UZAUTO MOTORS UZ/РУ
Open in Telegram
"UZAUTO MOTORS" AJ RASMIY TELEGRAM KANALI 📞Telefon: (+998 78) 141-77-77 fb.com/UzAutoMotorsOfficial @uzautomotorsofficial https://www.youtube.com/@UzAutoMotors https://t.me/UzAvtoSavdo_bot 🏢Manzil: Toshkent sh., Mirobod tumani, А. Temur ko'chasi 13
Show more2025 year in numbers

114 196
Subscribers
-10024 hours
-1 1037 days
-4 84030 days
Posts Archive
Repost from TgId: 1249152308
03:06
Video unavailableShow in Telegram
Takliflar, shikoyatlar va natijalar: “UzAuto Motors” AJda murojaatlar qanday o‘rganilmoqda?
“UzAuto Motors” AJ tomonidan aholi murojaatlarini tizimli ravishda ko‘rib chiqish, ularni chuqur tahlil qilish hamda amaliyotga tatbiq etish borasida samarali ishlar olib borilmoqda. Ushbu videorolikda murojaatlarni qabul qilish tartibi, ularni o‘rganish mexanizmlari va ularning asosida ko‘rilayotgan chora-tadbirlar haqida batafsil ma’lumot taqdim etiladi.
—
Предложения, жалобы и результаты: как в АО “UzAuto Motors” изучаются обращения граждан?
АО “UzAuto Motors” ведёт системную работу по рассмотрению обращений населения, их глубокому анализу и практическому внедрению соответствующих решений. В данном видеоролике подробно рассказано о порядке приёма обращений, механизмах их изучения и мерах, принимаемых на их основе.
IMG_0468.MP436.98 MB
Bugungi suratlarda siz ofis hamda oshxona xodimlarining o‘z ishini katta mas’uliyat bilan, milliy liboslarda bajarayotgani ko‘rishingiz mumkin.
Oshpazlar adras naqshli ish liboslarida mehnat qilishni faxr deb bilishadi – bu esa qadriyatlar va kasbga bo‘lgan hurmat uyg‘unligini namoyon etadi.
“UzAuto Motors” AJ delegatsiyasining Ozarbayjonga ishchi tashrifi davom etmoqda
“UzAuto Motors” AJ delegatsiyasining Ozarbayjonga ishchi tashrifining ikkinchi kuni doirasida “Azermash CP” MChJ QK avtomobil zavodiga tashrif amalga oshirildi.
Delegatsiya a’zolari “Azermash CP” MChJ QK avtomobil korxonasi ishlab chiqarish quvvatlari, mavjud texnologik jihozlar, sifat nazorati tizimi hamda avtomobil yig‘ish jarayonlari bilan tanishishdi. Suhbat jarayonida zavod rahbariyati tomonidan korxonaning yillik hajmlari, mavjud modellari, ishchi xodimlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Tashrif davomida Ozarbayjon bozorida “UzAuto Motors” AJ mahsulotlariga bo‘lgan talab, avtoservis tarmog‘i imkoniyatlari hamda ehtiyot qismlar bo‘yicha istiqbolli rejalar muhokama qilindi.
Shuningdek, ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlash, muhandislik sohasida tajriba almashinuvi va bozor ehtiyojini ta’minlashga qaratilgan qator takliflar ilgari surildi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
“UzAuto Motors” AJ mutaxassislari Ozarbayjonda mijozlarga zamonaviy servis xizmatlari taqdim etishda distribyutor korxona xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazdi
“UzAuto Motors” AJ xalqaro bozorda faoliyatini kengaytirar ekan, nafaqat avtomobillarni yetkazib berish, balki mijozlarga sotuvdan keyingi xizmat sifatini takomillashtirishga alohida e’tibor qaratmoqda.
Hozirgi kunda avtoservis korxonalarining ahamiyati sezilarli darajada oshib bormoqda. Avtomobillarni sotish va sotuvdan keyingi xizmat ko‘rsatish jarayonida yangi turdagi xizmat ko‘rsatish ishlariga tezkor moslashuvchanlik qobiliyatini talab qiladi. Shu maqsadda, “UzAuto Motors” AJ Sotuvdan keyingi xizmat ko‘rsatish boshqarmasi mutaxassislari Ozarbayjonga ishchi tashrif bilan rasmiy dilerlik korxonasi mutaxassislari uchun uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv doirasida distribyutorlik korxonasi vakillari uchun servis xizmatining ilg‘or standartlari, mijozlar bilan ishlash madaniyati, texnik xizmat ko‘rsatish jarayonlari va zamonaviy yondashuvlar yuzasidan taqdimotlar o‘tkazdi. Shu bilan birga, amaliy mashg‘ulotlar orqali servis xodimlari real sharoitlarda qo‘shimcha servis xizmatlarini ko‘rsatish, maxsus jihozlarni o‘rnatish va servis uskunalari imkoniyatlaridan unumli foydalanish bo‘yicha tushuntirishlar olib borildi.
“Bunday uchrashuvlar biz uchun juda foydali. Ayniqsa, mijoz bilan ishlashda eng so‘nggi texnologiyalar, zamonaviy servis jihozlari va qo‘shimcha xizmat haqida yangi ko‘nikmalarni oldik. Endilikda bu tajribani o‘z faoliyatimizda tatbiq etishga tayyormiz.” — deydi Elchin Magerramov, Boku shahridagi rasmiy dilerlik markazi vakili.
Uchrashuv davomida, mijozlar bilan ishlashda va yangi avtomobilni sotish jarayonida uning uzoq muddat xizmat qilishi uchun servis xizmatlarini o‘z vaqtida va belgilangan talablar asosida ko‘rsatish muhimligi ta’kidlandi. Mijozlarga texnik xizmat ko‘rsatishning ahamiyati va vaqtida amalga oshirilishi bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.
“Kompaniya har doim mijozlar ehtiyojlarini chuqur o‘rganish va avtomobildan uzoq muddat foydalanishni ta’minlaydigan servis xizmatlarini taklif etishga intiladi. Bozor talablari va mijozlarning xohish istaklarini inobatga olgan holda tashkil etilgan ushbu uchrashuv mijozlarni qo‘llab-quvvatlashda servis xizmatlari sifatini yangi bosqichga olib chiqish imkonini beradi. Shuningdek, ushbu tajriba Ozarbayjon bozorida sifatli qo‘shimcha servis xizmatlarini taqdim etishga tayyor kadrlar bazasini mustahkamlashga ham xizmat qiladi deb umid qilamiz.” - deydi “UzAuto Motors” AJ Sotuvdan keyingi xizmat ko‘rsatish boshqarmasi direktori Nodira Xodjimatova.
Kompaniya mutaxassislari va dilerlik korxonalar o‘rtasida mijozlarga xizmat ko‘rsatishni yuqori darajada ta’minlash uchun bunday uchrashuvlar muntazam ravishda o‘tkazib boriladi.
“UzAuto Motors” AJ xodimasi “Ibratli oila” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
Bugun, O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq, 15 may – Xalqaro oilalar kuni munosabati bilan oilaviy qadriyatlarni mustahkamlashga munosib hissa qo‘shayotgan namunali oilalarni rag‘batlantirish maqsadida ta’sis etilgan “Ibratli oila” ko‘krak nishonini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tantanali marosimda bir qator namunali oilalar qatorida “UzAuto Motors” AJ bo‘lim boshligʻi Malika Zakirova ham ushbu yuksak e’tirofga sazovor bo‘lganligini faxr bilan ta’kidlaymiz.
Malika Zakirova o‘zining samimiyligi, yuksak professionalligi va oilaparvarligi bilan nafaqat mehnat jamoasida, balki keng jamoatchilik orasida ham ibratli shaxs sifatida e’tirof etilmoqda. U korxonaning barqaror rivojiga salmoqli hissa qo‘shayotgan malakali mutaxassis bo‘lishi bilan birga, mehr-oqibatga to‘la, totuv va farovon oila muhitini yaratgan fidoiy ayoldir.
Malika Zakirovaning oilasi yosh avlod uchun chinakam ibrat maktabidir — bu oila sog‘lom turmush tarzi, milliy qadriyatlarga sadoqat va o‘zaro hurmat mezonlari bilan ajralib turadi.
“UzAuto Motors” AJ jamoasi Malika Zakirovani ushbu munosib mukofot bilan samimiy tabriklaydi va unga hamda oilasiga mustahkam sog‘lik, baxt, tinchlik va doimiy farovonlik tilaydi.
00:39
Video unavailableShow in Telegram
Yangi Chevrolet avtomobillarini muddatli toʻlovga xarid qilishda notarial xizmatlar real vaqt rejimiga o‘tkazildi
Dilerlik markazlarida avtomobillarni notarial rasmiylashtirish bilan bog‘liq barcha hujjatlar UzAuto Motors savdo platformasi orqali taqdim etiladi.
Endilikda UzAuto Motors’ning rasmiy dileri hattoki dam olish kunlari ham avtomobillarni bo‘lib to‘lash asosida sotib-olish shartnomasini rasmiylashtirish imkoniyatiga ega bo‘ldi, mijoz esa – notariusga bormasdan, navbatda turmasdan avtomobil xarid qilishi mumkin.
Chevrolet avtomobillarini onlayn sotish jarayonini takomillashtirish – jarayonning shaffofligini ta’minlash, mijozlar uchun qulayliklar yaratish hamda har ikki tomon uchun vaqt va mablag‘ tejalishini ko‘zda tutadi.
——————————————————
Нотариальные услуги при покупке новых автомобилей Chevrolet в рассрочку переведены в режим реального времени
Все документы, связанные с нотариальным оформлением машин в дилерских центрах, подаются через торговую платформу UzAuto Motors.
Теперь официальный дилер UzAuto Motors получил возможность оформить договор купли-продажи автомобилей в рассрочку онлайн даже в выходные дни, а клиент - купить авто без посещения нотариуса и простоя в очередях.
Совершенствование процесса онлайн продаж автомобилей Chevrolet связано с обеспечением прозрачности, созданием удобств для клиентов и экономией времени и средств для каждой из сторон.
IMG_4653.MP430.71 MB
“UzAuto Motors” AJ xodimlari o‘rtasida spartakiada bo‘lib o‘tdi
Bugun “UzAuto Motors” AJ Kasaba uyushmasi tashabbusi va Ma’muriyat bo‘limi hamkorligida Toshkent ofisida faoliyat yurituvchi xodimlar o‘rtasida spartakiada tashkil etildi.
Tadbirni “UzAuto Motors” AJ Bosh direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi Odiljon Bastamkulov kirish so‘zi bilan ochib berdi. U o‘z nutqida sportning sog‘lom turmush tarzini shakllantirishdagi o‘rni, jamoa ichidagi do‘stona aloqalarni mustahkamlashdagi ahamiyatini ta’kidlab o‘tdi. Shuningdek, musobaqalar yuqori kayfiyatda, do‘stona muhitda o‘tishini tilab, barcha ishtirokchi jamoalarga omad yor bo‘lishini tiladi.
Musobaqalarda ishtirok etgan jamoalar sportning bir nechta yo‘nalishlari bo‘yicha bellashishdi.
Ishonch bilan aytish mumkinki, ishtirokchilar o‘zlaridagi bor mahorat va irodani qolaversa, g‘alaba sari bo‘lgan shijoatni to‘la namoyish eta olishdi.
Sport turlari bo‘yicha o‘tgan murosasiz va qiziqarli bellashuvlar yakunida g‘olib bo‘lgan jamoalar faxrli o‘rinlarni egallab, esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.
“Bunday tadbirlar xodimlar o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni yanada mustahkamlab, jamoaning birligini kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi” – deya ta’kidlaydi korxona Toshkent ofisi Kasaba uyushmasi vakili Ilzara Imangulova.
Photo unavailableShow in Telegram
UzAuto Motors jamoasi 9-may — Xotira va Qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan buyuk Gʻalabaning 80 yilligi munosabati bilan barcha vatandoshlarni samimiy tabriklaydi.
Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xalqimiz omon boʻlsin!
Photo unavailableShow in Telegram
“UzAuto Motors” AJ Axborot xavfsizligi bo‘limining 17 yoshli iqtidorli xodimi Azizbek Raxmatullayev 6–8 may kunlari Dubayda bo‘lib o‘tgan Global Cyber Drill 2025 xalqaro turnirida eng yaxshi TOP-10 ishtirokchilar qatoridan oʻrin oldi.
Xalqaro Telekommunikatsiya Ittifoqi (ITU) va BAA Kiberxavfsizlik Kengashi tomonidan tashkil etilgan ushbu nufuzli tadbirda 110 dan ortiq mamlakatning kiberxavfsizlik mutaxassislari qatnashishdi.
“UzAuto Motors” AJ jamoasi Azizbek Raxmatullayevni ushbu ishtiroki bilan tabriklaydi va professional faoliyatida ulkan yutuq hamda zafarlarga erishishini tilaydi!
——————————————————
Талантливый 17-летний сотрудник отдела информационной безопасности АО “UzAuto Motors” Азизбек Рахматуллаев вошел в ТОП-10 лучших участников турнира Global Cyber Drill 2025, который проходил с 6 по 8 мая в Дубае.
В этом престижном мероприятии, организованном Международным союзом электросвязи (ITU) и Советом по кибербезопасности ОАЭ, участвовали специалисты по кибербезопасности из 110 стран мира.
Коллектив АО “UzAuto Motors” поздравляет Азизбека Рахматуллаева с успешным выступлением и желает ему побед и дальнейших успехов в профессиональной деятельности!
Repost from TgId: 1375888192
00:34
Video unavailableShow in Telegram
# Дети — наше будущее!
🚔 В целях обеспечения безопасности движения и предотвращения дорожно-транспортных происшествий с участием детей, перед школами, расположенными вдоль проезжей части в Асаканском районе, проведены практические мероприятияпо устранение недостатков возле школ.
🚔 Совместно с Управлением безопасности дорожного движения области и предприятием «UzAuto Motors» были реализованы конкретные меры: организовано обустройство пешеходных зон, установлены предупреждающие знаки, обновлена дорожная разметка.
🚦 Эти действия направлены на создание безопасной и комфортной среды для наших детей.
❗️Безопасность детей — наш главный приоритет!
12.78 MB
01:29
Video unavailableShow in Telegram
Toshkent shahri Yakkasaroy tumanida “Oʻzavtosanoat” AJ va YHXB hamkorligida yangi piyodalar yoʻlagi barpo etildi
Ushbu tashabbus doirasida 48-sonli umumta’lim maktabi yonida yangi piyodalar oʻtish joyi qurildi va atrof-muhit obodonlashtirilib, o‘quvchilar va aholining xavfsiz harakatlanishi ta’minlandi.
Olib borilayotgan ishlar maktab oʻquvchilari va tuman aholisi uchun yoʻl harakati xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan.
Batafsil voqea joyidan tayyorlangan lavhada tanishing.
IMG_4789.MP470.21 MB
Photo unavailableShow in Telegram
“UzAuto Motors” AJ rasmiy sahifalari verifikatsiyalandi
“UzAuto Motors” AJning Telegram messenjeri kanali, Instagram va Facebook’dagi rasmiy sahifalari verifikatsiyadan o‘tdi.
Platformalarda kompaniya faoliyati, yangiliklar va e’lonlar joylashtiriladi.
Verifikatsiya kontent rasmiyligini va ishonchliligini tasdiqlaydi.
“UzAuto Motors” AJ faoliyati haqida rasmiy manbalar orqali kuzatib boring.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
——————————————————-
Официальные страницы АО “UzAuto Motors” верифицированы
Официальные страницы АО “UzAuto Motors” в мессенджере Telegram, социальных сетях Instagram и Facebook прошли верификацию.
На этих платформах публикуются новости, объявления и информация о деятельности компании.
Верификация подтверждает подлинность и достоверность контента.
Следите за событиями АО “UzAuto Motors” через официальные источники.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Photo unavailableShow in Telegram
Chevrolet Onix и Tracker – легкая и удобная покупка в лизинг!
АО «UzAuto Motors» сообщает о сотрудничествe с крупнейшими лизинговыми компаниями страны, такими как АО «Uzbek Leasing International A.O.», OOО «Asaka-Trans-Leasing», ООО «Infin Leasing», ООО «Master Leasing», ООО «Ijara Leasing», OOO «Avtosanoat Invest», ИП ООО «Taiba Finance», ООО «CLG Auto Leasing» и другими, с целью расширения возможностей приобретения автомобилей, а также повышения их доступности и удобства для клиентов.
Теперь клиенты могут приобрести автомобили Chevrolet Onix и Tracker на условиях лизинга.
Воспользуйтесь возможностью легко приобрести автомобили Chevrolet и станьте владельцем автомобиля своей мечты!
За дополнительной информацией обращайтесь по телефонам лизинговых компаний!
1. АО «Uzbek Leasing International A.O.»:
78-140-77-48
78-120-02-02
2. ООО «Master Leasing»:
78-140-50-00
90-978-11-34
3. OOO «Asaka-Trans-Leasing»:
71-205-00-15
99-808-39-59
90-054-75-06
4. ООО «Infin Leasing»:
90-978-11-35
97-704-80-00
5. ООО «Ijara Leasing»:
78-888-02-20
99-160-90-00
6. ООО «Avtosanoat Invest»
71-207-34-56
7. ИП ООО «Taiba Finance»
78-140-44-49
98-140-44-48
8. ООО «O‘zavtosanoat-Leasing»:
78-113-31-51
97-701-83-17
9. ООО «Autosanoat Agro Lizing»:
71-207-10-75
10. ООО «CLG Auto Leasing»
90-919-24-25
90-138-45-44
Photo unavailableShow in Telegram
Chevrolet Onix va Tracker – Lizing bilan oson va qulay xarid!
“UzAuto Motors” AJ avtomobil xarid qilish imkoniyatini kengaytirish, uni yanada qulay va ommabop qilish maqsadida mamlakatdagi yirik mahalliy lizing kompaniyalari, jumladan, “Uzbek Leasing International A.O.” AJ, “Asaka-Trans-Leasing” MChJ, “Infin Leasing” MChJ, “Master Leasing” MChJ, “Ijara Leasing” MChJ, “Avtosanoat Invest” MChJ, “Taiba Finance” MChJ XK, “CLG Auto Leasing” MChJ va boshqalar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yganini ma’lum qiladi.
Endilikda mijozlar Chevrolet Onix va Tracker avtomobillarini lizing asosida xarid qilish imkoniyatiga ega.
Chevrolet avtomobillarini yanada oson xarid qilish imkoniyatidan foydalanib, orzuingizdagi avtomobilga ega bo‘ling!
Batafsil ma’lumot uchun lizing kompaniyalari telefon raqamlariga murojaat qiling!
1. “Uzbek Leasing International A.O.” AJ:
78-140-77-48
78-120-02-02
2. “Master Leasing” MChJ:
78-140-50-00
90-978-11-34
3. “Asaka-Trans-Leasing” MCHJ:
71-205-00-15
99-808-39-59
90-054-75-06
4. “Infin Leasing” MChJ:
90-978-11-35
97-704-80-00
5. “Ijara Leasing” MChJ:
78-888-02-20
99-160-90-00
6. “Avtosanoat Invest” MChJ
71-207-34-56
7. “Taiba Finance” MChJ XK
78-140-44-49
98-140-44-48
8. “O‘zavtosanoat-Leasing” MCHJ:
78-113-31-51
97-701-83-17
9. “Autosanoat Agro Lizing” MCHJ:
71-207-10-75
10. “CLG Auto Leasing” MChJ
90-919-24-25
90-138-45-44
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Photo unavailableShow in Telegram
Словакия компанияси Тупроққалъага 10 миллион доллар киритиб, 500 гектар қумли ерни ўзлаштиришни бошлади.
Ушбу инвестор 170 миллион доллар ҳисобига яна 4,5 минг гектар қумли ерни фойдаланишга киритиб, рапс ўсимлигини экиш ва ундан
биоэтанол ишлаб чиқаришни режа қилган.
Масъулларга бу лойиҳа учун зарур кўмакни кўрсатиш топширилди.
Президент Тупроққалъадаги “Дамас” заводи бўйича катта янгиликни айтди. Бу заводда 100 миллион доллар ҳисобига бозорда катта талабга эга арзон автомобиль ишлаб чиқариш бошланади.
Автомобиль Евро-5 экологик стандартига жавоб беради, 7 ўриндиққа эга бўлади.
Мутасаддиларга жорий йилда ҳамкорлар билан музокарани якунлаб, кейинги йилда йирик узелли йиғиш усулида ишлаб чиқаришни бошлаш, 2027 йилда тўлиқ циклга ўтиб, маҳаллийлаштиришни 50 фоизга олиб чиқиш топширилди.
Facebook|Instagram|X
Haftaning har juma kuni “UzAuto Motors” AJ Asaka zavodida milliy libosda ishga kelish odatga aylanib ulgurdi.
Shunga ko‘ra, bugun ham zavodda faoliyat yuritayotgan ishchi-xodimlar milliy liboslarda ko‘rinish berdi. Xotin-qizlar milliy liboslar bilan kiyinishda milliylik va zamonaviylik uyg‘unligini kreativ tarzda namoyon etishdi.
Ushbu tashabbus milliy madaniyatimizni targ‘ib qilish, yosh avlodga milliylikni anglatish va jamoa bilan iliq muhit yaratishga xizmat qiladi.
Photo unavailableShow in Telegram
Вниманию предпринимателей и других юридических лиц!
ООО «Avtosanoat Invest» предлагает юридическим лицам выгодные условия покупки автомобилей.
Сегодня имеется возможностью приобрести автомобили Chevrolet Onix, Tracker и Damas, выпускаемые АО «UzAuto Motors», на условиях рассрочки. Первоначальный взнос составляет 50%, оставшаяся часть выплачивается без процентов!
⸻
Условия рассрочки для юридических лиц на покупку Chevrolet Onix и Tracker:
• Первоначальный взнос – 50%
• Срок – 30 месяцев
Условия для приобретения автомобиля Damas:
• Первоначальный взнос – 50%
• Срок – 12 месяцев
⸻
Более подробную информацию можно получить по телефону:
+998 71 207-34-56 (доп. номера: 5959, 5922, 5921)
или направить заявку на e-mail: info@asinvest.uz
Автомобили в рассрочку для юридических лиц предлагаются в следующих дилерских центрах:
1. OOO "Andijon Avtotexxizmat"
2. OOO "Toshkent Avtosavdo"
3. OOO "Sergeli-Avtotexxizmat"
4. OOO "Qoraqalpoq Avtotexxizmat"
5. OOO "Qo‘qon Avtotexxizmat"
6. OOO "Nurafshon Avtosentr"
7. OOO "Farg‘ona Avtomarkaz"
8. OOO "Qashqadaryo Avtotexxizmat"
9. OOO "Oq Oltin Avtotexservis"
10. OOO "Navoiy Avtotexxizmat"
11. OOO "Namangan-Avtotexxizmat"
12. OOO "Mega Oil Biznes"
13. OOO "Green Cars Motors"
14. OOO "G‘ijduvon Avtotexxizmat"
15. OOO "Farg‘ona Avtotexxizmat-F"
16. OOO "Chust-Avtotexxizmat-N"
17. OOO "Buxoroavtotexxizmat"
18. OOO "Billur Avto Savdo Navoiy"
19. OOO "Avtorum"
20. OOO "Avalon-Motors" ("Auto-Centre-Namangan")
21. OOO "ASACAR Autocenter" ("ToshkentDeu")
22. OOO "Qo‘qon-Avtosavdo"
23. OOO "Kegeyli Agrotex Servis MTP"
Photo unavailableShow in Telegram
Tadbirkorlar va boshqa yuridik shaxslar diqqatiga!
“Avtosanoat Invest” MChJ yuridik shaxslarga foydali xarid imkoniyati taklif etadi.
Bugun “UzAuto Motors” AJ tomonidan ishlab chiqarilayotgan Chevrolet Tracker, Onix va Damas avtomobillarini muddatli foizsiz to‘lovga xarid qilish imkoniyati yaratildi.
Boshlang‘ich 50 % to‘lov bilan, qolgan qismi foizsiz to‘lanadi!
Yuridik shaxslar uchun Chevrolet Tracker va Onix avtomobillarini muddatli to‘lovga xarid qilish shartlari:
Boshlang‘ich to‘lov – 50 %;
Muddati – 30 oy;
Damas avtomobili uchun:
Boshlang‘ich to‘lov – 50 %;
Muddati – 12 oy;
Batafsil ma’lumot olish uchun +998 71 207-34-56 (5959, 5922, 5921) raqamlarga murojaat qilish yoki info@asinvest.uz manziliga ariza qoldirish mumkin.
Yuridik shaxslar uchun avtomobillarni muddatli to‘lovga xarid qilish quyidagi dilerlik markazlarida taklif etiladi:
1. "Andijon Avtotexxizmat" MChJ
2. "Toshkent Avtosavdo" MChJ
3. "Sergeli-Avtotexxizmat" MChJ
4. "Qoraqalpoq Avtotexxizmat" MChJ
5. "Qo‘qon Avtotexxizmat" MChJ
6. "Nurafshon Avtosentr" MChJ
7. "Farg‘ona Avtomarkaz" MChJ
8. "Qashqadaryo Avtotexxizmat" MChJ
9. "Oq Oltin Avtotexservis" MChJ
10. "Navoiy Avtotexxizmat" MChJ
11. "Namangan-Avtotexxizmat" MChJ
12. "Mega Oil Biznes" MChJ
13. "Green Cars Motors" MChJ
14. "G‘ijduvon Avtotexxizmat" MChJ
15. "Farg‘ona Avtotexxizmat-F" MChJ
16. "Chust-Avtotexxizmat-N" MChJ
17. "Buxoroavtotexxizmat" MChJ
18. "Billur Avto Savdo Navoiy" MChJ
19. "Avtorum" MChJ
20. "Avalon-Motors" ("Auto-Centre-Namangan") MChJ
21. ASACAR Autocenter ( "ToshkentDeu") MChJ
22. "Qo‘qon-Avtosavdo" MChJ
23. "Kegeyli Agrotex Servis MTP" MChJ
Repost from TgId: 1249152308
01:33
Video unavailableShow in Telegram
“Oʻzavtosanoat” AJ tizim korxonalari oʻrtasida oʻtkazilgan futbol turniri lavhalarini rolikda tomosha qiling
IMG_0358.MP473.68 MB
Repost from TgId: 1249152308
“O‘zavtosanoat kubogi-2025” futbol turniri
Dam olish kunlari “Oʻzavtosanoat” AJ tizim korxonalari o‘ratsida “Oʻzavtosanoat kubogi-2025” futbol turniri boʻlib oʻtdi.
Turnirda Oʻzavtosanoat tizimiga kiruvchi yirik korxonalar – “UzAuto Motors” AJ Asaka zavodi, “UzAuto Motors” AJ Xorazm filiali, “UzAuto Motors PowerTrain” AJ, “Uz Koram Co” MChJ, “O‘zAuto-Austem” MChJ, Samarqand avtomobil zavodi (SamAuto), “Toshkent Traktor zavodi” MChJ jamoalari ishtirok etishdi.
Final o‘yinida UzAuto jamoasi “UzAuto Motors” Asaka zavodi jamoasini mag‘lubiyatga uchratib, kubok sohibiga aylandi. Uchinchi o‘rin uchun kechgan bahsda esa “UzAuto Motors Powertrain” jamoasi “O‘zAuto-Austem” jamoasidan ustun kelib, bronza medaliga ega chiqdi.
Turnir doirasida “Eng yaxshi darvozabon”, “Eng yaxshi himoyachi”, “Eng yaxshi o‘yinchi”, “Eng yaxshi to‘purar” kabi to‘rt nominatsiya bo‘yicha eng yaxshilar ham alohida taqdirlandi.
Musobaqa sportni rivojlantirish va sog‘lom hayot tarzini ommalashtirishda, shuningdek, jamoalar o‘rtasida do‘stona munosabatlarni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etdi. Keyinchalik bu kabi turnirlarni yanada ko‘proq jamoalarni jalb qilgan holda o‘tkazish ko‘zda tutilmoqda.
