UzReport.news
Open in Telegram
O'zbekiston va dunyo yangiliklari https://uzreport.news saytining rasmiy Telegram kanali. Kirill yozuvida yangiliklar: @uzreportnewsuz Lotin yozuvida yangiliklar: @uzreport_uz Qayta aloqa uchun: @UzReportbot Reklama: @FUTBOLTV_ADVERTISING
Show more2025 year in numbers

26 298
Subscribers
-1324 hours
-1187 days
-59930 days
Posts Archive
Photo unavailableShow in Telegram
Oʻzbekiston va Turkmaniston Prezidentlari koʻp qirrali hamkorlikni yanada kengaytirishga qatʼiy intilishni tasdiqladilar
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ashxobod shahrida Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Davlatimiz rahbari Turkmaniston Prezidenti va qardosh xalqini mamlakat betarafligi eʼlon qilinganining 30 yilligi, ushbu muhim sanaga bagʻishlangan xalqaro forum yuqori saviyada tashkil etilgani hamda 2025-yil “Xalqaro tinchlik va ishonch yili” deb eʼlon qilingani bilan samimiy tabrikladi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
👍 28❤ 19🔥 14
Photo unavailableShow in Telegram
Oʻzbekiston va Turkmaniston yetakchilari muzokara oʻtkazdilar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ashxobod shahriga kelgach, Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Davlatimiz rahbari Turkmaniston yetakchisini tarixiy sana – doimiy betaraflikning o‘ttiz yilligi bilan samimiy tabrikladi hamda ushbu muhim voqeaga bag‘ishlab ertaga o‘tkaziladigan xalqaro forum ishiga muvaffaqiyatlar tiladi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
👍 44🔥 25❤ 13
Photo unavailableShow in Telegram
Markaziy bank boshqaruvining 2025-yil 11-dekabrdagi yig‘ilishi yakunlari:
⏺ Markaziy bank asosiy stavkani 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi.
⏺ Inflyatsiya pasayishda davom etmoqda: noyabrda umumiy inflyatsiya yillik — 7,5%, bazaviy inflyatsiya — 6,3%.
⏺ 2025-yil yakuniga inflyatsiya prognozi 7,3% ga pasaytirildi.
⏺ 2026-yil inflyatsiya prognozi 6,5% atrofida.
⏺ Iqtisodiy o‘sish yuqori: yil yakuni bo‘yicha 7–7,5% kutilmoqda.
⏺ Taklif omillari bo‘yicha xatarlar saqlanmoqda (oziq-ovqat taklifi, transport narxlari va tartibga solinadigan narxlar indeksatsiyasi).
⏺ Inflyatsiya va inflyatsion kutilmalar pasayishi fonida real foiz stavkalari yuqori bo‘lib, milliy valyutada jamg‘armalar o‘smoqda.
⏺ Moliyaviy inklyuzivlik oshishi sababli chakana kreditlash yuqori sur’atda davom etmoqda va bu kelgusida inflyatsion bosimni kuchaytirishi mumkin.
⏺ Pul-kredit sharoitlari inflyatsiyaning pasayish trayektoriyasiga erishish maqsadida qat’iy darajada saqlanadi; zaruratga qarab qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.
⏺ Asosiy stavkani navbatdagi ko‘rib chiqish 2026-yil 28-yanvar kuniga belgilangan.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
❤ 1
Photo unavailableShow in Telegram
Oʻzbekiston Prezidenti Ashxoboddagi xalqaro forumda ishtirok etadi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan 11-dekabr kuni amaliy tashrif bilan Ashxobodga joʻnab ketdi.
12-dekabr kuni davlatimiz rahbari Turkmanistonning doimiy betarafligi eʼlon qilinganining 30 yilligi, Xalqaro betaraflik kuni hamda 2025-yil “Xalqaro tinchlik va ishonch yili” deb eʼlon qilinganiga bagʻishlangan xalqaro forumda ishtirok etadi.
Tashrif davomida Oʻzbekiston Prezidenti qator ikki tomonlama uchrashuvlar ham oʻtkazadi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
👍 54🔥 34❤ 28
00:28
Video unavailableShow in Telegram
Oʻzbekiston va Paragvay Prezidentlari birgalikda daraxt ekdilar
Oʻzbekiston bilan Paragvay oʻrtasida oliy darajadagi muzokaralar yakunlangach, Koʻksaroy qarorgohida daraxt ekish marosimi boʻlib oʻtdi.
Mamlakatlarimiz va xalqlarimiz oʻrtasidagi doʻstlik hamda sherikchilikni mustahkamlashga, ikki tomonlama munosabatlar tarixida yangi sahifa ochishga oʻzaro qatʼiy intilishning ramzi sifatida Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Santyago Penya birgalikda Faxriy mehmonlar xiyobonida daraxt ekdilar.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
video_2025-12-11_18-50-36.mp452.72 MB
👍 22❤ 19🔥 10
00:22
Video unavailableShow in Telegram
Oʻzbekiston va Paragvay Prezidentlari Qoʻshma bayonot imzoladilar
Toshkentda boʻlib oʻtgan muzokaralar yakunida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Paragvay Respublikasi Prezidenti Santyago Penya Qoʻshma bayonotni imzoladilar.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/o-zbekiston-va-paragvay-prezidentlari-qo-shma-bayonot-imzoladilar
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
video_2025-12-11_18-45-30.mp430.78 MB
👍 46🔥 17❤ 16
Photo unavailableShow in Telegram
Oʻzbekiston – Paragvay munosabatlari yangi taraqqiyot bosqichiga koʻtarildi
Koʻksaroy qarorgohida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Paragvay Respublikasi Prezidenti Santyago Penya rasmiy delegatsiyalar ishtirokida muzokara oʻtkazdilar.
Oʻzbekiston bilan Paragvay oʻrtasidagi amaliy hamkorlikni yanada mustahkamlash istiqbollari muhokama qilindi.
Batafsil 👉https://uzreport.news/politics/o-zbekiston-paragvay-munosabatlari-yangi-taraqqiyot-bosqichiga-ko-tarildi
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
👍 44
Photo unavailableShow in Telegram
O‘zbekistonda metan zapravkalar faoliyatiga vaqtincha cheklov kiritilmoqda
Qayd etilishicha, qo‘shni davlatdagi gaz tarmog‘ida kuzatilgan texnik nosozlik tufayli import qilinayotgan tabiiy gaz qisqargani sababli zarur choralar ko‘rilmoqda.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/o-zbekistonda-metan-zapravkalar-faoliyatiga-vaqtincha-cheklov-kiritilmoqda
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
👎 8😁 2
Photo unavailableShow in Telegram
WSJ: Tramp Rossiya aktivlarini Ukrainadagi loyihalarga yo'naltirmoqchi
AQSh kompaniyalari Yevropa Ittifoqida muzlatilgan Rossiya aktivlaridan Trampning tinchlik rejasiga ilovalarga ko'ra, Ukrainadagi loyihalar uchun foydalanishlari mumkin. Hujjatlarda shuningdek, Rossiyani global iqtisodiyotga qaytarish taklif qilingan.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/wsj-tramp-rossiya-aktivlarini-ukrainadagi-loyihalarga-yonaltirmoqchi
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
❤ 2
01:45
Video unavailableShow in Telegram
Avazada zamonaviy jamiyatda ayollarning roli mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tmoqda
Turkmanistonning Avaza shahridagi milliy sayyohlik zonasida “Zamonaviy jamiyatda ayollarning roli: Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish uchun xalqaro hamkorlikni rivojlantirish” xalqaro konferensiya o‘z ishini davom ettirmoqda.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
IMG_8877.MP483.60 MB
👍 22❤ 1
Photo unavailableShow in Telegram
Islandiya Isroil ustidan Yevrovideniye boykotiga qo'shildi
Islandiya Isroilning ishtirokiga qarshi norozilik sifatida Yevrovideniye 2026 ni boykot qilgan beshinchi davlatga aylandi.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/islandiya-isroil-ustidan-yevrovideniye-boykotiga-qoshildi
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
👍 12❤ 1
Photo unavailableShow in Telegram
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida pokistonlik jurnalist va yozuvchi Muhammad Abbos Xonning "O‘zbekiston: Uchinchi Renessans – taraqqiyot konsepti" nomli kitobining o‘zbek tilidagi nashri taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Oliy Majlisi vakillari, Pokiston Islom Respublikasi Prezidentining maslahatchisi va matbuot kotibi Murtazo Solangi, ikki mamlakat vazirlik va idoralari rahbarlari, fan, adabiyot va media sohalari namoyandalari ishtirok etdi.
“O‘zbekiston: Uchinchi Renessans – taraqqiyot konsepti” kitobi badiiy-publitsistik asar bo‘lib, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan Uchinchi Renessans g‘oyasi va amalga oshirilayotgan islohotlar dasturining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan. Unga so‘zboshini Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif yozgani esa davlatlarimiz rahbarlari va xalqlarimiz o‘rtasidagi ishonch va yaqin do‘stlikning yorqin ramzidir.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar bu asar Uchinchi Renessans va Yangi O‘zbekiston g‘oyalarining ahamiyati xalqaro miqyosda yanada teran anglanishi, O‘zbekiston-Pokiston hamkorligi va do‘stligi yanada mustahkam bo‘lishiga xizmat qilishiga ishonch bildirdilar.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
👍 2❤ 1
Photo unavailableShow in Telegram
Tadbirkorlarga ko‘z olaytirgan amaldorlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Toshkent shahar Olmazor tumani Soliq inspeksiyasining ikki nafar bosh inspektori eshik va romlar ishlab chiqaruvchi oilaviy korxonada tekshiruv o‘tkazib, go‘yoki korxona har oyda kam miqdorda soliq to‘lab kelayotganligini vaj qilib, to‘lanmagan soliqlar uchun jarima qo‘llamaslik evaziga 10 mln so‘m talab qilishadi.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/tadbirkorlarga-ko-z-olaytirgan-amaldorlarga-nisbatan-jinoyat-ishi-qo-zg-atildi
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
👍 4
Photo unavailableShow in Telegram
AQSh Vakillar palatasi mudofaa byudjetini tasdiqladi
2026-yilda AQSh harbiylari uchun 901,1 milliard dollar ajratuvchi qonun loyihasi Kongressning quyi palatasi tomonidan qo'llab-quvvatlandi. Bu miqdor Donald Trampning bu maqsad uchun avvalgi so'rovidan ko'proq.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/aqsh-vakillar-palatasi-mudofaa-byudjetini-tasdiqladi
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
❤ 2
02:16
Video unavailableShow in Telegram
BMTning Aholishunoslik jamg‘armasi “BodyRight” platformasi ishga tushirdi
10-dekabr kuni Oliy Majlis Senati e‘lon qilgan “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kunlik faol harakat” xalqaro kampaniyasining yakunlandi. Kampaniya davomida onlayn-taqib, kiberstalking, intim tasvirlarni noqonuniy tarqatish, doksing va texnologiya orqali amalga oshiriladigan zo‘ravonlikning boshqa shakllari bilan bog‘liq ortib borayotgan xatarlarga e‘tibor qaratildi. Kampaniya yakunida BMTning Aholishunoslik jamg‘armasining “BodyRight” platformasi ishga tushirildi.
Batafsil UzReport TV lavhasida tomosha qiling!
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
BMTning_Aholishunoslik_jamg‘armasi_“BodyRight”_platformasi_ishga.mp45.19 MB
Photo unavailableShow in Telegram
Kiyev Trampning tinchlik rejasi bo'yicha AQShga rasmiy javob yubordi
Yevropalik ittifoqchilar bilan maslahatlashuvlardan so'ng, Kiyev AQShga Trampning tinchlik rejasiga tuzatishlar kiritdi. Ushbu javob bahsli masalalarni hal qilish bo'yicha yangi g'oyalarni bayon qiladi.
Batafsil 👉https://uzreport.news/world/kiyev-trampning-tinchlik-rejasi-boyicha-aqshga-rasmiy-javob-yubordi
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
❤ 1
Photo unavailableShow in Telegram
Talabalar uchun poyezd chiptalariga ham 50 % chegirma eʼlon qilindi
“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ respublika oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarga qishki taʼtil mobaynida mahalliy yo‘nalishdagi qatnovlar uchun chegirmalar eʼlon qildi.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/talabalar-uchun-poyezd-chiptalariga-ham-50-chegirma-e-lon-qilindi
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
👍 3😁 3❤ 1
