ru
Feedback
Kun.uz | Rasmiy kanal

Kun.uz | Rasmiy kanal

Открыть в Telegram

🇺🇿 Kun.uz saytining Telegram-kanaliga xush kelibsiz! ‼️ Ushbu kanal lotin alifbosida yuritiladi Reklama: +998781137733 Sayt: http://kun.uz/uz facebook.com/kunuznews twitter.com/KunUzNews instagram.com/kun.uz @kunuzmurojaat

Больше
2025 год в цифрахsnowflakes fon
card fon
80 272
Подписчики
-3424 часа
-1107 дней
-1 23930 день
Архив постов
Фото недоступноПоказать в Telegram
Kredit olishga taqiqni qanday rasmiylashtirish mumkin? 2025 yil iyundan O‘zbekistonning har bir fuqarosi besh daqiqa ichida bank va mikromoliya tashkilotlariga o‘z nomiga kredit berishini taqiqlash imkoniga ega bo‘ldi. Bu xizmatdan foydalanganlar soni qariyb 150 ming nafarga yetdi. 👉 https://kun.uz/82385177 Kun.uz rasmiy kanali
Показать все...
👍 28 8😁 6
06:03
Видео недоступноПоказать в Telegram
Nigeriyada IShIDga zarba bergan AQSh, ukrainaliklarning Putinga «tilagi» va Kilimanjaroda qulagan vertolyot – kun dayjesti O‘tgan kun davomida jahonda ro‘y bergan eng asosiy voqea va yangiliklar sharhi bilan kundalik xabarnomada tanishtiramiz. 👉 https://kun.uz/44953103 Kun.uz rasmiy kanali
Показать все...
Фабрика форматовДАЙЖЕСТ 26-12.mp439.81 MB
😁 11👍 5 4
Фото недоступноПоказать в Telegram
AQSh Nigeriyada ISHID obyektlariga zarba berdi ​​​​​​​AQSh prezidenti Donald Tramp ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida amerikalik harbiylar uning buyrug‘iga binoan ISHID guruhining Nigeriya shimoli-sharqidagi pozitsiyalari bo‘ylab zarba berganini ma’lum qildi. 👉 https://kun.uz/47621207 Kun.uz rasmiy kanali
Показать все...
🤯 11 7👍 5😁 1😐 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
«Jinoiy to‘dalar faoliyatiga chek qo‘yishga kuchimiz yetadi va buni qilamiz» – prezident Prezident o‘zini qonundan ustun qo‘yayotgan to‘dalar, tadbirkorlarga bosim o‘tkazayotgan «ko‘cha» vakillari va sportchilarning jinoyatga aralashib qolayotganini tanqid qilib, davlat ularni jilovlashga qodir ekanini ta’kidladi. Narkojinoyatlarga qarshi kurash umummilliy harakat darajasiga ko‘tarilishi ma’lum qilindi. 👉 https://kun.uz/27590683 Kun.uz rasmiy kanali
Показать все...
👍 146 10👏 10😁 8😭 2😐 1
03:56
Видео недоступноПоказать в Telegram
«Kupyanskda nazorat boy berildi» – Z-blogerlar g‘azabda Kupyansk frontdagi strategik darajada muhim manzilga aylandi. Rossiya shahar egallangani haqida kamida uch marta bayonot bergan. Lekin Z-blogerlar birin-ketin shahar nazorati boy berilgani haqida yozib chiqmoqda. 📹 YOUTUBE'DA TOMOSHA QILING
Показать все...
Мои видео.mp437.46 MB
👍 16 7😁 3
Фото недоступноПоказать в Telegram
Qanday holatda xorijdan havo tozalagich buyurtma qilinganda bojxonada qo‘shimcha pul to‘lashga to‘g‘ri keladi? Dekabr oyining boshida shaxsiy ehtiyojlar uchun maishiy havo tozalash uskunalarini O‘zbekiston hududiga olib kirishda bojxona boji bekor qilingandi. Ammo e’tibor berish lozim bo‘lgan ayrim jihatlar bor. Masalan, Xitoydan 320 dollarlik qurilma buyurtma qilinsa, 200 dollarlik limitdan ortiqcha 120 dollar uchun 36 dollar yagona bojxona to‘lovi undiriladi. 👉 https://kun.uz/60880829 Kun.uz rasmiy kanali
Показать все...
🤯 17 9😐 6
Фото недоступноПоказать в Telegram
Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston xalqiga murojaatnomasi Ko‘p chiqindi chiqaradigan mashinalarga poytaxtga kirishga cheklov qo‘yiladi Toshkent atrofida filtrsiz ko‘mir qozonxonalariga chek qo‘yiladi “Kasblar shaharchasi” tashkil etiladi: maktab o‘quvchilari zamonaviy kasblarga yo‘naltiriladi 4 ming kilometr magistral yo‘llar “avtoban”ga aylantiriladi “Toshkent–Samarqand” yo‘nalishida yuqori tezlikdagi poyezdlar uchun yangi liniya quriladi 2026 yilda 140 mingta kvartirali ko‘p qavatli uy-joylar barpo etiladi Kun.uz rasmiy kanali
Показать все...
👍 240🔥 87 84😁 4
02:18
Видео недоступноПоказать в Telegram
Toshkentda soxta treyderga aldangan yigit bankomatni buzib, pul olmoqchi bo‘ldi Yigit yarim tunda bankomat oldiga borib, uni tosh bilan ochishga uringan. Biroq buning uddasidan chiqolmagan va voqea joyidan yashirgan. U soxta treyderning pul ko‘paytirib berish haqidagi yolg‘oniga ishonib, birovlardan 10 mln so‘m qarz bo‘lib qolgani uchun shu ishga qo‘l urganini aytgan. 👉 https://kun.uz/04841267 Kun.uz rasmiy kanali
Показать все...
BANKOMAT teleg.mp422.97 MB
😁 16🤯 10 8👍 5🔥 1
01:27
Видео недоступноПоказать в Telegram
«O‘zbek kosmonavti bobomiz aniqlagan yulduzlardan xabar olib keladi» – Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston tarixida ilk bor sun’iy yo‘ldosh va fuqaroligi bo‘lgan birinchi o‘zbek kosmonavtini fazoga uchirish bo‘yicha ishlar boshlandi. «Bugun sizlarga yana bir muhim yangilikni aytmoqchiman. Mustaqil O‘zbekiston tarixida ilk bor kosmik sohada sun’iy yo‘ldosh va mamlakatimiz fuqarosi bo‘lgan birinchi o‘zbek kosmonavtini fazoga uchirish bo‘yicha ishlarni boshladik. Bu – Yangi O‘zbekistonning ilmiy va texnologik rivojlanishiga, umuman, milliy taraqqiyotimizni yangi bosqichga olib chiqishga katta turtki beradi, deb ishonaman», – dedi davlat rahbari. Kun.uz rasmiy kanali
Показать все...
IMG_3786.MP416.84 MB
👍 204 108🔥 86👏 28😁 14🤯 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston xalqiga murojaatnomasi Shavkat Mirziyoyev: dunyodagi o‘zgarishlar fonida 2025 yil murakkab kechdi O‘zbekistonda 1,5 mln ehtiyojmand aholi kambag‘allikdan chiqdi Prezident: YaIM ilk bor 145 mlrd dollardan oshdi “Sharq va G‘arb o‘rtasida hamkorlik ko‘priklarini quryapmiz” Mahallalar infratuzilmasini yaxshilash uchun 8,5 trln so‘m ajratiladi 2026 yildan QQS tushumining bir qismi hududlarda qoldiriladi Kun.uz rasmiy kanali
Показать все...
👍 133 56🔥 30😁 6
Фото недоступноПоказать в Telegram
2026 yil - “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” deb e’lon qilindi O‘zbekistonda 2026 yil “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” deb e’lon qilindi. Bu tashabbus mahallaning jamiyat hayotidagi o‘rnini yanada mustahkamlash, aholi muammolarini quyi bo‘g‘inda hal etish samaradorligini oshirish hamda ijtimoiy barqarorlikni kuchaytirishga qaratilgan. 👉 https://kun.uz/16965565 Kun.uz rasmiy kanali
Показать все...
👍 561 26😁 18🔥 12🤯 2
Фото недоступноПоказать в Telegram
“Islohotlarni amaliy natijaga aylantirishni o‘rgandik” - Prezident Bugun O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga va ko‘p millatli xalqqa murojaatnomani taqdim etmoqda. Davlat rahbari chiqishining avvalida so‘nggi yillarda amalga oshirilgan islohotlar natijalari jamiyat hayotida tobora yaqqol sezilayotganini ta’kidladi. 👉 https://kun.uz/13259059 Kun.uz rasmiy kanali
Показать все...
👍 137🔥 22 13👏 10😁 8
Фото недоступноПоказать в Telegram
Zelenskiy Putinga o‘lim tilayotganiga ishora qildi va Rossiyani «xudosizlik»da aybladi Volodimir Zelenskiy ukrainaliklarga Rojdestvo murojaatida Vladimir Putinga o‘lim tilayotganiga ishora qildi va Rossiya armiyasini Rojdestvoda Ukraina hududlariga berilgan zarbalar tufayli «xudosizlik»da aybladi. Bu so‘zlar Kremlning g‘azabini qo‘zg‘atdi. 👉 https://kun.uz/56973897 Kun.uz rasmiy kanali
Показать все...
👏 43😁 10 7👍 3
Фото недоступноПоказать в Telegram
Toshkentda pulli to‘xtab turish joylarida rezidentlar uchun ruxsatnomalar joriy etilmoqda 2026 yil 1 fevraldan Toshkent shahrida pulli yo‘lbo‘yi avtoturargohlariga yaqin hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar uchun rezident avtoturargoh ruxsatnomalari amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi. Yangicha tartibga ko‘ra, rezidentlar tungi vaqtda bepul to‘xtab turish imkoniyatiga ega bo‘ladi, kunduzi esa imtiyozli shartlarda foydalanadi. 👉 https://kun.uz/51309167 Kun.uz rasmiy kanali
Показать все...
😁 16 9👏 1🤯 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis va xalqqa murojaatnomani taqdim etadi Bugun, 26 dekabr, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga murojaatnomani taqdim etadi. Murojaatnomaning to‘g‘ridan to‘g‘ri translatsiyasi soat 11:00 dan boshlanadi. 👉 https://kun.uz/60801768 Kun.uz rasmiy kanali
Показать все...
👍 102 21🔥 21👏 13😐 7😁 3🤯 3
Фото недоступноПоказать в Telegram
Dekabr oyi boshidan beri propan 10 foizga qimmatlashdi Metan-shoxobchalardagi cheklovlar va benzin narxining oshishi fonida birjada propan bahosi ham sezilarli darajada ko‘tarildi. 👉 https://kun.uz/32210822 Kun.uz rasmiy kanali
Показать все...
🤯 25👏 10😁 5 3😐 2😭 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
1 yanvardan tasdiqlangan qurilish obektlariga qo‘shimcha o‘zgartirishlar kiritish taqiqlanadi 2026 yil 1 yanvardan qurilishi boshlangan ko‘p qavatli uy-joylarga qo‘shimcha qavat qo‘shish yoki balandligini oshirish uchun loyihani qayta ishlab chiqish va ekspertizadan o‘tkazish taqiqlanadi. 👉 https://kun.uz/86898937 Kun.uz rasmiy kanali
Показать все...
👍 20 10
Фото недоступноПоказать в Telegram
Belgiya Isroilga qarshi genotsid ishi bo‘yicha xalqaro sudda ochilgan da’voga qo‘shildi Janubiy Afrika Respublikasi 2023 yil BMT Oliy sudida Isroilga qarshi ish ochib, uni G‘azodagi urush harakatlari bilan «Genotsid konvensiyasi»ni buzganlikda ayblagandi. Ushbu da’voga Belgiyadan oldin Braziliya, Kolumbiya, Irlandiya, Meksika, Ispaniya va Turkiya ham qo‘shilgan. 👉 https://kun.uz/00240373 Kun.uz rasmiy kanali
Показать все...
👏 87👍 28 11😁 4
Фото недоступноПоказать в Telegram
Toshkent shahri uchun dizayn-kod ishlab chiqildi Citymakers International va Toshkent Invest kompaniyasi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan dizayn-kod yaxlit, qulay va xavfsiz shahar muhitini shakllantirishga qaratilgani ta’kidlanmoqda va tez orada jamoatchilik muhokamasiga qo‘yiladi. 👉 https://kun.uz/51117227 Kun.uz rasmiy kanali
Показать все...
😁 21 13👍 12🤯 4😐 3😭 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
AQSh ma’muriyatida bo‘linish: Stiv Uitkoff Marko Rubioga qarshi Sabab – Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urush qanday yakunlanishi bo‘yicha qarashlar turlichaligi. Va Trampning maxsus vakili xavfsizlik masalalariga beparvolik bilan qarayotgani. 👉 https://kun.uz/61572273 Kun.uz rasmiy kanali
Показать все...
👏 8 5