fa
Feedback
TerDU rasmiy kanali

TerDU rasmiy kanali

رفتن به کانال در Telegram

Sayt: www.tersu.uz Facebook: @tersu340 Instagram: @terdu_rasmiy You tube: @Termizdavlatuniversitet Rektor sahifasi: @a_toshqulov Rektorga murojaat: @TerDU_rektor_bot ©Termiz davlat universiteti rasmiy kanali

نمایش بیشتر
2025 سال در اعدادsnowflakes fon
card fon
18 934
مشترکین
-3324 ساعت
-2007 روز
-58430 روز
آرشیو پست ها
🟢Ma’naviyatli o‘quvchi — O‘zbekistonning kelajakdagi yetuk mutaxassisi 🟢Shaharimizdagi 1-son umumta’lim maktabida Termiz davlat universiteti professor-o‘qituvchilari ishtirokida “Ma’naviyatli o‘quvchi — O‘zbekistonning kelajakdagi yetuk mutaxassisi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. 🟢Mazkur tadbirda tarix fanlari doktori, professor S.Tursunov, tarix fanlari falsafa doktori Z.Annayeva hamda maktab jamoasi faol ishtirok etdi. Uchrashuv davomida yoshlar ma’naviyati, tarixiy xotira, vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash, shuningdek, bilimli va barkamol avlodni tarbiyalash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. 🟢Tadbir yakunida universitet professor-o‘qituvchilari tomonidan chop etilgan 52 nomdagi kitob maktab kutubxonasi fondiga sovg‘a qilindi. 🟢Mazkur tadbir ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash hamda yosh avlodni ma’naviy barkamol etib tarbiyalash yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
نمایش همه...
10👍 10👏 2
20:50
Video unavailableShow in Telegram
🟢YOSHLAR VAQTI. ➡️TerDU ТТJda yoshlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan tashabbuslar.
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
نمایش همه...
YOSHLAR VAQTI FARHOD TERDU YOTOQXONASI 23 12 2025 YIL.mp4317.17 MB
🔥 34 13👍 7👏 4🤔 2🎉 2🫡 1
Repost from TgId: 1347041076
Photo unavailableShow in Telegram
ЖАМОАТЧИЛИК СЎРОВНОМАСИ 2025/26 йил куз–қиш мавсумига қайси ҳудуд раҳбари ҳақиқатан тайёргарлик кўрди? Қор ҳам, совуқ ҳам кутилмаган ҳолат эмас. Кутилгани — раҳбарларнинг иши. Ким олдиндан чора кўрди, ким эса ҳар йилгидек баҳона излаяпти? Бу сўровнома — жамоатчилик баҳоси. 👉 Сўзга эмас, ишга овоз беринг. Қайси раҳбар вазифасига муносиб эканини ўзингиз белгиланг.
⏰ Сўровнома 5 кун давом этади 📅 Якун: 27 декабрь, соат 18:00
نمایش همه...
👍 2 1🤔 1
641 Қорақалпоғистон РВК Раиси Эрманов Фарход
1104 Андижон вилояти Шуҳратбек Абдураҳмонов
775 Бухоро вилояти Ботир Зарипов
805 Жиззах вилояти Улуғбек Мустафоев
789 Қашқадарё вилояти Муротжон Азимов
1034 Навоий вилояти Нормат Турсунов
710 Наманган вилояти Шавкат Абдуразаков
670 Самарқанд вилояти Адиз Бобоев
1342 Сурхондарё вилояти Улуғбек Қосимов
1148 Сирдарё вилояти Эркинжон Турдимов
860 Тошкент вилояти Зойир Мирзаев
607 Фарғона вилояти Хайрулло Бозаров
495 Хоразм вилояти Жўрабек Рахимов
1776 Тошкент шаҳри Шавкат Умурзоқов
Photo unavailableShow in Telegram
ЖАМОАТЧИЛИК СЎРОВНОМАСИ 2025/26 йил куз–қиш мавсумига қайси ҳудуд раҳбари ҳақиқатан тайёргарлик кўрди? Қор ҳам, совуқ ҳам кутилмаган ҳолат эмас. Кутилгани — раҳбарларнинг иши. Ким олдиндан чора кўрди, ким эса ҳар йилгидек баҳона излаяпти? Бу сўровнома — жамоатчилик баҳоси. 👉 Сўзга эмас, ишга овоз беринг. Қайси раҳбар вазифасига муносиб эканини ўзингиз белгиланг.
⏰ Сўровнома 5 кун давом этади 📅 Якун: 27 декабрь, соат 18:00
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
ЖАМОАТЧИЛИК СЎРОВНОМАСИ 2025/26 йил куз–қиш мавсумига қайси ҳудуд раҳбари ҳақиқатан тайёргарлик кўрди? Қор ҳам, совуқ ҳам кутилмаган ҳолат эмас. Кутилгани — раҳбарларнинг иши. Ким олдиндан чора кўрди, ким эса ҳар йилгидек баҳона излаяпти? Бу сўровнома — жамоатчилик баҳоси. 👉 Сўзга эмас, ишга овоз беринг. Қайси раҳбар вазифасига муносиб эканини ўзингиз белгиланг.
⏰ Сўровнома 5 кун давом этади 📅 Якун: 27 декабрь, соат 18:00
نمایش همه...
🟦🟦🟦🟦 🎉Talabalarimizdan yana bir xush xabar! ➡️2025 yilning 23-dekabr kuni Toshkent viloyatidagi Olimpiya shaharchasida bo‘lib o‘tgan “O‘ZBEKISTON JUDO TOUR 2025” turnirida Termiz davlat universiteti talabasi Toshpo‘latov Nizomiddinxo‘ja 73 kg vazn toifasida barcha raqiblarini mag‘lub etib, faxrli 🥇1-o‘rinni qo‘lga kiritdi va oltin medal sohibi bo‘ldi. Ushbu yuksak natija bilan talabamizni samimiy tabriklaymiz! Nizomiddinxo‘jaga kelgusidagi musobaqalarda ham ulkan zafarlar tilaymiz! 🏛TerDU — g‘alabalar sari!
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
نمایش همه...
👍 22 7🔥 2🎉 2
🟦🟦🟦🟦 ⚡️Bugun Toshkent shahridagi Yoshlar ijod saroyida “Oʻzbekiston belgisi” koʻkrak nishoni sohiblarini tantanali taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. ✔️Ushbu yuksak mukofotga Termiz davlat universiteti rektorining yoshlar masalalari boʻyicha maslahatchisi Izzat Tolipov ham munosib deb topildi. 🏅 “Oʻzbekiston belgisi” koʻkrak nishoni Prezident farmoni hamda tegishli nizom asosida mamlakat taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshgan, turli sohalarda ulkan natijalarga erishganlarga topshiriladi. Izzat Tolipovni ushbu nufuzli mukofot bilan tabriklaymiz va kelgusidagi faoliyatiga ulkan zafarlar tilaymiz!
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
نمایش همه...
👍 60🔥 16 15👏 5🤔 4🎉 3🫡 1
🇺🇿🇮🇳Hindistonlik nufuzli professor TerDUda! Kimyo fakultetida xalqaro miqyosda yuqori nufuzga ega bo‘lgan Ganeshi Lal Agrawal University (GLA) professori, taniqli olim Anuj Kumar faoliyatini boshladi.
Professor Anuj Kumar — 🟢Scopus bazasidagi Q1 va Q2 toifadagi ilmiy jurnallarda 354 ortiq ilmiy maqola muallifi 🟢h-indeksi – 47 🟢10 dan ortiq AQSh patenti egasi 🟢Ko‘plab darslik va o‘quv qo‘llanmalar muallifi 🟢Xalqaro ilmiy hamjamiyatda yuqori e’tirofga ega olim Professor hozirda: 🟢Kimyo mutaxassisligi 1-bosqich magistrantlariga — “Sirt yuzasi hodisalari va adsorbsiya” 🟢Kimyo ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich talabalariga — “Kimyoviy jarayonlar termodinamikasi” fanlaridan zamonaviy dars metodlari asosida mashg‘ulotlar olib bormoqda.
🧪Dars jarayonlarida sohadagi eng so‘nggi ilmiy yangiliklar, yutuqlar va dolzarb o‘zgarishlar talabalarga chuqur va amaliy misollar asosida yetkazilmoqda. Shuningdek, professor Kimyo fakulteti doktorantlari bilan uchrashuv o‘tkazdi. 🌐Professor Anuj Kumar TerDUning QS World University Rankings, Times Higher Education, Academic Ranking of World Universities (ARWU) kabi top-1000 xalqaro reytinglarga kirishida talabalar yutuqlari muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi. TerDU — xalqaro tajriba, sifatli ta’lim va ilmiy taraqqiyot sari dadil odimlamoqda.
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
نمایش همه...
15👍 9🔥 5👏 3🤔 2
🇺🇿“YOSH CHEGARACHILAR” BILAN UCHRASHUV: VATANGA SODIQLIK, INTIZOM VA MARDLIK SABOQLARI 🟢Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 34 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan mamlakatimiz bo‘ylab 15-dekabrdan 15-yanvargacha vatanparvarlik oyligi o'tkazilmoqda, ushbu oylik doirasida Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari tasarrufidagi Surxondaryo viloyati Termiz shahrida joylashgan “Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseyida TerDU rektori A.Toshqulov ishtirokida yoshlar uchrashuvi tashkil etildi. 🟢Uchrashuv samimiy, chuqur ma’naviy va hayotiy mazmunda o‘tdi. Rektor o‘z chiqishida yoshlarga rasmiy nutq emas, balki yurakdan chiqqan fikrlar bilan murojaat qilib, ularni Vatan ishonchini oqlashi lozim bo‘lgan avlod sifatida baholadi. 📑 “Sizlar oddiy o‘quvchi emassizlar. Sizlar — ertangi qaror qabul qiluvchilar, ertangi chegara qalqoni, ertangi ota va rahbarlarsiz”, — deya ta’kidladi rektor. 🟢Muloqotda buyuk ajdodlarimiz merosiga tayanib, Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi, Najmiddin Kubro kabi tarixiy shaxslar misolida haqiqiy erkaklik, mardlik va intizom mohiyatini yoshlarga tushuntirdi. ➡️Uchrashuv yakunida yoshlarga quyidagi murojaat yangradi: 📑“O‘zingizga xiyonat qilmang. Oriyatingizni asrang, intizomni hayot qoidasiga aylantiring, ota-ona duosini oling va Vatan ishonchiga munosib bo‘ling. Men sizlarga ishonaman. Eng muhimi — Vatan sizlarga ishonadi.”
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
نمایش همه...
👏 16 8👍 7🔥 2🎉 1
Repost from Edu.uz
02:12
Video unavailableShow in Telegram
🚫 Giyohvandlik – bu nafaqat sog‘liq, balki or-nomus, kelajak va oilaviy baxtni ham yemiruvchi xavf. Ushbu videorolik O‘zbekiston davlat konservatoriyasi talabalari tomonidan tayyorlandi. Giyohvand moddalar yoshlarni aldov bilan o‘z domiga tortadi, ammo natijasi doim bir xil: kasallik, iztirob, yakkalanish va halokat.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
نمایش همه...
eeeeeeee.mp438.00 MB
4👍 3
#OAV_biz_haqimizda 🟢TerDU professor-o'qituvchilari hamda talabalari "Munavvar kun" musiqiy dam olish dasturi mehmoni bo'lishdi.
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
نمایش همه...
MUNAVVAR KUN 19 12 2025 YIL 2.mp4222.38 MB
MUNAVVAR KUN 19 12 2025 YIL 1.mp4450.25 MB
4👍 3