Kun.uz | Rasmiy kanal
Open in Telegram
🇺🇿 Kun.uz saytining Telegram-kanaliga xush kelibsiz! ‼️ Ushbu kanal lotin alifbosida yuritiladi Reklama: +998781137733 Sayt: http://kun.uz/uz facebook.com/kunuznews twitter.com/KunUzNews instagram.com/kun.uz @kunuzmurojaat
Show more2025 year in numbers

80 264
Subscribers
-3424 hours
-1107 days
-1 23930 days
Posts Archive
Photo unavailableShow in Telegram
Anora Sodiqovani haqorat qilgan bloger Mirsaid Haydarov 25 mln so‘m ma’naviy zarar to‘ladi
Sud «Mufasa» taxallusi bilan tanilgan Mirsaid Haydarovga ma’naviy zarar bilan birga jurnalistdan uzr so‘rab, haqoratli postlarini o‘chirish majburiyatini ham yuklagan. Qarzdor bloger mol-mulkiga qo‘yilgan taqiqdan so‘ng bugun belgilangan ma’naviy zarar hamda 5 mln 643 ming so‘m miqdoridagi sud xarajatlarini to‘lab berdi.
👉 https://kun.uz/90827621
Kun.uz rasmiy kanali
🔥 29👍 21❤ 9😭 3😁 1
Photo unavailableShow in Telegram
Kredit olishga taqiqni qanday rasmiylashtirish mumkin?
2025 yil iyundan O‘zbekistonning har bir fuqarosi besh daqiqa ichida bank va mikromoliya tashkilotlariga o‘z nomiga kredit berishini taqiqlash imkoniga ega bo‘ldi. Bu xizmatdan foydalanganlar soni qariyb 150 ming nafarga yetdi.
👉 https://kun.uz/82385177
Kun.uz rasmiy kanali
👍 28❤ 9😁 6
06:03
Video unavailableShow in Telegram
Nigeriyada IShIDga zarba bergan AQSh, ukrainaliklarning Putinga «tilagi» va Kilimanjaroda qulagan vertolyot – kun dayjesti
O‘tgan kun davomida jahonda ro‘y bergan eng asosiy voqea va yangiliklar sharhi bilan kundalik xabarnomada tanishtiramiz.
👉 https://kun.uz/44953103
Kun.uz rasmiy kanali
Фабрика форматовДАЙЖЕСТ 26-12.mp439.81 MB
😁 11❤ 5👍 5
Photo unavailableShow in Telegram
AQSh Nigeriyada ISHID obyektlariga zarba berdi
AQSh prezidenti Donald Tramp ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida amerikalik harbiylar uning buyrug‘iga binoan ISHID guruhining Nigeriya shimoli-sharqidagi pozitsiyalari bo‘ylab zarba berganini ma’lum qildi.
👉 https://kun.uz/47621207
Kun.uz rasmiy kanali
🤯 11❤ 7👍 5😁 1😐 1
Photo unavailableShow in Telegram
«Jinoiy to‘dalar faoliyatiga chek qo‘yishga kuchimiz yetadi va buni qilamiz» – prezident
Prezident o‘zini qonundan ustun qo‘yayotgan to‘dalar, tadbirkorlarga bosim o‘tkazayotgan «ko‘cha» vakillari va sportchilarning jinoyatga aralashib qolayotganini tanqid qilib, davlat ularni jilovlashga qodir ekanini ta’kidladi. Narkojinoyatlarga qarshi kurash umummilliy harakat darajasiga ko‘tarilishi ma’lum qilindi.
👉 https://kun.uz/27590683
Kun.uz rasmiy kanali
👍 146❤ 10👏 10😁 8😭 2😐 1
03:56
Video unavailableShow in Telegram
«Kupyanskda nazorat boy berildi» – Z-blogerlar g‘azabda
Kupyansk frontdagi strategik darajada muhim manzilga aylandi. Rossiya shahar egallangani haqida kamida uch marta bayonot bergan. Lekin Z-blogerlar birin-ketin shahar nazorati boy berilgani haqida yozib chiqmoqda.
📹 YOUTUBE'DA TOMOSHA QILING
Мои видео.mp437.46 MB
👍 16❤ 7😁 3
Photo unavailableShow in Telegram
Qanday holatda xorijdan havo tozalagich buyurtma qilinganda bojxonada qo‘shimcha pul to‘lashga to‘g‘ri keladi?
Dekabr oyining boshida shaxsiy ehtiyojlar uchun maishiy havo tozalash uskunalarini O‘zbekiston hududiga olib kirishda bojxona boji bekor qilingandi. Ammo e’tibor berish lozim bo‘lgan ayrim jihatlar bor. Masalan, Xitoydan 320 dollarlik qurilma buyurtma qilinsa, 200 dollarlik limitdan ortiqcha 120 dollar uchun 36 dollar yagona bojxona to‘lovi undiriladi.
👉 https://kun.uz/60880829
Kun.uz rasmiy kanali
🤯 17❤ 9😐 6
Photo unavailableShow in Telegram
Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston xalqiga murojaatnomasi
Ko‘p chiqindi chiqaradigan mashinalarga poytaxtga kirishga cheklov qo‘yiladi
Toshkent atrofida filtrsiz ko‘mir qozonxonalariga chek qo‘yiladi
“Kasblar shaharchasi” tashkil etiladi: maktab o‘quvchilari zamonaviy kasblarga yo‘naltiriladi
4 ming kilometr magistral yo‘llar “avtoban”ga aylantiriladi
“Toshkent–Samarqand” yo‘nalishida yuqori tezlikdagi poyezdlar uchun yangi liniya quriladi
2026 yilda 140 mingta kvartirali ko‘p qavatli uy-joylar barpo etiladi
Kun.uz rasmiy kanali
👍 240🔥 87❤ 84😁 4
02:18
Video unavailableShow in Telegram
Toshkentda soxta treyderga aldangan yigit bankomatni buzib, pul olmoqchi bo‘ldi
Yigit yarim tunda bankomat oldiga borib, uni tosh bilan ochishga uringan. Biroq buning uddasidan chiqolmagan va voqea joyidan yashirgan. U soxta treyderning pul ko‘paytirib berish haqidagi yolg‘oniga ishonib, birovlardan 10 mln so‘m qarz bo‘lib qolgani uchun shu ishga qo‘l urganini aytgan.
👉 https://kun.uz/04841267
Kun.uz rasmiy kanali
BANKOMAT teleg.mp422.97 MB
😁 16🤯 10❤ 8👍 5🔥 1
01:27
Video unavailableShow in Telegram
«O‘zbek kosmonavti bobomiz aniqlagan yulduzlardan xabar olib keladi» – Shavkat Mirziyoyev
O‘zbekiston tarixida ilk bor sun’iy yo‘ldosh va fuqaroligi bo‘lgan birinchi o‘zbek kosmonavtini fazoga uchirish bo‘yicha ishlar boshlandi.
«Bugun sizlarga yana bir muhim yangilikni aytmoqchiman. Mustaqil O‘zbekiston tarixida ilk bor kosmik sohada sun’iy yo‘ldosh va mamlakatimiz fuqarosi bo‘lgan birinchi o‘zbek kosmonavtini fazoga uchirish bo‘yicha ishlarni boshladik.
Bu – Yangi O‘zbekistonning ilmiy va texnologik rivojlanishiga, umuman, milliy taraqqiyotimizni yangi bosqichga olib chiqishga katta turtki beradi, deb ishonaman», – dedi davlat rahbari.
Kun.uz rasmiy kanali
IMG_3786.MP416.84 MB
👍 204❤ 108🔥 86👏 28😁 15🤯 1
Photo unavailableShow in Telegram
Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston xalqiga murojaatnomasi
Shavkat Mirziyoyev: dunyodagi o‘zgarishlar fonida 2025 yil murakkab kechdi
O‘zbekistonda 1,5 mln ehtiyojmand aholi kambag‘allikdan chiqdi
Prezident: YaIM ilk bor 145 mlrd dollardan oshdi
“Sharq va G‘arb o‘rtasida hamkorlik ko‘priklarini quryapmiz”
Mahallalar infratuzilmasini yaxshilash uchun 8,5 trln so‘m ajratiladi
2026 yildan QQS tushumining bir qismi hududlarda qoldiriladi
Kun.uz rasmiy kanali
👍 133❤ 56🔥 30😁 6
Photo unavailableShow in Telegram
2026 yil - “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” deb e’lon qilindi
O‘zbekistonda 2026 yil “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” deb e’lon qilindi. Bu tashabbus mahallaning jamiyat hayotidagi o‘rnini yanada mustahkamlash, aholi muammolarini quyi bo‘g‘inda hal etish samaradorligini oshirish hamda ijtimoiy barqarorlikni kuchaytirishga qaratilgan.
👉 https://kun.uz/16965565
Kun.uz rasmiy kanali
👍 561❤ 26😁 18🔥 12🤯 2
Photo unavailableShow in Telegram
“Islohotlarni amaliy natijaga aylantirishni o‘rgandik” - Prezident
Bugun O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga va ko‘p millatli xalqqa murojaatnomani taqdim etmoqda. Davlat rahbari chiqishining avvalida so‘nggi yillarda amalga oshirilgan islohotlar natijalari jamiyat hayotida tobora yaqqol sezilayotganini ta’kidladi.
👉 https://kun.uz/13259059
Kun.uz rasmiy kanali
👍 137🔥 22❤ 13👏 10😁 8
Photo unavailableShow in Telegram
Zelenskiy Putinga o‘lim tilayotganiga ishora qildi va Rossiyani «xudosizlik»da aybladi
Volodimir Zelenskiy ukrainaliklarga Rojdestvo murojaatida Vladimir Putinga o‘lim tilayotganiga ishora qildi va Rossiya armiyasini Rojdestvoda Ukraina hududlariga berilgan zarbalar tufayli «xudosizlik»da aybladi. Bu so‘zlar Kremlning g‘azabini qo‘zg‘atdi.
👉 https://kun.uz/56973897
Kun.uz rasmiy kanali
👏 43😁 10❤ 7👍 3
Photo unavailableShow in Telegram
Toshkentda pulli to‘xtab turish joylarida rezidentlar uchun ruxsatnomalar joriy etilmoqda
2026 yil 1 fevraldan Toshkent shahrida pulli yo‘lbo‘yi avtoturargohlariga yaqin hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar uchun rezident avtoturargoh ruxsatnomalari amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi. Yangicha tartibga ko‘ra, rezidentlar tungi vaqtda bepul to‘xtab turish imkoniyatiga ega bo‘ladi, kunduzi esa imtiyozli shartlarda foydalanadi.
👉 https://kun.uz/51309167
Kun.uz rasmiy kanali
😁 16❤ 9👏 1🤯 1
Photo unavailableShow in Telegram
Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis va xalqqa murojaatnomani taqdim etadi
Bugun, 26 dekabr, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga murojaatnomani taqdim etadi. Murojaatnomaning to‘g‘ridan to‘g‘ri translatsiyasi soat 11:00 dan boshlanadi.
👉 https://kun.uz/60801768
Kun.uz rasmiy kanali
👍 102❤ 21🔥 21👏 13😐 7😁 3🤯 3
Photo unavailableShow in Telegram
Dekabr oyi boshidan beri propan 10 foizga qimmatlashdi
Metan-shoxobchalardagi cheklovlar va benzin narxining oshishi fonida birjada propan bahosi ham sezilarli darajada ko‘tarildi.
👉 https://kun.uz/32210822
Kun.uz rasmiy kanali
🤯 25👏 10😁 5❤ 3😐 2😭 2
Photo unavailableShow in Telegram
1 yanvardan tasdiqlangan qurilish obektlariga qo‘shimcha o‘zgartirishlar kiritish taqiqlanadi
2026 yil 1 yanvardan qurilishi boshlangan ko‘p qavatli uy-joylarga qo‘shimcha qavat qo‘shish yoki balandligini oshirish uchun loyihani qayta ishlab chiqish va ekspertizadan o‘tkazish taqiqlanadi.
👉 https://kun.uz/86898937
Kun.uz rasmiy kanali
👍 20❤ 10
Photo unavailableShow in Telegram
Belgiya Isroilga qarshi genotsid ishi bo‘yicha xalqaro sudda ochilgan da’voga qo‘shildi
Janubiy Afrika Respublikasi 2023 yil BMT Oliy sudida Isroilga qarshi ish ochib, uni G‘azodagi urush harakatlari bilan «Genotsid konvensiyasi»ni buzganlikda ayblagandi. Ushbu da’voga Belgiyadan oldin Braziliya, Kolumbiya, Irlandiya, Meksika, Ispaniya va Turkiya ham qo‘shilgan.
👉 https://kun.uz/00240373
Kun.uz rasmiy kanali
👏 87👍 28❤ 11😁 4
Photo unavailableShow in Telegram
Toshkent shahri uchun dizayn-kod ishlab chiqildi
Citymakers International va Toshkent Invest kompaniyasi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan dizayn-kod yaxlit, qulay va xavfsiz shahar muhitini shakllantirishga qaratilgani ta’kidlanmoqda va tez orada jamoatchilik muhokamasiga qo‘yiladi.
👉 https://kun.uz/51117227
Kun.uz rasmiy kanali
😁 21❤ 13👍 12🤯 4😐 3😭 1
