Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari
Открыть в Telegram
O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @GazetauzMuloqotBot +998 78-333-10-15 Reklama: @Afisha_Media_Regina +998 99-444-35-39 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kirill alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb
Больше2025 год в цифрах

18 612
Подписчики
-924 часа
-117 дней
-45330 день
Архив постов
Фото недоступноПоказать в Telegram
InfinBANK hududlarida o‘z faoliyatini izchil kengaytirishda davom etmoqda. Termizda yangi Bank xizmatlari markazi ish boshladi. Bu bank tomonidan aholi va tadbirkorlar uchun moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatini oshirish strategiyasini amalga oshirishdagi navbatdagi qadam bo‘ldi (reklama).
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/23/infinbank/
👍 1🤔 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
Budjet tashkilotlari bilan tuzilgan shartnomalar faqat g‘aznachilikda ro‘yxatdan o‘tkazilgandan so‘ng kuchga kiradi. Bu moliyalashtirilmagan shartnomalar bo‘yicha minglab sud ishlariga sabab bo‘lgan “korrupsion lazeyka”ni bartaraf etadi. O‘zgartirishlar ham budjetni, ham tadbirkorlarni “qarzga ishlash”dan himoyalaydi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/23/treasury/
Telegram | Instagram | YouTube
👍 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
O‘zbekistonda soliq ma’murchiligi va biznes uchun imtiyozlar tizimiga o‘zgartirishlar tayyorlanmoqda. Parlament qabul qilgan qonun soliq hisobotlari bo‘yicha jarimalarni kamaytirish, tekshiruvlarni soddalashtirish hamda ayrim tarmoqlar uchun soliq imtiyozlarini kengaytirishni nazarda tutadi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/23/taxes/
Telegram | Instagram | YouTube
👍 5❤ 2
Фото недоступноПоказать в Telegram
Vladimir Putin Rossiyadagi maktabda pichoqlanib halok bo‘lgan 10 yoshli Qobiljon Aliyevning vafoti munosabati bilan Emomali Rahmonga va bolaning oilasiga hamdardlik bildirdi. “Bolalarga nisbatan teraktlar jirkanch jinoyatdir… Aybdorlar jazoga tortiladi”, — degan Putin jinoyatdan shokka tushganini aytdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/23/putin/
Telegram | Instagram | YouTube
👎 12😢 9🤔 2
Фото недоступноПоказать в Telegram
Avtomobillarga ekostiker tizimi bo‘yicha jarimalar 2026-yildan qo‘llanmaydi, deya ma’lum qildi Ekologiya qo‘mitasi. Kelasi yil faqat tizimni yo‘lga qo‘yish va haydovchilarni xabardor qilish davri hisoblanadi. Transportni texnik sozlash orqali stiker rangini “yashil”ga o‘zgartirish imkoniyati yaratiladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/23/eco-sticker/
Telegram | Instagram | YouTube
👍 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
Airbus A321XLR — jahon aviatashuvchilari endigina o‘zlashtirayotgan yangi uzoq masofali samolyot. Gazeta laynerning xususiyatlari va uni ekspluatatsiya qilish rejalari haqida Qanot Sharq`ning biznesni rivojlantirish bo‘yicha ijrochi direktori Timur Perkov bilan suhbatlashdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/23/a321xlr-qanot-sharq/
Telegram | Instagram | YouTube
Фото недоступноПоказать в Telegram
19-dekabr kuni Tokioda ADM Global kompaniyalar guruhi va Yaponiyaning Sojitz korporatsiyasi o‘rtasida ishbilarmonlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv yakunida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi (reklama).
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/23/adm-global/
👍 4
Фото недоступноПоказать в Telegram
Deputat Umida Rahmonova budjet xarajatlarining oshishi va defitsit hamda inflyatsiyaning o‘sishi risklarida xavotir bildirdi. Budjet qo‘mitasi rahbari xarajatlarning keskin kamayishi “jiddiy ijtimoiy oqibatlarga” olib kelishini va hozirgi defitsit iqtisodiy o‘sish bilan qoplanishini aytdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/23/budget-deficit/
Telegram | Instagram | YouTube
🤔 4❤ 1👎 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
Noyabr oyida avtotransportlarning barcha toifalari bo‘yicha jami savdolar hajmi 101,1 ming donani tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 6 foizga yuqori. Barcha yengil mashinalar savdosi o‘sish sur’ati bo‘yicha Toshkent shahri va Qoraqalpog‘iston yetakchilik qildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/23/cerr/
Telegram | Instagram | YouTube
❤ 2
Фото недоступноПоказать в Telegram
Yog‘ingarchiliklardan so‘ng harorat ko‘tarilishi fonida hafta oxiriga qadar O‘zbekistonning qator hududlarida harorat inversiyasi yana kuchayishi mumkin. Bu ifloslantiruvchi moddalarning tarqalishiga to‘sqinlik qilishi mumkin, deya ogohlantirdi O‘zgidromet.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/23/inversion/
Telegram | Instagram | YouTube
🤔 6
Фото недоступноПоказать в Telegram
“Opa-singillar”, “Tug‘ilish”, “Amu” va “Bo‘ronlarda bordek halovat” singari asarlar muallifi Asqad Muxtor tavalludiga 23-dekabrda 105 yil to‘ldi. Sana munosabati bilan Gazeta O‘zbekiston xalq yozuvchisining asarlari asosida test tayyorladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/23/asqad-muxtor/
Telegram | Instagram | YouTube
👍 5❤ 3
Фото недоступноПоказать в Telegram
Samarador Toshkentdagi Transport vazirligining boshlang‘ich narxi 110 mlrd so‘mlik binosini 187 mlrd so‘mga sotib oldi. Transport vazirligi bosqichma-bosqich Yangi Toshkentga ko‘chib o‘tadi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/22/auksion/
Telegram | Instagram | YouTube
👎 3
Фото недоступноПоказать в Telegram
9 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan o‘zbekistonlik shaxmatchilar Turkiyada bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida 12 ta medalni qo‘lga kiritdi: 5 ta oltin, 2 ta kumush va 5 ta bronza. O‘zbekiston jamoasi turnirda umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/22/chess/
Telegram | Instagram | YouTube
❤ 12👍 5
Фото недоступноПоказать в Telegram
Surxondaryo viloyatida Sherobod sement zavodi va “Sharg‘unko‘mir” bitta lot sifatida auksionga qo‘yildi. Investor sement zavodini ko‘mir yoqilg‘isiga o‘tkazishi va ko‘mir qazib olishni yiliga 1 mln tonnagacha oshirish uchun “Sharg‘unko‘mir”ga kamida $20 mln sarmoya kiritishi shart bo‘ladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/22/open-tenders/
Telegram | Instagram | YouTube
🤔 4❤ 2
Фото недоступноПоказать в Telegram
22-dekabr kuni Shavkat Mirziyoyev Ermitaj muzeyida MDH davlatlari rahbarlari bilan uchrashdi. Norasmiy uchrashuv davomida savdo hamkorligi hamda qo‘shma iqtisodiy va madaniy tashabbuslar muhokama qilindi. Muzokaralardan so‘ng yetakchilar muzey eksponatlarini tomosha qildi. Foto.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/22/hermitage-museum/
Telegram | Instagram | YouTube
👍 49❤ 22👎 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
Oltin narxi yana bir rekordni yangilab, bir unsiya uchun 4400 dollardan oshdi. Bunga geosiyosiy vaziyatning keskinlashuvi va AQSh Federal zaxirasining 2026-yilda stavkalarni pasaytirishi kutilmalari sabab bo‘ldi. Yil boshidan buyon oltin 68 foizdan ko‘proqqa qimmatlashdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/22/gold/
Telegram | Instagram | YouTube
❤ 6
Фото недоступноПоказать в Telegram
Yaponiyada Shavkat Mirziyoyev yirik korporatsiyalar rahbarlari bilan uchrashdi. Energetika, aviatsiya va muhim minerallar sohasidagi loyihalar muhokama qilindi. Prezident Toyota Tsusho, Hitachi va Sakai kompaniyalarini avtokomponentlar hamda qurilish texnikasi ishlab chiqarishni mahalliylashtirishga taklif qildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/22/jbic/
Telegram | Instagram | YouTube
👍 19❤ 11
Фото недоступноПоказать в Telegram
Rekord darajadagi daromadga qaramay, jahon aviatsiyasi tizimli muammolarga duch kelmoqda. Xalqaro havo transporti assotsiatsiyasi prognoziga ko‘ra, 2026-yilda tarmoqning sof foydasi past marjinallik saqlanib qolgani holda 41 mlrd dollarga yetadi. Soha oldida turgan muammolar tahlili — Gazeta materialida.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/22/aviation/
Telegram | Instagram | YouTube
❤ 2🤔 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
Qanot Sharq xususiy aviakompaniyasi Markaziy Osiyo va MDHda uzoq masofali Airbus A321XLR samolyotining ilk operatoriga aylandi. Amerikaning Air Lease kompaniyasidan uzoq muddatli lizingga olingan samolyot Gamburgdagi zavoddan yetib keldi. Samolyotning tashqi ko‘rinishi va saloni — Gazeta fotoreportajida.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/22/qanot-sharq-a321xlr-uk32112/
Telegram | Instagram | YouTube
👍 4❤ 2
