NamDU Registrator Ofis
前往频道在 Telegram
Namangan davlat universitetining Registrator Ofis bo'limining rasmiy kanali! Bu kanal orqali siz talabaga kerak bo'lgan barcha hujjatlarni elektron shaklda olishingiz mumkin. Murojaat: @namdu_murojaat Aloqa uchun: +998692395006
显示更多2025 年数字统计

11 812
订阅者
-3524 小时
-2317 天
-92530 天
帖子存档
照片不可用在 Telegram 中显示
#Kun_tarixi
Bugun 30-noyabr haftaning yakshanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.
#bayramlar
🇺🇳BMT – Kimyoviy urush qurbonlarini xotirlash kuni.
🌏Kompyuter xavfsizligi kuni.
🌏Shaharlar kuni.
🌏Oshqozon saratoni haqida xabardorlik kuni.
#muhim_voqealar
🔹1609 – Galileo Galiley Oy yuzasining birinchi xaritasini tuzdi.
🔹1919 – Andijon teatri tashkil topdi.
🔹1939 – Muqimiy nomidagi О‘zbek davlat musiqali drama teatri o‘z faoliyatini boshladi.
#tavalludlar
🔹1288 – Hazrat Sayyid Amir Kulol – Naqshbandiya tariqatining yirik namoyandalaridan biri.
🔹1667 – Jonatan Svift – ingliz yozuvchisi, jamoat arbobi.
🔹1835 - Mark Tven – amerikalik yozuvchi, jahon adabiyotining yirik namoyandasi.
🔹1874 – Uinston Cherchill – ingliz siyosatchisi.
🔹1934 – Turg‘un Azimov – aktyor va rejjissyor, O‘zbekiston xalq artisti
🔹1964 – Behzod Muhammadkarimov – o‘zbek teatr, kino va dublyaj aktyori.
@namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
👍 2❤ 1
00:09
视频不可用在 Telegram 中显示
⚡️Suv toshni kuchi bilan emas, davomiyligi bilan buzadi.
“Qancha sekin borishingiz muhim emas, asosiysi – to‘xtamaslikdir” – Konfutsiy
Hayotda ham shunday: katta kuch bilan hamma narsani birdaniga o‘zgartirish mumkin emas. Lekin har kuni, qat’iyat bilan, sabr bilan harakat qilgan inson oxir-oqibat g‘alabaga erishadi.Kichik qadamlar, davomiy harakat – ular ko‘rinmaydi, ammo oxir-oqibat katta natijaga aylanadi. Har bir ozgina harakat, har bir kichik urinishingiz – kelajakdagi muvaffaqiyatingizning poydevori. ‼️Taslim bo‘lmang. Agar bugun charchasangiz ham, ertaga yana urinib ko‘ring. Agar kimdir sizni tushuntirishga urinayotgan bo‘lsa, e’tibor bermang. Sizning davomiyligingiz va qat’iyatingiz oxir-oqibat o‘sha “toshlarni” sindiradi. 💡Esingizda bo‘lsin: vaqt bilan harakat qilgan suv singari, siz ham o‘zingizning chegaralaringizni, shubhalaringizni va qiyinchiliklarni asta-sekin yengasiz. Harakat bugundan boshlanadi. Bugun boshlang — keyin emas. @namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
1.20 MB
💯 7❤ 5👍 3
01:49
视频不可用在 Telegram 中显示
#Mutaxassis_tavsiyasi
🚨 Diqqat! Telegram’da akkauntlarni o‘g‘irlash holatlari ko‘paymoqda!
«Ovoz bering» degan xabar yoki guruhga qo‘shish orqali firibgarlar akkauntingizni egallab, keyin sizning nomingizdan pul so‘rashmoqda.
▶️ Videoni oxirigacha ko‘ring — akkauntingizni qanday saqlab qolishni bilib olasiz.
@namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
Yangi firibgarlik usuli ogoh bo‘ling reels~1.mp436.87 MB
👍 2
03:21
视频不可用在 Telegram 中显示
#Qoyil
☄️Shaxmat bo‘yicha jahon chempioni Javohir Sindarov yoshligidanoq ko‘zini yumib shahmat o‘ynagan ekan!
👉 @namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
10.87 MB
👏 15👍 6🎉 2
❓Talaba qanday hollarda oliy ta’lim muassasasidan chetlashtirilishi mumkin?
✅ JAVOB: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentyabr 578-sonli qaroriga muvofiq, talabalar quyidagi holatlarda o‘qishdan chetlashtirilishi mumkin.
➖ o‘z xohishiga ko‘ra;
➖ o‘qishning boshqa ta’lim tashkilotiga ko‘chirilishi munosabati bilan;
➖ oliy ta’lim tashkilotlarining ichki tartib-qoidalari hamda odob-axloq qoidalarini buzgani uchun;
➖ bir semestr davomida darslarni uzrli sabablarsiz 74 soatdan ortiq qoldirgani uchun (salomatligi sababli belgilangan shakldagi tibbiy ma’lumotnoma taqdim etilgan holat bundan mustasno);
➖ o‘qish uchun belgilangan to‘lov o‘z vaqtida amalga oshirilmaganligi uchun (to‘lov-kontrakt bo‘yicha tahsil olayotganlar uchun taalluqli);
➖ talaba sud tomonidan ozodlikdan mahrum etilganda;
➖ sud qaroriga ko‘ra kirish imtihonlarida belgilangan tartibni buzganligi aniqlanganda (ushbu holatda talabalar safidan chetlashtirilganlar talabalar safiga qayta tiklanmaydi);
➖ talaba abituriyent sifatida oliy ta’lim tashkiloti qabul komissiyasiga taqdim etgan (topshirgan) hujjatlarining qalbakiligi yoki belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlansa;
➖ vafot etganligi sababli.
Ma’lumot o‘rnida, harbiy xizmatni o‘tash, salomatligini tiklash, homiladorlik va tug‘ish, shuningdek, bolalarni parvarish qilish ta’tillari davrida hamda oilasining betob a’zosini (otasi, onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar, turmush o‘rtog‘i, farzandi) parvarish qilish uchun talabaga belgilangan tartibda akademik ta’til berilishi mumkin.
@namdu309
👍 3❤ 1
01:48
视频不可用在 Telegram 中显示
📌 Farzandlaringizni turli buzg‘unchi g‘oyalardan saqlang!
Tekshirilmagan audio-, foto- va videomateriallarni internetdan yuklab olishga ehtiyot boʻling! ⛔️Ijtimoiy tarmoqlardagi tekshirilmagan diniy mazmundagi materiallarga “layk” bosish yoki “ulashish”dan saqlaning!@namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
38.41 MB
👍 3❤ 1
照片不可用在 Telegram 中显示
#kun_hikmati
🎤 Ilmni o‘rganish – nur izlashdir.
🪶 Imom Moturidiy
@namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
👍 5❤ 1
📌 O‘zbekistonda huquq fanidan ham milliy sertifikat joriy etildi
Bu bo‘yicha Prezident farmoni qabul qilindi. Farmonning boshqa muhim joylari:
➖ “Yurisprudensiya” hamda “Davlat va jamiyat boshqaruvi” ta’lim yo‘nalishida bakalavr darajasiga ega bo‘lgan shaxslarga qayta tayyorlov kurslaridan o‘tmasdan umumiy o‘rta ta’lim maktablarida Davlat va huquq asoslari fani bo‘yicha dars berishga ruxsat etiladi;
➖Toshkent davlat yuridik universitetida (Universitet) "Yurisprudensiya" bakalavriat ta’lim yo‘nalishidan boshqa turdosh ta’lim yo‘nalishlari bitiruvchilari uchun ikki yillik magistratura mutaxassisligi joriy qilinadi;
➖Qashqadaryo yuridik texnikumi negizida Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi akademik litseyi tashkil etiladi;
➖Universitetning ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi kurs talabalari uchun yuridik ta’lim dasturlarining 50 foizi (nazariy qismlari) auditoriyalarda, 50 foizi (amaliyot qismi) sud, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va boshqa yuridik sohaga oid tashkilotlarda o‘tkaziladi;
➖Universitetning uchinchi va to‘rtinchi kurs talabalarini davlat tashkilotlariga, notariat va advokatlik tuzilmalariga ish yurituvchi, yuriskonsult yordamchisi sifatida ishga qabul qilishga ruxsat etildi;
➖Universitetda fakultet dekanlari, departament boshliqlari va markaz rahbarlarini ikki o‘quv yili muddatiga saylash amaliyoti joriy etiladi, bunda bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq mazkur lavozimlarga saylanishi mumkin emas.
@namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
❤ 2👍 1
照片不可用在 Telegram 中显示
Namangan davlat universiteti Registrator ofisidan yangi loyiha:
Hurmatli talaba!
“Oliy ta’lim svetofori” qoidalariga amal qiling!
@namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
👍 5❤ 2✍ 1
照片不可用在 Telegram 中显示
#Kun_tarixi
Bugun 29-noyabr haftaning shanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.
#bayramlar
🇺🇳 BMT – Falastin xalqi bilan xalqaro birdamlik kuni.
🌏 Xalqaro yaguarlar kuni.
🇮🇩 Indoneziya – Xodimlar korpusining tashkil topgan yilligi.
🇲🇻 Maldiv orollari - Islom qabul qilingan kun.
🇹🇲 Turkmaniston - Paxta yig‘im-terimi festivali.
#muhim_voqealar
🔹1783 – “Ё” harfi rus alifbosiga qo‘shildi.
🔹1899 – “Barselona” futbol klubiga asos solindi.
🔹1932 – Rossiya-Fransiya o’rtasida hujum qilmaslik haqidagi bitim imzolandi
🔹1939 – O‘zbekiston chorvachilik ilmiy tadqiqot instituti tashkil etildi.
🔹1945 – Tarixda ilk bor vertolyot yordamida qutqaruv amaliyoti o‘tkazildi.
🔹1946 – Belgiya YUNESKO ga a’zo bo‘ldi.
#tavalludlar
🔹1910 – Izzat Sulton – adabiyotshunos, tanqidchi, dramaturg.
🔹1956 – Abdunabi Haydarov – publitsist yozuvchi, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist.
🔹1966 – Yevgeniy Mironov - Sovet va rus kinoaktyori.
🔹1969 – Sobirjon Mo‘minov – xonanda, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist.
🔹1974 – Kamol Murodov – oʻzbek dzyudochisi.
🔹1977 – Beatris Rozen – fransuz-amerikalik kino va televideniye aktrisasi, model.
Namangan davlat universiteti Axborot xizmati
Bizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:Veb-sayt| Facebook | Instagram | YouTube
❤ 3👍 1
НамДУ профессори – “Ислоҳотлар билимдони” - Халқ сўзи
https://xs.uz/uzkr/post/namdu-professori-islohotlar-bilimdoni
👍 17👏 5❤ 4⚡ 3🔥 2🕊 2🎉 1🙏 1👌 1
НамДУ профессори – “Ислоҳотлар билимдони” - Халқ сўзи
https://xs.uz/uzkr/post/namdu-professori-islohotlar-bilimdoni
❌ “Yurisprudensiya” yo‘nalishlariga o‘qishga qabul qilishda ayrim imtiyozlar bekor qilindi
#abituriyent
Prezident farmoniga muvofiq, 2026-yil 1-martdan boshlab ushbu yo‘nalishga o‘qishga qabul qilishda quyidagilarga tatbiq etiladiganlardan tashqari barcha imtiyozlar bekor qilinadi:
✅ Qurolli kuchlar harbiylari;
✅ Ichki ishlar organlarining xodimlari;
✅ Fan olimpiadalari g‘oliblari;
✅ Ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar.
Demak, endilikda “Yurisprudensiya” yo‘nalishiga aloqador bo‘lmagan OTMlarga kirishda tatbiq etiladigan imtiyozlarga ega abituriyentlar (masalan, “Zulfiya”, “Mard o‘g‘lon” mukofotlari sovrindorlari) yuridik yo‘nalishda o‘qish uchun imtiyoz ololmaydi.
👉 @xushnudbek 👈
👍 8❤ 4👏 2
Namangan davlat universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti 602203000-Tarix (sirtqi) yo‘nalish 5-kurs talabalari uchun 1-yarim yillik dars jadvali
🗓 O‘quv jarayoni 1-dekabr kuni boshlanadi. Darslar 2-smenada tashkil etiladi.
📍O‘quv jarayoni Namangan shahri, Davlatobod tumani, Tadbirkor MFY, Yangi shahar ko‘chasi, 30-uy manzilida joylashgan universitet binosida olib boriladi.
@namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
Сиртки 5-курс 9-семестр 2025-2026.pdf5.25 KB
❤ 4👍 2
Namangan davlat universiteti Tabiiy fanlar fakulteti 60530400-Geografiya (sirtqi) yo‘nalish 5-kurs talabalari uchun 1-yarim yillik dars jadvali
O‘quv jarayoni 1-dekabr kuni boshlanadi. Darslar 1-smenada tashkil etiladi.
O‘quv jarayoni Namangan shahri, Davlatobod tumani, Tadbirkor MFY, Yangi shahar ko‘chasi, 30-uy manzilida joylashgan universitet binosida olib boriladi.
@namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
Geografiya 5 kurs sirtqi talim dars jadvali.pdf0.55 KB
❤ 5👍 3
照片不可用在 Telegram 中显示
#Kun_tarixi
Bugun 28-noyabr haftaning juma kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.
#bayramlar
🌏 Butunjahon mehr-muruvvat kuni.
🌏 Professional buxgalterlar kuni.
🇺🇦 Ukraina – Moliyaviy monitoring tizimi xodimlari kuni.
🇹🇱 Sharqiy Timor - Mustaqillik kuni (1975).
🇲🇷 Mavritaniya - Mustaqillik kuni (1960).
🇮🇷 Eron - Dengiz kuchlari kuni.
#muhim_voqealar
🔹1520 – Ferdinand Magellan ilk bor Magellan bo‘g‘ozidan o‘tdi.
🔹1812 – Bug‘ kuchi bilan ishlaydigan bosma mashinada “Times” gazetasi ilk bor chop etildi.
🔹1950 – “Plan Kolombo” xalqaro tashkiloti tashkil etildi.
🔹1992 – O‘zbekiston Pokiston, Eron va Turkiya bilan tuzilgan iqtisodiy hamkorlik tashkilotlariga a’zo bo‘ldi.
#tavalludlar
🔹1821 – Nikolay Nekrasov – rus shoiri.
🔹1857 – Alfonso XII - Ispaniya qiroli.
🔹1880 – Aleksandr Blok – “Kumush asr” davri rus shoiri.
🔹1881 – Sveyg Stefan – avstriyalik yozuvchi.
🔹1915 – Konstantin Simonov – sovet shoiri, nasr yozuvchisi va dramaturg, jamoat arbobi.
🔹1916 – Ramon Xose Velaskes - Venesuela prezidenti.
🔹1932 – Malika Abdullaxoʻjayeva (2018 - patolog-anatom, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1980).
🔹1967 – Anna Nikol Smit – amerikalik supermodel, aktrisa va teleboshlovchi.
Namangan davlat universiteti Axborot xizmati
Bizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:Veb-sayt| Facebook | Instagram | YouTube
❤ 5👍 2
Repost from Yoshlar.edu.uz
照片不可用在 Telegram 中显示
🟥🟥🟥🟩🟩🟩
🇺🇿“Huquq bilimdonlari” respublika bilimlar bellashuvi eʼlon qilindi!
🏛 8-dekabr – “Konstitutsiya kuni” hamda 9-dekabr “Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni” kuni munosabati bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi “Huquq bilimdonlari” respublika bilimlar bellashuvini eʼlon qiladi.
🟥Tanlovda barcha (davlat, xususiy va xorijiy) oliy ta’lim tashkilotlari (bakalavr va magistr) talabalari @talabatanlovbot orqali ro‘yxatdan o‘tib, ishtirok etishi mumkin.✅Tanlov g‘oliblari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan diplom va quyidagi miqdorda pul mukofotlari bilan taqdirlanadi. 🔵1-o‘rin – 6 million so‘m; 🔵2-o‘rin – 5 million so‘m; 🔵3-o‘rin – 4 million so‘m; ➡️Tanlov nizomi bilan tanishish Aziz talaba-yoshlar, tanlovda faol ishtirok eting, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bilimlaringizni sinovdan o‘tkazing va g‘oliblar qatoridan joy egallang.
👍 3❤ 1
👉 Tanlovda ishtirok etish 👈
06:49
视频不可用在 Telegram 中显示
Xalqdan kuch olgan yurt fidokori
✅ Namangan davlat universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti professori Dexkanov Narimon Burxonjonovich o’zining tashabbuskorligi va ilmiy faoliyati bilan barcha yoshlarga namuna bo’lib kelmoqda.
🔵 Eng quvonarlisi Narimon Burxonjonovich “Islohotlar bilimdoni-2025” Respublika ko’rik tanlovining “Eng faol milliy g‘oya va ma’naviyat targ‘ibotchisi” nominatsiyasida faxrli 1-o’rinni egallashi, chinakam ma’noda tinimsiz mehnatlarining ma’sulidir.
🔺
Batafsil yuqoridagi videorolikda tomosha qilishingiz mumkin
🔘
Fakultetdagi eng so‘ngi yangiliklarni kuzatib boring!
🌐 Ijtimoiy fanlar fakukteti axborot xizmati
XALQDAN KUCH OLGAN YURT FIDOKORI_encoded.mp425.94 MB
照片不可用在 Telegram 中显示
⚡️Endilikda Magistirlik dissertatsiyasining himoyasi natijalari ustidan shikoyat qilish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.
2026 aprel oyigacha qonunchilikka o‘zgartirish kiritiladi.
Ana endi norozi bo'lsangiz shikoyat orqali o'zgartirsangiz bo'ladi.
@namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
❤ 3👍 2🔥 2👏 1🎉 1
Repost from Yoshlar.edu.uz
🗣“Islohotlar bilimdoni” Respublika ko‘rik-tanlovining final bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.
🏛 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazida “Islohotlar bilimdoni” respublika ko‘rik-tanlovining final bosqichi boshlandi.
Final bosqichini ochib berish uchun Markaz direktori Abdumalik Akramov so‘zga chiqib, bugungi kunda ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy sohalardagi strategik islohotlarning yurtimiz hayotidagi ahamiyati, ularni amalga oshirishda ta’lim sohasi vakillarining o‘rni muhim ekanligini ta’kidlab, tanlov ishtirokchilariga omad tiladi.
Shundan so‘ng, final bosqichining 2-sharti bo‘yicha ishtirokchilarning ma’naviy, mafkuraviy, siyosiy, huquqiy targ‘ibot sohasidagi faoliyati hamda amalga oshirgan ishlari taqdimotlari boshlandi. Taqdimot qilish navbati qur’a tashlash orqali aniqlandi. Ayni vaqtda “Eng faol milliy g‘oya va ma’naviyat targ‘ibotchisi” nominatsiyasi bo‘yicha nomzodlarning taqdimotlari hamda sohaga oid bilim va ko‘nikmalari baholanmoqda.
🗣Eslatib o‘tamiz, tanlovning yakuniy bosqichida g‘olib deb topilgan ishtirokchilar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
🥇1-o‘rin: BHMning 45 barobari miqdorida; 🥈2-o‘rin: BHMning 40 barobari miqdorida; 🥉3-o‘rin: BHMning 35 barobari miqdorida pul mukofoti.
Bizni kuzating:📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
IMG_3518.MOV22.94 MB
👍 10❤ 5🔥 2
