fa
Feedback
Ta'lim nazorati

Ta'lim nazorati

رفتن به کانال در Telegram

Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar) Savollar bo‘yicha: @Uztdibot Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot

نمایش بیشتر
2025 سال در اعدادsnowflakes fon
card fon
112 334
مشترکین
-35724 ساعت
-1 6297 روز
-6 85030 روز
آرشیو پست ها
Repost from TgId: 1224266819
Photo unavailableShow in Telegram
Hurmatli pedagoglar!
📣"Dolzarb 10 kunlik" diagnostika testlari boshlandi Endi pedagoglar attestatsiya oldidan bepul diagnostik testlarda qatnashib, pul mukofotiga ega bo'lishlari mumkin. 🖼G'oliblar ikki nominatsiyada aniqlanadi: ◀️Eng yuqori natija qayd etgan o'qituvchi; ◀️O'qituvchilari eng yuqori natija ko'rsatgan maktab. Har kunlik natijalar Talimxabarlari.uz saytida e'lon qilib boriladi. 🎁Shaxsiy natijasi eng yuqori bo'lgan o'qituvchi diplom, statuetka va pul yutug'i bilan taqdirlanadi. 🎁Tanlovda eng ko'p o'qituvchilari qatnashgan va eng yuqori natijani qayd etgan maktab diplom, statuetka hamda kitoblar to'plami bilan taqdirlanadi. 📲 Yakuniy natijalar Talimxabarlari.uz saytining YouTube platformasidagi rasmiy sahifasida, jonli efir orqali ma'lum qilinadi.
💬Natija ko'rsatkichlari teng bo'lib qolgan taqdirda, g'olib nomi tasodifiy tanlov tizimi (random) orqali aniqlanadi.
⭕️Tanlovda ishtirok etish uchun ro'yxatdan o'tib, bepul diagnostik testlarni bajarish kifoya. 👉Ro'yxatdan o'tish: @pedagogedubot
نمایش همه...
⚡️ Chet tili imtihoni uchun ruxsatnomalar taqdim etildi 📣 Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan navbatdagi imtihon sanasi e’lon qilindi. Unga ko‘ra: ✏️imtihonning yozma qismi — 18-19-oktabr kunlari; 🎤 gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari — 20-24-, 27-31-oktyabr va 3-6-noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi. 📱 Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz saytining "Mening arizalarim" bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin. ⏰ Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi. 🆔 Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida kiritiladi. 📍 Imtihon o‘tkaziladigan joylar va ularning joylashuvi (geolokatsiya): https://telegra.ph/Chet-10-14-21 Ta’lim nazorati rasmiy kanali
نمایش همه...
❗️Matematika fanidan Asosiy olimpiadaning tuman (shahar) bosqichi har bir sinf kesimida (9-10-11-sinf) qayta oʻtkaziladi Ijtimoiy tarmoqlarda matematika fanidan Asosiy olimpiadaning tuman (shahar) bosqichi savollari Respublika bo‘ylab noqonuniy tarzda tarqatildi. Ayni paytda mazkur holat yuzasidan tegishli o‘rganish ishlari olib borilmoqda. Ma’lumot uchun, ushbu olimpiada savollari Fan olimpiadalari markazi tomonidan tuzildi, har bir hududda (hududiy boshqarmalarda) markazlashgan holatda chop etilmoqda. Shu munosabat bilan, hududlardagi Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalarida tashkil etilgan shtablarda savollar chop etish jarayonida ayrim xodimlarnining zimmasidagi vazifaga mas'ulyatsizlik bilan yondashgani, jarayonda adolatni ta'minlamagani oqibatida materiallari tarqaldi. Hozirda bu holatga sababchi shaxslar aniqlanmoqda va ular amaldagi qonunchilik doirasida javobgarlikka tortiladi. Matematika fanidan Asosiy olimpiadaning tuman (shahar) bosqichi har bir sinf kesimida (9-10-11-sinf) qayta oʻtkazilishini ma’lum qilamiz. Fan olimpiadalari markazi barcha bosqichlarda jarayonlarning shaffof, adolatli va xolis tashkil etilishidan manfaatdordir. Shu munosabat bilan, agar Sizga: ➖ olimpiada savollari yoki javoblari pul evaziga taklif etilsa, ➖ jarayonlarga tanish-bilishchilik yoki noqonuniy ta’sir ko‘rsatish holatlari bo‘lsa, darhol Fan olimpiadalari Markazning maxsus boti yoki ushbu (+998 71 207 05 24) telefon orqali xabar berishingizni so‘raymiz. Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi Ta’lim nazorati rasmiy kanali
نمایش همه...
❗️IC3 sertifikati bo‘yicha eng ko‘p berilayotgan savollarga javoblar "Xorijiy tillar va umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi qo'shma qarorga asosan IC3 Digital Literacy Certification (Informatika fani) — 700 va undan yuqori ball ustama belishi belgilandi. Ushbu sertifikat bo‘yicha eng ko‘p berilayotgan savollarga quyida javob beramiz: 1. IC3 Digital Literacy Certification bu — xalqaro darajada tan olingan raqamli savodxonlik sertifikati bo‘lib, foydalanuvchining kompyuter va internetdan foydalanish bo‘yicha asosiy bilim va ko‘nikmalarini tasdiqlaydi. 2. IC3 imtihonlarining koʻplab versiyalari bor boʻlib, hozirda bizda IC3 Digital Literacy GS5 versiyasini topshirish imkoniyati mavjud. 3. IC3 Digital Literacy GS5 imtihonini rus yoki ingliz tilida topshirish mumkin. 4. IC3 Digital Literacy GS5 imtihoni 3 asosiy moduldan iborat: 1. Computing Fundamentals (Hisoblash texnologiyalari asoslari) 2. Key Applications (Asosiy amaliy dasturlar) 3. Living Online (Internetda samarali faoliyat yuritish) 5. Mazkur imtihon 1000 balli tizim bo‘yicha baholanadi va har bir moduldan 700 va undan yuqori ball to‘plash talab qilinadi. 6. Har bir modul 45 ta savoldan iborat va har bir modulni bajarish uchun 50 daqiqa vaqt beriladi. Modullar bir-biriga bogʻliq emas, shu sababli har bir modulni alohida topshirish imkoniyati ham bor. Qaysidir moduldan 700 dan kam ball olinsa, oʻsha modulni alohida qayta topshirish mumkin (ammo oʻsha kuni emas). 7. Imtihonga mustaqil ravishda yoki maxsus kurslar yordamida tayyorlanish mumkin. O‘qituvchilarga o‘zlariga qulay bo‘lgan manbalar orqali tayyorlov kurslari va materiallarini mustaqil tanlab oʻrganishlari mumkin. 8. IC3 Digital Literacy GS5 imtihoni uchun toʻlov — 180 AQSh dollari. Har bir modul uchun toʻlov — 60 AQSh dollari (toʻlovlar rasmiy kurs boʻyicha oʻzbek soʻmida amalga oshiriladi). 📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin. Ta’lim nazorati rasmiy kanali
نمایش همه...
IC3 sertifikat namunasi.pdf5.20 KB