ch
Feedback
UzReport.news

UzReport.news

前往频道在 Telegram

O'zbekiston va dunyo yangiliklari https://uzreport.news saytining rasmiy Telegram kanali. Kirill yozuvida yangiliklar: @uzreportnewsuz Lotin yozuvida yangiliklar: @uzreport_uz Qayta aloqa uchun: @UzReportbot Reklama: @FUTBOLTV_ADVERTISING

显示更多
2025 年数字统计snowflakes fon
card fon
26 311
订阅者
-1324 小时
-1187
-59930
帖子存档
00:19
视频不可用在 Telegram 中显示
Paragvay Respublikasi Prezidenti Santyago Penya va rafiqasi Koʻksaroy qarorgohida tantanali kutib olindi. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
显示全部...
Reels_kutib olish_tg 2.mp427.23 MB
👍 1
照片不可用在 Telegram 中显示
WSJ: Tramp Rossiya aktivlarini Ukrainadagi loyihalarga yo'naltirmoqchi AQSh kompaniyalari Yevropa Ittifoqida muzlatilgan Rossiya aktivlaridan Trampning tinchlik rejasiga ilovalarga ko'ra, Ukrainadagi loyihalar uchun foydalanishlari mumkin. Hujjatlarda shuningdek, Rossiyani global iqtisodiyotga qaytarish taklif qilingan. Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/wsj-tramp-rossiya-aktivlarini-ukrainadagi-loyihalarga-yonaltirmoqchi Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
显示全部...
2
01:45
视频不可用在 Telegram 中显示
Avazada zamonaviy jamiyatda ayollarning roli mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tmoqda Turkmanistonning Avaza shahridagi milliy sayyohlik zonasida “Zamonaviy jamiyatda ayollarning roli: Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish uchun xalqaro hamkorlikni rivojlantirish” xalqaro konferensiya o‘z ishini davom ettirmoqda. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
显示全部...
IMG_8877.MP483.60 MB
👍 22 1
照片不可用在 Telegram 中显示
Islandiya Isroil ustidan Yevrovideniye boykotiga qo'shildi Islandiya Isroilning ishtirokiga qarshi norozilik sifatida Yevrovideniye 2026 ni boykot qilgan beshinchi davlatga aylandi. Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/islandiya-isroil-ustidan-yevrovideniye-boykotiga-qoshildi Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
显示全部...
👍 12 1
照片不可用在 Telegram 中显示
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida pokistonlik jurnalist va yozuvchi Muhammad Abbos Xonning "O‘zbekiston: Uchinchi Renessans – taraqqiyot konsepti" nomli kitobining o‘zbek tilidagi nashri taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Oliy Majlisi vakillari, Pokiston Islom Respublikasi Prezidentining maslahatchisi va matbuot kotibi Murtazo Solangi, ikki mamlakat vazirlik va idoralari rahbarlari, fan, adabiyot va media sohalari namoyandalari ishtirok etdi. “O‘zbekiston: Uchinchi Renessans – taraqqiyot konsepti” kitobi badiiy-publitsistik asar bo‘lib, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan Uchinchi Renessans g‘oyasi va amalga oshirilayotgan islohotlar dasturining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan. Unga so‘zboshini Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif yozgani esa davlatlarimiz rahbarlari va xalqlarimiz o‘rtasidagi ishonch va yaqin do‘stlikning yorqin ramzidir. Tadbirda so‘zga chiqqanlar bu asar Uchinchi Renessans va Yangi O‘zbekiston g‘oyalarining ahamiyati xalqaro miqyosda yanada teran anglanishi, O‘zbekiston-Pokiston hamkorligi va do‘stligi yanada mustahkam bo‘lishiga xizmat qilishiga ishonch bildirdilar. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
显示全部...
👍 2 1
照片不可用在 Telegram 中显示
Tadbirkorlarga ko‘z olaytirgan amaldorlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi Toshkent shahar Olmazor tumani Soliq inspeksiyasining ikki nafar bosh inspektori eshik va romlar ishlab chiqaruvchi oilaviy korxonada tekshiruv o‘tkazib, go‘yoki korxona har oyda kam miqdorda soliq to‘lab kelayotganligini vaj qilib, to‘lanmagan soliqlar uchun jarima qo‘llamaslik evaziga 10 mln so‘m talab qilishadi. Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/tadbirkorlarga-ko-z-olaytirgan-amaldorlarga-nisbatan-jinoyat-ishi-qo-zg-atildi Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
显示全部...
👍 4
照片不可用在 Telegram 中显示
AQSh Vakillar palatasi mudofaa byudjetini tasdiqladi 2026-yilda AQSh harbiylari uchun 901,1 milliard dollar ajratuvchi qonun loyihasi Kongressning quyi palatasi tomonidan qo'llab-quvvatlandi. Bu miqdor Donald Trampning bu maqsad uchun avvalgi so'rovidan ko'proq. Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/aqsh-vakillar-palatasi-mudofaa-byudjetini-tasdiqladi Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
显示全部...
2
02:16
视频不可用在 Telegram 中显示
BMTning Aholishunoslik jamg‘armasi “BodyRight” platformasi ishga tushirdi 10-dekabr kuni Oliy Majlis Senati e‘lon qilgan “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kunlik faol harakat” xalqaro kampaniyasining yakunlandi. Kampaniya davomida onlayn-taqib, kiberstalking, intim tasvirlarni noqonuniy tarqatish, doksing va texnologiya orqali amalga oshiriladigan zo‘ravonlikning boshqa shakllari bilan bog‘liq ortib borayotgan xatarlarga e‘tibor qaratildi. Kampaniya yakunida BMTning Aholishunoslik jamg‘armasining “BodyRight” platformasi ishga tushirildi. Batafsil UzReport TV lavhasida tomosha qiling! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
显示全部...
BMTning_Aholishunoslik_jamg‘armasi_“BodyRight”_platformasi_ishga.mp45.19 MB
照片不可用在 Telegram 中显示
Kiyev Trampning tinchlik rejasi bo'yicha AQShga rasmiy javob yubordi Yevropalik ittifoqchilar bilan maslahatlashuvlardan so'ng, Kiyev AQShga Trampning tinchlik rejasiga tuzatishlar kiritdi. Ushbu javob bahsli masalalarni hal qilish bo'yicha yangi g'oyalarni bayon qiladi. Batafsil 👉https://uzreport.news/world/kiyev-trampning-tinchlik-rejasi-boyicha-aqshga-rasmiy-javob-yubordi Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
显示全部...
1
照片不可用在 Telegram 中显示
Talabalar uchun poyezd chiptalariga ham 50 % chegirma eʼlon qilindi “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ respublika oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarga qishki taʼtil mobaynida mahalliy yo‘nalishdagi qatnovlar uchun chegirmalar eʼlon qildi. Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/talabalar-uchun-poyezd-chiptalariga-ham-50-chegirma-e-lon-qilindi Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
显示全部...
👍 3😁 3 1
03:17
视频不可用在 Telegram 中显示
1 000 dona regapen kuchli ta‘sir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi Batafsil UzReport TV lavhasida tomosha qiling! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
显示全部...
1_000_dona_regapen_kuchli_ta‘sir_qiluvchi_dori_vositalarining_noqonuniy.mp411.78 MB
2
照片不可用在 Telegram 中显示
O‘zbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Turkmanistonda bo‘ladi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan 11-12-dekabr kunlari amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi. Tashrif dasturiga muvofiq, mamlakatimiz yetakchisi Turkmanistonning doimiy betarafligi e’lon qilinganining 30 yilligi, Xalqaro betaraflik kuni hamda 2025-yil "Xalqaro tinchlik va ishonch yili" deb e’lon qilinganiga bag‘ishlangan xalqaro forumda ishtirok etishi ko‘zda tutilgan. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
显示全部...
👍 50
照片不可用在 Telegram 中显示
Venesuela AQShning oʻz qirgʻoqlari yaqinida tankerga hujumini qoraladi AQSh sanksiyalar ostidagi neftni tashiyotgan "juda katta" tankerni musodara qildi, deb eʼlon qildi Donald Tramp. Venesuela Vashingtonni oʻzining tabiiy resurslarini qoʻlga kiritishga urinishda aybladi. Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/venesuela-aqshning-o-z-qirg-oqlari-yaqinida-tankerga-hujumini-qoraladi Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
显示全部...
照片不可用在 Telegram 中显示
O‘zgidromet tuman va havo sifatining yomonlashish sababini tushuntirdi Maʼlumotlarga ko‘ra, kecha Toshkent va respublika hududlarining bir qator hududlari tuman bilan qoplangan. Mutaxassislar bundan kelib chiqib, atmosferada melkodispers to‘qimalarning (PM2,5 va PM10) konsentratsiyasining oshishi mumkinligiga ogohlantirmoqda. Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/o-zgidromet-tuman-va-havo-sifatining-yomonlashish-sababini-tushuntirdi Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
显示全部...
2
04:23
视频不可用在 Telegram 中显示
“O‘zbekiston tabiiy merosi” fotoko‘rgazmasi ish boshladi Toshkent Fotosuratlar uyida Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi tashabbusi bilan “O‘zbekiston tabiiy merosi” nomli fotoko‘rgazma ish boshladi. Ko‘rgazmada O‘zbekiston tabiiy merosi obyektlarini keng targ‘ib etishga oid ishlar joy olgan. Jumladan, O‘zbekistonning suv resurslari, tuproq, flora va fauna dunyosi, landshaftlari va tabiat yodgorliklari tasvirlangan 60 ta fotoasar namoyish etilmoqda. Batafsil UzReport TV lavhasida tomosha qiling! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
显示全部...
“O‘zbekiston_tabiiy_merosi”_fotoko‘rgazmasi_ish_boshladi.mp49.56 MB
1
照片不可用在 Telegram 中显示
Tramp: Yevropa yetakchilari bilan suhbatda "qo'pol so'zlar" aytildi Donald Tramp jurnalistlarga Mers, Makron va Starmer bilan suhbati "qo'pol so'zlar" bilan tugaganini aytdi. Uning qo'shimcha qilishicha, Amerika vakillari Yevropadagi uchrashuvga taklif qilingan. Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/tramp-yevropa-yetakchilari-bilan-suhbatda-qopol-sozlar-aytildi Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
显示全部...
3
照片不可用在 Telegram 中显示
Paragvay Prezidenti rasmiy tashrif bilan Oʻzbekistonda boʻladi Paragvay Respublikasi Prezidenti Santyago Penya 11-13-dekabr kunlari rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda boʻladi. Tashrif dasturiga muvofiq, Toshkentda boʻlib oʻtadigan oliy darajadagi muzokaralarda Oʻzbekiston bilan Paragvay oʻrtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy va gumanitar sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilish rejalashtirilgan. Qishloq xoʻjaligi, oziq-ovqat va kimyo sanoati, raqamlashtirish, turizm hamda sport sohalarida amaliy sheriklikni oʻrnatishga alohida eʼtibor qaratiladi. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
显示全部...
3
照片不可用在 Telegram 中显示
Korrupsiyaviy va iqtisodiy qonunbuzarliklarga qarshi kurashish, komplayens nazoratini takomillashtirish masalalari koʻrib chiqildi Prezident Shavkat Mirziyoyev korrupsiyaga qarshi kurashish, komplayens nazoratini takomillashtirish va raqamlashtirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda kelgusidagi rejalar taqdimoti bilan tanishdi. Mutasaddilarga bu borada faqat jinoyatning oqibatlari bilan kurashish emas, balki unga sabab boʻluvchi omillarni bartaraf etishga alohida eʼtibor qaratish, faoliyatni raqamlashtirib, masofaviy nazorat mexanizmlari va xalqaro hamkorlikni kengaytirish yuzasidan topshiriqlar berildi. Profilaktika ishlarini kuchaytirish, moliyaviy va huquqiy savodxonlikni oshirish, qonunbuzarliklarga imkon beruvchi boʻshliqlarga yoʻl qoʻymaslik maqsadida qonunchilik hujjatlarini doimiy ravishda takomillashtirib borish zarurligi taʼkidlandi. Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/korrupsiyaviy-va-iqtisodiy-qonunbuzarliklarga-qarshi-kurashish-komplayens-nazoratini-takom Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
显示全部...
👍 36 4🔥 1
照片不可用在 Telegram 中显示
Yevropa Ittifoqi Rossiya gaz importini bosqichma-bosqich to'xtatish mexanizmi bo'yicha kelishib oldi Yevropa Ittifoqiga a'zo davlatlarning doimiy vakillari 2027-yil oxiriga qadar Rossiyadan gaz importini bosqichma-bosqich to'xtatishga kelishib oldilar. Qonun kuchga kirishi uchun uni Yevropa Parlamenti tasdiqlashi kerak. Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/yevropa-ittifoqi-rossiya-gaz-importini-bosqichma-bosqich-toxtatish-mexanizmi-boyicha-kelis Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
显示全部...
照片不可用在 Telegram 中显示
Toshkent metrosida to‘rtta bekatning yopiq vestibyullari qayta ochiladi Qayd etilishicha, bekatlar zamonaviy texnik jihozlar bilan taʼminlangan bo‘lib, bu yo‘lovchi oqimini ravon taqsimlash, bekatlarga kirish-chiqishdagi tirbandliklarni kamaytirishga xizmat qiladi. Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/toshkent-metrosida-to-rtta-bekatning-yopiq-vestibyullari-qayta-ochiladi Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
显示全部...
👍 3 1