Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
Ir al canal en Telegram
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/ YouTube: youtube.com/@UzEdu1 Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/ Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/ 📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09 ✉️ info@uzedu.uz Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Mostrar más2025 año en números

100 010
Suscriptores
Sin datos24 horas
+337 días
+1 60430 días
Archivo de publicaciones
02:54
Video unavailableShow in Telegram
‼️‼️‼️
Xorijdagi maktabdan o‘quvchilarni ko‘chirish bo‘yicha davlat xizmati ishga tushirildi
✅ Endilikda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari xorijiy davlatda ta’lim olgan farzandlarini davlat umumiy o‘rta ta’lim maktablariga o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining my.maktab.uz platformasi orqali elektron ariza yuborishi mumkin.
➖ Mazkur davlat xizmati Respublikamizdagi barcha davlat umumiy o‘rta ta’lim maktablarida joriy etilgan.🌐 Batafsil ma’lumot bilan quyidagi yo‘riqnoma orqali tanishingiz mumkin. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Momin ota ona.mp474.82 MB
02:54
Video unavailableShow in Telegram
‼️‼️‼️
Xorijdagi maktabdan o‘quvchilarni bo‘yicha davlat xizmati ishga tushirildi
✅ Endilikda, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari xorijiy davlatda ta’lim olgan farzandlarini davlat umumiy o‘rta ta’lim maktablariga o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining my.maktab.uz platformasi orqali elektron ariza yuborishi mumkin.
➖ Mazkur davlat xizmati Respublikamizdagi barcha davlat umumiy o‘rta ta’lim maktablarida joriy etilgan.🌐 Batafsil ma’lumot bilan quyidagi yo‘riqnoma orqali tanishingiz mumkin. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Momin ota ona.mp474.82 MB
#Янги_ўқув_йили
Yurtimiz bo‘ylab “Mehrli maktab"larda ham “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlari tashkil etildi
✅ Tadbir avvalida Davlatimiz rahbarining yangi o‘quv yili munosabati bilan yo‘llagan tabrigi o‘qib eshittirildi.
🔰 Shundan so‘ng, o'quvchilar ishtirokida badiiy chiqishlar tashkil etilib, tadbirga bayramona kayfiyat baxsh etdi.➖ “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida tashkil etilgan bayram tadbirida mas'ullar ham so‘zga chiqib, o‘quvchilarga yangi o‘quv yilida muvaffaqiyat tilashdi.
Bizni kuzating❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Repost from TgId: 1461713521
⚡️ Loyihamizga qo‘shilishni xohlovchilar uchun uzoq kutilgan yangilik.
📣 Eco-Schools Uzbekistan loyihasi 2025–2026-o‘quv yili uchun qabul e’lon qiladi.
📝 Mamlakatimizdagi barcha maktablar havola orqali arizalarni to‘ldirgan holda loyihada qatnashishlari mumkin. Arizalar qabul qilish 2025-yilning 20-avgustidan 30-sentyabrigacha davom etadi. To‘ldirilgan arizalarni @qabul_eco_schools manziliga yuborish zarur.
🏁 O‘tgan o‘quv yili natijalariga yuzlanadigan bo‘lsak, Eco-Schools Uzbekistan loyihasiga 258 ta maktab a’zo bo‘ldi, turli tadbirlar doirasida iqlim kun tartibiga 94 ming o‘quvchi jalb qilindi, jumladan 3 ming eko-faollar va 1 ming pedagog ishtirok etdi.
🌳 Loyiha doirasida 3 ming tup daraxt ko‘chati ekildi, issiqxonalarda 2,7 tonna oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirildi. O‘quv yili davomida ishtirokchi maktablar uchun turli seminarlar, treninglar, mahalliy va xalqaro tadbirlar, o‘quv oromgohlari tashkil etildi.
🤝 Ekologik harakatga qo‘shilish va biz bilan birgalikda atrof-muhitni muhofaza qilishga o‘z ulushingizni qo‘shish imkoniyatini boy bermang!
~~~
⚡️ Долгожданная новость для всех, кто хочет присоединиться к нашему проекту.
📣 Проект Eco-Schools Uzbekistan объявляет набор на 2025–2026 учебный год.
📝 Все школы нашей страны могут подать заявку на участие в проекте, заполнив документы по ссылке. Приём заявок продлится с 20 августа по 30 сентября 2025 года. Заполненные заявки необходимо отправить на адрес @qabul_eco_schools.
🏁 Подводя итоги прошлого учебного года, хотим сказать, что участниками проекта Eco-Schools Uzbekistan стали 258 школ, а 94000 учащихся были вовлечены в климатическую повестку в рамках различных мероприятий, включая 3000 экоактивистов и 1000 педагогов.
🌳 В рамках проекта высажено 3000 саженцев деревьев, выращено 2,7 тонны продуктов питания в теплицах. В течение учебного года для школ-участниц были организованы различные семинары, тренинги, местные и международные мероприятия, а также образовательные лагеря.
🤝 Не упустите возможность присоединиться к экологическому движению и внести свой вклад в защиту окружающей среды вместе с нами!
😀 Zamin 🌐 Instagram 🌐 Facebook
03:40
Video unavailableShow in Telegram
#Audiobayonot
#Dolzarb_90_kun
🔴 Yozgi oromgohlar, sog‘lomlashtirish maydonlari, to‘garak va musobaqalar — "Dolzarb 90 kun" tadbirlari yakunlandi
➖ Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida 1-iyundan 30-avgustgacha keng ko‘lamli ishlar olib borildi:📊 Joriy yilning iyun-avgust oylari davomida jami 200 mingdan ortiq tadbirlar tashkil etildi. Respublika bo‘ylab 1 251 ta maktabda kunduzgi oromgohlar tashkil etilib, ularda 173 ming nafar o‘quvchi ishtirok etdi.
☺️ Yurtimizdagi 219 ta “Barkamol avlod” bolalar maktablaridagi 79 ta to‘garaklarda 300 ming nafardan ortiq yoshlar o‘z yo‘nalishlarida yangi ko‘nikmalarni egallashdi.545 ta maktablarda tashkil etilgan qo‘shimcha darslarda esa 125 ming nafar o‘quvchilar qamrab olindi. 🔰 Bu yil ilk bora 100 nafar sportchi yoshlar uchun “Lochin” dam olish maskanida o‘quv yig‘in mashg‘ulotlari o‘tkazildi. 📊 Oromgohda o‘quvchilar o‘rtasida turli musobaqalar tashkil etish orqali ularning orasidan eng iqtidorli o‘quvchilar saralab olinib, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining Milliy terma jamoasi shakllantirildi. 🌐 BATAFSIL 🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
IMG_6985.MP419.19 MB
02:57
Video unavailableShow in Telegram
📚Yangi o‘quv yili boshlandi! Endi sinfxonalar qatori maktab oshxonalari ham o’quvchilar bilan gavjum.
❗️Lekin umumta’lim muassasalarida istalgan mahsulotni sotish mumkin emas. Maxsus ro‘yxat bor – sanitariya va gigiyena qoidalariga mos taomlargina taqdim etilishi lozim.
❓Qaysi mahsulotlar taqiqlangan?
✔️Toshkent shahar sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘lim boshlig‘i Dilfuza Hikmatova shu haqida batafsil ma’lumot berdi.🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Dilfuza~5.mp462.38 MB
✅✅✅✅
#Олий_таълим
🔴 Bugun Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tizimidagi pedagogika oliygohlarida ham 2025/2026-oʻquv yili boshlandi.
Tadbirda mas'ullar barcha talaba yoshlarga omad tilab, yangi o‘quv yilida kutilayotgan natija va rejalar haqida so‘z yuritishdi.
🔰 Tadbir davomida konsert dasturi, badiiy chiqishlar, kuy-qo‘shiqlar va raqslar namoyish etilib, barchaga bayramona ko‘tarinkilik baxsh etdi.🔴 Jarayonlar davom etmoqda. 📍Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti 📍Urganch davlat pedagogika instituti 📍Shahrisabz davlat pedagogika instituti 📍Guliston davlat pedagogika instituti 📍Termiz davlat pedagogika instituti 📍Jizzax davlat pedagogika universiteti 🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
02:58
Video unavailableShow in Telegram
#Ekologiya_burchagi
#Maktabgacha_taʼlim
✅Toshkent shahar Olmazor tumani 91-son Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida "Ekologik yo'lakcha" tashkil etildi.
🌿Mazkur yo‘lakchalarda jonli burchak, qushlar olami, poliz va bog‘lar joy olgan bo‘lib, ular bolalarda tabiatga mehr va mas'uliyat hissini shakllantirishga xizmat qiladi.
➖Tarbiyachilar ko‘magida bolalar ko‘chat ekish, gullarni parvarishlash, sug‘orish hamda bog‘bonlikning oddiy usullarini o‘rganishmoqda.
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
FILE 2025-09-02 09:25:34.mp488.55 MB
#Биринчи_қўнғироқ
#Jasorat_maktablari
✅ Bugun “Bilimlar kuni” da Respublikamizdagi 208 ta “Jasorat maktablari” ham o‘z faoliyatini boshladi.
"Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!" shiori ostida tashkil etilgan "Birinchi qo‘ng‘iroq" tadbirida umumta’lim maktablari negizida tashkil etilgan “Jasorat maktablari” o‘quvchilari ham ishtirok etishdi.
➖ Mazkur ta’lim muassasalariga ikki bosqichli saralash sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan 5 408 nafar o‘quvchilar Jasorat sinflarida o‘qishni boshlashdi.Bizni kuzating: ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
01:51
Video unavailableShow in Telegram
#Биринчи_қўнғироқ
🔴 Bugun yurtimizning barcha ta’lim maskanlarida 2025-2026-o‘quv yili boshlandi.
➖ Tadbirlar avvalida Prezidentimizning mamlakatimiz maktablari o‘quvchilari va ustoz-murabbiylariga yo‘llagan tabrigi o‘qib eshittirildi.Bugungi “Bilimlar kuni” — Birinchi qo’ng’iroq” haqida ustozlar va o’quvchilar fikriga quloq tutdik. 🌐 Batafsil videolavhada Namangan viloyati MMTB Axborot xizmati Bizni kuzating: ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
IMG_2624.MOV126.40 MB
Repost from TgId: 1461713521
01:22
Video unavailableShow in Telegram
📣 O‘zbekistonda Young Climate Champions loyihasi ekovolontyorlari tashabbusi bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Ekologiya vazirligi, YUNISEF, BMTTD va Zamin fondi ko‘magida LCOY bo‘lib o‘tdi.
~~~
📣 LCOY в Узбекистане прошла по инициативе эковолонтёров проекта Young Climate Champions при поддержке МДШО, Минэкологии, ЮНИСЕФ, ПРООН и Фонда Zamin.
#LCOY #YoungClimateChampions #EcoSchoolsUzbekistan
😀 Zamin 🌐 Instagram 🌐 Facebook
IMG_0505 (2).MP4148.24 MB
📰📰📰📰📰📰📰
🔴 Ayni damda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Sardor Radjabov boshchiligidagi vazirlik delegatsiyasi "Digital Learning Week 2025" xalqaro anjumanida ishtirok etmoqda.
Mazkur xalqaro tadbir UNESCO tomonidan tashkil etilgan va Fransiyaning Parij shahrida bo‘lib o‘tmoqda.
🔰 Anjuman doirasida "Sun’iy intellekt va ta’limning kelajagi" mavzusidagi davra suhbati ham tashkil etildi.
Unda Sardor Radjabov ta’limda raqamli texnologiyalar va Sun'iy intellektdan foydalanish, bunda o‘qituvchilarning malakasini oshirish, zamonaviy texnologiyalar va yangi metodikalarning ahamiyati haqida so‘z yuritdi.🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Bizni kuzating: ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
#Maktabgacha_taʼlim
Sharof Rashidov tumanida Ilk rivojlantirish markazi ochildi!
✅2025-yil 14-iyuldagi Vazirlar Mahkamasining 439-son qaroriga muvofiq, Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufida zamonaviy Ilk rivojlantirish markazi barpo etildi.
▪️Markazning asosiy maqsadi – maktabgacha yoshdagi bolalarni kompleks rivojlantirish, erta ta’lim sifatini oshirish, yosh avlod uchun qulay sharoitlar yaratish, ota-onalar ehtiyojlarini qondirish va oilalarni pedagogik qo‘llab-quvvatlashdir.
➖Ma’lumot uchun: Yaqin kunlarda Do‘stlik, Zomin tumanlari va Jizzax shahrida ham yangi “Ilk rivojlantirish markazlari” ish boshlashi rejalashtirilgan.Jizzax viloyati MMTB Axborot xizmati 🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
02:18
Video unavailableShow in Telegram
📖Surxondaryo maktablari zamonaviy axborot texnologiyalari bilan ta’minlandi
✅Surxondaryo viloyatidagi 97 ta umumta’lim maktablariga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan yuborilgan zamonaviy jihozlar topshirildi.
🫥Jumladan:
➡️1 ming 649 dona kompyuter;
➡️97 dona konditsioner;
➡️97 dona printer va boshqa texnik vositalar.
➡️Shuningdek, 112 ta maktabga 128 dona zamonaviy elektron doskalar ajratildi. Mazkur loyihaga jami 20 mlrd 187 mln so‘m mablag‘ yo‘naltirildi.
Surxondaryo viloyati MMTB Axborot xizmati
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Новый проект.mp456.43 MB
#Ochiq_dars
✅ Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyida Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Eʼzoza Karimova ishtirokida qatagʻon qurbonlari va jadidlik harakati namoyandalari jasoratiga bagʻishlangan ochiq dars tashkil etildi.
Unda Mudofaа vaziri oʻrinbosari, general-mayor Hamdam Karshiyev ham ishtirok etdi.➖ Tadbir davomida vazir E'zoza Karimova oʻquvchilarga qatagʻon qurbonlari va jadidlar tarixi haqida soʻzlab berdi va ularning fikr-mulohazalariga quloq tutdi.
🔰 Maʼlumot uchun, “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida tarix fanidan ochiq dars mashgʻulotlari Qatagʻon qurbonlari davlat muzeyi hamda hududlardagi OTMlarda tashkil etilgan xotira muzeylarida oʻtkazilishi ko'zda tutilgan.🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Bizni kuzating: ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
✅✅
🔴 Bugun mamlakatimizning barcha maktablarida "Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida "Birinchi qo‘ng‘iroq" tadbirlari bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Prezident tabrigi ham o‘qib eshittirildi.
➖ Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi rahbariyati va masʼul xodimlari ushbu tadbirlarda ishtirok etib, o‘quvchilarga omad tilashdi.
🔰 Shuningdek, Vazirlik va Fransiyaning O'zbekistondagi elchixonasi hamkorligida O‘zbekistonda ilk bor tashkil etilgan xalqaro DELF Scolaire imtihoni diplomlarini topshirish marosimi ham bo‘lib o‘tdi.Diplomlar o‘quvchilarga vazirning birinchi o‘rinbosari Sherzod Karimov va Fransiyaning O‘zbekistondagi elchisi Ualid FUK tomonidan topshirildi. 📍Fotosuratlarda Respublikamiz maktablarida bo‘lib o‘tgan "Birinchi qo‘ng‘iroq" tadbirlaridan lavhalar aks etgan: 📍Qoraqalpog‘iston Respublikasi 📍Andijon viloyati 📍Buxoro viloyati 📍Qashqadaryo viloyati 📍Samarqand viloyati 📍Sirdaryo viloyati 📍Surxondaryo viloyati 📍Xorazm viloyati 📍Farg‘ona viloyati 📍 Namangan viloyati 📍 Jizzax viloyati 📍 Navoiy viloyati 📍 Toshkent viloyati 📍Toshkent shahri
☺️ Yangi o‘quv yilidan joriy etilishi rejalashtirilgan yangiliklar bilan quyida tanishishingiz mumkin.🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Bizni kuzating ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
📰📰📰📰📰📰📰
🇺🇿🇨🇳 O‘zbekiston va Xitoy Xalq Respublikasi o‘rtasidagi aloqalar tobora rivojlanmoqda.
📍O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti delegatsiyasi Xitoy Xalq Respublikasining Pekin shahriga tashrifi bo‘lib o‘tmoqda.
⏺Tashrif davomida Xeilongjang milliy professional instituti rektori boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
🫥Mazkur uchrashuv doirasida O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti hamda Xeilongjang milliy professional instituti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Shuningdek, O‘zbekiston milliy pedagogika universitetida hamkorlikda “O‘ZBEK-XITOY madaniyati va ijod markazi”ni tashkil etish masalasi bo‘yicha kelishuvga erishildi.
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
✅✅✅✅
#Биринчи_қўнғироқ
Vazir “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etdi
🔴 Bugun yurtimizning barcha umumta’lim maskanlarida 2025-2026-o‘quv yilining birinchi dars soatlari boshlandi.
✅ Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova poytaxtimizdagi 273-umumta’lim maktabida o'tkazilgan “Birinchi qo‘g‘iroq” tadbirda qatnashdi va o‘quvchilarni samimiy tabrikladi.
➖ Shuningdek, yangi o’quv yilida kutilayotgan yangiliklar va sohadagi o‘zgarishlar haqida so‘z yuritildi.Tadbirda Prezident tabrigi ham o‘qib eshittirildi. Shundan keyin, vazir E’zoza Karimova maktabga 1-sinfga qabul qilingan o‘quvchilarni ushbu shodiyona bilan tabrikladi va “Prezident sovg‘asi” ni taqdim qilindi. 🔰 Bundan tashqari, vazir ”Kelajak soati” darslarida qatnashib, o‘quvchi yoshlar bilan muloqot qildi.
Ma’lumot o’rnida: 2025-2026-o’quv yilida 10 mingdan ortiq maktablarga 720 mingdan ortiq o’g’il-qizlar 1-sinfga qabul qilindi.
🌐 JONLI EFIR 🔰 PRESS-RELIZ 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Bizni kuzating: ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Photo unavailableShow in Telegram
Мамлакатимиз мактаблари ўқувчилари ва устоз-мураббийларига табрик
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
✅✅✅✅
#Биринчи_қўнғироқ
Vazir “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etdi
🔴 Bugun yurtimizning barcha umumta’lim maskanlarida 2025-2026-o‘quv yilining birinchi dars soatlari boshlandi.
✅ Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova poytaxtimizdagi 273-umumta’lim maktabida o'tkazilgan “Birinchi qo‘g‘iroq” tadbirda qatnashdi va o‘quvchilarni samimiy tabrikladi.
➖ Shuningdek, yangi o’quv yilida kutilayotgan yangiliklar va sohadagi o‘zgarishlar haqida so‘z yuritildi.Tadbirda Prezident tabrigi ham o‘qib eshittirildi. Shundan keyin, vazir E’zoza Karimova maktabga 1-sinfga qabul qilingan o‘quvchilarni ushbu shodiyona bilan tabrikladi va “Prezident sovg‘asi” ni taqdim qilindi. 🔰 Bundan tashqari, vazir ”Kelajak soati” darslarida qatnashib, o‘quvchi yoshlar bilan muloqot qildi.
Ma’lumot o’rnida: 2025-2026-o’quv yilida 10 mingdan ortiq maktablarga 720 mingdan ortiq o’g’il-qizlar 1-sinfga qabul qilindi.
🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Bizni kuzating: ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
