en
Feedback
Ta'lim nazorati

Ta'lim nazorati

Open in Telegram

Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar) Savollar bo‘yicha: @Uztdibot Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot

Show more
2025 year in numberssnowflakes fon
card fon
112 334
Subscribers
-35724 hours
-1 6297 days
-6 85030 days
Posts Archive
Repost from TgId: 1224266819
Photo unavailableShow in Telegram
Hurmatli pedagoglar!
📣"Dolzarb 10 kunlik" diagnostika testlari boshlandi Endi pedagoglar attestatsiya oldidan bepul diagnostik testlarda qatnashib, pul mukofotiga ega bo'lishlari mumkin. 🖼G'oliblar ikki nominatsiyada aniqlanadi: ◀️Eng yuqori natija qayd etgan o'qituvchi; ◀️O'qituvchilari eng yuqori natija ko'rsatgan maktab. Har kunlik natijalar Talimxabarlari.uz saytida e'lon qilib boriladi. 🎁Shaxsiy natijasi eng yuqori bo'lgan o'qituvchi diplom, statuetka va pul yutug'i bilan taqdirlanadi. 🎁Tanlovda eng ko'p o'qituvchilari qatnashgan va eng yuqori natijani qayd etgan maktab diplom, statuetka hamda kitoblar to'plami bilan taqdirlanadi. 📲 Yakuniy natijalar Talimxabarlari.uz saytining YouTube platformasidagi rasmiy sahifasida, jonli efir orqali ma'lum qilinadi.
💬Natija ko'rsatkichlari teng bo'lib qolgan taqdirda, g'olib nomi tasodifiy tanlov tizimi (random) orqali aniqlanadi.
⭕️Tanlovda ishtirok etish uchun ro'yxatdan o'tib, bepul diagnostik testlarni bajarish kifoya. 👉Ro'yxatdan o'tish: @pedagogedubot
Show all...
⚡️ Chet tili imtihoni uchun ruxsatnomalar taqdim etildi 📣 Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan navbatdagi imtihon sanasi e’lon qilindi. Unga ko‘ra: ✏️imtihonning yozma qismi — 18-19-oktabr kunlari; 🎤 gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari — 20-24-, 27-31-oktyabr va 3-6-noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi. 📱 Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz saytining "Mening arizalarim" bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin. ⏰ Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi. 🆔 Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida kiritiladi. 📍 Imtihon o‘tkaziladigan joylar va ularning joylashuvi (geolokatsiya): https://telegra.ph/Chet-10-14-21 Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Show all...
❗️Matematika fanidan Asosiy olimpiadaning tuman (shahar) bosqichi har bir sinf kesimida (9-10-11-sinf) qayta oʻtkaziladi Ijtimoiy tarmoqlarda matematika fanidan Asosiy olimpiadaning tuman (shahar) bosqichi savollari Respublika bo‘ylab noqonuniy tarzda tarqatildi. Ayni paytda mazkur holat yuzasidan tegishli o‘rganish ishlari olib borilmoqda. Ma’lumot uchun, ushbu olimpiada savollari Fan olimpiadalari markazi tomonidan tuzildi, har bir hududda (hududiy boshqarmalarda) markazlashgan holatda chop etilmoqda. Shu munosabat bilan, hududlardagi Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalarida tashkil etilgan shtablarda savollar chop etish jarayonida ayrim xodimlarnining zimmasidagi vazifaga mas'ulyatsizlik bilan yondashgani, jarayonda adolatni ta'minlamagani oqibatida materiallari tarqaldi. Hozirda bu holatga sababchi shaxslar aniqlanmoqda va ular amaldagi qonunchilik doirasida javobgarlikka tortiladi. Matematika fanidan Asosiy olimpiadaning tuman (shahar) bosqichi har bir sinf kesimida (9-10-11-sinf) qayta oʻtkazilishini ma’lum qilamiz. Fan olimpiadalari markazi barcha bosqichlarda jarayonlarning shaffof, adolatli va xolis tashkil etilishidan manfaatdordir. Shu munosabat bilan, agar Sizga: ➖ olimpiada savollari yoki javoblari pul evaziga taklif etilsa, ➖ jarayonlarga tanish-bilishchilik yoki noqonuniy ta’sir ko‘rsatish holatlari bo‘lsa, darhol Fan olimpiadalari Markazning maxsus boti yoki ushbu (+998 71 207 05 24) telefon orqali xabar berishingizni so‘raymiz. Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Show all...