IT Park Uzbekistan
Open in Telegram
🌐 https://outsource.gov.uz Facebook: @itparkuzb Instagram: @itpark_uz LinkedIn: @itparkuz Youtube: https://clck.ru/NNp9q
Show more2025 year in numbers

15 886
Subscribers
+624 hours
-207 days
-8930 days
Posts Archive
#event
👍 “CAEX” markazida O‘zbekiston-Yaponiya AKT forumi bo‘lib o‘tdi. Bu “ICT Week Uzbekistan” doirasidagi asosiy tadbir bo‘lib, O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi raqamli hamkorlikni rivojlantirishga bag‘ishlandi.
Forum dasturi shunday tuzilganki, ishtirokchilar O‘zbekistondan Yaponiyaga IT-autsorsing istiqbollarini turli tomonlardan ko‘rib chiqish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Tadbir doirasida “O‘zbekistondan Yaponiyaga IT-autsorsing: imkoniyatlar va qiyinchiliklar” umumiy mavzusi ostida birlashtirilgan ikkita panel sessiyasi o‘tkazildi.
📖 Batafsil ma’lumot olish uchun maqolani to’liq o’qing: it-park.uz
—
👍 The Uzbekistan–Japan ICT Forum was held at CAEX, serving as a key event within ICT Week Uzbekistan dedicated to advancing digital partnership between Uzbekistan and Japan.
The forum program was designed to provide participants with a comprehensive view of IT outsourcing prospects from Uzbekistan to Japan. The event featured two panel sessions under the overarching theme “IT outsourcing from Uzbekistan to Japan: opportunities and challenges”.
📖 Read the full article to learn more: outsource.gov.uz
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | LinkedIn
❤ 3
Toshkent global venchur ekotizimining markaziy maydoniga aylanmoqda: kelasi yil bahorida O‘zbekiston poytaxtida “Central Eurasian Venture Forum” (CEVF 2026) bo‘lib o‘tadi. Mazkur forum Markaziy Yevroosiyodagi investorlar, startaplar va korporatsiyalar o‘rtasidagi bitimlar va muloqot uchun asosiy platforma sifatida e’tirof etilgan.
Forum o‘tkazilishi haqida “ICT WEEK Uzbekistan 2025” doirasida o‘tkazilayotgan “Startup & Venture Summit” davomida imzolangan memorandumdan so‘ng e’lon qilindi.
📖 Batafsil ma’lumot olish uchun maqolani to’liq o’qing: it-park.uz
—
Tashkent is set to become the central stage for the global venture ecosystem: the Central Eurasian Venture Forum (CEVF 2026) will take place in Uzbekistan’s capital next spring. The forum is recognized as the key platform for deals and dialogue among investors, startups, and corporations across Central Eurasia.
The announcement follows the signing of a memorandum during the Startup & Venture Summit at ICT WEEK Uzbekistan 2025.
📖 Read the full article to learn more: outsource.gov.uz
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | LinkedIn
O‘zbekiston maqsadli kapital hajmi 20 million dollar bo‘lgan mamlakatdagi birinchi xalqaro xususiy venchur fond — “DOMiNO Uzbekistan” jamg‘armasi tashkil etilganini faxr bilan e’lon qiladi .
Niderlandiyada joylashgan global venchur kompaniyasi ofisining rasmiy ochilishi IT Park Uzbekistan tomonidan “ICT WEEK 2025” doirasida tashkil etilgan “Startup & Venture Summit” tadbirining muhim yakuniga aylandi.
Ushbu voqea Markaziy Osiyodagi birinchi Yevropa venchur kompaniyasi ofisining ochilishi bo‘lib, xorijiy venchur kapitalni bevosita O‘zbekistonga olib keladi. Ushbu qadam xalqaro investorlarning mamlakatning jadal rivojlanayotgan startap ekotizimiga bo‘lgan qiziqishi ortib borayotganini ko‘rsatadi va O‘zbekistonni mintaqadagi rivojlanayotgan innovatsion markaz sifatida namoyon etadi.
📖 Batafsil ma’lumot olish uchun maqolani to’liq o’qing: it-park.uz
—
Uzbekistan is proud to welcome the DOMiNO Uzbekistan Fund — the country’s first international private venture capital fund with a target size of $20 million.
The official opening of the office of the Netherlands-based global venture capital firm was celebrated as a landmark conclusion of the Startup & Venture Summit by IT Park Uzbekistan at ICT WEEK 2025.
This marks the opening of the first European VC office in Central Asia, bringing foreign venture capital directly into Uzbekistan. The move highlights growing global investor interest in the country’s fast-evolving startup ecosystem and positions Uzbekistan as a rising innovation hub in the region.
📖 Read the full article: outsource.gov.uz
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | LinkedIn
“IT Park Ventures” faxr bilan mintaqadagi eng ilg‘or startaplarni qo‘llab-quvvatlovchi “AWS Activate Providers” global tarmog‘iga qo‘shildi. Bu muhim voqea “ICT WEEK Uzbekistan 2025” doirasida o‘tkazilgan “Startup & Venture Summit” tadbirida e’lon qilindi.
Ushbu hamkorlik tufayli “IT Park Ventures” tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan startaplar “Amazon Web Services” (AWS) platformasning quyidagi maxsus imtiyozlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladilar:
🟢 AWS Cloud kreditlari — so‘nggi 12 oy ichida amalga oshirilgan Seed va Series A investitsiyalar uchun 10 000 AQSh dollarigacha bo‘lgan targ‘ibot kreditlari, 2 yilgacha amal qiladi (AWS Activate muvofiqlik va shartlariga ko‘ra).
🟢 Startaplarning tezroq o‘sishiga yordam beruvchi faqat a’zolar uchun mo‘ljallangan maxsus takliflar.
🟢 AWS Activate Console — yaratish, kengaytirish va muvaffaqiyatga erishishga yordam beruvchi vositalar, resurslar va mutaxassislar ko‘rsatmalariga ega kuchli platforma.
📖 Batafsil ma’lumot olish uchun maqolani to’liq o’qing: it-park.uz
—
IT Park Ventures proudly joins the global network of AWS Activate Providers, empowering the region’s most ambitious startups. The milestone was revealed at the Startup & Venture Summit during ICT WEEK Uzbekistan 2025.
Through this partnership, startups backed by IT Park Ventures will gain access to exclusive benefits from Amazon Web Services (AWS), including:
🟢AWS Cloud Credits — up to $10,000 in promotional credits for Seed and Series A investments made within the past 12 months, valid for up to 2 years (subject to AWS Activate eligibility and terms).
🟢Exclusive members-only offers designed to help startups grow faster.
🟢AWS Activate Console — a powerful platform with tools, resources, and expert guidance to help build, scale, and succeed.
📖 Read the full article: outsource.gov.uz
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | LinkedIn
❤ 2👍 2
“Billz” bosh direktori Rustam Hamdamov shunday ta’kidladi:
Seed bosqichida bizning asosiy vazifamiz to‘g‘ri jamoa tuzish va kompaniya poydevorini mustahkamlash edi. O‘sishimiz davomida e’tibor chiqish (exit) strategiyasini belgilashga qaratildi, chunki ko‘plab yirik hamkorlar startaplarni sotib olishga tayyor emas. 10–20 million dollar baholanishga erishish mumkin, ammo haqiqiy qiyinchilik 200–500 million dollargacha o‘sish imkoniyatini ko‘rsatishdir. Buning uchun bozorni isbotlash, o‘sishni namoyish etish va aniq chiqish strategiyasini taqdim qilish zarur.— Rustam Khamdamov, Billz CEO, noted:
At the seed stage, our main challenge was building the right team and shaping the foundation of the company. As we grew, the focus shifted to defining an exit strategy, since not many large partners are ready to acquire startups. Reaching a $10–20 million valuation is possible, but the real challenge is showing how to scale to $200–500 million. That requires proving the market, demonstrating growth, and presenting a clear exit strategy.📺 YouTube Live Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | LinkedIn
❤ 2👍 2
“Payme” bosh direktori Stanislav Skvirskiy:
O‘tish davridan beri biz beshta mamlakatga kirib bordik. Bunday tez o‘zgaruvchan sharoitda asosiy vazifa tadbirkorlik ruhini saqlab qolishdir. O‘sish nafaqat kompaniya, balki shaharlar, hukumatlar va butun iqtisodiyot uchun ustuvor yo‘nalish sifatida belgilanishi lozim. Biz bu o‘sish barqaror bo‘lishini va kengayish uchun imkoniyatlar yaratishini ta’minlashimiz kerak. Ikkinchi muhim vazifa kuchli boshqaruv jamoasini shakllantirish va samarali jarayonlarni yo‘lga qo‘yishdir. Biz ortiqcha byurokratiyaga ishonmaymiz — keraksiz qog‘ozbozlikka hojat yo‘q. Agar biror jamoa yoki hamkorga maslahat kerak bo‘lsa, ular shunchaki bizdan so‘rashlari mumkin va biz ularga oldinga siljishda yordam beramiz. Aynan shu moslashuvchanlik bizga tadbirkorlik madaniyatimizni saqlab qolish imkonini beradi.— Stanislav Skvirsky CEO, payme noted:
Since the transition, we’ve expanded into five countries, and in such a fast-changing environment the key challenge is to preserve the entrepreneurial spirit. Growth has to be positioned as a priority not just for the company, but for cities, governments, and entire economies. We must ensure that this growth is sustainable and creates opportunities for scaling.” The second priority is building a strong management team and establishing processes. We don’t believe in unnecessary bureaucracy — no extra paperwork is needed. If any team or partner needs advice, they can simply ask us, and we’ll help them move forward. This flexibility is what allows us to keep our entrepreneurial culture alive.📺 YouTube Live Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | LinkedIn
👍 1
“TBC Bank Group” xalqaro biznes bo‘limi rahbari Oliver Xyuz
Biz O‘zbekistondagi startaplarga nafaqat kreativlik, bardoshlilik va mahalliy bilimlarni namoyish etuvchi ilhom manbai sifatida, balki keng moliyaviy ekotizimimizning bir qismiga aylanishi mumkin bo‘lgan potensial strategik hamkorlar sifatida ham qaraymiz. “Payme” va “Billz” kabi muvaffaqiyatli misollar mahalliy innovatsiyalarning qanday rivojlanishi va keng ko‘lamli infratuzilmaga qo‘shilishini ajoyib tarzda namoyish etadi. Biz uchun bunday hamkorlik va xaridlar shunchaki o‘sish emas, balki birgalikda kattaroq narsani yaratishdir. Bular bizga O‘zbekistonning fintech ekotizimini rivojlantirishga hissa qo‘shish, shu bilan birga yangi g‘oyalar va mijozlarning yangi qatlamlariga kirish imkonini beradi. Bu o‘zaro quvvatlovchi jarayon bo‘lib, biz uni davom ettirishdan mamnunmiz.— Oliver Hughes Head of International Business, TBC Bank Group:
We look at startups in Uzbekistan not only as a source of inspiration — showcasing creativity, resilience, and local insight — but also as potential strategic partners that can become part of our larger financial ecosystem. Success stories like Payme and Billz are great examples of how local innovation can scale and integrate into a wider infrastructure. For us, such partnerships and acquisitions are not just about growth; they’re about building something bigger together. They allow us to contribute to the development of Uzbekistan’s fintech ecosystem, while also gaining access to fresh ideas and new customer segments. It’s a mutually reinforcing process — and one we’re excited to continue.📺 YouTube Live Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | LinkedIn
Buyuk Britaniya Tashqi ishlar, hamdo‘stlik va taraqqiyot vazirligining Markaziy Osiyo bo‘yicha iqtisodiy rivojlanish maslahatchisi Charli Morris shunday ta’kidladi:
Markaziy Osiyoda ko‘plab ijobiy jihatlar mavjud: yosh va bilimli aholi, nisbatan barqaror hukumatlar va dunyoda haqiqiy demografik o‘sish kuzatilayotgan kamdan-kam hududlardan biri. Bu omillar mintaqa uchun katta afzallik hisoblanadi va hozir ulardan unumli foydalanish vaqti keldi. Biroq, xalqaro investorlar uchun bu hudud hali ham yangi o‘zlashtirilayotgan bozor sifatida qabul qilinmoqda. Qiziqish bor, imkoniyatlar mavjud, ammo muvaffaqiyat qozonish mustahkam huquqiy asoslarni yaratishga, biznesni boshlash va yuritishni osonlashtirishga hamda qonunlarda belgilangan tartib-qoidalarning amalda to‘liq joriy etilishiga bog‘liq bo‘ladi.— Charlie Morris, Economic Development Counsellor for Central Asia at UK Foreign, Commonwealth & Development Office noted:
Central Asia has so many bright spots: a young and educated population, relatively stable governments, and one of the few regions in the world with real demographic growth. These factors are massively in the region’s favour — and now is the time to capitalize on them. But for international investors, it still feels like a frontier market. The interest is there, the potential is real, yet success will depend on building solid legal frameworks, making it easy to start and operate businesses, and ensuring that what is written on paper is truly implemented in practice.📺 YouTube Live Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | LinkedIn
“Purple Ventures” hamkori Yan Davidek:
Purple Ventures kompaniyasida biz innovatsiyalarni haqiqiy ishonch bilan qo‘llab-quvvatlashga ishonamiz. Shu sababli bizning jamg‘armamiz to‘liq xususiy mablag‘lar bilan moliyalashtiriladi, davlat pullari umuman jalb qilinmaydi va jamoamiz fond menejerlari emas, balki tadbirkorlardan iborat. Biz rivojlanayotgan bozorlarda ulkan salohiyatni ko‘ryapmiz — nafaqat ular hali o‘zlashtirilmagani uchun, balki u yerdagi sarmoyaning ta’siri yuqori bo‘lgani uchun ham. Korporativ biznesimizdan o‘z jamg‘armamizga 40 million yevrodan ortiq mablag‘ yo‘naltirib, biz tadbirkorlik tafakkuri bilan ishlatilganda xususiy kapital yuqori samara berishi mumkinligini isbotladik. Biz uchun gap trendlarga ergashishda emas, balki eng zarur bo‘lgan joylarda uzoq muddatli, barqaror innovatsiyalar uchun sharoit yaratish haqida ketmoqda.— Jan Davidek, Partner, Purple Ventures:
At Purple Ventures, we believe in backing innovation with real conviction. That’s why our fund is driven entirely by private capital, with no public money involved, and why our team is made up of entrepreneurs, not career fund managers. We see tremendous potential in emerging markets — not only because they are untapped, but because the impact of capital there is exponential. With over €40 million committed from our corporate business into our own fund, we’ve proven that private capital, when deployed with entrepreneurial insight, can outperform. For us, it’s not about following trends. It’s about creating the conditions for long-term, sustainable innovation where it’s needed most.📺 YouTube Live Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | LinkedIn
“Clarity.Flo” asoschisi va bosh direktori Asror Arabjanov shunday ta’kidladi:
Mablag‘ jalb qilish ko‘p jihatdan ruhni ezadigan jarayondir. Bu mashaqqatli, charchatadigan va odamlar tasavvur qiladigan jozibador obrazdan ancha yiroq. Eng qiyini — eshikdan kirib, jiddiy qabul qilinishga erishishdir. Ko‘pchilik investorlar, agar siz ishonchli bo‘lmasangiz, e’tibor bermaydilar — va aynan shu yerda to‘g‘ri aloqalar muhim ahamiyatga ega. Eng yaxshi tanishuvlar kutilmagan xatlardan emas, balki sizga ishongan boshqa ajoyib tadbirkorlardan keladi. Ular ’bu inson vaqtingizga arziydi, unga sarmoya kiritishingiz kerak’ deyishsa, hamma narsa o‘zgaradi. Shuning uchun kuchli hamkasblar va qo‘llab-quvvatlovchi jamoa atrofida bo‘lish juda muhim — ularning ishonchi va tavsiyalari yopiq qolgan eshiklarni ochishi mumkin.— Asror Arabjanov, Co-Founder & CEO Clarity.Flo, noted:
Fundraising is, in many ways, a soul-crushing experience. It’s tough, exhausting, and far from the glamorous image people sometimes imagine. The hardest part is simply getting through the door and being taken seriously. Most investors won’t listen unless you come with credibility — and that’s where the right network matters. The best introductions don’t come from cold emails, they come from other great founders who believe in you. When they say, ‘this person is worth your time, you should invest in them,’ it changes everything. That’s why it’s so important to surround yourself with strong peers and a supportive community — their belief and recommendations can open doors that would otherwise stay shut.📺 YouTube Live Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | LinkedIn
❤ 5👍 1
“Doha Tech Angels” boshqaruvchi hamkori Sara Daniel moderatorning investorlar birinchi navbatda nimaga e’tibor qaratishlari haqidagi savoliga javob berdi.
Startaplarni juda erta bosqichda ko‘rib chiqayotganimizda, qaror qabul qilishimizni belgilaydigan uchta asosiy omil mavjud. Birinchi so‘raydigan savolimiz: bozor hajmi qanday? Chunki imkoniyat katta bo‘lmasa, hatto eng yaxshi g‘oya ham haqiqiy ta’sir ko‘rsata olmaydi. Ikkinchidan, startap hal qilayotgan muammo qanchalik muhim? Agar bu mijozlar uchun haqiqatan ham jiddiy muammo bo‘lsa, demak, unga talab bo‘lishini bilasiz. Uchinchidan, biz kengayish imkoniyatlarini ko‘rib chiqamiz — bu kompaniya o‘sa oladimi va texnologiya bu o‘sishni qo‘llab-quvvatlash uchun rivojlana oladimi? Va albatta, bularning barchasining zamirida jamoa turadi. Umuman olganda, gap faqat g‘oya yoki bozorda emas, balki uni harakatga keltiradigan insonlarda.— Sara Daniel, Managing Partner at Doha Tech Angels, answering the moderator’s question about what investors pay attention to first.
When we look at startups at a very early stage, there are three main factors that guide our decision-making. First, we ask: how big is the market? Because if the opportunity isn’t significant, even the best idea won’t generate real impact. Second, how important is the problem that the startup is solving? If it’s a pain point that truly matters to customers, then you know there will be demand. Third, we look at scalability — can this company grow, and can the technology evolve to support that growth? And of course, underlying all of this is the team. Ultimately, it’s not just about the idea or the market, but about the people driving it.📺 YouTube Live Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | LinkedIn
❤ 2
Obidjon Komiljonov, Koreyadagi “trestle” kompaniyasi hammuassisi va texnik direktori:
Rahbariyatimizning ishonchi tufayli biz O‘zbekistonda kompaniya tashkil etishga erishdik. Bu kompaniya yosh, iqtidorli dasturchilar tomonidan barpo etildi va hozirda dunyoning yetakchi brendlari uchun global loyihalarni amalga oshirmoqda. O‘zbekistonga ishoning. Yoshlarimizga ishoning. Biz aynan shunday yo‘l bilan mijozlar muvaffaqiyatini ta’minlaymiz, innovatsiyalarni rivojlantiramiz va barqaror o‘sishga erishamiz.— Obidjon Komiljonov, Co-Founder & CTO at trestle, Korea:
With the trust of our leadership, we were able to establish a company in Uzbekistan — built by young, talented developers who are now delivering global projects for some of the world’s leading brands. Trust in Uzbekistan. Trust in our youth. That’s how we build customer success, drive innovation, and ensure sustainable growth.📺 YouTube Live Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | LinkedIn
🔥 3
Buyuk Britaniyadagi “Moneff” kompaniyasi hammuassisi va bosh tijorat direktori Baxtiyor Aliyev:
Bizning faoliyatimiz 2016-yilda atigi to‘rt kishi bilan boshlangan edi. Bugun esa kompaniyamiz uch mamlakatda 60 nafardan ortiq xodimga ega bo‘lib, 12 dan ziyod millatni o‘z ichiga oladi. Jamoamizning uchdan bir qismi O‘zbekistonlik mutaxassislar. Birgalikda biz 7 milliard dollardan ortiq mablag‘ni qayta ishlagan kompaniyaga aylandik. Bularning barchasi to‘g‘ri odamlar va to‘g‘ri jamoasiz amalga oshmas edi. Yevropa fintech bozori juda to‘yingan va qattiq nazorat qilinadi. Raqobat keskin, mijozlar ishonchini qozonish mushkul, qonun-qoidalarga rioya qilish esa katta xarajat va murakkabliklarni keltirib chiqaradi. Bir payt biz uchinchi tomon texnologiyasiga tayanish uzoq muddatli yechim emasligini tushunib yetdik. Shu bois, biznes jarayonlarimiz va maqsadlarimizga mos keladigan o‘z platformamizni noldan yaratdik. Yosh tadbirkorlarga aytadigan gapim oddiy: boshlashdan qo‘rqmang. Siz mahalliy darajada hal qilayotgan muammolar global miqyosda — London, San Fransisko yoki Dehlida ham mavjud bo‘lishi mumkin. Buning uchun sizga faqat internet va qat’iyat kerak, xolos. O‘z aloqa tarmog‘ingizni yarating, kerakli mutaxassislarni toping va maslahat so‘rashdan tortinmang. Bu qadamlar vaqtingizni, resurslaringizni tejaydi va tezroq o‘sishingizga ko‘maklashadi.— Bakhtiyor Aliev, Co-Founder & Chief Commercial Officer at Moneff, UK:
Our journey started in 2016 with just four people, and today we are more than 60 across three countries, representing over 12 nationalities. About one-third of our team comes from Uzbekistan. Together, we’ve grown into a company that has already processed over $7 billion. None of this would have been possible without the right people and the right team. The European fintech market is highly saturated and heavily regulated. Competition is fierce, customer trust is hard to earn, and compliance adds significant cost and complexity. At one point, we realized that relying on third-party technology was not sustainable, so we built our own platform from scratch, tailored to our business processes and vision. For young entrepreneurs, my message is simple: don’t be afraid to start. The problems you’re solving locally may exist globally — in London, San Francisco, or Delhi. All you need is access to the internet and determination. Build your network, find the right experts, and don’t hesitate to seek advice. These steps will save you time, resources, and help you grow much faster.📺 YouTube Live Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | LinkedIn
🔥 2❤ 1
“Lamha” kompaniyasining hammuassisi va bosh direktori Ahmad Abbos shunday ta’kidladi:
Ba’zi startaplar akseleratorlarga qo‘shilishining asosiy sabablaridan biri aloqalar tarmog‘ini kengaytirishdir. Biroq, bugungi kunda “LinkedIn” singari platformalar yordamida siz bevosita o‘z mamlakatingizdagi shu sohadagi tadbirkorlar bilan bog‘lanib, ushbu aloqalarni mustaqil ravishda o‘rnatishingiz mumkin. Shu bilan birga, mahalliy ekotizimga integratsiyalashish juda muhim ahamiyatga ega. Bu jarayon sizga ekotizim taqdim etadigan barcha manfaatdor tomonlar va imkoniyatlar bilan tezroq aloqa o‘rnatishga yordam beradi.
Men startaplarning venchur kapitalga tayanish o‘rniga sun’iy intellektdan foydalanib, o‘z kuchiga tayanish tendensiyasi tobora kuchayib borayotganiga guvoh bo‘lyapman. Kelajakka nazar solsak, keyingi katta to‘lqin sun’iy intellekt, moliyaviy texnologiyalar va chuqur texnologiyalar sohasidan kelishiga ishonchim komil. Bu kompaniyalarning ko‘pchiligi ham o‘z kuchiga tayanish yo‘lini tutadi, deb o‘ylayman.— Ahmed Abbas, Сo-founder & CEO Lamha, noted:
One of the reasons some startups join accelerators is to build a network. But today, with platforms like LinkedIn, you can directly reach out to entrepreneurs in the same industry within a country and create those connections yourself. At the same time, it is very important to integrate into the local ecosystem. Doing so helps you connect faster with all the stakeholders and opportunities that the ecosystem offers.
I see a growing trend of startups choosing to bootstrap by using AI rather than relying on venture capital. And looking ahead, I believe the next big wave will come from AI, FinTech, and DeepTech — with many of these companies also following the bootstrapping path.📺 YouTube Live Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | LinkedIn
❤ 3
“Plug and Play Tech Center” hamkori Sasha Karimpour (moderator) shunday ta’kidladi:
Innovatsiya bir kechada sodir bo‘ladigan hodisa emas — bu jarayon. Buning uchun tadqiqot, qiziquvchanlik va hatto ishlar darhol yaxshi chiqmasa ham davom etish jasorati kerak. Biroz orzu qiling, ba’zan muvaffaqiyatsizlikka uchrashga tayyor turing, qayta tiklanib, yana harakat qiling. Haqiqiy taraqqiyot shu tarzda amalga oshadi va ekotizim aynan shunday rivojlanadi.— Sascha Karimpour, Partner at Plug and Play Tech Center (Moderator) noted:
Innovation is not something that happens overnight — it’s a process. You need exploration, curiosity, and the courage to keep going even when things don’t work out right away. Dream a little, be ready to fail sometimes, reset, and try again. That’s how real progress is made, and that’s what makes an ecosystem thrive.📺 YouTube Live Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | LinkedIn
❤ 1👍 1
“Sturgeon Capital” hamkori Robin Batler shunday ta’kidladi:
Startap yangi bozorga kirishga chindan ham tayyor bo‘ladi, qachonki u nima uchun aynan shu bozor to‘g‘ri tanlov ekanligini aniq tushunsa. Bu obro‘ ortidan quvish yoki yuqori baholanishga intilish emas, balki mahsulot bilan bozor dinamikasi o‘rtasidagi haqiqiy muvofiqlikdir — mijozlarning xarid qilish usullari, mavjud raqobatchilar va qondirilmagan ehtiyojlar qayerda ekanligini anglashdir. Ko‘pincha asoschilar AQSh yoki boshqa yirik bozorga kirmoqchi ekanliklarini ’u yerda pul bor’ degan oddiy sabab bilan izohlashadi. Ammo haqiqiy tayyorgarlik jamoa o‘z yechimi aynan shu mintaqaga boshqalarga qaraganda yaxshiroq mos kelishining aniq sabablarini ko‘rsata olganida namoyon bo‘ladi. Shunchaki intilish emas, balki muvofiqlikning aniqligi startapning xalqaro miqyosda kengayishga tayyorligining eng kuchli belgisidir.— Robin Butler, Partner, Sturgeon Capital noted:
A startup is truly ready to enter a new market when it has a clear understanding of why that market is the right one. It’s not about chasing prestige or bigger valuations, but about having a real match between the product and the market dynamics — how customers buy, what competitors exist, and where the unmet needs lie. Too often founders say they want to go to the U.S. or another big market just because ‘there’s money there.’ But real readiness comes when a team can point to concrete reasons why their solution fits that specific region better than others. That clarity of fit — not just ambition — is the strongest signal a startup is prepared to scale internationally.📺 YouTube Live Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | LinkedIn
❤ 1
“IMPACTA Capital” faol investori Serxio Argento moderatorning investitsiyalar haqidagi savoliga shunday javob berdi:
Bu, albatta, mamlakat va sohaga bog‘liq, ammo men uchun eng muhimi — insonlar, munosabatlar, biznesning qiymati va bozorni tushunish. Aslida, men startaplar dastlab mablag‘ so‘ramasligini ma’qul ko‘raman. Avvalo, ular bozorga kirib, o‘z o‘rnini topishi va manfaatdor tomonlarning haqiqiy qiziqishi borligini isbotlashi kerak. Faqat shundan keyin, ehtiyoj aniq va isbotlangandan so‘ng, ular kapital jalb qilishlari lozim — xayollarni emas, balki real vaziyatni qo‘llab-quvvatlash uchun.— Sergio Argento, Activist Investor at IMPACTA Capital, responding to the moderator's question about investments:
It depends on the country and the industry, of course — but for me, it always comes down to people, relationships, business value, and understanding the market. I actually prefer startups not to ask for funding upfront. First, they should enter the market, build traction, and prove there’s real interest from stakeholders. Only then, once the need is clear and validated, should they raise capital — not to fund dreams, but to support reality.📺 YouTube Live Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | LinkedIn
🔥 2❤ 1
“Alchemist Accelerator” mahsulot bo‘yicha katta direktori Kristi Kanida moderatorning muvaffaqiyatli startapga aylanish yo‘llari haqidagi savoliga shunday javob berdi:
Biz eng avvalo madaniyatga e’tibor qaratamiz. Yaqinda bir guruh startaplarga aytganimdek, o‘z vaqtida kelish, konferensiyalarda odamlar bilan muloqot qilish usullari, qaysi aloqa vositalaridan foydalanishni bilish — bu asosiy qoidalar juda muhim. Keyin biz: “Mijozlar bilan gaplashing” deymiz. Sizda g‘oya bo‘lishi mumkin, lekin u noto‘g‘ri bo‘lishi ehtimoli yuqori. Haqiqiy odamlar bilan suhbatlashmaguncha, sizda faqat tekshirilmagan taxminlar bor, xolos. Shuning uchun biz sizga qanday savol berish, qanday tinglash va doimiy ravishda bilim olishni o‘rgatamiz.— Christy Canida, Senior Director of Product at Alchemist Accelerator, responded to the moderator's question about how to become a successful startup:
The very first thing we focus on is culture. As I told a group of startups recently — showing up on time, knowing how to talk to people at conferences, understanding which communication tools are used — these basics matter. Then we say: go talk to customers. You may have an idea, but it's likely wrong. Until you speak to real people, all you have are untested hypotheses. So we teach you how to ask questions, how to listen, and how to keep learning.📺 YouTube Live Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | LinkedIn
🔥 1
Yoram Veyngaarde, “Dealroom.co” asoschisi va bosh direktori:
Dealroom IT Park Uzbekistan bilan hamkorlikda global startap platformasini ishga tushirdi: Uzbekistan.dealroom.com Startap va innovatsion intellektning yetakchi ta’minotchisi hisoblangan “Dealroom” kompaniyasi IT Park Uzbekistan bilan hamkorlikda maxsus global platformani ishga tushirdi. Platforma O‘zbekiston bo‘ylab startaplar, o‘sib borayotgan kompaniyalar, investorlar va innovatsion markazlar haqida keng qamrovli ma’lumotlarni taqdim etadi hamda ularni global texnologik ekotizim bilan bog‘laydi. Ushbu hamkorlik O‘zbekistonni jahon miqyosida texnologiyalar, tadbirkorlik va innovatsiyalar rivojlanayotgan markaz sifatida ilgari surish yo‘lidagi muhim qadam hisoblanadi.— Yoram Wijngaarde, Founder & CEO Dealroom.co:
Dealroom launches global startup platform in partnership with IT Park Uzbekistan: Uzbekistan.dealroom.com Dealroom, a leading provider of startup and innovation intelligence, has launched a dedicated global platform in collaboration with IT Park Uzbekistan. The platform offers comprehensive data on startups, scaleups, investors, and innovation hubs across Uzbekistan, connecting them with the global tech ecosystem. This partnership marks an important milestone in positioning Uzbekistan as an emerging hub for technology, entrepreneurship, and innovation on the global stage.📺 YouTube Live Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | LinkedIn
❤ 2
🚀 Startup & Venture Summit — boshlanish arafasida!
Tez orada CAEx binosining 1-asosiy zalida “ICT Week Uzbekistan 2025” doirasidagi eng muhim tadbirlardan biri — “Startup & Venture Summit” boshlanadi.
Sammit startaplar, investorlar va jahon miqyosidagi ekspertlarni bir joyga to‘plab, O‘zbekiston va xalqaro miqyosda innovatsiyalar, venchur investitsiyalar hamda tadbirkorlikning kelajagi haqidagi muhokamalar uchun zamin yaratadi.
📺 YouTube jonli efiri
—
🚀 Startup & Venture Summit — about to begin!
Very soon, the Startup & Venture Summit, one of the landmark events of ICT Week Uzbekistan 2025, will begin at CAEx, Main Hall 1.
The summit will bring together startups, investors, and global experts to discuss innovation, venture capital, and the future of entrepreneurship in Uzbekistan and beyond.
📺 YouTube Live
🔥 3
