en
Feedback
KASALLIKLAR.UZ

KASALLIKLAR.UZ

Open in Telegram

ะšะฐะฝะฐะปะธะผะธะทะดะฐ ั‚ัƒั€ะปะธ ั…ะธะป ะบะฐัะฐะปะปะธะบะปะฐั€ าณะฐา›ะธะดะฐ ะผะฐัŠะปัƒะผะพั‚ะปะฐั€, ะฒะธะดะตะพะดะฐั€ัะปะฐั€ ะฒะฐ ั‚ะธะฑะฑะธั‘ั‚ ัะพาณะฐัะธะดะฐะณะธ ัะฝะณะธะปะธะบะปะฐั€ ะฑะตั€ะธะฑ ะฑะพั€ะธะปะฐะดะธ. ะšะฐะฝะฐะปะดะฐะณะธ ะผะฐัŠะปัƒะผะพั‚ะปะฐั€ ะธะฝะดะธะฒะธะดัƒะฐะป ะดะฐะฒะพะปะฐะฝะธัˆ ัƒั‡ัƒะฝ ะฐัะพั าณะธัะพะฑะปะฐะฝะผะฐะนะดะธ! ะ ะตะบะปะฐะผะฐ ัƒั‡ัƒะฝ: @Medik_reklama

Show more
2025 year in numberssnowflakes fon
card fon
16 361
Subscribers
+3924 hours
+2347 days
+57330 days
Posts Archive
00:08
Video unavailableShow in Telegram
#๐”ผ๐•‚๐”พ #๐•‹๐”ธโ„๐•ƒ๐•€๐•ƒ #๐•‹๐•€๐•„๐”ผ ๐˜๐ฎ๐ช๐จ๐ซ๐ข๐๐š ๐„๐Š๐† ๐ง๐ข ๐ญ๐š๐ก๐ฅ๐ข๐ฅ ๐ช๐ข๐ฅ๐ข๐ฌ๐ก๐ง๐ข ๐›๐ข๐ฅ๐š๐ฌ๐ข๐ณ๐ฆ๐ข? ๐๐š๐ง๐ข ๐ฌ๐ข๐ง๐š๐› ๐ค๐จโ€™๐ซ๐ข๐ง๐ ! โค๏ธ๐’๐ข๐ง๐ฎ๐ฌ๐ฅ๐ข ๐‘, ๐๐จ๐ซ๐ข๐ง๐œ๐ก๐š๐ฅ๐š๐ซ ๐„๐’, ๐€๐• ๐›๐ฅ๐จ๐ค ๐ˆ ๐Ÿ‘๐Ÿป ๐’๐ข๐ง๐ฎ๐ฌ๐ฅ๐ข ๐‘, ๐๐จ๐ซ๐ข๐ง๐œ๐ก๐š๐ฅ๐š๐ซ ๐„๐’, ๐€๐• ๐›๐ฅ๐จ๐ค ๐ˆ๐ˆ ๐Œ๐จ๐›๐ข๐ญ๐ฌ ๐Ÿ‘ ๐Ÿ‘‡๐Ÿป๐Ÿ‘‡๐Ÿป๐Ÿ‘‡๐Ÿป๐Ÿ‘‡๐Ÿป๐Ÿ‘‡๐Ÿป๐Ÿ‘‡๐Ÿป๐Ÿ‘‡๐Ÿป๐Ÿ‘‡๐Ÿป ๐ŸŽฏ๐“๐จโ€™๐ โ€™๐ซ๐ข ๐ฃ๐š๐ฏ๐จ๐›๐ง๐ข ๐ค๐จโ€™๐ซ๐ข๐ฌ๐ก ๐Ÿค๐Ÿป ๐Ÿ“๐Œ๐š๐ง๐ณ๐ข๐ฅ: @EKG_Master_N1
Show all...
Dr.Mirzayev jamoasi EKG tahlil.mp42.17 MB
๐Ÿ‘ 1
Show all...
๐Ÿ’œ๐Ÿ’œ๐Ÿ’œ๐Ÿ’›๐Ÿ’›๐Ÿ’› Tez tibbiy yordamda ishlatiladigan dorilar, ularning taสผsir mexanizmi โ”โ”โ”โ”โ”โ”โ”โ”โ”โ”โ”โ”โ”โ” FOYDALI TIBBIY BLOG: โœ… @KASALLIKLAR_UZ
Show all...
tez yordam dori vositalari ularning tasiri.pdf2.05 MB
๐Ÿ’œ๐Ÿ’œ๐Ÿ’œ ๐Ÿ’›๐Ÿ’›๐Ÿ’› ยซ103ยป BRIGADALARI TOMONIDAN TEZ TIBBIY YORDAM KOโ€˜RSATISH STANDARTLARI โ”โ”โ”โ”โ”โ”โ”โ”โ”โ”โ”โ”โ”โ” FOYDALI TIBBIY BLOG: โœ…@KASALLIKLAR_UZ
Show all...
103 STANDART.pdf21.33 MB
โœ”๏ธGINGIVIT โ€“ MILK YALLIGโ€˜LANISHI HAQIDA BILASIZMI? โฌ‡๏ธ Gingivit โ€“ bu tish milkining yalligโ€˜lanish kasalligi boโ€˜lib, koโ€˜pincha ogโ€˜iz gigienasining yetarli emasligi oqibatida rivojlanadi.
โœ”๏ธ TURLARI:
๐Ÿ˜Š KATARAL GINGIVIT
โฌ‡๏ธEng koโ€˜p uchraydigan shakl. ๐ŸŽš Bemor shikoyatlari: โœ… Tish yuvayotganda yoki ovqat chaynaganda milkdan qon kelishi โœ… Milkning achishishi, qichishi โœ… Ogโ€˜izdan yoqimsiz hid โœ… Baโ€™zan ogโ€˜izda ogโ€˜irlik yoki qitiqlanish hissi ๐ŸŽš Klinik belgilar: โœ… Milkning qizarishi (giperemiya), shishishi โœ… Seroz-yiringli ajralma boโ€˜lishi mumkin โœ… Milkning yuzaki qavati oson shikastlanadi โœ… Gingival choโ€˜ntaklar yoโ€˜q โœ… Tish yuzasida yumshoq blyashka va tish toshi mavjud
๐Ÿ˜Š GIPERTROFIK GINGIVIT โฌ‡๏ธ Asosan oโ€˜smirlar, homilador ayollar va gormonal oโ€˜zgarish davrida uchraydi. ๐ŸŽš Bemor shikoyatlari: โœ… Milkning kattalashishi (estetik nuqson) โœ… Qonash, ogโ€˜riq, ovqat chaynashda noqulaylik โœ… Baโ€™zan gapirishda yoki yutishda qiyinchilik ๐ŸŽš Klinik belgilar: โœ… Milkning toโ€˜qimalari oโ€˜sib chiqadi (fibroz yoki yalligโ€˜lanishli) โœ… Milk tish tojini qisman yopib qoladi โœ… Qonash oson yuz beradi โœ… Periodontal choโ€˜ntaklar paydo boโ€˜lishi mumkin โœ… Koโ€˜pincha oldingi tishlar oraligโ€˜ida koโ€˜rinadi
๐Ÿ˜Š YARALI (NEKROTIK) GINGIVIT โฌ‡๏ธ Juda ogโ€˜ir kechuvchi shakl. Koโ€˜pincha immunitet pasayishi, avitaminoz, yuqumli kasalliklardan keyin kuzatiladi. ๐ŸŽš Bemor shikoyatlari: โœ… Milkda kuchli ogโ€˜riq โœ… Ogโ€˜izdan juda yoqimsiz chirigan hid โœ… Tish yuvishda va hatto gaplashganda ham milkdan qon kelishi โœ… Umumiy holsizlik, bosh ogโ€˜rigโ€˜i, tana haroratining koโ€˜tarilishi mumkin ๐ŸŽš Klinik belgilar: โœ… Milk chekkasida yaralar va nekroz oโ€™choqlari โœ… Oqish-kulrang qalin parda bilan qoplangan joylar โœ… Milk oson qonaydi โœ… Periodontal toโ€˜qimalarda kuchli yalligโ€˜lanish
๐Ÿ˜Š ATROFIK GINGIVIT โฌ‡๏ธ Odatda yoshi katta odamlarda kuzatiladi. ๐ŸŽš Bemor shikoyatlari: โœ… Koโ€˜pincha shikoyat boโ€˜lmaydi โœ… Baโ€™zan tish boโ€˜ynida sovuq-issiqda sezuvchanlik โœ… Estetik noqulaylik ๐ŸŽš Klinik belgilar: โœ…Milk atrofi choโ€˜kkan, yupqalashgan โœ…Gingival chet pastga (yoki yuqoriga) siljigan โœ…Tish boโ€˜yni va ildiz yuzasi ochilib qolgan โœ…Gingival choโ€˜ntak hosil boโ€˜lmaydi โœ…Milk rangi och sargโ€˜ish yoki oqarib qolgan
๐Ÿ˜Š DESKVAMATIV GINGIVIT โฌ‡๏ธ Bu gingivitning kam uchraydigan, ammo ogโ€˜irroq kechuvchi turi hisoblanadi. ๐ŸŽš Bemor shikoyatlari: โœ…Milkda achishish va ogโ€˜riq (ayniqsa issiq, sovuq va achchiq ovqat isteโ€™mol qilganda) โœ…Milkning sezgirligi yuqori boโ€˜lishi โœ…Ogโ€˜izdan yoqimsiz hid โœ…Baโ€™zan qonash ๐ŸŽš Klinik belgilar: โœ…Milk yuzasida epiteliy qatlamining qavat-qavat toโ€˜kilishi (deskvamatsiya) โœ…Shilliq qavat yupqalashib, och-sargโ€˜ish yoki qizil rangli joylar paydo boโ€˜ladi โœ…Eroziyalar va yalligโ€˜langan oโ€˜choqlar kuzatiladi โœ…Koโ€˜pincha milkning oldingi qismida (frontal sohada) koโ€˜rinadi โœ…Periodontal choโ€˜ntaklar odatda boโ€˜lmaydi โœ…Tish yuzasida blyashka boโ€˜lishi mumkin
๐Ÿ˜Š Har bir turining ogโ€˜irlik darajasi: ๐Ÿฅณ Yengil ๐Ÿฅณ Oโ€˜rta ๐Ÿฅณ Ogโ€˜ir โš ๏ธ Klinik kechishi: โžก๏ธ Oโ€˜tkir โžก๏ธ Surunkali โžก๏ธ Surunkali shaklining oโ€˜tkirlashuvi โžก๏ธ Remissiya ๐Ÿš€ Tarqalish darajasi boโ€˜yicha: ๐Ÿ”ด Lokal (chegaralangan) ๐Ÿ”ด Generalizatsiyalashgan (chegaralanmagan)
๐ŸšจGINGIVITNING ASORATLARI Davolanmagan gingivit quyidagi ogโ€˜ir holatlarga olib kelishi mumkin: โš ๏ธ Parodontit โ€“ milk ostidagi toโ€˜qimalar yalligโ€˜lanadi, tishlar boโ€˜shashib, tushib ketishi mumkin. โš ๏ธ Tish ildizining ochilishi โ€“ issiq/sovuq ovqatga sezuvchanlik kuchayadi. โš ๏ธ Ogโ€˜izdan doimiy yomon hid โ€“ ijtimoiy noqulaylik tugโ€˜diradi. โš ๏ธ Tish toshlari koโ€˜payishi โ€“ yalligโ€˜lanish doimiy boโ€˜lib qoladi.
GINGIVIT SABABLARI โฉ Yomon ogโ€˜iz gigienasi (tish toshlari va blyashka) โฉ C vitamini tanqisligi โฉ Immunitetning pasayishi โฉ Bolalarda tish chiqishi โฉ Chekish โฉ Juda issiq yoki sovuq ovqat
๐Ÿ’Š DAVOLASH USULLARI โœ”๏ธ Professional tozalash (tish toshlarini olib tashlash) โœ”๏ธ Antiseptiklar (xlorgeksidin, miramistin, yuvish eritmalari) โœ”๏ธ Yalligโ€˜lanishga qarshi dorilar (gel, sprey, malhamlar) โœ”๏ธ Zarurat boโ€˜lsa โ€“ jarrohlik yoโ€˜li bilan gipertrofiyalangan milkni olib tashlash
๐Ÿ“ฑManba bilan olinsin! โ” โ” โ” โ” โ” โ” โ” โ” โ” โ” โ” ๐Ÿ“Ž FOYDALI TIBBIY BLOG: ๐ŸŒ @KASALLIKLAR_UZ
Show all...
โค 4๐Ÿ”ฅ 1๐Ÿ‘ 1
๐Ÿงฌ IXTIOZ โ€” bu irsiy teri kasalligi boโ€˜lib, unda teri haddan tashqari quriydi, qalinlashadi va baliq tangachasiga oโ€˜xshash koโ€˜rinishga keladi. โฌ‡๏ธ Kasallik yengil shaklda terining poโ€˜st tashlashi tarzida namoyon boโ€˜lishi mumkin, ammo ogโ€˜ir holatlarda tangacha singari qalin va dagโ€˜al qatlamlar hosil boโ€˜ladi. โš ๏ธ Ixtiozning asosiy sababi โ€” genetik mutatsiya. Bu modda almashinuvini buzib, terining oโ€˜z-oโ€˜zini yangilash jarayonini sekinlashtiradi. ๐Ÿ‘ช Kasallik nasldan-naslga oโ€˜tadi, ba'zida bola sogโ€˜lom koโ€˜rinsa-da, u gen tashuvchisi boโ€˜lishi mumkin.
๐Ÿ” BELGILARI: ๐Ÿฅณ Kasallik shakliga qarab belgilar turlicha boโ€˜ladi: โœ… Vulgar ixtioz โ€“ 3 yoshdan keyin boshlanadi, teri kulrang yoki oqish tangachalarga toโ€˜ladi. โœ… Retsessiv ixtioz โ€“ faqat erkaklarda uchraydi, terida jigarrang tangachalar, baโ€™zida aqliy oโ€˜zgarishlar bilan kechadi. โœ… Tugโ€˜ma ixtioz โ€“ homiladorlik davrida rivojlanadi, ogโ€˜ir holatlarda bolaning hayotiga xavf tugโ€˜diradi. โœ… Epidermolitik va lamellyar ixtioz โ€“ qalin, qoโ€˜pol tangachalar, terida qon ketishi, ichki organlar bilan bogโ€˜liq muammolar kuzatiladi.
๐Ÿ’Š DAVOSI: โœ”๏ธ Ixtiozni toโ€˜liq davolash imkoni yoโ€˜q, ammo simptomlarni yengillashtirish mumkin: โœ…Vitaminlar (A, B, C, nikotin kislotasi) โœ… Aloe, kalsiy, temir preparatlari โœ… Mahalliy davolovchi vannalar: kaliy permanganat, karbamid, kraxmal va tuzli suv โœ… Ultrabinafsha nurlantirish, ๐Ÿšจ Ogโ€˜ir holatlarda โ€” gormon terapiyasi
โš ๏ธ ASORATLARI: ๐Ÿฅณ Ixtioz โ€” nafaqat teri, balki butun organizm faoliyatiga taโ€™sir qiluvchi kasallik. ๐ŸฅณBaโ€™zi tugโ€˜ma shakllari bolaning hayoti uchun xavfli! ๐ŸฅณIchki aโ€™zolar faoliyatida buzilishlar, infeksiyalarga moyillik, gormonal disbalanslar paydo boโ€˜lishi mumkin. ๐Ÿฅณ Agar oilada ixtioz bilan kasallanganlar boโ€˜lsa, bu nasl davomida kasallik ehtimolini oshiradi.
๐Ÿšซ Oldini olish: ๐Ÿ” Maxsus vaksina yoki oldini oluvchi dori mavjud emas. Shuning uchun: ๐Ÿงฌ Genetik maslahat olish โ€” agar er-xotin kasallik tarixi bilan bogโ€˜liq boโ€˜lsa ๐Ÿงฌ Homiladorlikdan oldin tekshiruvlardan oโ€˜tish ๐Ÿงฌ Bu kasallikni irsiy yoโ€˜l bilan bolalarga oโ€˜tishini kamaytiradi. ๐Ÿ“ฑManba bilan olinsin! โ” โ” โ” โ” โ” โ” โ” โ” โ” โ” โ” ๐Ÿ“Ž FOYDALI TIBBIY BLOG: ๐ŸŒ @KASALLIKLAR_UZ
Show all...
๐Ÿ˜ข 5โค 4๐Ÿ”ฅ 1๐Ÿคฏ 1
โšก๏ธ โญ•๏ธโญ•๏ธโญ•๏ธโญ•๏ธโญ•๏ธโญ•๏ธโญ•๏ธโญ•๏ธ Tibbiyot instituti talabalari uchun sohaga oid foydali kanallar roโ€˜yxatini sizga taqdim etamiz: ๐Ÿค”@Tursunboy_Ibrakhimov0203 -UASh va 103-Tez tibbiy yordam tayyorlov kanali ๐Ÿค”@Dc_Jabborov kasalliklar va dorilar haqidagi kanal ๐Ÿค”@dori_kasalliklar Tez yordam va EKG haqida bazalar toสปplami ๐Ÿค”@Dorilar_dunyosi Tibbiyot olamidagi eng yaxshi kanallardan, xar bir tibbiyot talabasi bilshi kerak bo'lgan malumotlar bazasi! ๐Ÿค”@radiologiya_uz - rentgen, ultratovush tekshiruv (UZI) va tomografiyaga oid keyslar, qiziqarli ma'lumotlar ๐Ÿค”@Gineko_Doctors -Ginekologiyaga oid klinik protokollar, kasalliklar, tibbiy ma'lumotlar jamlangan kanal. ๐Ÿค”@Doctor_Haus_1 - Tibbiyotga oid eng sara kitoblar va videolar jamlangan kanal. ๐Ÿค”@tibbiyot_pro - 1-2-3 kurslar uchun ilmiy-tibbiy fundamental fanlar bo'yicha baza kanal ๐Ÿค”@morgmed - Eng sara morg va operatsiya videolari, jaroxatlar o'rin olgan kanal ๐Ÿค”@medical_stories1 - murakkab tibbiyotni biz bilan oson o'rganing ! ๐Ÿค”@Qosimov_medic-Dmed qo'llanmalari, tibbiy protokollar bilan ishlash va kunlik foydali malumotlar ๐Ÿค”@Doctor_pediatr_Behruz โ€” eng keng tarqalgan va dolzarb bo'lgan bolalar kasalliklari, bolalar salomatligiga oid videoblog ๐Ÿค”@Xavflii_xirurgiyaa โ€” kattalar uchun, har xil kasallik, jaroatlar, ularning sababi va alomatlarini sharxlovchi kanal; ๐Ÿค”@Med_arbor โ€” xirurgiya, morg videolar hamda operatsiyalar jamlangan eng yaxshi kanal; ๐Ÿค”@Andrology_uz โ€” boโ€˜ydoqlar uchun foydali kanal, bu zararli ishlar jinsiy hayotingizni izdan chiqaradi, kanalga tashrif buyuring; ๐Ÿค”@Ginekology_uz โ€” ayollar salomatligi bo'yicha qimmatli ma'lumotlar. Ginekolog maslahatlari; ๐Ÿค”@Med_apex_morg โ€” xirurgik video, rasm va kitoblar toโ€˜plangan baza kanal; ๐Ÿค”Surgery med Zamonaviy xirurgik operatsiyalar va yangiliklar jamlangan kanal ๐Ÿค”@med_lab1- Tibbiy tahlillar ortidagi nozik sirlarni birgalikda ochamiz! ๐Ÿค” @Pharmacology_uz โ€” farmakologiya va dorilarni รฒrganish uchun videodarslar, audiodarslar, darsliklar va boshqalar ๐Ÿค” @Dr_Numonov -Real bemorlarda dorilarni qo'llash bo'yicha universal qo'llanmalar kanali ๐Ÿค” @Medicalmediauz โ€” 5 yillik mehnat, katta tibbiy elektron baza; ๐Ÿค” @EKG_uz โ€” EKG sohasiga ixtisoslashgan sahifa. Izlagandingiz, biz topdik; ๐Ÿค” @Kasalliklar_uz โ€” 200 dan ortiq kasalliklar haqida aynan shu sahifada maสผlumotlar topasiz; ๐Ÿค” @Camu_kitob Anatomiya fanidan video dars va quiz testlar kanali ๐Ÿค”@DrErgashevblog โ€” laboratoriya sohasidagi bilimlarni oโ€˜rganmoqchi boโ€˜lganlar uchun foydali manba; ๐Ÿค” @DrJasurbek_blog bolalar kasalliklar va ularni davolash, dorilar haqida umumiy maสผlumotlar ๐Ÿค”@Tez_tibbiyyordam_103 โ€” tez tibbiy yordam boโ€˜yicha yangiliklar, maslahatlar va real vaqt rejimida yordamga oid eng ishonchli kanal; Guruhingizga yuborib qoโ€˜ying. โšก๏ธ Hammaga kerakli va foydali kanallar.โ˜บ๏ธ
Show all...
โค 2
Photo unavailableShow in Telegram
โšก๏ธTibbiyot talabalari va shifokorlar va klinik ordinatorlar va xalqimiz uchun foydali kanallar jamlanmasi! โœ… -Terapiya -Pediatriya -Ginekologiya -Andrologiya-urologiya -Jarrohlik(Video) operatsiyalar -Anesteziologiya-reanimatologiya -Patologik anatomiya -Kardiologiya (EKG) video darslar -Farmakologiya -Otorinolaringologiya -Tez-tibbiy yordam va UASh kanallari Barchasi bitta jildda oสผzingizga kerakli yoสผnalish koสผk yozuv ustiga bosing va ulanib oling! Bu postni barcha tibbiyot talabalariga yetib borishini taสผminlang guruhlarga yuborib qoสผyamiz! https://t.me/addlist/_fXOt2F7AwJiYmFi โšก๏ธ https://t.me/addlist/_fXOt2F7AwJiYmFi โšก๏ธ
Show all...
โค 1
13:30
Video unavailableShow in Telegram
๐Ÿ“น Yuqumli kasalliklar. Kirish: davrlari, kechishi, klinikasi, etiologiyasi, patogenezi. โ”โ”โ”โ”โ”โ”โ”โ”โ”โ”โ”โ”โ”โ” FOYDALI TIBBIY BLOG: โœ… @KASALLIKLAR_UZ
Show all...
YUQUMLI_KASALLIKLAR_1_QISM_KIRISH_DAVRLARI_KECHISHI_KLINIKASI_ETIOLOGIYASI.mp419.59 MB
๐Ÿ‘ 3
16:47
Video unavailableShow in Telegram
๐Ÿ“น Infeksion kasalliklar taโ€™rifi, tasnifi va epidimiologiyasi ยฉImed team โ”โ”โ”โ”โ”โ”โ”โ”โ”โ”โ”โ”โ”โ” FOYDALI TIBBIY BLOG: โœ… @KASALLIKLAR_UZ
Show all...
Infeksion_kasalliklar_taโ€™rifi,_tasnifi_va_epidimiologiyasi_|_#imed.mp433.73 MB
โค 2๐Ÿ‘ 1
โฉโฉโฉโฉ ๐Ÿš€ FAVUS (KAL) โ€“ bu surunkali kechuvchi dermatomikoz (teri zamburugโ€˜li kasalligi) boโ€˜lib, asosan bosh terisida joylashadi va soch toโ€˜kilishi, qattiq qobiq (skutula) hamda doimiy kallikka olib keladi. ๐ŸŽš Kasallik qoโ€˜zgโ€˜atuvchisi: Trichophyton schoenleinii โ€“ keratinni yemiruvchi parazit zamburugโ€˜.
๐Ÿ“Œ ZARARLANADIGAN SOHALAR: โœ… Bosh terisi (eng koโ€˜p) โœ… Sochlar (toโ€˜kiladi, moโ€˜rtlashadi) โœ… Teri (boshqa sohalar) โœ… TIRNOQLAR (qalinlashish, qattiqlashish, sinuvchanlik) โœ… Juda kam hollarda โ€“ ichki aโ€™zolar (immuniteti zaif odamlarda)
โš ๏ธ KLINIK BELGILARI: ๐Ÿฅณ Bosh terisida sariq rangli, hidli "qobiq (skutula)" lar ๐Ÿฅณ Soch toโ€˜kiladi, moโ€˜rtlashadi, ildizi nobud boโ€˜ladi ๐Ÿฅณ Kallik (alopecia) va chandiqli sohalar paydo boโ€˜ladi ๐Ÿฅณ Yiringli, yalligโ€˜langan joylar ๐Ÿฅณ Teri qichiydi, koโ€˜p hollarda achishadi ๐Ÿฅณ Tish-tirnoqlar tirtiqlanadi, sargโ€˜ayadi, sinuvchan boโ€˜ladi
๐Ÿ’ฅ ASORATLARI: ๐Ÿง‘โ€๐Ÿฆฒ Doimiy kallik (skarring alopecia) โ€“ soch follikulalarining nobud boโ€˜lishi natijasida ๐Ÿฆ  Ikkinchi darajali bakterial infeksiya (pyodermiya) ๐Ÿงค Tirnoq deformatsiyasi, qoโ€˜l-oyoq funksiyasining buzilishi ๐Ÿ˜ท Immunitet zaif boโ€˜lgan odamlarda โ€“ zamburugโ€˜ ichki aโ€™zolarga oโ€˜tishi mumkin ๐Ÿง  Juda kam hollarda โ€“ sepsis, ogโ€˜ir infeksiya (organomikozlar)
๐Ÿ’ŠDAVOSI: ๐ŸŽš Sistemali zamburugโ€˜ga qarshi dorilar: โฉ Griseofulvin โ€“ asosiy davolovchi vosita โฉ Terbinafin, Itrakonazol, Flukonazol โ€“ muqobil dorilar (ayrim holatlarda) โฉ Antifungal shampunlar (ketokonazol, selenium sulfid) โฉ Antiseptik eritmalar (xlorheksidin, fukortsin) โฉ Soch olish โ€“ zararlangan sochlarni olib tashlash โฉ Immunitetni mustahkamlash โ€“ vitaminlar, immunomodulyatorlar ๐Ÿง‘โ€โš•๏ธ Davolash uzoq (6โ€“12 hafta) davom etadi va dermatolog nazorati ostida olib borilishi shart!
๐Ÿ›ก PROFILAKTIKA: โœ”๏ธ Gigiyena qoidalariga amal qilish โœ”๏ธ Shaxsiy sochiq, taroq, kiyim-kechakdan umumiy foydalanmaslik โœ”๏ธ Favus bilan kasallangan hayvonlar (mushuk, it) bilan aloqani cheklash โœ”๏ธ Kasallik aniqlangan bemorlarni izolyatsiya qilish โœ”๏ธ Bolalar bogโ€˜chasi va maktablarda tibbiy koโ€˜riklarni oโ€˜tkazish
โœ… P/s: Favus โ€“ ogโ€˜ir, surunkali zamburugโ€˜li infeksiya boโ€˜lib, oโ€˜z vaqtida davolanmasa doimiy kallikka va teri deformatsiyasiga olib keladi. Har qanday gโ€˜alati qobiq, soch toโ€˜kilishi yoki tirnoq oโ€˜zgarishlarini sezsangiz โ€“ darhol dermatologga murojaat qiling! ๐Ÿ“ฑManba bilan olinsin! โ” โ” โ” โ” โ” โ” โ” โ” โ” โ” โ” ๐Ÿ“Ž FOYDALI TIBBIY BLOG: ๐ŸŒ @KASALLIKLAR_UZ
Show all...
โค 2๐Ÿ‘ 2๐Ÿ”ฅ 1
๐ŸŽš XEYLIT (CHEILITIS) โ€“ bu labning qizil jiyagi, lab terisi va baโ€™zida ogโ€˜iz burchaklarining shilliq qavati yalligโ€˜lanishidir. Kasallik o'tkir yoki surunkali shaklda kechib, bemorga noqulaylik tugโ€˜diradi.
โœ… SABABLARI: โฌ‡๏ธ Allergik (kontakt, atopik) โฌ‡๏ธ Infeksion (bakterial, virusli, zamburugโ€˜li) โฌ‡๏ธ Gipovitaminoz (ayniqsa B2, B6 yetishmovchiligi) โฌ‡๏ธ Aktinik (quyosh nurlari taโ€™siri) โฌ‡๏ธ Mexanik yoki kimyoviy taโ€™sir (lab yalash, sovuq shamol, tish pastasi, kosmetika)
โš ๏ธ BELGILARI: ๐Ÿฅณ Labning qurishi, yorilishi ๐Ÿฅณ Qizarish, achishish, qichishish ๐Ÿฅณ Toโ€˜qimalarda shish, qobiq hosil boโ€˜lishi ๐Ÿฅณ Ogโ€˜iz burchaklarida yoriqlar ๐Ÿฅณ Qonash, silliq pardada ogโ€˜riq
๐ŸŽš TURLARI: โฉ Oddiy (quruq) xeylit โฉ Eksfoliativ xeylit โฉ Atopik xeylit โฉ Kontakt allergik xeylit โฉ Burchak (angular) xeylit โฉ Aktinik (quyoshli) xeylit โฉ Infeksion (gerpes, kandida) xeylit
๐Ÿ’ฅ ASORATLARI: ๐Ÿ‘‰ Agar davolanmasa yoki notoโ€˜gโ€˜ri davolansa, xeylit quyidagi asoratlarga olib kelishi mumkin: โœ… Surunkali holatga oโ€˜tish โœ… Ogโ€˜iz burchaklarida fissuralar (qattiq yoriqlar) โœ… Ikkinchi darajali infeksiya (bakterial yoki zamburugโ€˜li) qoโ€˜shilishi โœ… Ogโ€˜riqli yara va qonash โœ… Ovoz, ovqatlanish va soโ€˜zlashishda noqulaylik bo'ladi โœ… Aktinik xeylit holatida โ€“ uzoq muddatda lab saratoni (squamous cell carcinoma) xavfi ortadi
โœ”๏ธ DAVOSI: โœ… Antiseptiklar (xlorheksidin, fukortsin) โœ… Malhamlar: panthenol, bepanten, kortikosteroidlar (shifokor tavsiyasiga koโ€˜ra) โœ… Antihistaminlar โ€“ allergik shakllarda โœ… Antiviral (gerpesda) โ€“ asiklovir โœ… Zamburugโ€˜ga qarshi vositalar โ€“ klotrimazol, nistatin โœ… Vitamin terapiya (B2, B6, A, E)
๐Ÿ“ฑManba bilan olinsin! โ” โ” โ” โ” โ” โ” โ” โ” โ” โ” โ” ๐Ÿ“Ž FOYDALI TIBBIY BLOG: ๐ŸŒ @KASALLIKLAR_UZ
Show all...
โค 2๐Ÿ‘ 2๐Ÿ”ฅ 2๐Ÿ‘ 1
๐Ÿ‘TRAXOMA (TRACHOMA) โ€“ SHILPIQ ๐ŸŒŸ Koโ€˜zning yuqimli, surunkali kasalligi boโ€˜lib, Chlamydia trachomatis bakteriyasi sababli yuzaga keladi. U uzoq davom etgan hollarda koโ€˜z konโ€™yunktivasi va korneani zararlab, oxir-oqibat koโ€˜rlikka olib kelishi mumkin. โœ… ASOSIY SABABI: ๐ŸŸกChlamydia trachomatis (serotiplari A, B, Ba, C) ๐ŸŽš Yuqishi: bevosita aloqa, gigiyena qoidalariga rioya qilmaslik, umumiy sochiq, parda, pashsha orqali
๐Ÿ“Œ BOSQICHLARI (JSST tasnifi boโ€˜yicha): โœ… TF โ€“ follikulalar bilan boshlanadi โœ… TI โ€“ yalligโ€˜lanish kuchayadi โœ… TS โ€“ chandiqlar paydo boโ€˜ladi โœ… TT โ€“ kipriklar ichkariga oโ€˜sadi (trixiaz) โœ… CO โ€“ korneada xiralik, koโ€˜rish yomonlashadi
โš ๏ธ ASOSIY BELGILARI: ๐Ÿฅณ Koโ€˜zda qichishish, achishish, qizarish, og'riq ๐Ÿฅณ Yiringli ajralma ๐Ÿฅณ Yorugโ€˜likdan qoโ€˜rqish ๐Ÿฅณ Koโ€˜rishning pasayishi ๐Ÿ’ŠHOZIRGI DAVRDA DAVOLASH: โœ… Azitromitsin โ€“ ogโ€˜iz orqali, bir martalik dozada (JSST tomonidan tavsiya etilgan) โœ… Tetratsiklin yoki eritromitsin malhami โ€“ muqobil holatlarda โœ… Jarrohlik โ€“ trixiaz holatida (kipriklarni tuzatish uchun) โœ… Simptomatik davolash โ€“ gigiyena va koโ€˜zga gโ€˜amxoโ€˜rlik
๐Ÿ›ก PROFILAKTIKA โ€“ โ€œSAFEโ€ STRATEGIYASI: S โ€“ Surgery (jarrohlik) A โ€“ Antibiotics (azitromitsin) F โ€“ Facial cleanliness (yuzni toza tutish) E โ€“ Environmental improvement (sanitariya, ichimlik suvi)
โœ”๏ธ Yangi yondashuvlar โ€“ โ€œStronger-SAFEโ€ modeli orqali kasallikni ildizi bilan yoโ€˜qotish maqsad qilingan. ๐Ÿ“ฑManba bilan olinsin! โ” โ” โ” โ” โ” โ” โ” โ” โ” โ” โ” ๐Ÿ“Ž FOYDALI TIBBIY BLOG: ๐ŸŒ @KASALLIKLAR_UZ
Show all...
๐Ÿ‘ 2โค 1๐Ÿ”ฅ 1
Repost from TgId: 1873158561
Photo unavailableShow in Telegram
๐Ÿ””Dofamin jamoasi Online EKG kurslariga qabul boshlandi! ๐Ÿ“ŠKurs davomida: - har bir dars uchun video, ppt, konspekt, testlar beriladi - qoโ€˜shimcha qiziqarli materiallar taqdim etiladi - bir qancha kardiologik kasalliklar klinikasi, davolash, birinchi yordam koโ€˜rsatish haqida ham ma'lumotlar berib boriladi - EKG tahlili uchun doimiy guruh tashkil etiladi - Biz sizga hammasini 0 dan boshlab oโ€˜rgatamiz! โ€ข Kursdoshlar aksiyasi! ๐Ÿ’ฌBatafsil ma'lumot olish va roโ€˜yxatdan oโ€˜tish uchun: @dofamin_admin ๐Ÿ“Kurs haqida fikrlar: @dofamin_fikrlar ๐ŸŽ™Dofamin jamoasi
Show all...
โค 2๐Ÿ”ฅ 1
๐ŸŒŸ SILIKOZ (SILICOSIS) โ€“ ogโ€˜ir surunkali oโ€˜pka kasalligi boโ€˜lib, pnevmokonioz turiga kiradi. Bu kasallik havodagi silikatli chang zarrachalarini uzoq muddat davomida nafas orqali qabul qilish natijasida rivojlanadi.
โœ”๏ธ TASNIFI: Silikoz - bu changli kasb kasalligi boโ€˜lib, koโ€˜proq quyidagi sohalarda ishlovchilar orasida uchraydi: โžก๏ธ Kon ishchilarida โžก๏ธ Granit, marmar va kvartsni qayta ishlovchilarda โžก๏ธ Sopol va oynaviy buyumlar ishlab chiqaruvchilarda โžก๏ธ Qurilish sohasida changli muhitda ishlovchilarda
๐Ÿฅณ ETIOLOGIYASI: โžก๏ธ Kasallikning asosiy sababi โ€“ tarkibida kristall silikat (asosan kremniy dioksidi โ€“ SiOโ‚‚) mavjud boโ€˜lgan chang zarrachalarini uzoq vaqt davomida nafas orqali qabul qilishdir.
๐Ÿ” PATOGENEZI: โžก๏ธ Silikatli chang alveolalarga kiradi va u yerda yutilmay, toโ€˜planib qoladi. โžก๏ธ Bu chang alveolar makrofaglar tomonidan fagotsitozga uchraydi. โžก๏ธ Natijada yalligโ€˜lanish jarayoni boshlanadi, fibroblastlar faollashadi va oโ€˜pka toโ€˜qimalarida fibroz rivojlanadi. โžก๏ธ Uzoq davom etgan holatlarda oโ€˜pkaning elastikligi yoโ€˜qoladi va nafas yetishmovchiligi yuzaga keladi.
โœ… TURLARI: โฌ‡๏ธ Oddiy silikoz โ€“ yillar davomida rivojlanadi, simptomsiz boshlanadi. โฌ‡๏ธ Tez rivojlanadigan silikoz โ€“ koโ€˜p miqdorda chang bilan qisqa muddat ichida kontaktda boโ€˜lish natijasida paydo boโ€˜ladi. โฌ‡๏ธ Oโ€˜tkir silikoz โ€“ juda yuqori kontsentratsiyadagi chang bilan qisqa aloqa, tezda klinik belgilar paydo boโ€˜ladi.
โš ๏ธ KLINIK BELGILARI: ๐Ÿฅณ Quruq yoโ€˜tal ๐Ÿฅณ Nafas qisishi (dastlab jismoniy faollikda, keyinchalik tinch holatda) ๐Ÿฅณ Koโ€˜krakda ogโ€˜riq ๐Ÿฅณ Tez-tez bronxit yoki pnevmoniya
โœ”๏ธ DAVOSI: โฉ Silikozning aniq davosi yoโ€˜q, lekin simptomatik va qoโ€˜llab-quvvatlovchi davolash choralari mavjud: โฉ Zararli muhitdan chiqarish (kasbni oโ€˜zgartirish) โฉ Nafasni yengillashtiruvchi dorilar (bronxolitiklar) โฉ Kortikosteroidlar (ba'zi hollarda) โฉ Fizioterapiya, nafas mashqlari โฉ Oโ€˜pka transplantatsiyasi (ogโ€˜ir holatlarda) ๐Ÿ“ฑManba bilan olinsin! โ” โ” โ” โ” โ” โ” โ” โ” โ” โ” โ” ๐Ÿ“Ž FOYDALI TIBBIY BLOG: ๐ŸŒ @KASALLIKLAR_UZ
Show all...
โค 3๐Ÿ‘ 1๐Ÿ˜ข 1
Photo unavailableShow in Telegram
Yangi tugโ€˜ilgan chaqaloqlarda sariqlik darajasini baholashda Kramer shkalasidan foydalaniladi: I daraja โ€“ yuz va boสปyinda sariqlik (bilirubin >80 mkmol/l); II daraja โ€“ sariqlik kindikkacha tarqaladi (bilirubin 150 mkmol/l); III daraja โ€“ sariqlik tizzagacha tarqaladi (bilirubin 200 mkmol/l); IV daraja โ€“ sariqlik yuz, gavda, qoสปl va oyoqlargacha tarqaladi (>250 mkmol/l); V daraja โ€“ butun tana boสปylab tarqalgan sariqlik (bilirubin miqdori >350 mkmol/l).
Fiziologik sariqlik odatda oyoq uchidan bosh tomonga qarab yo'qolib boradi. Normada chaqaloqlardagi fiziologik sariqlik bola hayotining 14 kunigacha yo'qolib ketishi lozim.
โ”โ”โ”โ”โ”โ”โ”โ”โ”โ”โ”โ”โ”โ” FOYDALI TIBBIY BLOG: โœ… @KASALLIKLAR_UZ
Show all...
โค 4
Photo unavailableShow in Telegram
BRONXODILATATORLAR ๐Ÿซ โ”โ”โ”โ”โ”โ”โ”โ”โ”โ”โ”โ”โ”โ” FOYDALI TIBBIY BLOG: โœ… @KASALLIKLAR_UZ
Show all...
โค 1
โฉโฉโฉโฉ ๐Ÿ˜Š MIKSEDEMA (GIPOTIREOZ) โ€” QALQONSIMON BEZ YETISHMOVCHILIGI โœ”๏ธ Miksedema โ€” bu qalqonsimon bez gormonlari yetishmasligi natijasida rivojlanadigan surunkali endokrin kasallik boโ€˜lib, nomi โ€œshilimshiq shishโ€ degan maโ€™noni bildiradi. ๐ŸฅณU asosan ayollarda koโ€˜proq uchraydi va koโ€˜pincha sekin rivojlanadi.
๐ŸŽš SABABLARI: ๐Ÿ”Ž Qalqonsimon bez faoliyatining pasayishiga quyidagilar sabab boโ€˜ladi: โฉ Surunkali infeksiyalar (zaxm, revmatizm, tif va boshqalar) โฉ Bezning qarilik bilan bogโ€˜liq involyutsiyasi โฉ Tugโ€˜ma yetishmovchilik yoki gipoplaziya โฉ Uzoq davom etgan gipertireozdan keyingi atrofiyalar โฉ Bezning jarrohlik yoโ€˜li bilan olib tashlanishi โฉ Travmalar yoki shikastlanishlar โฉ Endemik boโ€˜qoq fonida rivojlanishi โฉ Gipofiz shikastlanishi natijasidagi ikkilamchi gipotireoz
โš ๏ธ KLINIK BELGILARI: ๐Ÿง  Miksedema asta-sekin rivojlanadi va quyidagi belgilar bilan kechadi: โœ”๏ธ Tashqi koโ€˜rinish: โžก๏ธ Yuz va boโ€˜yin sohasida shilimshiq shish (odatdagi shishdan farqli oโ€˜laroq qattiq, bosganda chuqurcha qolmaydi) โžก๏ธ Niqobsimon yuz, oq-sargโ€˜ish teri, qalin ajinlar โžก๏ธ Qovoqlar kerikib turadi, burun va lablar qalinlashadi โžก๏ธ Qoโ€˜l-oyoqlarda shish (pretibial miksedema) โœ”๏ธ Yurak-qon tomir tizimi: โžก๏ธ Pulsning sekinlashuvi โžก๏ธ Diastolik gipertenziya โžก๏ธ Yurak qisqarish kuchi va tonusining pasayishi โžก๏ธ Gidroperikardit ehtimoli โœ”๏ธ Asab tizimi: โžก๏ธ Xotira susayishi, diqqatning pasayishi โžก๏ธ Depressiya, tormozlanish โžก๏ธ Uyquchanlik โœ”๏ธ Teri va soch: โžก๏ธ Quruq, poโ€˜st tashlaydigan teri โžก๏ธ Soch va qoshlar toโ€˜kilishi โžก๏ธ Giperkeratoz va onixoliz (tirnoq oโ€˜zgarishlari) โœ”๏ธ Moddalar almashinuvi: โžก๏ธ Metabolizmning keskin sekinlashuvi (50โ€“60 % gacha) โžก๏ธ Tana haroratining pasayishi (hatto 34 ยฐC gacha) โžก๏ธ Qabziyat, meteorizm โžก๏ธ Semirish va aterosklerozga moyillik โœ”๏ธ Reproduktiv tizim: โžก๏ธ Hayz tsiklining buzilishi โžก๏ธ Oligo/amenoreya โžก๏ธ Bepushtlik โœ”๏ธ Laborator oโ€˜zgarishlar: โžก๏ธ Qonda yod miqdori kamayadi โžก๏ธ Anemiya, limfotsitoz, neytropeniya โžก๏ธ Xolesterin, LDL, triglitseridlarning oshishi
โœ”๏ธ DAVOLASH: ๐ŸŽš Asosiy davo โ€” qalqonsimon bez gormonlarini oโ€˜rnini bosuvchi terapiya: โฉ Tireodin (0,03โ€“0,1 g kuniga 2โ€“3 marta) uzoq muddatli qabul qilinadi. โฉ Dori dozasi puls va tana vazni nazorati bilan belgilanadi. โฉ Dori toโ€˜xtatilsa, simptomlar qayta paydo boโ€˜ladi.
โœ… Davo boshlangandan keyin 3โ€“4 haftada bemorning holati ancha yaxshilanadi va mehnat qobiliyati tiklanadi. ๐Ÿ“ฑManba bilan olinsin! โ” โ” โ” โ” โ” โ” โ” โ” โ” โ” โ” ๐Ÿ“Ž FOYDALI TIBBIY BLOG: ๐ŸŒ @KASALLIKLAR_UZ
Show all...
โค 4๐Ÿ‘ 1๐Ÿ”ฅ 1๐Ÿ‘ 1
Repost from TgId: 3199418332
Photo unavailableShow in Telegram
๐Ÿง  SI inson kabi fikrlashni o'rgandi. Polshaning Pathway startapi modelini tirik miyaning nusxasiga aylantirishdi. Modelning oโ€™zi neyronlar klasterlarini hosil qilib, fikrlash jarayonida odamlar kabi ular orasidagi aloqalarni mustahkamlamoqda. Shuningdek, u oโ€™rganilgan ma'lumotlarni shunchaki takrorlamasdan, tahlil qilib, xulosalar chiqarmoqda. โ”โ”โ”โ”โ”โ”โ”โ”โ”โ”โ”โ”โ”โ”โ”โ”โ”โ”โ” @TIBBIY_XABARLAR โ€” BIRINCHI BIZDA!
Show all...
โค 1๐Ÿ‘Ž 1