayyorlanishi kerak, biz sen bilan keyin oʻynaymiz. Bu muhim!» Tez orada bola sizni tushuna boshlaydi. 📚Gʻiyosiddin Yusufning «Sevdirib tarbiyalang» kitobidan #iqtibos Kitobni xarid qilish Yanada ko'proq iqtiboslar
نمایش همه...
34👍 14🔥 8
00:46
Video unavailableShow in Telegram
Farzandingiz maqsadsizmi? Kelajakda kim bo‘lishini, nima qilishini bilmayaptimi? Siz ota-ona sifatida unga aniq yechim bera olmayapsiz. 👉 Aslida muammo yechim bera olmayotganingizda emas, balki qanday yechim berishni bilmayotganingizdadir. Bugungi kunda zamon shiddat bilan rivojlanmoqda va zamonaviy kasblar soni kundan-kunga ortib bormoqda. 🎯 Seminarimizda aynan zamonaviy dunyoda to‘g‘ri kasb tanlash masalasini batafsil muhokama qilamiz. Shuningdek, seminar davomida hozirgi kunda eng aktual bo‘lgan 10 ta mavzu bo‘yicha sizni qiynayotgan savollarga aniq va amaliy yechimlar olasiz. 📌Biz bilan minglab ota-onalar farzand tarbiyasidagi muammolarga yechim topishdi — endi navbat sizniki. 📝 Ro‘yxatdan o‘tishga shoshiling — joylar cheklangan! 👉 Murojaat uchun: @menejer_ezoza1 @bexzod_shukurullaev_admin1 👉 Roʻyhatdan oʻtish uchun:https://forms.gle/sBXi98BxerNJanbW9 Telegram kanal👉@shukurullaevbexzod
نمایش همه...
IMG_5784.MOV8.83 MB
❤‍🔥 1 1👍 1🔥 1💯 1
Photo unavailableShow in Telegram
Ko‘ngli yumshoq odamni xafa qilmang. Ular ko‘p o‘ylash tufayli kechasi uxlay olmaydilar... #Eslatma ✍ @Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
نمایش همه...
🔥 88💔 41💯 32 18
Repost from TgId: 1601638115
"Tarbiya-chi?" kitobidan iqtiboslar mundarijasi Tabassumingiz - bir olam quvonch Oʻzingizdan bezdirmang Farzandingizni sun'iy ozuqa bilan oʻstirmang Ismni toʻliq aytish Tengqurlari bilan oʻynasin Kundalik muomaladan bir chimdim Bolani robotga aylantirmang Bolaning maqsadi boʻlsin Ulkan ilmlar sari ilk qadam Qush uyasida koʻrganini qiladi Ustozga hurmat Oʻqishlari haqida Ayolni tarbiyalash uchun Bolani "oʻgʻri" demang Koʻproq vazifa belgilang Oʻrnak boʻlaylik! Ota-onaga murojaat Amalingiz ta'sirliroq Refleks hosil boʻlsin Bolani tushunish E’tibor tarozingiz adolatli bo‘lsin Xato ham tajriba Kichik qadamlardan boshlang Injiqlik sabablari Er va xotin munosabatining tarbiyaga ta’siri Xato qilib qoʻysa... Buyurishimiz emas, o‘rgatishimiz lozim Ulkan xatoga aylantirmaylik! Oilada xurmat boʻlsin Tarbiya - hammasidan muhim E'tibor Itoatkor bola tarbiyalash Mehr-oqibatli qilib tarbiyalang Mustaqil inson tarbiyalash Bolalar xonasini qanday jihozlagan ma’qul? Bolalarning savollari Fizikaviy tajribalar – bolalar quvonchi Oʻyindan xulosa Erkalatib oʻynatish Bir xillikdan qoching Erkak kishi oilasi uchun mas’ul Farzandingizni tinglang Ular bilan birga oʻynang Telefonga bogʻlanib qolmang Tahdid qilishni bilasizmi? Alohida gaplashing Mehrning oʻrni Toʻngʻich farzand tarbiyasi Bolalar oldida janjallashmang Ruxsat soʻrab kiring Onasini yaxshi ko‘rishingizni bildirib turing Bolani haqoratlamang Ota-ona oʻrtasidagi ittifoq Kim bilan do‘stlashishi kerak? Qizlaringizga mehr bering Salomatlik Uni hurmat qiling Ayol ilmli boʻlishi shart! Bolaga bola nazari bilan qarang Qiyoslash Tarbiyada otaning oʻrni Farzandlar onaga ergashadi Farzandim telefonga “yopishib” qolmasin desangiz Sabrli ustoz boʻling! Kelishmovchiliklar sababi Farzandingizni urishdan oldin o'ylab ko'ring Bola boshidan... Bolalarni kitobxon qilish uchun o‘nta tavsiya Bola nega yigʻlaydi? Farzandlaringizdan ko'ra ilmliroq boʻlishingiz kerak! Taqdirdan nolimang O'ziga ishonch baland bo'lishi uchun Tarbiya oiladagi muhitdan boshlanadi Bolani uygʻotish Qiz saqlaguncha tuz saqlash kerakmi? Bolalarni to'g'ri tarbiya qilamiz Ota-onaning dardi... Bolangizga bolalik bering Oʻyin ONA — ota va bola orasini bog'lovchi E'tibor sotmang Farzandlarimiz - yuzimiz Tilingizga ehtiyot boʻling Kuloli boʻling Kattalarga muomala qilgandek... Otani yomon koʻrdirgan onalar Otalarga Muloqot Bolalik xotiralarini boʻlishing "Bekorchi" ayollar Chaqaloqlarning rivojlanishi uchun eng muhimi nima? Hiylalarsiz hiylalar Ota va qiz o‘rtasidagi munosabatlar Bolalar tajovuzkorligining 4 sababi "Seni yaxshi koʻraman" Farzandning nutq madaniyati Bolaning harorati chiqsa... Sizdan yordam so‘ramasa, aralashmang Oʻrgana olmasa
نمایش همه...
30🔥 7💯 3👍 2
Photo unavailableShow in Telegram
Ayolni shunday sevish kerakki, boshqa birov uni yanada kuchliroq sevishi mumkinligi uning xayoliga ham kelmasin. #Muhabbat ✍ @Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
نمایش همه...
🔥 109 52💯 32❤‍🔥 10👍 9💔 7👏 1😁 1
Intizom sirlari: hayotingiz tartibga solish va maqsadlarga erishish yo‘llari 🌸 Harakatlaringizda muntazamlik va izchillikni odat qiling. Kichik qadamlardan boshlang va asta-sekin yuklama hajmini oshiring. 🌸 Yutuqlaringizni muntazam ravishda baholab boring va kerak bo‘lsa, rejangizga o‘zgartirishlar kiriting. Bu to‘g‘ri yo‘ldan adashmaslikka yordam beradi. 🌸 Jismoniy va ruhiy salomatligingizni e’tibordan chetda qoldirmang. Muntazam jismoniy mashqlar, to‘g‘ri ovqatlanish va yetarli darajada dam olish yuqori samaradorlikka erishishga yordam beradi. 🌸 Maqsadlaringizni tushunuvchi insonlar orasidan qo‘llab-quvvatlovchilar toping. Ular bilan muloqot qilish sizga ilhom berishi va qiyin damlarni yengishga yordam berishi mumkin. #tarjima ✍ @Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
نمایش همه...
46👍 13🔥 8🥰 3
Photo unavailableShow in Telegram
Sevmagan inson bilan yashash mumkin agar o‘rtada hurmat bo‘lsa. Ammo hurmat qilmaydigan inson bilan yashash imkonsiz. Alisher Sultonxo'jayev #Muhabbat ✍ @Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
نمایش همه...
86💯 41👍 21🔥 6💔 6
00:51
Video unavailableShow in Telegram
Sevib qolsa, nima qilish kerak? Birovning tuyg'ulariga xo'jayinlik qilishga haqlimizmi? Yoki yoshlar sevishib yuraversa bo'ladimi? Oilali ayolni sevib qolsa, nima qilish kerak? Javoblar videoda. 👆 #Muhabbat Yanada ko‘proq videolar
نمایش همه...
IMG_3290.MP42.63 MB
😁 36👍 20 9💯 6💔 3🔥 2🤔 1
​​Ayolni o‘yinchoq o‘rnida bilmang, Uning yuragi bor, uning qalbi bor. Achchiq kalom bilan bag‘rini tilmang, Zaifgina jonga yetmasin ozor! Ichini duv to‘kib yuborgan taqdir, Faqat sirti uning o‘xshar butunga. Ozgina e’tibor, ozgina mehr, Bir og‘iz shirin so‘z yetarli unga. U ham kimga orzu, kimga havasdir, Nafsingiz yo‘lida aylamang qurbon! Jimgina yig‘lasa, hech gap emasdir, Ammo Xudoyimga yig‘lasa yomon! Gulim deng, ko‘zingiz quvnatsin gullab, O‘zin ko‘z yoshiga cho‘kmasin o‘zi, Yo seving, yo yashang sevganga o‘xshab, Yo xanjar, yo malham erkakning so‘zi! Sizga fido jonning qadriga yeting, Ishqqa mahtal qilmang, mehrga gado. Yurak tegib turgan qovurg‘angizdan, Ayolni seving deb yaratgan Xudo! Malika Tavfiq #Шеър ✍ @Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
نمایش همه...
81👍 18🔥 14💔 1
Photo unavailableShow in Telegram
Muhimi qancha vaqt birga vaqt o'tkazayotganingiz emas, muhimi u vaqtni qanday o'tkazayotganingizdir. Uning yonida xotirjam bo'lsangiz, halovatni his qilsangiz, zerikib qolmasangiz, nimagadir ehtiyoj sezmasangiz, ana shu baxtdir! Mana shu oila qurishga arziydi! #baxt #oila_qurish ✍ @Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
نمایش همه...
102🔥 23👍 10💔 5🥰 3
Photo unavailableShow in Telegram
Barcha yo'llar meni sen tomonga boshlaydi. #tarjima #muhabbat ✍ @Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
نمایش همه...
68👍 12🔥 11💔 3
02:51
Video unavailableShow in Telegram
Agar shunday erkak "xotin quli" deyilsa, unda "xotin qulilar" ko'payaversin! ✍ @Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
نمایش همه...
4.08 MB
star reaction 1 99👍 30🔥 23❤‍🔥 9💯 7👏 4🤔 2
Photo unavailableShow in Telegram
🧔‍♂️ — Charchadingmi? 🧕 — Yo‘q. 🧔‍♂️ — Unda nega jimsan? 🧕 — Jim o'tirganim uchun charchamadim. #Tabassum ✍ @Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
نمایش همه...
😁 128🤔 15 9👍 6❤‍🔥 4💯 4
Photo unavailableShow in Telegram
Bolangizga hech qachon “yigʻlama” demang Bolaga o‘z his-tuyg‘ularini yashab o‘tishga ijozat be­rish kerak, ularni ichiga yutishga majburlash yaxshi emas. Unga o‘z hissiyotlarini anglashga yordam bering. U bilan ochiq va rost suhbat quring. Hatto uning yig‘isi sizning g‘ashingizni keltirsa ham, unutmang, bola hozir salbiy emotsiyalarni boshidan kechirmoqda va uni tinchlantirish zarur. Bunday deyish kerak: ”Bilaman, hozir sen opang ketib qolganidan mahzun bo‘lyapsan. Yig‘lashing mum­kin – bu tabiiy hol. Ba’zan hammamiz tuyg‘ulari­mizni ichimizdan chiqarib turishimiz kerak. Kelaqol, seni quchoqlay!” 📚Gʻiyosiddin Yusufning «Tarbiya-chi?» kitobidan #iqtibos Kitobni xarid qilish Yanada ko'proq iqtiboslar
نمایش همه...
47👍 20🔥 14😁 3
Photo unavailableShow in Telegram
Sodiqlik hamisha jismoniy harakat bilan bo'lavermaydi. Undan nimanidir yashirish yoki kimdir haqidagi xayol ham sadoqatga putur yetkazadi! #Eslatma ✍ @Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
نمایش همه...
🔥 67 31👍 20💯 9💔 7❤‍🔥 6👏 3
06:00
Video unavailableShow in Telegram
Oila daraxtga o'xshaydi. Uning ildizi... ✍ @Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
نمایش همه...
IMG_5214.MP418.37 MB
53💯 11🔥 8❤‍🔥 5👏 3💔 2👍 1🥰 1
Photo unavailableShow in Telegram
Erkak faqat o‘zining qulayligi uchun harakat qilayotganini tushungan ayol munosabatlar uchun kurashishni to‘xtatadi. Bu fikrga qo'shilasizmi? 🔥 #Ayollar ✍ @Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
نمایش همه...
🔥 209💯 103👍 18 8👏 3🌚 3
Photo unavailableShow in Telegram
Ming so'm sadaqa qilish uyat emas! Hozirgi kunda ijtimoiy tarmoq orqali xayriya e'lonlari tez-tez uchrab turadi. Ularga munosabatimiz ham borgan sari hissiz bo'lib borayotgandek. "Ha, navbatdagi bir xayriya-da!" degan o'yda xotirjam keyingi xabarga o'tamiz. E'londa kimningdir uyi yongani, bemor ekani yoki boshqa muhtojligi aytilgan bo'lsa ham ta'sirlanmaymiz. "Qay biriga bo'lay?!" deya vijdonimizni ovutamiz. Aslida, internet, ijtimoiy tarmoq orqali birlashilsa, juda katta ishlarni amalga oshirish mumkin. Xususan, xayriya, sadaqa masalalarida ham. Agar xayriya e'lonini ko'rgan har bir kishi 1000 so'mdan sadaqa qilsa ham bir insonning ehtiyojini bir kunda qondirish mumkin deb o'ylayman. Ha, ming so'm sadaqa qilish uyat emas. Sizning sadaqangiz 10 barobardan 700 barobargacha ko'paytiriladi — ixlosingizga qarab. Agar 700 barobar ko'paytirilsa, demak, siz 700 ming so'm sadaqa qilgan hisoblanasiz. Hatto bundan ziyoda bo'lishi ham mumkin. Endi shu xayriya e'lonini boshqalarga ham ulashsangiz, ular sadaqa qilgan miqdorcha siz ham sadaqa qilgandek bo'lsangiz, ehhe qancha savob olish mumkin! Shu bilan birga, yuqorida aytganimizdek, har bir kishi 1000 so'mdan sadaqa qiladigan bo'lsa, minglab kishilardan juda katta pul yig'iladi. Bizning ham oilalarga yordam berish uchun tashkil qilgan ixtiyoriy xayriyamiz bor. Ushbu so'zni bosib u haqida batafsil ma'lumot olishingiz mumkin. Ehsoningiz uchun karta raqam: 9860160605493933
نمایش همه...
28👍 13🔥 4
Photo unavailableShow in Telegram
Ertalab kefir ichish kun davomida ishtahani yaxshilaydi, og‘izdagi yoqimsiz hidni yo‘qotadi, energiya beradi va asab tizimini tartibga soladi. Kechqurun ichilgan kefir ovqat hazm qilishni osonlashtiradi, ochlik hissini yo‘qotadi, uyqu sifatini yaxshilaydi va kalsiyning so‘rilishiga yordam beradi. #salomatlik ✍ @Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
نمایش همه...
👍 73 36🔥 6