en
Feedback
Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Open in Telegram

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @GazetauzMuloqotBot +998 78-333-10-15 Reklama: @Afisha_Media_Regina +998 99-444-35-39 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kirill alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb

Show more
2025 year in numberssnowflakes fon
card fon
18 612
Subscribers
-924 hours
-117 days
-45330 days
Posts Archive
Photo unavailableShow in Telegram
OTBning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Kanokpan Lao-Araya zo‘ravonlikdan jabrlangan ayollarga mo‘ljallangan Samarqanddagi “Rahmdillik” shelterini qo‘llab-quvvatladi. Human House galereyasida uning shaxsiy akvarel ko‘rgazmasi o‘tdi, sotuvdan tushgan pul NNTga yo‘naltirildi. Batafsil — Gazeta materialida. https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/23/moments/ Telegram | Instagram | YouTube
Show all...
4
Photo unavailableShow in Telegram
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionatiga tayyorgarlik doirasida mezbon Kanadaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazadi. O‘yin 1-iyun kuni Edmonton shahrida o‘tishi kutilmoqda. https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/23/canada/ Telegram | Instagram | YouTube
Show all...
5
Photo unavailableShow in Telegram
Rossiyaning Saxa Respublikasida oilaviy tarbiyaga ko‘maklashish markazida yashayotgan o‘zbekistonlik bir yoshli qiz vatanga qaytarildi. Uning onasi giyohvandlikka oid jinoyat uchun 9 yilga qamalib, farzandini hibsxonada dunyoga keltirgan. Bolani olib kelishda uning buvisi Bosh konsulxonadan yordam so‘ragan. https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/23/girl/ Telegram | Instagram | YouTube
Show all...
👍 10 1
Photo unavailableShow in Telegram
InfinBANK hududlarida o‘z faoliyatini izchil kengaytirishda davom etmoqda. Termizda yangi Bank xizmatlari markazi ish boshladi. Bu bank tomonidan aholi va tadbirkorlar uchun moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatini oshirish strategiyasini amalga oshirishdagi navbatdagi qadam bo‘ldi (reklama). https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/23/infinbank/
Show all...
👍 1🤔 1
Photo unavailableShow in Telegram
Budjet tashkilotlari bilan tuzilgan shartnomalar faqat g‘aznachilikda ro‘yxatdan o‘tkazilgandan so‘ng kuchga kiradi. Bu moliyalashtirilmagan shartnomalar bo‘yicha minglab sud ishlariga sabab bo‘lgan “korrupsion lazeyka”ni bartaraf etadi. O‘zgartirishlar ham budjetni, ham tadbirkorlarni “qarzga ishlash”dan himoyalaydi. https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/23/treasury/ Telegram | Instagram | YouTube
Show all...
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
O‘zbekistonda soliq ma’murchiligi va biznes uchun imtiyozlar tizimiga o‘zgartirishlar tayyorlanmoqda. Parlament qabul qilgan qonun soliq hisobotlari bo‘yicha jarimalarni kamaytirish, tekshiruvlarni soddalashtirish hamda ayrim tarmoqlar uchun soliq imtiyozlarini kengaytirishni nazarda tutadi. https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/23/taxes/ Telegram | Instagram | YouTube
Show all...
👍 5 2
Photo unavailableShow in Telegram
Vladimir Putin Rossiyadagi maktabda pichoqlanib halok bo‘lgan 10 yoshli Qobiljon Aliyevning vafoti munosabati bilan Emomali Rahmonga va bolaning oilasiga hamdardlik bildirdi. “Bolalarga nisbatan teraktlar jirkanch jinoyatdir… Aybdorlar jazoga tortiladi”, — degan Putin jinoyatdan shokka tushganini aytdi. https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/23/putin/ Telegram | Instagram | YouTube
Show all...
👎 12😢 9🤔 2
Photo unavailableShow in Telegram
Avtomobillarga ekostiker tizimi bo‘yicha jarimalar 2026-yildan qo‘llanmaydi, deya ma’lum qildi Ekologiya qo‘mitasi. Kelasi yil faqat tizimni yo‘lga qo‘yish va haydovchilarni xabardor qilish davri hisoblanadi. Transportni texnik sozlash orqali stiker rangini “yashil”ga o‘zgartirish imkoniyati yaratiladi. https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/23/eco-sticker/ Telegram | Instagram | YouTube
Show all...
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
Airbus A321XLR — jahon aviatashuvchilari endigina o‘zlashtirayotgan yangi uzoq masofali samolyot. Gazeta laynerning xususiyatlari va uni ekspluatatsiya qilish rejalari haqida Qanot Sharq`ning biznesni rivojlantirish bo‘yicha ijrochi direktori Timur Perkov bilan suhbatlashdi. https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/23/a321xlr-qanot-sharq/ Telegram | Instagram | YouTube
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
19-dekabr kuni Tokioda ADM Global kompaniyalar guruhi va Yaponiyaning Sojitz korporatsiyasi o‘rtasida ishbilarmonlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv yakunida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi (reklama). https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/23/adm-global/
Show all...
👍 4
Photo unavailableShow in Telegram
Deputat Umida Rahmonova budjet xarajatlarining oshishi va defitsit hamda inflyatsiyaning o‘sishi risklarida xavotir bildirdi. Budjet qo‘mitasi rahbari xarajatlarning keskin kamayishi “jiddiy ijtimoiy oqibatlarga” olib kelishini va hozirgi defitsit iqtisodiy o‘sish bilan qoplanishini aytdi. https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/23/budget-deficit/ Telegram | Instagram | YouTube
Show all...
🤔 4 1👎 1
Photo unavailableShow in Telegram
Noyabr oyida avtotransportlarning barcha toifalari bo‘yicha jami savdolar hajmi 101,1 ming donani tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 6 foizga yuqori. Barcha yengil mashinalar savdosi o‘sish sur’ati bo‘yicha Toshkent shahri va Qoraqalpog‘iston yetakchilik qildi. https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/23/cerr/ Telegram | Instagram | YouTube
Show all...
2
Photo unavailableShow in Telegram
Yog‘ingarchiliklardan so‘ng harorat ko‘tarilishi fonida hafta oxiriga qadar O‘zbekistonning qator hududlarida harorat inversiyasi yana kuchayishi mumkin. Bu ifloslantiruvchi moddalarning tarqalishiga to‘sqinlik qilishi mumkin, deya ogohlantirdi O‘zgidromet. https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/23/inversion/ Telegram | Instagram | YouTube
Show all...
🤔 6
Photo unavailableShow in Telegram
“Opa-singillar”, “Tug‘ilish”, “Amu” va “Bo‘ronlarda bordek halovat” singari asarlar muallifi Asqad Muxtor tavalludiga 23-dekabrda 105 yil to‘ldi. Sana munosabati bilan Gazeta O‘zbekiston xalq yozuvchisining asarlari asosida test tayyorladi. https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/23/asqad-muxtor/ Telegram | Instagram | YouTube
Show all...
👍 5 3
Photo unavailableShow in Telegram
Samarador Toshkentdagi Transport vazirligining boshlang‘ich narxi 110 mlrd so‘mlik binosini 187 mlrd so‘mga sotib oldi. Transport vazirligi bosqichma-bosqich Yangi Toshkentga ko‘chib o‘tadi. https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/22/auksion/ Telegram | Instagram | YouTube
Show all...
👎 3
Photo unavailableShow in Telegram
9 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan o‘zbekistonlik shaxmatchilar Turkiyada bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida 12 ta medalni qo‘lga kiritdi: 5 ta oltin, 2 ta kumush va 5 ta bronza. O‘zbekiston jamoasi turnirda umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi. https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/22/chess/ Telegram | Instagram | YouTube
Show all...
12👍 5
Photo unavailableShow in Telegram
Surxondaryo viloyatida Sherobod sement zavodi va “Sharg‘unko‘mir” bitta lot sifatida auksionga qo‘yildi. Investor sement zavodini ko‘mir yoqilg‘isiga o‘tkazishi va ko‘mir qazib olishni yiliga 1 mln tonnagacha oshirish uchun “Sharg‘unko‘mir”ga kamida $20 mln sarmoya kiritishi shart bo‘ladi. https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/22/open-tenders/ Telegram | Instagram | YouTube
Show all...
🤔 4 2
Photo unavailableShow in Telegram
22-dekabr kuni Shavkat Mirziyoyev Ermitaj muzeyida MDH davlatlari rahbarlari bilan uchrashdi. Norasmiy uchrashuv davomida savdo hamkorligi hamda qo‘shma iqtisodiy va madaniy tashabbuslar muhokama qilindi. Muzokaralardan so‘ng yetakchilar muzey eksponatlarini tomosha qildi. Foto. https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/22/hermitage-museum/ Telegram | Instagram | YouTube
Show all...
👍 49 22👎 1
Photo unavailableShow in Telegram
Oltin narxi yana bir rekordni yangilab, bir unsiya uchun 4400 dollardan oshdi. Bunga geosiyosiy vaziyatning keskinlashuvi va AQSh Federal zaxirasining 2026-yilda stavkalarni pasaytirishi kutilmalari sabab bo‘ldi. Yil boshidan buyon oltin 68 foizdan ko‘proqqa qimmatlashdi. https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/22/gold/ Telegram | Instagram | YouTube
Show all...
6
Photo unavailableShow in Telegram
Yaponiyada Shavkat Mirziyoyev yirik korporatsiyalar rahbarlari bilan uchrashdi. Energetika, aviatsiya va muhim minerallar sohasidagi loyihalar muhokama qilindi. Prezident Toyota Tsusho, Hitachi va Sakai kompaniyalarini avtokomponentlar hamda qurilish texnikasi ishlab chiqarishni mahalliylashtirishga taklif qildi. https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/22/jbic/ Telegram | Instagram | YouTube
Show all...
👍 19 11