"El-yurt umidi" Foundation
前往频道在 Telegram
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Istiqbolli kadrlarni tayyorlash bo‘yicha "El-yurt umidi" jamg‘armasining rasmiy Telegram kanali Fb: https://www.facebook.com/eyufoundation Inst: https://www.instagram.com/elyurtumidifoundation www.eyuf.uz
显示更多2025 年数字统计

33 587
订阅者
-3424 小时
-527 天
-13630 天
帖子存档
01:28
视频不可用在 Telegram 中显示
#OAV_biz_haqimizda
Salohiyat | “El-yurt umidi” jamgʻarmasi qaysi xarajatlarni qoplab beradi?
Ushbu son mehmoni — “El-yurt umidi” jamgʻarmasi ijrochi direktori Gulnoza Ismailova.
Suhbat davomida O‘zbekiston yoshlarining xalqaro ta’limdagi ishtiroki, jamgʻarmaning qamrab oluvchi imkoniyatlari va qoplab beriladigan xarajatlar haqida so‘z bordi. Shuningdek, Gulnoza Ismailova ayol rahbar sifatida duch kelgan sinovlari, yoshlar siyosati va ta’lim sohasidagi yangi yo‘nalishlar, hamda jamg‘arma stipendiatlarining kelajakdagi o‘rni borasida o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashdi.
Ushbu 📎 suhbat xalqaro ta’lim imkoniyatlari, kadrlar tayyorlash siyosati va “El-yurt umidi” jamg‘armasi faoliyatiga oid muhim jihatlarni chuqurroq anglashga xizmat qiladi.
🔗 Website: Eyuf.uz
Telegram | Facebook | Instagram| YouTube
суҳбат.MP430.63 MB
❤ 9🔥 9⚡ 2👍 2🤩 1👌 1
#MenUchunQadrli
🌍 🇺🇿 Xorijdagi har bir “El-yurt umidi” stipendiati yuragida Oʻzbekiston bayrogʻini olib yuradi. Bu shunchaki ramz emas — bu kuch-gʻayrat, ruhlanish va birlik manbaidir.
#MenUchunQadrli fleshmobiga qoʻshiling — Oʻzbekiston Davlat bayrogʻi sayyoramiz boʻylab sayohatini davom ettirsin! 🌍🇺🇿
🔗 Website: Eyuf.uz
Telegram | Facebook | Instagram| YouTube
❤ 13👍 5🤩 2⚡ 1🔥 1👏 1🎉 1
#Xalqaro_hamkorlik
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi Turkiya bilan ilmiy-akademik hamkorlikni kuchaytirmoqda
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi ijrochi direktori Gulnoza Ismailova Turkiyaga amalga oshirgan xizmat safari doirasida Turkiya Oliy taʼlim kengashi raisi Erol Ozvar bilan muzokaralar olib bordi.
Oʻzbekiston va Turkiya Prezidentlari tashabbusi bilan soʻnggi yillarda ikki davlat munosabatlari sezilarli darajada mustahkamlanib, oʻzaro ishonch ruhida strategik sheriklik va koʻp qirrali hamkorlik darajasiga koʻtarilganligi qayd etildi. Ushbu uchrashuv ikki mamlakat rahbarlari oʻrtasidagi muloqotning mantiqiy davomi hisoblanadi.
Tomonlar oliy taʼlim sohasidagi hamkorlik istiqbollarini, jumladan, kadrlar tayyorlash boʻyicha yangi dasturlar va qoʻshma ilmiy-akademik tashabbuslarni yoʻlga qoʻyish masalalarini muhokama qildilar. Akademik almashinuvni kengaytirish, qoʻshma ilmiy-tadqiqot dasturlarini yoʻlga qoʻyish va kadrlar salohiyatini oshirish orqali ikki mamlakat oʻrtasida barqaror, uzoq muddatli va strategik ahamiyatga ega hamkorlikni shakllantirish uchun qulay sharoit yaratilmoqda. Taʼkidlanishicha, Oʻzbekistonlik talabalarning aksariyati Turkiyada bakalavriat dasturlari boʻyicha tahsil olmoqda. Shu bois magistratura va doktorantura dasturlari boʻyicha taʼlimni kengaytirish uchun hamkorlikni faollashtirish taklif etildi. Xususan, turkiy xalqlar tarixi, tili va adabiyoti forumlariga oʻzbekistonlik professor va tadqiqotchilarni keng jalb etish, akademik mobillik va professor almashinuvi dasturlarini yoʻlga qoʻyish, xalqaro tadqiqotchilarning Oʻzbekiston va Turkiya ilmiy markazlarida ishlashi uchun sharoitlar yaratish boʻyicha tashabbuslar qoʻllab-quvvatlandi. Bundan tashqari, 400 nafar tadqiqotchiga Turkiyaning ilmiy markazlari va laboratoriyalaridan foydalanish imkoniyatini berish va loyihani birgalikda moliyalashtirish, Oʻzbekistonning “AI and Data Science School” dasturiga (sunʼiy intellekt va maʼlumotlarni tahlil qilish boʻyicha ingliz tilida oltita moduldan iborat 14 haftalik kurs) qoʻshilishi kabi tashabbuslar koʻrib chiqildi. Transplantatsiya tibbiyoti va yuqori texnologiyali hamda chuqur tadqiqotlar talab qilinadigan sanoat tarmoqlari uchun oʻzbekistonlik mutaxassislarga moʻljallangan maxsus stajirovka va ilmiy tadqiqot dasturlarini ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, Toshkentda Oʻzbekiston va Turkiya rektorlari forumini oʻtkazish taklif etildi. Uchrashuv yakunida tomonlar bildirilgan loyiha va tashabbuslarni batafsil ishlab chiqish, shuningdek, ikki tomonlama memorandum va bitimlarni tayyorlash boʻyicha qoʻshma komissiya tuzishga kelishib oldilar.🔗 Website: Eyuf.uz Telegram | Facebook | Instagram| YouTube
❤ 10🔥 10🎉 3⚡ 1
#MenUchunQadrli
🌍 🇺🇿 “Mening bayrogʻim. Mening faxrim. Mening yurtim. U bizni oʻz ustumizda ishlashga, ta'lim olishga, ijod va orzu qilishga undaydi“...“El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiatlari dunyoning turli burchaklarida Oʻzbekiston bayrogʻini gʻurur bilan koʻtarmoqda. #MenUchunQadrli chellenjiga siz ham qoʻshiling — bayroq va Vatan bilan faxrlanish tuygʻungizni aks ettiruvchi suratlarni ulashing! 🌍🇺🇿 🔗 Website: Eyuf.uz Telegram | Facebook | Instagram| YouTube
❤ 12🔥 4🥰 2🤩 1
#Stipendiatlar_hayotidan
“El-yurt umidi” stipendiati Marokashdagi xalqaro treningda ishtirok etdi
Marokash poytaxti Rabotda “Yoshlarga doir qonunchiligi: koʻplab yondashuvlar” mavzusidagi xalqaro treningda Oʻzbekiston delegatsiyasi ham ishtirok etdi. Maqsad — volontyorlik sohasida tajriba almashish, yoshlarning ijtimoiy tashabbuslardagi ishtirokini kengaytirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish va yosh mutaxassislar oʻrtasidagi xalqaro aloqalarni mustahkamlashdir.
Tadbir Islom hamkorlik tashkilotiga aʼzo mamlakatlardan 100 nafar yosh yetakchini bir maydon atrofida jamladi. Ular orasida “El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiati, London iqtisodiyot va siyosiy fanlar maktabi (LSE) magistranti Ahror Saidov ham bor edi. U oʻz chiqishlarida Oʻzbekistonda olib borilayotgan yoshlar siyosati, islohotlar va yosh mutaxassislarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning asosiy yoʻnalishlari, yangi avlod yetakchilarini shakllantirilishi haqida soʻzlab berdi. Ahror Saidov Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida amalga oshirilayotgan tashabbuslar yoshlarning taʼlim va sanʼatdan tortib iqtisodiyot va sanoatning asosiy tarmoqlarigacha boʻlgan sohalarda oʻz salohiyatini toʻliq namoyon etishi, ularning mamlakatdagi oʻzgarishlar jarayonlarining faol ishtirokchisiga aylanishi uchun sharoit va imkoniyatlar yaratishga qaratilganini taʼkidladi. Stipendiatlarning bunday xalqaro forumlarda ishtiroki Oʻzbekistonning yosh avlodi jamiyat kelajagi va taraqqiyoti haqidagi global muloqotga faol kirishganini koʻrsatmoqda.🔗 Website: Eyuf.uz Telegram | Facebook | Instagram| YouTube
❤ 13👍 8🔥 3🎉 1💯 1
#MenUchunQadrli
🌍 🇺🇿Har birimiz uchun Oʻzbekiston Davlat bayrogʻi buyuk yoʻlning bir qismi ekanligimizni eslatib turadi. U kuch-qudrat va ilhom ramzidir.
“El-yurt umidi” stipendiatlari uni dunyoning turli shaharlarida — Sidneydan Nyu-Yorkkacha koʻtarib, “Oʻzbekiston doimo biz bilan“, deya taʼkidlashmoqda.
#MenUchunQadrli fleshmobiga qoʻshiling — Oʻzbekiston Davlat bayrogʻi sayyoramiz boʻylab sayohatini davom ettirsin! 🌍🇺🇿
🔗 Website: Eyuf.uz
Telegram | Facebook | Instagram| YouTube
❤ 18🔥 8🥰 1
#MenUchunQadrli
🌍 🇺🇿Har birimiz uchun Oʻzbekiston Davlat bayrogʻi buyuk yoʻlning bir qismi ekanligimizni eslatib turadi. U kuch-qudrat va ilhom ramzidir.
“El-yurt umidi” stipendiatlari uni dunyoning turli shaharlarida — Sidneydan Nyu-Yorkkacha koʻtarib, “Oʻzbekiston doimo biz bilan“, deya taʼkidlashmoqda.
#MenUchunQadrli fleshmobiga qoʻshiling — Oʻzbekiston Davlat bayrogʻi sayyoramiz boʻylab sayohatini davom ettirsin! 🌍🇺🇿
🔗 Website: Eyuf.uz
Telegram | Facebook | Instagram| YouTube
❤ 22🔥 10🎉 8👍 2
#MenUchunQadrli
🌍 🇺🇿 Qayerda boʻlmang — Rimda, Londonda, Parijda yoki Nyu-Yorkda — Oʻzbekiston bayrogʻi har doim ildizlaringiz qayerdan ekanligini eslatib turadi. U qaytishga, yaratishga, xizmat qilishga ruhlantiradi.
#MenUchunQadrli fleshmobga qoʻshiling — Vatanga muhabbat masofani bilmasligini koʻrsating. 🌍🇺🇿
🔗 Website: Eyuf.uz
Telegram | Facebook | Instagram| YouTube
❤ 37👍 12🥰 5💯 4🔥 1
00:43
视频不可用在 Telegram 中显示
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi vazirliklar bilan navbatdagi uchrashuvlarni o‘tkazdi
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi mamlakatimiz vazirlik va idoralari rahbariyati bilan iqtidorli kadrlarni tayyorlash, ularning stajirovkasini tashkil etish va ishga joylashtirish sohasida hamkorlikning yangi shakllarini rivojlantirishga qaratilgan bir qator tizimli uchrashuvlar oʻtkazmoqda. Ilk uchrashuvlar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirliklari rahbariyati bilan boʻlib oʻtdi. Asosiy maqsad xorijiy oliy oʻquv yurtlari bitiruvchilari va jamgʻarma stipendiantlarini davlat boshqaruvi va iqtisodiyotning turli sohalariga amaliy jihatdan integratsiya qilishning barqaror tizimini yaratish, shuningdek, milliy rivojlanish ustuvorliklarini hisobga olgan holda mutaxassislarni maqsadli tayyorlash mexanizmlarini yoʻlga qoʻyishdan iborat.🔗 Website: Eyuf.uz Telegram | Facebook | Instagram| YouTube
IMG_9978.MOV15.41 MB
❤ 14👍 6🔥 4⚡ 1👏 1
#MenUchunQadrli
🌍 🇺🇿 Davlatimiz bayrogʻi mustaqillik haqida, urf-odatlarimiz va biz qurayotgan kelajak haqida hikoya qiladi.
Bugun Oʻzbekiston bayrogʻi stipendiatlarimiz tahsil olayotgan universitetlarda hilpirayapti — bu bilimning chegarasi yoʻqligining timsolidir.
Oʻz hikoyangizni ulashing! Bayroq bilan suratni joylashtiring va #MenUchunQadrli heshtegini qoʻshing.
Oʻzbekiston Davlat bayrogʻi sayyoramiz boʻylab sayohatini davom ettirsin! 🌍🇺🇿
🔗 Website: Eyuf.uz
Telegram | Facebook | Instagram| YouTube
❤ 16🤩 5👍 3🔥 3
00:55
视频不可用在 Telegram 中显示
Ozarbayjon, Tojikiston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston Prezidentlari O‘zbekiston Prezidenti bilan birgalikda Toshkent shahridagi Islom sivilizatsiyasi markazi bilan tanishdilar.
—
Президенты Азербайджана, Казахстана, Кыргызстана, Таджикистана вместе с Президентом Узбекистана посетили Центр исламской цивилизации в городе Ташкенте.
🔗 Website: Eyuf.uz
Telegram | Facebook | Instagram| YouTube
IMG_9980.MP420.21 MB
🔥 17❤ 11🤩 6⚡ 2🎉 2
照片不可用在 Telegram 中显示
#Bilasizmi
Xabar berganimizdek, “El-yurt umidi” jamgʻarmasi 2025-yil 2-ochiq stipеndiya tanlovini eʼlon qildi.
Hujjatlar maxsus 📎 onlayn platforma orqali 2025-yil 26-noyabrga qadar (shu kunning oʻzida ham 23:59 ga qadar) qabul qilinadi.
❓“El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiyalari qanday xarajatlarni qoplaydi?
Bu haqida batafsil 👉 infografikada.
Murojaatlar uchun: @eyufadmissionbot
🔗 Website: Eyuf.uz
Telegram | Facebook | Instagram| YouTube
❤ 22🔥 9👍 6
Xabar berganimizdek, “El-yurt umidi” jamgʻarmasi vazirlik va idoralar bilan hamkorlik uchrashuvlari o‘tkazmoqda. Navbatdagi uchrashuv Adliya vazirligida boʻlib oʻtdi.
Asosiy maqsad xorijiy oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari va jamgʻarma stipendiantlarini davlat boshqaruvi va iqtisodiyotning turli sohalariga amaliy jihatdan integratsiya qilishning barqaror tizimini yaratish, shuningdek, milliy rivojlanish ustuvorliklarini hisobga olgan holda mutaxassislarni maqsadli tayyorlash mexanizmlarini yoʻlga qoʻyishdan iborat.Muloqot davomida kadrlarni professional tayyorlash, akademik aloqalarni kengaytirish, sohalardagi dolzarb vazifalarni hal etishga xalqaro tajribaga ega yosh mutaxassislarni jalb etish boʻyicha istiqbolli loyihalar muhokama qilindi.
Xususan, “El-yurt umidi” jamgʻarmasi tomonidan yagona axborot portali, unda
“Vazirlik va idoralar”
maxsus boʻlimini yaratish ustida ish olib borilishi taʼkidlandi. Bundan tashqari, jamgʻarma tomonidan xorijda boʻlib, xalqaro tashabbuslarni ilgari suradigan, Oʻzbekistonning dunyoning yetakchi universitetlari va tahliliy markazlari bilan akademik va ilmiy aloqalarini mustahkamlaydigan vazirlik va idoralar huzuridagi elchilar sifatida stipendiantlar ishtirokini kengaytirish —
“Vazirlik ambassadori” tizimini
taklif qildi.Maʼlumot uchun: Adliya vazirligi tizimida 30 nafarga yaqin “El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiatlari faoliyat yuritmoqda. 🔗 Website: Eyuf.uz Telegram | Facebook | Instagram| YouTube
🔥 12❤ 10🤩 5
#MenUchunQadrli
🌍 🇺🇿 Xorijdagi har bir “El-yurt umidi” stipendiati yuragida Oʻzbekiston bayrogʻini olib yuradi. Bu shunchaki ramz emas — bu kuch-gʻayrat, ruhlanish va birlik manbaidir.
#MenUchunQadrli fleshmobiga qoʻshiling — Oʻzbekiston Davlat bayrogʻi sayyoramiz boʻylab sayohatini davom ettirsin! 🌍🇺🇿
🔗 Website: Eyuf.uz
Telegram | Facebook | Instagram| YouTube
❤ 25🔥 15👌 4😍 3
照片不可用在 Telegram 中显示
#Bilasizmi
Xabar berganimizdek, “El-yurt umidi” jamgʻarmasi 2025-yil 2-ochiq stipеndiya tanlovini eʼlon qildi.
❓Ochiq stipendiya tanlovida ishtirok etish uchun bakalavriat taʼlim dasturlari boʻyicha nomzodlar qanday hujjatlar topshiradi?
Barcha taʼlim dasturlari boʻyicha ochiq stipendiya tanlovlari uchun nomzodlar Jamgʻarmaga quyidagi hujjatlarni taqdim qiladilar:
➖taʼlim dasturi, shu jumladan oʻqiydigan mutaxassisligi, tanlangan mamlakat, taʼlim, ilmiy yoki boshqa muassasa koʻrsatilgan holda belgilangan shaklda Jamgʻarma ijrochi direktori nomiga ariza;
➖pasport (ID-karta) nusxasi;
➖xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi xalqaro sertifikat.
❗️Bunda: International English Language Testing System (IELTS) Academic xalqaro sertifikati boʻyicha bakalavriat bosqichi uchun kamida 6 ball (yoki shunga teng darajada boshqa xalqaro imtihon tizimlari boʻyicha tillarni bilish darajasi sertifikati) boʻlishi talab etiladi. Xorijiy taʼlim, ilmiy yoki boshqa muassasaga shartsiz qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi taklifnoma-xatni (Letter of acceptance/Letter of admission) taqdim etgan nomzodlar xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi xalqaro sertifikatni taqdim etishi talab qilinmaydi.➖ xorijiy taʼlim, ilmiy yoki boshqa muassasaga oʻqishga qabul qilinganligi yoki shartli qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi amalda kuchga ega boʻlgan, taʼlim yoʻnalishi yoki mutaxassisligi aniq koʻrsatilgan taklifnoma-xat.
❗️Bunda nomzod oʻqishga qabul qilingan xorijiy taʼlim, ilmiy yoki boshqa muassasasi tegishli kvotalarga belgilangan talabdan kelib chiqqan holda tanlov oʻtkaziladigan kalendar yil (undan oldingi yoki keyingi yil) uchun amalda boʻlgan THE (The Times Higher Education World University Rankings) yoki QS (Quacquarelli Symonds World University Rankings) akademik reytingining global reytingida eng ilgʻor taʼlim va ilmiy muassasalar roʻyxatidan (Top-300) joy olgan boʻlishi lozim.➖ Jamgʻarma tomonidan belgilangan shaklda nomzodning shaxsiy, akademik va kasbiy muvaffaqiyatlari aks ettirilgan maʼlumotnoma; ➖ grant asosida oʻqishga qabul qilinganligini tasdiqlovchi hujjat (xalqaro reytinglardagi top-100 talik va top-300 talik taʼlim muassasasiga grant asosida oʻqishga qabul qilingan nomzodlar uchun). ➖ qisman grant asosida (oʻqish uchun toʻlov kamida 50 foizi qoplanadigan) oʻqishga qabul qilinganligini tasdiqlovchi hujjat (QS reyting tashkiloti global reytingining top-20 talik taʼlim muassasasiga oʻqishga qabul qilingan Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablari bitiruvchilari uchun).
✔️ Bakalavriat taʼlim dasturlari boʻyicha nomzodlar hujjatlarga qoʻshimcha quyidagilarni taqdim qiladi: ▫️umumiy oʻrta yoki oʻrta maxsus taʼlim tashkilotini tugatganlik toʻgʻrisida belgilangan shakldagi diplom yoki shahodatnoma (attestat); ▫️xorijda taʼlim olishdan koʻzlangan maqsad va taʼlim olish tugagach olingan bilimlarini Oʻzbekistonda qoʻllash imkoniyatlari haqida yozma ish (motivatsion esse). Asos: https://lex.uz/ru/docs/-7520218#-7524372⚠️ Hujjatlar maxsus ➡️onlayn platforma orqali 2025-yil 26-noyabrga qadar (shu kunning oʻzida ham 23:59 ga qadar) qabul qilinadi. 🔗 Website: Eyuf.uz Telegram | Facebook | Instagram| YouTube
❤ 20👍 5🔥 3👏 2
01:37
视频不可用在 Telegram 中显示
Xabar berganimizdek, “El-yurt umidi” jamgʻarmasi 2025-yil 2-ochiq stipеndiya tanlovini eʼlon qildi.
Hujjatlar maxsus 📎 onlayn platforma orqali 2025-yil 26-noyabrga qadar (shu kunning oʻzida ham 23:59 ga qadar) qabul qilinadi.
Videolavhada 11-sentabr kuni Toshkentda boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “El-yurt umidi” stipendiyasi sovrindorlarining taqdirlashga bagʻishlangan xalqaro forum tafsilotlari bilan tanishingiz mumkin.
Ushbu tadbir “El-yurt umidi” stipendiatlari, ularning ota-onalari, davlat tuzilmalari, diplomatik vakolatxonalar, hamkor tashkilotlar vakillari hamda yoshlarni birlashtirdi.
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi oilasining aʼzosiga aylanish imkoniyatini boy bermang, 2-ochiq stipendiya tanlovida ishtirok eting! ✨
Murojaatlar uchun: @eyufadmissionbot
🔗 Website: Eyuf.uz
Telegram | Facebook | Instagram| YouTube
IMG_9002.MP434.32 MB
🔥 15❤ 6🤩 3🥰 2
#MenUchunQadrli
🌍 🇺🇿 Davlatimiz bayrogʻi mustaqillik haqida, urf-odatlarimiz va biz qurayotgan kelajak haqida hikoya qiladi.
Bugun Oʻzbekiston bayrogʻi stipendiatlarimiz tahsil olayotgan universitetlarda hilpirayapti — bu bilimning chegarasi yoʻqligining timsolidir.
Oʻz hikoyangizni ulashing! Bayroq bilan suratni joylashtiring va #MenUchunQadrli heshtegini qoʻshing.
Oʻzbekiston Davlat bayrogʻi sayyoramiz boʻylab sayohatini davom ettirsin! 🌍🇺🇿
🔗 Website: Eyuf.uz
Telegram | Facebook | Instagram| YouTube
❤ 24🤩 7🔥 5👍 2
00:46
视频不可用在 Telegram 中显示
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi vazirliklar bilan hamkorlik uchrashuvlari o‘tkazmoqda
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi mamlakatimiz vazirlik va idoralari rahbariyati bilan iqtidorli kadrlarni tayyorlash, ularning stajirovkasini tashkil etish va ishga joylashtirish sohasida hamkorlikning yangi shakllarini rivojlantirishga qaratilgan bir qator tizimli uchrashuvlar oʻtkazmoqda. Ilk uchrashuvlar Raqamli texnologiyalar vazirligi va Iqtisodiyot va moliya vazirligi rahbariyati bilan boʻlib oʻtdi. Asosiy maqsad xorijiy oliy oʻquv yurtlari bitiruvchilari va jamgʻarma stipendiantlarini davlat boshqaruvi va iqtisodiyotning turli sohalariga amaliy jihatdan integratsiya qilishning barqaror tizimini yaratish, shuningdek, milliy rivojlanish ustuvorliklarini hisobga olgan holda mutaxassislarni maqsadli tayyorlash mexanizmlarini yoʻlga qoʻyishdan iborat.🖥 Batafsil 🔗 Website: Eyuf.uz Telegram | Facebook | Instagram| YouTube
IMG_9822.MOV16.57 MB
❤ 18👍 12🔥 6👏 3⚡ 2😍 1
照片不可用在 Telegram 中显示
#Bilasizmi
Xabar berganimizdek, “El-yurt umidi” jamgʻarmasi 2025-yil 2-ochiq stipеndiya tanlovini eʼlon qildi.
❓Stipendiyalar qaysi taʻlim dasturlari boʻyicha taʼlim olish uchun ajratiladi?
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiyalari yetakchi xorijiy taʼlim, ilmiy va boshqa muassasalarda quyidagi taʼlim dasturlari boʻyicha taʼlim olish uchun ajratiladi:
➖bakalavriatda — 3-4 yilga qadar;
➖magistratura (ordinatura) — 1-2 yilga qadar;
➖doktorantura (aspirantura) — 3-4 yilga qadar.
❗️Boshqaruv kengashi qarori bilan: ayrim rivojlangan davlatlar taʼlim muassasalarida bir yilgacha bakalavriatga tayyorlov kurslari (Foundation year/course) xarajatlari tayyorlov kursi va bakalavriatda oʻqishning umumiy muddati 4 yildan oshmasligi sharti bilan Jamgʻarma tomonidan moliyalashtirilishi mumkin.
Asos: https://lex.uz/ru/docs/-7520218#-7524372
Murojaatlar uchun: @eyufadmissionbot
🔗 Website: Eyuf.uz
Telegram | Facebook | Instagram| YouTube
👍 23❤ 13🔥 8💯 3⚡ 2
