es
Feedback
KASALLIKLAR.UZ

KASALLIKLAR.UZ

Ir al canal en Telegram

Каналимизда турли хил касалликлар ҳақида маълумотлар, видеодарслар ва тиббиёт соҳасидаги янгиликлар бериб борилади. Каналдаги маълумотлар индивидуал даволаниш учун асос ҳисобланмайди! Реклама учун: @Medik_reklama

Mostrar más
2025 año en númerossnowflakes fon
card fon
16 361
Suscriptores
+3924 horas
+2347 días
+57330 días
Archivo de publicaciones
00:08
Video unavailableShow in Telegram
#𝔼𝕂𝔾 #𝕋𝔸ℍ𝕃𝕀𝕃 #𝕋𝕀𝕄𝔼 𝐘𝐮𝐪𝐨𝐫𝐢𝐝𝐚 𝐄𝐊𝐆 𝐧𝐢 𝐭𝐚𝐡𝐥𝐢𝐥 𝐪𝐢𝐥𝐢𝐬𝐡𝐧𝐢 𝐛𝐢𝐥𝐚𝐬𝐢𝐳𝐦𝐢? 𝐐𝐚𝐧𝐢 𝐬𝐢𝐧𝐚𝐛 𝐤𝐨’𝐫𝐢𝐧𝐠! ❤️𝐒𝐢𝐧𝐮𝐬𝐥𝐢 𝐑, 𝐐𝐨𝐫𝐢𝐧𝐜𝐡𝐚𝐥𝐚𝐫 𝐄𝐒, 𝐀𝐕 𝐛𝐥𝐨𝐤 𝐈 👍🏻 𝐒𝐢𝐧𝐮𝐬𝐥𝐢 𝐑, 𝐐𝐨𝐫𝐢𝐧𝐜𝐡𝐚𝐥𝐚𝐫 𝐄𝐒, 𝐀𝐕 𝐛𝐥𝐨𝐤 𝐈𝐈 𝐌𝐨𝐛𝐢𝐭𝐬 𝟑 👇🏻👇🏻👇🏻👇🏻👇🏻👇🏻👇🏻👇🏻 🎯𝐓𝐨’𝐠’𝐫𝐢 𝐣𝐚𝐯𝐨𝐛𝐧𝐢 𝐤𝐨’𝐫𝐢𝐬𝐡 🤏🏻 📍𝐌𝐚𝐧𝐳𝐢𝐥: @EKG_Master_N1
Mostrar todo...
Dr.Mirzayev jamoasi EKG tahlil.mp42.17 MB
👍 1
💜💜💜💛💛💛 Tez tibbiy yordamda ishlatiladigan dorilar, ularning taʼsir mexanizmi ━━━━━━━━━━━━━━ FOYDALI TIBBIY BLOG: @KASALLIKLAR_UZ
Mostrar todo...
tez yordam dori vositalari ularning tasiri.pdf2.05 MB
💜💜💜 💛💛💛 «103» BRIGADALARI TOMONIDAN TEZ TIBBIY YORDAM KO‘RSATISH STANDARTLARI ━━━━━━━━━━━━━━ FOYDALI TIBBIY BLOG: @KASALLIKLAR_UZ
Mostrar todo...
103 STANDART.pdf21.33 MB
✔️GINGIVIT – MILK YALLIG‘LANISHI HAQIDA BILASIZMI? ⬇️ Gingivit – bu tish milkining yallig‘lanish kasalligi bo‘lib, ko‘pincha og‘iz gigienasining yetarli emasligi oqibatida rivojlanadi.
✔️ TURLARI:
😊 KATARAL GINGIVIT
⬇️Eng ko‘p uchraydigan shakl. 🎚 Bemor shikoyatlari: ✅ Tish yuvayotganda yoki ovqat chaynaganda milkdan qon kelishi ✅ Milkning achishishi, qichishi ✅ Og‘izdan yoqimsiz hid ✅ Ba’zan og‘izda og‘irlik yoki qitiqlanish hissi 🎚 Klinik belgilar: ✅ Milkning qizarishi (giperemiya), shishishi ✅ Seroz-yiringli ajralma bo‘lishi mumkin ✅ Milkning yuzaki qavati oson shikastlanadi ✅ Gingival cho‘ntaklar yo‘q ✅ Tish yuzasida yumshoq blyashka va tish toshi mavjud
😊 GIPERTROFIK GINGIVIT ⬇️ Asosan o‘smirlar, homilador ayollar va gormonal o‘zgarish davrida uchraydi. 🎚 Bemor shikoyatlari: ✅ Milkning kattalashishi (estetik nuqson) ✅ Qonash, og‘riq, ovqat chaynashda noqulaylik ✅ Ba’zan gapirishda yoki yutishda qiyinchilik 🎚 Klinik belgilar: ✅ Milkning to‘qimalari o‘sib chiqadi (fibroz yoki yallig‘lanishli) ✅ Milk tish tojini qisman yopib qoladi ✅ Qonash oson yuz beradi ✅ Periodontal cho‘ntaklar paydo bo‘lishi mumkin ✅ Ko‘pincha oldingi tishlar oralig‘ida ko‘rinadi
😊 YARALI (NEKROTIK) GINGIVIT ⬇️ Juda og‘ir kechuvchi shakl. Ko‘pincha immunitet pasayishi, avitaminoz, yuqumli kasalliklardan keyin kuzatiladi. 🎚 Bemor shikoyatlari: ✅ Milkda kuchli og‘riq ✅ Og‘izdan juda yoqimsiz chirigan hid ✅ Tish yuvishda va hatto gaplashganda ham milkdan qon kelishi ✅ Umumiy holsizlik, bosh og‘rig‘i, tana haroratining ko‘tarilishi mumkin 🎚 Klinik belgilar: ✅ Milk chekkasida yaralar va nekroz o’choqlari ✅ Oqish-kulrang qalin parda bilan qoplangan joylar ✅ Milk oson qonaydi ✅ Periodontal to‘qimalarda kuchli yallig‘lanish
😊 ATROFIK GINGIVIT ⬇️ Odatda yoshi katta odamlarda kuzatiladi. 🎚 Bemor shikoyatlari: ✅ Ko‘pincha shikoyat bo‘lmaydi ✅ Ba’zan tish bo‘ynida sovuq-issiqda sezuvchanlik ✅ Estetik noqulaylik 🎚 Klinik belgilar: ✅Milk atrofi cho‘kkan, yupqalashgan ✅Gingival chet pastga (yoki yuqoriga) siljigan ✅Tish bo‘yni va ildiz yuzasi ochilib qolgan ✅Gingival cho‘ntak hosil bo‘lmaydi ✅Milk rangi och sarg‘ish yoki oqarib qolgan
😊 DESKVAMATIV GINGIVIT ⬇️ Bu gingivitning kam uchraydigan, ammo og‘irroq kechuvchi turi hisoblanadi. 🎚 Bemor shikoyatlari: ✅Milkda achishish va og‘riq (ayniqsa issiq, sovuq va achchiq ovqat iste’mol qilganda) ✅Milkning sezgirligi yuqori bo‘lishi ✅Og‘izdan yoqimsiz hid ✅Ba’zan qonash 🎚 Klinik belgilar: ✅Milk yuzasida epiteliy qatlamining qavat-qavat to‘kilishi (deskvamatsiya) ✅Shilliq qavat yupqalashib, och-sarg‘ish yoki qizil rangli joylar paydo bo‘ladi ✅Eroziyalar va yallig‘langan o‘choqlar kuzatiladi ✅Ko‘pincha milkning oldingi qismida (frontal sohada) ko‘rinadi ✅Periodontal cho‘ntaklar odatda bo‘lmaydi ✅Tish yuzasida blyashka bo‘lishi mumkin
😊 Har bir turining og‘irlik darajasi: 🥳 Yengil 🥳 O‘rta 🥳 Og‘ir ⚠️ Klinik kechishi: ➡️ O‘tkir ➡️ Surunkali ➡️ Surunkali shaklining o‘tkirlashuvi ➡️ Remissiya 🚀 Tarqalish darajasi bo‘yicha: 🔴 Lokal (chegaralangan) 🔴 Generalizatsiyalashgan (chegaralanmagan)
🚨GINGIVITNING ASORATLARI Davolanmagan gingivit quyidagi og‘ir holatlarga olib kelishi mumkin: ⚠️ Parodontit – milk ostidagi to‘qimalar yallig‘lanadi, tishlar bo‘shashib, tushib ketishi mumkin. ⚠️ Tish ildizining ochilishi – issiq/sovuq ovqatga sezuvchanlik kuchayadi. ⚠️ Og‘izdan doimiy yomon hid – ijtimoiy noqulaylik tug‘diradi. ⚠️ Tish toshlari ko‘payishi – yallig‘lanish doimiy bo‘lib qoladi.
GINGIVIT SABABLARI ⏩ Yomon og‘iz gigienasi (tish toshlari va blyashka) ⏩ C vitamini tanqisligi ⏩ Immunitetning pasayishi ⏩ Bolalarda tish chiqishi ⏩ Chekish ⏩ Juda issiq yoki sovuq ovqat
💊 DAVOLASH USULLARI ✔️ Professional tozalash (tish toshlarini olib tashlash) ✔️ Antiseptiklar (xlorgeksidin, miramistin, yuvish eritmalari) ✔️ Yallig‘lanishga qarshi dorilar (gel, sprey, malhamlar) ✔️ Zarurat bo‘lsa – jarrohlik yo‘li bilan gipertrofiyalangan milkni olib tashlash
📱Manba bilan olinsin! ━ ━ ━ ━ ━ ━ ━ ━ ━ ━ ━ 📎 FOYDALI TIBBIY BLOG: 🌐 @KASALLIKLAR_UZ
Mostrar todo...
4🔥 1👏 1
🧬 IXTIOZ — bu irsiy teri kasalligi bo‘lib, unda teri haddan tashqari quriydi, qalinlashadi va baliq tangachasiga o‘xshash ko‘rinishga keladi. ⬇️ Kasallik yengil shaklda terining po‘st tashlashi tarzida namoyon bo‘lishi mumkin, ammo og‘ir holatlarda tangacha singari qalin va dag‘al qatlamlar hosil bo‘ladi. ⚠️ Ixtiozning asosiy sababigenetik mutatsiya. Bu modda almashinuvini buzib, terining o‘z-o‘zini yangilash jarayonini sekinlashtiradi. 👪 Kasallik nasldan-naslga o‘tadi, ba'zida bola sog‘lom ko‘rinsa-da, u gen tashuvchisi bo‘lishi mumkin.
🔍 BELGILARI: 🥳 Kasallik shakliga qarab belgilar turlicha bo‘ladi:Vulgar ixtioz – 3 yoshdan keyin boshlanadi, teri kulrang yoki oqish tangachalarga to‘ladi. ✅ Retsessiv ixtioz – faqat erkaklarda uchraydi, terida jigarrang tangachalar, ba’zida aqliy o‘zgarishlar bilan kechadi. ✅ Tug‘ma ixtioz – homiladorlik davrida rivojlanadi, og‘ir holatlarda bolaning hayotiga xavf tug‘diradi. ✅ Epidermolitik va lamellyar ixtioz – qalin, qo‘pol tangachalar, terida qon ketishi, ichki organlar bilan bog‘liq muammolar kuzatiladi.
💊 DAVOSI: ✔️ Ixtiozni to‘liq davolash imkoni yo‘q, ammo simptomlarni yengillashtirish mumkin: ✅Vitaminlar (A, B, C, nikotin kislotasi) ✅ Aloe, kalsiy, temir preparatlari ✅ Mahalliy davolovchi vannalar: kaliy permanganat, karbamid, kraxmal va tuzli suv ✅ Ultrabinafsha nurlantirish, 🚨 Og‘ir holatlarda — gormon terapiyasi
⚠️ ASORATLARI: 🥳 Ixtioz — nafaqat teri, balki butun organizm faoliyatiga ta’sir qiluvchi kasallik. 🥳Ba’zi tug‘ma shakllari bolaning hayoti uchun xavfli! 🥳Ichki a’zolar faoliyatida buzilishlar, infeksiyalarga moyillik, gormonal disbalanslar paydo bo‘lishi mumkin. 🥳 Agar oilada ixtioz bilan kasallanganlar bo‘lsa, bu nasl davomida kasallik ehtimolini oshiradi.
🚫 Oldini olish: 🔍 Maxsus vaksina yoki oldini oluvchi dori mavjud emas. Shuning uchun: 🧬 Genetik maslahat olish — agar er-xotin kasallik tarixi bilan bog‘liq bo‘lsa 🧬 Homiladorlikdan oldin tekshiruvlardan o‘tish 🧬 Bu kasallikni irsiy yo‘l bilan bolalarga o‘tishini kamaytiradi. 📱Manba bilan olinsin! ━ ━ ━ ━ ━ ━ ━ ━ ━ ━ ━ 📎 FOYDALI TIBBIY BLOG: 🌐 @KASALLIKLAR_UZ
Mostrar todo...
😢 5 4🔥 1🤯 1
⚡️ ⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️ Tibbiyot instituti talabalari uchun sohaga oid foydali kanallar ro‘yxatini sizga taqdim etamiz: 🤔@Tursunboy_Ibrakhimov0203 -UASh va 103-Tez tibbiy yordam tayyorlov kanali 🤔@Dc_Jabborov kasalliklar va dorilar haqidagi kanal 🤔@dori_kasalliklar Tez yordam va EKG haqida bazalar toʻplami 🤔@Dorilar_dunyosi Tibbiyot olamidagi eng yaxshi kanallardan, xar bir tibbiyot talabasi bilshi kerak bo'lgan malumotlar bazasi! 🤔@radiologiya_uz - rentgen, ultratovush tekshiruv (UZI) va tomografiyaga oid keyslar, qiziqarli ma'lumotlar 🤔@Gineko_Doctors -Ginekologiyaga oid klinik protokollar, kasalliklar, tibbiy ma'lumotlar jamlangan kanal. 🤔@Doctor_Haus_1 - Tibbiyotga oid eng sara kitoblar va videolar jamlangan kanal. 🤔@tibbiyot_pro - 1-2-3 kurslar uchun ilmiy-tibbiy fundamental fanlar bo'yicha baza kanal 🤔@morgmed - Eng sara morg va operatsiya videolari, jaroxatlar o'rin olgan kanal 🤔@medical_stories1 - murakkab tibbiyotni biz bilan oson o'rganing ! 🤔@Qosimov_medic-Dmed qo'llanmalari, tibbiy protokollar bilan ishlash va kunlik foydali malumotlar 🤔@Doctor_pediatr_Behruz — eng keng tarqalgan va dolzarb bo'lgan bolalar kasalliklari, bolalar salomatligiga oid videoblog 🤔@Xavflii_xirurgiyaa — kattalar uchun, har xil kasallik, jaroatlar, ularning sababi va alomatlarini sharxlovchi kanal; 🤔@Med_arbor — xirurgiya, morg videolar hamda operatsiyalar jamlangan eng yaxshi kanal; 🤔@Andrology_uz — bo‘ydoqlar uchun foydali kanal, bu zararli ishlar jinsiy hayotingizni izdan chiqaradi, kanalga tashrif buyuring; 🤔@Ginekology_uz — ayollar salomatligi bo'yicha qimmatli ma'lumotlar. Ginekolog maslahatlari; 🤔@Med_apex_morg — xirurgik video, rasm va kitoblar to‘plangan baza kanal; 🤔Surgery med Zamonaviy xirurgik operatsiyalar va yangiliklar jamlangan kanal 🤔@med_lab1- Tibbiy tahlillar ortidagi nozik sirlarni birgalikda ochamiz! 🤔 @Pharmacology_uz — farmakologiya va dorilarni òrganish uchun videodarslar, audiodarslar, darsliklar va boshqalar 🤔 @Dr_Numonov -Real bemorlarda dorilarni qo'llash bo'yicha universal qo'llanmalar kanali 🤔 @Medicalmediauz — 5 yillik mehnat, katta tibbiy elektron baza; 🤔 @EKG_uz — EKG sohasiga ixtisoslashgan sahifa. Izlagandingiz, biz topdik; 🤔 @Kasalliklar_uz — 200 dan ortiq kasalliklar haqida aynan shu sahifada maʼlumotlar topasiz; 🤔 @Camu_kitob Anatomiya fanidan video dars va quiz testlar kanali 🤔@DrErgashevblog — laboratoriya sohasidagi bilimlarni o‘rganmoqchi bo‘lganlar uchun foydali manba; 🤔 @DrJasurbek_blog bolalar kasalliklar va ularni davolash, dorilar haqida umumiy maʼlumotlar 🤔@Tez_tibbiyyordam_103 — tez tibbiy yordam bo‘yicha yangiliklar, maslahatlar va real vaqt rejimida yordamga oid eng ishonchli kanal; Guruhingizga yuborib qo‘ying. ⚡️ Hammaga kerakli va foydali kanallar.☺️
Mostrar todo...
2
Photo unavailableShow in Telegram
⚡️Tibbiyot talabalari va shifokorlar va klinik ordinatorlar va xalqimiz uchun foydali kanallar jamlanmasi!-Terapiya -Pediatriya -Ginekologiya -Andrologiya-urologiya -Jarrohlik(Video) operatsiyalar -Anesteziologiya-reanimatologiya -Patologik anatomiya -Kardiologiya (EKG) video darslar -Farmakologiya -Otorinolaringologiya -Tez-tibbiy yordam va UASh kanallari Barchasi bitta jildda oʼzingizga kerakli yoʼnalish koʼk yozuv ustiga bosing va ulanib oling! Bu postni barcha tibbiyot talabalariga yetib borishini taʼminlang guruhlarga yuborib qoʼyamiz! https://t.me/addlist/_fXOt2F7AwJiYmFi ⚡️ https://t.me/addlist/_fXOt2F7AwJiYmFi ⚡️
Mostrar todo...
1
13:30
Video unavailableShow in Telegram
📹 Yuqumli kasalliklar. Kirish: davrlari, kechishi, klinikasi, etiologiyasi, patogenezi. ━━━━━━━━━━━━━━ FOYDALI TIBBIY BLOG: @KASALLIKLAR_UZ
Mostrar todo...
YUQUMLI_KASALLIKLAR_1_QISM_KIRISH_DAVRLARI_KECHISHI_KLINIKASI_ETIOLOGIYASI.mp419.59 MB
👍 3
16:47
Video unavailableShow in Telegram
📹 Infeksion kasalliklar ta’rifi, tasnifi va epidimiologiyasi ©Imed team ━━━━━━━━━━━━━━ FOYDALI TIBBIY BLOG: @KASALLIKLAR_UZ
Mostrar todo...
Infeksion_kasalliklar_ta’rifi,_tasnifi_va_epidimiologiyasi_|_#imed.mp433.73 MB
2👍 1
⏩⏩⏩⏩ 🚀 FAVUS (KAL) – bu surunkali kechuvchi dermatomikoz (teri zamburug‘li kasalligi) bo‘lib, asosan bosh terisida joylashadi va soch to‘kilishi, qattiq qobiq (skutula) hamda doimiy kallikka olib keladi. 🎚 Kasallik qo‘zg‘atuvchisi: Trichophyton schoenleinii – keratinni yemiruvchi parazit zamburug‘.
📌 ZARARLANADIGAN SOHALAR: ✅ Bosh terisi (eng ko‘p) ✅ Sochlar (to‘kiladi, mo‘rtlashadi) ✅ Teri (boshqa sohalar) ✅ TIRNOQLAR (qalinlashish, qattiqlashish, sinuvchanlik) ✅ Juda kam hollarda – ichki a’zolar (immuniteti zaif odamlarda)
⚠️ KLINIK BELGILARI: 🥳 Bosh terisida sariq rangli, hidli "qobiq (skutula)" lar 🥳 Soch to‘kiladi, mo‘rtlashadi, ildizi nobud bo‘ladi 🥳 Kallik (alopecia) va chandiqli sohalar paydo bo‘ladi 🥳 Yiringli, yallig‘langan joylar 🥳 Teri qichiydi, ko‘p hollarda achishadi 🥳 Tish-tirnoqlar tirtiqlanadi, sarg‘ayadi, sinuvchan bo‘ladi
💥 ASORATLARI: 🧑‍🦲 Doimiy kallik (skarring alopecia) – soch follikulalarining nobud bo‘lishi natijasida 🦠 Ikkinchi darajali bakterial infeksiya (pyodermiya) 🧤 Tirnoq deformatsiyasi, qo‘l-oyoq funksiyasining buzilishi 😷 Immunitet zaif bo‘lgan odamlarda – zamburug‘ ichki a’zolarga o‘tishi mumkin 🧠 Juda kam hollarda – sepsis, og‘ir infeksiya (organomikozlar)
💊DAVOSI: 🎚 Sistemali zamburug‘ga qarshi dorilar: ⏩ Griseofulvin – asosiy davolovchi vosita ⏩ Terbinafin, Itrakonazol, Flukonazol – muqobil dorilar (ayrim holatlarda) ⏩ Antifungal shampunlar (ketokonazol, selenium sulfid) ⏩ Antiseptik eritmalar (xlorheksidin, fukortsin) ⏩ Soch olish – zararlangan sochlarni olib tashlash ⏩ Immunitetni mustahkamlash – vitaminlar, immunomodulyatorlar 🧑‍⚕️ Davolash uzoq (6–12 hafta) davom etadi va dermatolog nazorati ostida olib borilishi shart!
🛡 PROFILAKTIKA: ✔️ Gigiyena qoidalariga amal qilish ✔️ Shaxsiy sochiq, taroq, kiyim-kechakdan umumiy foydalanmaslik ✔️ Favus bilan kasallangan hayvonlar (mushuk, it) bilan aloqani cheklash ✔️ Kasallik aniqlangan bemorlarni izolyatsiya qilish ✔️ Bolalar bog‘chasi va maktablarda tibbiy ko‘riklarni o‘tkazish
P/s: Favus – og‘ir, surunkali zamburug‘li infeksiya bo‘lib, o‘z vaqtida davolanmasa doimiy kallikka va teri deformatsiyasiga olib keladi. Har qanday g‘alati qobiq, soch to‘kilishi yoki tirnoq o‘zgarishlarini sezsangiz – darhol dermatologga murojaat qiling! 📱Manba bilan olinsin! ━ ━ ━ ━ ━ ━ ━ ━ ━ ━ ━ 📎 FOYDALI TIBBIY BLOG: 🌐 @KASALLIKLAR_UZ
Mostrar todo...
2👍 2🔥 1
🎚 XEYLIT (CHEILITIS) – bu labning qizil jiyagi, lab terisi va ba’zida og‘iz burchaklarining shilliq qavati yallig‘lanishidir. Kasallik o'tkir yoki surunkali shaklda kechib, bemorga noqulaylik tug‘diradi.
SABABLARI: ⬇️ Allergik (kontakt, atopik) ⬇️ Infeksion (bakterial, virusli, zamburug‘li) ⬇️ Gipovitaminoz (ayniqsa B2, B6 yetishmovchiligi) ⬇️ Aktinik (quyosh nurlari ta’siri) ⬇️ Mexanik yoki kimyoviy ta’sir (lab yalash, sovuq shamol, tish pastasi, kosmetika)
⚠️ BELGILARI: 🥳 Labning qurishi, yorilishi 🥳 Qizarish, achishish, qichishish 🥳 To‘qimalarda shish, qobiq hosil bo‘lishi 🥳 Og‘iz burchaklarida yoriqlar 🥳 Qonash, silliq pardada og‘riq
🎚 TURLARI: ⏩ Oddiy (quruq) xeylit ⏩ Eksfoliativ xeylit ⏩ Atopik xeylit ⏩ Kontakt allergik xeylit ⏩ Burchak (angular) xeylit ⏩ Aktinik (quyoshli) xeylit ⏩ Infeksion (gerpes, kandida) xeylit
💥 ASORATLARI: 👉 Agar davolanmasa yoki noto‘g‘ri davolansa, xeylit quyidagi asoratlarga olib kelishi mumkin: ✅ Surunkali holatga o‘tish ✅ Og‘iz burchaklarida fissuralar (qattiq yoriqlar) ✅ Ikkinchi darajali infeksiya (bakterial yoki zamburug‘li) qo‘shilishi ✅ Og‘riqli yara va qonash ✅ Ovoz, ovqatlanish va so‘zlashishda noqulaylik bo'ladi ✅ Aktinik xeylit holatida – uzoq muddatda lab saratoni (squamous cell carcinoma) xavfi ortadi
✔️ DAVOSI:Antiseptiklar (xlorheksidin, fukortsin) ✅ Malhamlar: panthenol, bepanten, kortikosteroidlar (shifokor tavsiyasiga ko‘ra) ✅ Antihistaminlar – allergik shakllarda ✅ Antiviral (gerpesda) – asiklovir ✅ Zamburug‘ga qarshi vositalar – klotrimazol, nistatin ✅ Vitamin terapiya (B2, B6, A, E)
📱Manba bilan olinsin! ━ ━ ━ ━ ━ ━ ━ ━ ━ ━ ━ 📎 FOYDALI TIBBIY BLOG: 🌐 @KASALLIKLAR_UZ
Mostrar todo...
2👍 2🔥 2👏 1
👁TRAXOMA (TRACHOMA) – SHILPIQ 🌟 Ko‘zning yuqimli, surunkali kasalligi bo‘lib, Chlamydia trachomatis bakteriyasi sababli yuzaga keladi. U uzoq davom etgan hollarda ko‘z kon’yunktivasi va korneani zararlab, oxir-oqibat ko‘rlikka olib kelishi mumkin. ASOSIY SABABI: 🟡Chlamydia trachomatis (serotiplari A, B, Ba, C) 🎚 Yuqishi: bevosita aloqa, gigiyena qoidalariga rioya qilmaslik, umumiy sochiq, parda, pashsha orqali
📌 BOSQICHLARI (JSST tasnifi bo‘yicha): ✅ TF – follikulalar bilan boshlanadi ✅ TI – yallig‘lanish kuchayadi ✅ TS – chandiqlar paydo bo‘ladi ✅ TT – kipriklar ichkariga o‘sadi (trixiaz) ✅ CO – korneada xiralik, ko‘rish yomonlashadi
⚠️ ASOSIY BELGILARI: 🥳 Ko‘zda qichishish, achishish, qizarish, og'riq 🥳 Yiringli ajralma 🥳 Yorug‘likdan qo‘rqish 🥳 Ko‘rishning pasayishi 💊HOZIRGI DAVRDA DAVOLASH:Azitromitsin – og‘iz orqali, bir martalik dozada (JSST tomonidan tavsiya etilgan) ✅ Tetratsiklin yoki eritromitsin malhami – muqobil holatlarda ✅ Jarrohlik – trixiaz holatida (kipriklarni tuzatish uchun) ✅ Simptomatik davolash – gigiyena va ko‘zga g‘amxo‘rlik
🛡 PROFILAKTIKA – “SAFE” STRATEGIYASI: S – Surgery (jarrohlik) A – Antibiotics (azitromitsin) F – Facial cleanliness (yuzni toza tutish) E – Environmental improvement (sanitariya, ichimlik suvi)
✔️ Yangi yondashuvlar – “Stronger-SAFE” modeli orqali kasallikni ildizi bilan yo‘qotish maqsad qilingan. 📱Manba bilan olinsin! ━ ━ ━ ━ ━ ━ ━ ━ ━ ━ ━ 📎 FOYDALI TIBBIY BLOG: 🌐 @KASALLIKLAR_UZ
Mostrar todo...
👏 2 1🔥 1
Repost from TgId: 1873158561
Photo unavailableShow in Telegram
🔔Dofamin jamoasi Online EKG kurslariga qabul boshlandi! 📊Kurs davomida: - har bir dars uchun video, ppt, konspekt, testlar beriladi - qo‘shimcha qiziqarli materiallar taqdim etiladi - bir qancha kardiologik kasalliklar klinikasi, davolash, birinchi yordam ko‘rsatish haqida ham ma'lumotlar berib boriladi - EKG tahlili uchun doimiy guruh tashkil etiladi - Biz sizga hammasini 0 dan boshlab o‘rgatamiz! • Kursdoshlar aksiyasi! 💬Batafsil ma'lumot olish va ro‘yxatdan o‘tish uchun: @dofamin_admin 📝Kurs haqida fikrlar: @dofamin_fikrlar 🎙Dofamin jamoasi
Mostrar todo...
2🔥 1
🌟 SILIKOZ (SILICOSIS) og‘ir surunkali o‘pka kasalligi bo‘lib, pnevmokonioz turiga kiradi. Bu kasallik havodagi silikatli chang zarrachalarini uzoq muddat davomida nafas orqali qabul qilish natijasida rivojlanadi.
✔️ TASNIFI: Silikoz - bu changli kasb kasalligi bo‘lib, ko‘proq quyidagi sohalarda ishlovchilar orasida uchraydi: ➡️ Kon ishchilarida ➡️ Granit, marmar va kvartsni qayta ishlovchilarda ➡️ Sopol va oynaviy buyumlar ishlab chiqaruvchilarda ➡️ Qurilish sohasida changli muhitda ishlovchilarda
🥳 ETIOLOGIYASI: ➡️ Kasallikning asosiy sababi – tarkibida kristall silikat (asosan kremniy dioksidi – SiO₂) mavjud bo‘lgan chang zarrachalarini uzoq vaqt davomida nafas orqali qabul qilishdir.
🔍 PATOGENEZI: ➡️ Silikatli chang alveolalarga kiradi va u yerda yutilmay, to‘planib qoladi. ➡️ Bu chang alveolar makrofaglar tomonidan fagotsitozga uchraydi. ➡️ Natijada yallig‘lanish jarayoni boshlanadi, fibroblastlar faollashadi va o‘pka to‘qimalarida fibroz rivojlanadi. ➡️ Uzoq davom etgan holatlarda o‘pkaning elastikligi yo‘qoladi va nafas yetishmovchiligi yuzaga keladi.
TURLARI: ⬇️ Oddiy silikoz – yillar davomida rivojlanadi, simptomsiz boshlanadi. ⬇️ Tez rivojlanadigan silikoz – ko‘p miqdorda chang bilan qisqa muddat ichida kontaktda bo‘lish natijasida paydo bo‘ladi. ⬇️ O‘tkir silikoz – juda yuqori kontsentratsiyadagi chang bilan qisqa aloqa, tezda klinik belgilar paydo bo‘ladi.
⚠️ KLINIK BELGILARI: 🥳 Quruq yo‘tal 🥳 Nafas qisishi (dastlab jismoniy faollikda, keyinchalik tinch holatda) 🥳 Ko‘krakda og‘riq 🥳 Tez-tez bronxit yoki pnevmoniya
✔️ DAVOSI: ⏩ Silikozning aniq davosi yo‘q, lekin simptomatik va qo‘llab-quvvatlovchi davolash choralari mavjud: ⏩ Zararli muhitdan chiqarish (kasbni o‘zgartirish) ⏩ Nafasni yengillashtiruvchi dorilar (bronxolitiklar) ⏩ Kortikosteroidlar (ba'zi hollarda) ⏩ Fizioterapiya, nafas mashqlari ⏩ O‘pka transplantatsiyasi (og‘ir holatlarda) 📱Manba bilan olinsin! ━ ━ ━ ━ ━ ━ ━ ━ ━ ━ ━ 📎 FOYDALI TIBBIY BLOG: 🌐 @KASALLIKLAR_UZ
Mostrar todo...
3👍 1😢 1
Photo unavailableShow in Telegram
Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda sariqlik darajasini baholashda Kramer shkalasidan foydalaniladi: I daraja – yuz va boʻyinda sariqlik (bilirubin >80 mkmol/l); II daraja – sariqlik kindikkacha tarqaladi (bilirubin 150 mkmol/l); III daraja – sariqlik tizzagacha tarqaladi (bilirubin 200 mkmol/l); IV daraja – sariqlik yuz, gavda, qoʻl va oyoqlargacha tarqaladi (>250 mkmol/l); V daraja – butun tana boʻylab tarqalgan sariqlik (bilirubin miqdori >350 mkmol/l).
Fiziologik sariqlik odatda oyoq uchidan bosh tomonga qarab yo'qolib boradi. Normada chaqaloqlardagi fiziologik sariqlik bola hayotining 14 kunigacha yo'qolib ketishi lozim.
━━━━━━━━━━━━━━ FOYDALI TIBBIY BLOG: @KASALLIKLAR_UZ
Mostrar todo...
4
Photo unavailableShow in Telegram
BRONXODILATATORLAR 🫁 ━━━━━━━━━━━━━━ FOYDALI TIBBIY BLOG: @KASALLIKLAR_UZ
Mostrar todo...
1
⏩⏩⏩⏩ 😊 MIKSEDEMA (GIPOTIREOZ) — QALQONSIMON BEZ YETISHMOVCHILIGI ✔️ Miksedema — bu qalqonsimon bez gormonlari yetishmasligi natijasida rivojlanadigan surunkali endokrin kasallik bo‘lib, nomi “shilimshiq shish” degan ma’noni bildiradi. 🥳U asosan ayollarda ko‘proq uchraydi va ko‘pincha sekin rivojlanadi.
🎚 SABABLARI: 🔎 Qalqonsimon bez faoliyatining pasayishiga quyidagilar sabab bo‘ladi: ⏩ Surunkali infeksiyalar (zaxm, revmatizm, tif va boshqalar) ⏩ Bezning qarilik bilan bog‘liq involyutsiyasi ⏩ Tug‘ma yetishmovchilik yoki gipoplaziya ⏩ Uzoq davom etgan gipertireozdan keyingi atrofiyalar ⏩ Bezning jarrohlik yo‘li bilan olib tashlanishi ⏩ Travmalar yoki shikastlanishlar ⏩ Endemik bo‘qoq fonida rivojlanishi ⏩ Gipofiz shikastlanishi natijasidagi ikkilamchi gipotireoz
⚠️ KLINIK BELGILARI: 🧠 Miksedema asta-sekin rivojlanadi va quyidagi belgilar bilan kechadi: ✔️ Tashqi ko‘rinish: ➡️ Yuz va bo‘yin sohasida shilimshiq shish (odatdagi shishdan farqli o‘laroq qattiq, bosganda chuqurcha qolmaydi) ➡️ Niqobsimon yuz, oq-sarg‘ish teri, qalin ajinlar ➡️ Qovoqlar kerikib turadi, burun va lablar qalinlashadi ➡️ Qo‘l-oyoqlarda shish (pretibial miksedema) ✔️ Yurak-qon tomir tizimi: ➡️ Pulsning sekinlashuvi ➡️ Diastolik gipertenziya ➡️ Yurak qisqarish kuchi va tonusining pasayishi ➡️ Gidroperikardit ehtimoli ✔️ Asab tizimi: ➡️ Xotira susayishi, diqqatning pasayishi ➡️ Depressiya, tormozlanish ➡️ Uyquchanlik ✔️ Teri va soch: ➡️ Quruq, po‘st tashlaydigan teri ➡️ Soch va qoshlar to‘kilishi ➡️ Giperkeratoz va onixoliz (tirnoq o‘zgarishlari) ✔️ Moddalar almashinuvi: ➡️ Metabolizmning keskin sekinlashuvi (50–60 % gacha) ➡️ Tana haroratining pasayishi (hatto 34 °C gacha) ➡️ Qabziyat, meteorizm ➡️ Semirish va aterosklerozga moyillik ✔️ Reproduktiv tizim: ➡️ Hayz tsiklining buzilishi ➡️ Oligo/amenoreya ➡️ Bepushtlik ✔️ Laborator o‘zgarishlar: ➡️ Qonda yod miqdori kamayadi ➡️ Anemiya, limfotsitoz, neytropeniya ➡️ Xolesterin, LDL, triglitseridlarning oshishi
✔️ DAVOLASH: 🎚 Asosiy davo — qalqonsimon bez gormonlarini o‘rnini bosuvchi terapiya: Tireodin (0,03–0,1 g kuniga 2–3 marta) uzoq muddatli qabul qilinadi. Dori dozasi puls va tana vazni nazorati bilan belgilanadi. Dori to‘xtatilsa, simptomlar qayta paydo bo‘ladi.
✅ Davo boshlangandan keyin 3–4 haftada bemorning holati ancha yaxshilanadi va mehnat qobiliyati tiklanadi. 📱Manba bilan olinsin! ━ ━ ━ ━ ━ ━ ━ ━ ━ ━ ━ 📎 FOYDALI TIBBIY BLOG: 🌐 @KASALLIKLAR_UZ
Mostrar todo...
4👍 1🔥 1👏 1
Repost from TgId: 3199418332
Photo unavailableShow in Telegram
🧠 SI inson kabi fikrlashni o'rgandi. Polshaning Pathway startapi modelini tirik miyaning nusxasiga aylantirishdi. Modelning o’zi neyronlar klasterlarini hosil qilib, fikrlash jarayonida odamlar kabi ular orasidagi aloqalarni mustahkamlamoqda. Shuningdek, u o’rganilgan ma'lumotlarni shunchaki takrorlamasdan, tahlil qilib, xulosalar chiqarmoqda. ━━━━━━━━━━━━━━━━━━━ @TIBBIY_XABARLAR — BIRINCHI BIZDA!
Mostrar todo...
1👎 1