TerDU rasmiy kanali
Open in Telegram
Sayt: www.tersu.uz Facebook: @tersu340 Instagram: @terdu_rasmiy You tube: @Termizdavlatuniversitet Rektor sahifasi: @a_toshqulov Rektorga murojaat: @TerDU_rektor_bot ©Termiz davlat universiteti rasmiy kanali
Show more2025 year in numbers

18 920
Subscribers
-3324 hours
-2007 days
-58430 days
Posts Archive
#Tsinghua_universiteti
🟢Xitoyning Pekin shahar universitetida akademik almashinuv dasturi doirasida tahsil olayotgan universitetimiz talabalari xalqaro THE reytingi bo'yicha dunyoda 12-o'rinni egallagan, Osiyo universitetlari reytingida 1-o'rinda turuvchi Tsinghua universitetiga tashrif buyurib, ushbu universitetda yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishishdi.
🟢Ma'lumot uchun, Xitoy Xalq Respublikasining raisi Si Szinpin 1911-yilda tashkil etilgan ushbu oliygoh bitiruvchisi hisoblanadi. Dunyo miqyosida sun'iy intellekt bo'yicha yozilgan eng ko'p iqtibosga ega 100 ta ilmiy tadqiqot ishlarining aksariyati Tsinghua universitetiga to'g'ri keladi. Universitet har yili dunyoning eng yetakchi MIT, Stenford, Prinston va Garvard universitetlarining birgalikdagi sonidan ko'proq sun'iy intellektga oid patentlarni ishlab chiqaradi.
Bizni kuzatingTelegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
❤ 23👍 16🔥 6
🟢Ma’naviyatli o‘quvchi — O‘zbekistonning kelajakdagi yetuk mutaxassisi
🟢Shaharimizdagi 1-son umumta’lim maktabida Termiz davlat universiteti professor-o‘qituvchilari ishtirokida “Ma’naviyatli o‘quvchi — O‘zbekistonning kelajakdagi yetuk mutaxassisi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
🟢Mazkur tadbirda tarix fanlari doktori, professor S.Tursunov, tarix fanlari falsafa doktori Z.Annayeva hamda maktab jamoasi faol ishtirok etdi. Uchrashuv davomida yoshlar ma’naviyati, tarixiy xotira, vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash, shuningdek, bilimli va barkamol avlodni tarbiyalash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🟢Tadbir yakunida universitet professor-o‘qituvchilari tomonidan chop etilgan 52 nomdagi kitob maktab kutubxonasi fondiga sovg‘a qilindi.
🟢Mazkur tadbir ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash hamda yosh avlodni ma’naviy barkamol etib tarbiyalash yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.
Bizni kuzatingTelegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
❤ 10👍 10👏 2
20:50
Video unavailableShow in Telegram
🟢YOSHLAR VAQTI.
➡️TerDU ТТJda yoshlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan tashabbuslar.
Bizni kuzatingTelegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
YOSHLAR VAQTI FARHOD TERDU YOTOQXONASI 23 12 2025 YIL.mp4317.17 MB
🔥 34❤ 13👍 7👏 4🤔 2🎉 2🫡 1
Repost from TgId: 1347041076
Photo unavailableShow in Telegram
ЖАМОАТЧИЛИК СЎРОВНОМАСИ
2025/26 йил куз–қиш мавсумига қайси ҳудуд раҳбари ҳақиқатан тайёргарлик кўрди?
Қор ҳам, совуқ ҳам кутилмаган ҳолат эмас.
Кутилгани — раҳбарларнинг иши. Ким олдиндан чора кўрди, ким эса ҳар йилгидек баҳона излаяпти?
Бу сўровнома — жамоатчилик баҳоси.
👉 Сўзга эмас, ишга овоз беринг.
Қайси раҳбар вазифасига муносиб эканини ўзингиз белгиланг.
⏰ Сўровнома 5 кун давом этади 📅 Якун: 27 декабрь, соат 18:00
👍 2❤ 1🤔 1
641 Қорақалпоғистон РВК Раиси Эрманов Фарход
1104 Андижон вилояти Шуҳратбек Абдураҳмонов
775 Бухоро вилояти Ботир Зарипов
805 Жиззах вилояти Улуғбек Мустафоев
789 Қашқадарё вилояти Муротжон Азимов
1034 Навоий вилояти Нормат Турсунов
710 Наманган вилояти Шавкат Абдуразаков
670 Самарқанд вилояти Адиз Бобоев
1342 Сурхондарё вилояти Улуғбек Қосимов
1148 Сирдарё вилояти Эркинжон Турдимов
860 Тошкент вилояти Зойир Мирзаев
607 Фарғона вилояти Хайрулло Бозаров
495 Хоразм вилояти Жўрабек Рахимов
1776 Тошкент шаҳри Шавкат Умурзоқов
Photo unavailableShow in Telegram
ЖАМОАТЧИЛИК СЎРОВНОМАСИ
2025/26 йил куз–қиш мавсумига қайси ҳудуд раҳбари ҳақиқатан тайёргарлик кўрди?
Қор ҳам, совуқ ҳам кутилмаган ҳолат эмас.
Кутилгани — раҳбарларнинг иши. Ким олдиндан чора кўрди, ким эса ҳар йилгидек баҳона излаяпти?
Бу сўровнома — жамоатчилик баҳоси.
👉 Сўзга эмас, ишга овоз беринг.
Қайси раҳбар вазифасига муносиб эканини ўзингиз белгиланг.
⏰ Сўровнома 5 кун давом этади 📅 Якун: 27 декабрь, соат 18:00
Photo unavailableShow in Telegram
ЖАМОАТЧИЛИК СЎРОВНОМАСИ
2025/26 йил куз–қиш мавсумига қайси ҳудуд раҳбари ҳақиқатан тайёргарлик кўрди?
Қор ҳам, совуқ ҳам кутилмаган ҳолат эмас.
Кутилгани — раҳбарларнинг иши. Ким олдиндан чора кўрди, ким эса ҳар йилгидек баҳона излаяпти?
Бу сўровнома — жамоатчилик баҳоси.
👉 Сўзга эмас, ишга овоз беринг.
Қайси раҳбар вазифасига муносиб эканини ўзингиз белгиланг.
⏰ Сўровнома 5 кун давом этади 📅 Якун: 27 декабрь, соат 18:00
🟦🟦🟦🟦
🎉Talabalarimizdan yana bir xush xabar!
➡️2025 yilning 23-dekabr kuni Toshkent viloyatidagi Olimpiya shaharchasida bo‘lib o‘tgan “O‘ZBEKISTON JUDO TOUR 2025” turnirida Termiz davlat universiteti talabasi Toshpo‘latov Nizomiddinxo‘ja 73 kg vazn toifasida barcha raqiblarini mag‘lub etib, faxrli 🥇1-o‘rinni qo‘lga kiritdi va oltin medal sohibi bo‘ldi.
⭐Ushbu yuksak natija bilan talabamizni samimiy tabriklaymiz! Nizomiddinxo‘jaga kelgusidagi musobaqalarda ham ulkan zafarlar tilaymiz!
🏛TerDU — g‘alabalar sari!
Bizni kuzatingTelegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
👍 22❤ 7🔥 2🎉 2
🟦🟦🟦🟦
⚡️Bugun Toshkent shahridagi Yoshlar ijod saroyida “Oʻzbekiston belgisi” koʻkrak nishoni sohiblarini tantanali taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.
✔️Ushbu yuksak mukofotga Termiz davlat universiteti rektorining yoshlar masalalari boʻyicha maslahatchisi Izzat Tolipov ham munosib deb topildi.
🏅 “Oʻzbekiston belgisi” koʻkrak nishoni Prezident farmoni hamda tegishli nizom asosida mamlakat taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshgan, turli sohalarda ulkan natijalarga erishganlarga topshiriladi.
✨Izzat Tolipovni ushbu nufuzli mukofot bilan tabriklaymiz va kelgusidagi faoliyatiga ulkan zafarlar tilaymiz!
Bizni kuzatingTelegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
👍 60🔥 16❤ 15👏 5🤔 4🎉 3🫡 1
🇺🇿🇮🇳Hindistonlik nufuzli professor TerDUda!
Kimyo fakultetida xalqaro miqyosda yuqori nufuzga ega bo‘lgan Ganeshi Lal Agrawal University (GLA) professori, taniqli olim Anuj Kumar faoliyatini boshladi.
Professor Anuj Kumar — 🟢Scopus bazasidagi Q1 va Q2 toifadagi ilmiy jurnallarda 354 ortiq ilmiy maqola muallifi 🟢h-indeksi – 47 🟢10 dan ortiq AQSh patenti egasi 🟢Ko‘plab darslik va o‘quv qo‘llanmalar muallifi 🟢Xalqaro ilmiy hamjamiyatda yuqori e’tirofga ega olim Professor hozirda: 🟢Kimyo mutaxassisligi 1-bosqich magistrantlariga — “Sirt yuzasi hodisalari va adsorbsiya” 🟢Kimyo ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich talabalariga — “Kimyoviy jarayonlar termodinamikasi” fanlaridan zamonaviy dars metodlari asosida mashg‘ulotlar olib bormoqda.🧪Dars jarayonlarida sohadagi eng so‘nggi ilmiy yangiliklar, yutuqlar va dolzarb o‘zgarishlar talabalarga chuqur va amaliy misollar asosida yetkazilmoqda. Shuningdek, professor Kimyo fakulteti doktorantlari bilan uchrashuv o‘tkazdi. 🌐Professor Anuj Kumar TerDUning QS World University Rankings, Times Higher Education, Academic Ranking of World Universities (ARWU) kabi top-1000 xalqaro reytinglarga kirishida talabalar yutuqlari muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi. ✨TerDU — xalqaro tajriba, sifatli ta’lim va ilmiy taraqqiyot sari dadil odimlamoqda.
Bizni kuzatingTelegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
❤ 16👍 12🔥 5👏 3🤔 2
🇺🇿“YOSH CHEGARACHILAR” BILAN UCHRASHUV: VATANGA SODIQLIK, INTIZOM VA MARDLIK SABOQLARI
🟢Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 34 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan mamlakatimiz bo‘ylab 15-dekabrdan 15-yanvargacha vatanparvarlik oyligi o'tkazilmoqda, ushbu oylik doirasida Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari tasarrufidagi Surxondaryo viloyati Termiz shahrida joylashgan “Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseyida TerDU rektori A.Toshqulov ishtirokida yoshlar uchrashuvi tashkil etildi.
🟢Uchrashuv samimiy, chuqur ma’naviy va hayotiy mazmunda o‘tdi. Rektor o‘z chiqishida yoshlarga rasmiy nutq emas, balki yurakdan chiqqan fikrlar bilan murojaat qilib, ularni Vatan ishonchini oqlashi lozim bo‘lgan avlod sifatida baholadi.
📑 “Sizlar oddiy o‘quvchi emassizlar. Sizlar — ertangi qaror qabul qiluvchilar, ertangi chegara qalqoni, ertangi ota va rahbarlarsiz”, — deya ta’kidladi rektor.
🟢Muloqotda buyuk ajdodlarimiz merosiga tayanib, Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi, Najmiddin Kubro kabi tarixiy shaxslar misolida haqiqiy erkaklik, mardlik va intizom mohiyatini yoshlarga tushuntirdi.
➡️Uchrashuv yakunida yoshlarga quyidagi murojaat yangradi:
📑“O‘zingizga xiyonat qilmang. Oriyatingizni asrang, intizomni hayot qoidasiga aylantiring, ota-ona duosini oling va Vatan ishonchiga munosib bo‘ling. Men sizlarga ishonaman. Eng muhimi — Vatan sizlarga ishonadi.”
Bizni kuzatingTelegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
👏 16❤ 8👍 7🔥 2🎉 1
