Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari
Open in Telegram
O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @GazetauzMuloqotBot +998 78-333-10-15 Reklama: @Afisha_Media_Regina +998 99-444-35-39 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kirill alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb
Show more2025 year in numbers

18 612
Subscribers
-924 hours
-117 days
-45330 days
Posts Archive
Photo unavailableShow in Telegram
Shavkat Mirziyoyev Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashi yig‘ilishidagi nutqida O‘zbekiston YOII bilan amaliy hamkorlikni kengaytirish tarafdori ekanini aytdi. Savdo, sanoat kooperatsiyasi, raqamli texnologiyalar, turizm kabi yo‘nalishlardagi hamkorlikni chuqurlashtirish haqida so‘z bordi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/22/eaeu-address/
Telegram | Instagram | YouTube
👍 95❤ 88👎 1
Photo unavailableShow in Telegram
Rossiyada O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston prezidentlariga Lev Tolstoy nomidagi Xalqaro tinchlik mukofoti berildi. “Yetakchilar ushbu mukofotga Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlashga qo‘shgan ulkan shaxsiy hissasi uchun sazovor bo‘ldi”, — deyiladi xabarda.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/22/tolstoy-peace-prize/
Telegram | Instagram | YouTube
👍 74❤ 68👎 5🤔 4
Photo unavailableShow in Telegram
Shanba kuni Toshkentda kuchli qor yog‘ishni boshladi va u yakshanba tongigacha davom etdi. Gazeta muxbiri Dilyaver Ablyakimov poytaxt bo‘ylab sayr qilib, qor bilan qoplangan ko‘chalar, diqqatga sazovor manzillar, obodonlashtirish xodimlari mehnati, qorbo‘ron o‘ynayotgan va suratga tushayotganlarni kadrlarga muhrladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/21/snow-in-tashkent/
Telegram | Instagram | YouTube
👍 12👎 2
Photo unavailableShow in Telegram
Qurilish vaziri Sherzod Hidoyatovning aytishicha, O‘zbekistonda uy-joylarni ulushdorlik asosida qurishda joriy etilayotgan eskrou tizimi ulushdorlarni to‘liq himoya qiladi — hech bir fuqaro aldanmaydi. Uning so‘zlariga ko‘ra, eskrou tizimi yangi yildan majburiy tarzda ishga tushirishga to‘liq tayyor.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/19/escrow/
Telegram | Instagram | YouTube
👍 5❤ 4
Photo unavailableShow in Telegram
Toshkentda haydovchi ehtiyotsizligi oqibatida ikkita avtobus orasida qolib ketib halok bo‘ldi. Temiryo‘l kesishmasida to‘xtagan haydovchi transportni qo‘l tormoziga qo‘ymasdan pastga tushgan, natijada harakatlanib ketgan avtobus uni oldindagi transportga qisib qo‘ygan.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/21/bus-driver/
Telegram | Instagram | YouTube
😢 21❤ 3
Photo unavailableShow in Telegram
Bojxona organlari 2025-yil boshidan beri qiymati 2,3 mlrd so‘mdan ziyod 7,25 mln donadan ortiq pirotexnika buyumini musodara qildi. Holatlarning 10 tasi bo‘yicha jinoyat ishi, 80 tasi bo‘yicha esa ma’muriy ishlar qo‘zg‘atilgan.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/20/pyrotechnics/
Telegram | Instagram | YouTube
👍 5❤ 3
Photo unavailableShow in Telegram
O‘zbekistonda suratga olingan ilk to‘liq metrajli 3D multfilm — “Sehrlandiya: qahramonlik missiyasi” taqdim etildi. Unda Temur, Ulug‘bek, Jaloliddin va Boburning do‘stlari sehrli olamga tushib qoladi va yovuz Olabo‘jiga to‘qnash keladi. Premeraga Saida Mirziyoyeva va Xayma Vashington tashrif buyurdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/20/sehrlandiya/
Telegram | Instagram | YouTube
👍 25❤ 17
Photo unavailableShow in Telegram
O‘zbekiston prezidenti va Yaponiya bosh vaziri “kelgusi avlodlar uchun kengaytirilgan strategik sheriklik”ni yo‘lga qo‘yishga kelishib oldi. Ta’lim, sog‘liqni saqlash, ekologiya, transport, shaharsozlik, turizm, agrar soha, tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish bo‘yicha kelishuvlar imzolandi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/20/uzbekistan-japan/
Telegram | Instagram | YouTube
👍 23❤ 14
Photo unavailableShow in Telegram
Shavkat Mirziyoyevning Yaponiyaga rasmiy tashrifi yakunlandi. Davlat rahbari Yevroosiyo Oliy iqtisodiy kengashi yig‘ilishi va MDH yetakchilarining norasmiy sammitida ishtirok etish uchun Sankt Peterburgga yo‘l oldi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/20/russia/
Telegram | Instagram | YouTube
👍 45👎 8❤ 1
Photo unavailableShow in Telegram
Beepul’dan Yangi yil bonusi
Beepul to‘lov ilovasi yangi foydalanuvchilarga Yangi yil bonusi — ro‘yxatdan o‘tgan kundan boshlab 30 kun davomida Beepul orqali 100 mln so‘mgacha kartadan kartaga komissiyasiz o‘tkazmalarni amalga oshirish imkoniyatini taqdim etmoqda.
Bonusni olish uchun ushbu havola orqali Beepul ilovasini yuklab olish, ro‘yxatdan o‘tish va bank kartasini qo‘shish kifoya. Bonus avtomatik ravishda faollashadi.
Yangi yilni yoqimli bonuslar bilan kutib olish mumkin. Beepul ilovasiga ulanib, Yangi yil sovg‘asini bugunoq qo‘lga kiritish imkoni mavjud.
Aksiya 31-dekabrgacha amal qiladi.
Batafsil.
Reklama.
❤ 4
Photo unavailableShow in Telegram
O‘zbekiston va Yaponiya ta’lim va fan bo‘yicha qo‘shma komissiya hamda innovatsiyalar bo‘yicha konsorsium tuzish niyatida. Bu haqda Shavkat Mirziyoyevning Yaponiya ta’lim vaziri bilan uchrashuvida so‘z bordi. O‘zbekistonda Sukuba universiteti bilan qo‘shma oliy ta’lim muassasasini tashkil etish to‘g‘risida memorandum imzolandi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/20/tsukuba-uzbekistan/
Telegram | Instagram | YouTube
👍 54❤ 2
Photo unavailableShow in Telegram
Navoiyning Karmana tumanida gazdan zaharlangan erkak vafot etdi. Uning ayoli va chaqalog‘i jonlantirish bo‘limida qolmoqda. Tuman hokimi ularning holidan xabar oldi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/20/karmana/
Telegram | Instagram | YouTube
😢 5❤ 3
Photo unavailableShow in Telegram
Mark Rizning “O‘tkan kunlar” asari tarjimasi O‘zDJTU kutubxonasidagi barcha kitoblar qatorida elektronlashtirilgan. Sud buni mualliflik huquqini buzish deb topib, jarima qo‘llagandi. “Yozuvchi kitobni jamiyat uchun ham yozadi, xalq bundan foydalanishi kerak”, — dedi Ilhom To‘xtasinov Gazeta`ga bergan izohida.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/20/bygone-days/
Telegram | Instagram | YouTube
👍 6👎 5
Photo unavailableShow in Telegram
Samarqand va Surxondaryo viloyatlarida Tojikistondan olib kelingan katta miqdordagi opiy musodara qilindi. Birinchi holatda — 79 kg dan ortiq, ikkinchisida — 30 kg dan ortiq. Jami olti kishi qo‘lga olindi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/20/drugs/
Telegram | Instagram | YouTube
👍 7❤ 5
Photo unavailableShow in Telegram
Poytaxtning Yashnobod tumanida rul boshqaruvini yo‘qotgan Lacetti haydovchisi yo‘lning qarshi tarafiga o‘tib ketdi. Nexia-3 bilan bo‘lgan to‘qnashuvda yo‘lovchi vafot etdi, har ikki haydovchi jarohatlandi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/20/yth/
Telegram | Instagram | YouTube
😢 14❤ 1👎 1
Photo unavailableShow in Telegram
Markaziy Osiyo Yaponiyaning mintaqadagi ishtirokini kengaytirishdan manfaatdor, dedi O‘zbekiston prezidenti “Markaziy Osiyo + Yaponiya” sammitida. U sanoat, texnologiya, transport, energetika, havo sifatini yaxshilash, seysmik xavfsizlik kabi yo‘nalishlarda hamkorlikni rivojlantirish tarafdori ekanini aytdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/20/central-asia-japan-summit-2025/
Telegram | Instagram | YouTube
👍 46❤ 10
Photo unavailableShow in Telegram
2026-yildan QQS tushumlarining bir qismi Qoraqalpog‘iston, Toshkent va viloyatlar budjetiga o‘tkaziladi, bu hududlarda taxminan 4,3 trln so‘m qoldiradi va hokimliklarda soliq bazasini yaxshilashga qiziqishni oshiradi. Deputatlar biznesga bosim xavfini ta’kidladi, rasmiylar mexanizm to‘g‘ri ishlashiga va’da berdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/20/vat/
Telegram | Instagram | YouTube
❤ 2👍 2🤔 1
Photo unavailableShow in Telegram
Onkobemorlarga yordam ko‘rsatish masalasi yillar davomida “muzlatilgan” holatda qoldirilgandi. Ma’lum bo‘lishicha, 2026-yilgi davlat budjeti loyihasi muhokamalarida dastlab hospis qurish uchun mablag‘ ajratilmagan. Biroq deputat aralashuvidan so‘ng SSV ikkita hospis uchun 50 mlrd so‘m olmoqda.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/19/hospice/
Telegram | Instagram | YouTube
👍 3❤ 1
Photo unavailableShow in Telegram
Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi qoshida Davlat maqsadli jamg‘armasi tashkil etildi. Unga 2025-yil oxiriga qadar 900 mlrd so‘m, 2026-yilda esa milliy budjetdan qo‘shimcha 548 mlrd so‘m ajratiladi. U ekologiya va havo sifatini yaxshilash loyihalarini moliyalashtiradi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/19/ecology/
Telegram | Instagram | YouTube
❤ 3👎 2
Photo unavailableShow in Telegram
Saida Mirziyoyeva The Walt Disney vitse-prezidenti Hayma Vashington bilan uchrashuvda O‘zbekistonda mintaqaviy ofis, o‘zbek tilida bolalar kontentiga ega telekanal, Cinema Park va “Disneylend” ochishni taklif qildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/19/hayma-washington/
Telegram | Instagram | YouTube
👍 76❤ 16👎 1🤔 1
