es
Feedback
Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Ir al canal en Telegram

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @GazetauzMuloqotBot +998 78-333-10-15 Reklama: @Afisha_Media_Regina +998 99-444-35-39 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kirill alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb

Mostrar más
2025 año en númerossnowflakes fon
card fon
18 607
Suscriptores
+224 horas
-37 días
-45030 días
Archivo de publicaciones
Photo unavailableShow in Telegram
O‘zbekiston tarixida ilk bor sun’iy yo‘ldosh va fuqaroligi bo‘lgan birinchi o‘zbek kosmonavtini fazoga uchirish bo‘yicha ishlar boshlandi, deya ma’lum qildi prezident. “O‘zbekiston kosmonavti bobomiz aniqlagan yulduzlardan xabar olib keladi”, — dedi u. https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/26/suniy-yoldosh/ Telegram | Instagram | YouTube
Mostrar todo...
👍 43 36
Photo unavailableShow in Telegram
Dam olish kunlari O‘zbekiston bo‘ylab harorat ko‘tarilishi, shanba kuni +7…+10, yakshanba kuni +10…+13 darajagacha bo‘lishi kutilmoqda. Ba’zi hududlarda yog‘ingarchilik kuzatiladi. https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/26/meteo/ Telegram | Instagram | YouTube
Mostrar todo...
3
Photo unavailableShow in Telegram
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi 2025-yilda 8,9 foizdan 5,8 foizgacha tushganini ma’lum qildi. “Bu raqamga ko‘proq qarsak chalsangiz ham, rozi bo‘laman… Bu — xalqaro tashkilotlar bergan ma’lumotlar. Barchani mashaqqatli mehnatimiz bilan hurmat qilishga majbur qilyapmiz”, — dedi prezident. https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/26/poverty/ Telegram | Instagram | YouTube
Mostrar todo...
👍 29 21👎 2🤔 2
Photo unavailableShow in Telegram
O‘zbekistonda 2026-yil “Mahallani rivojlantirish va jamiyatning yuksalish yili” bo‘ladi Telegram | Instagram | YouTube
Mostrar todo...
👍 33 20
Photo unavailableShow in Telegram
2025-yilda O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti tarixda birinchi marta 145 milliard dollardan oshdi, deya ma’lum qildi Shavkat Mirziyoyev. “Bundan to‘qqiz yil oldin biz uchun bu juda katta marra bo‘lib ko‘rinardi”, — dedi u. Bu yil oltin-valyuta zaxiralari ilk bor $60 mlrddan oshdi, investitsiyalar $43,1 mlrdga yetdi. https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/26/yim/ Telegram | Instagram | YouTube
Mostrar todo...
👍 30 12
Photo unavailableShow in Telegram
Senat kengashi qarori bilan “Tashabbusli budjet” tartibiga o‘zgartirishlar kiritildi. Endi loyihalar keyingi bosqichlarda hisobga olinishi uchun kamida 50 ta ovoz to‘plashi shart. Jihozlash loyihalari qiymati cheklandi, qo‘shimcha g‘oliblarni aniqlash va sherikchilik asosida moliyalashtirish tartibi belgilandi. https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/26/open-budget/ Telegram | Instagram | YouTube
Mostrar todo...
2👍 1👎 1
Photo unavailableShow in Telegram
Qoraqalpog‘iston ko‘p asrlik hunarmandchilik an’analari — gilamdo‘zlik, to‘quvchilik, kashtachilik, namatchilik va zargarlik san’ati bilan mashhur. Gazeta Nukusdan topish mumkin bo‘lgan va Yangi yil bayramida yaqinlaringizni xursand qiladigan 10 ta o‘ziga xos sovg‘ani bir sahifaga jamladi. https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/26/gifts-from-nukus/ Telegram | Instagram | YouTube
Mostrar todo...
👍 5
Photo unavailableShow in Telegram
Juma kuni soat 11:00 da prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston parlamenti va xalqiga murojaatnoma bilan chiqadi. U 10 dan ortiq telekanallarda jonli efirda namoyish qilinadi, ulardan biri surdotarjimon, ikkitasi rus tili, ikkitasi ingliz tilida tarjima bilan uzatiladi. https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/26/address/ Telegram | Instagram | YouTube
Mostrar todo...
👍 38 2😢 2
Photo unavailableShow in Telegram
Yaponiya Iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish dasturi doirasida O‘zbekistonga 14 ta qon markazi va uchta qon quyish stansiyasi uchun 2,3 mln dollarlik yangi uskunalar yetkazib beradi. Bu ixtiyoriy donorlardan tayyorlangan qon mahsulotlari ulushini oshirishi va tibbiy xizmatlar sifatini yaxshilashi kutilmoqda. https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/25/japan/ Telegram | Instagram | YouTube
Mostrar todo...
👍 3 2
Photo unavailableShow in Telegram
Garvard universitetining 1938-yildan beri davom etib kelayotgan tadqiqoti shuni ko‘rsatdiki, yaxshi munosabatlar insonning uzoqroq va baxtliroq yashashiga yordam beradi. Mustahkam ijtimoiy aloqalar salomatlik va ruhiy farovonlikka aql-zakovat, daromad va genlardan ko‘ra ko‘proq ta’sir ko‘rsatadi. https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/25/happiness/ Telegram | Instagram | YouTube
Mostrar todo...
👍 8 1
Photo unavailableShow in Telegram
25-dekabr kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti 🅿️ Toshkentda rezident avtoturargohlar narxi yiliga 1 BHM bo‘ladi. 🗣 “Ayrim tashkilotlarda harassment holatlari uchrayapti” — Senat raisi. 🏦 Banklar faoliyati ham “Sirli mijoz” tadbirlari orqali tekshiriladi. ⛽️ Toshkentda avtobuslarga gaz quyish shoxobchalari 33 tadan 11 tagacha qisqartirildi. 📆 2026-yilda o‘zbekistonliklar qaysi kunlari dam oladi? 🎈 “Muhabbatdan muhabbat tug‘iladi… Baxt — bu muhabbat. Nuqta”. Dunyodagi eng uzoq davom etgan tadqiqot xulosalari. Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2025/12/25/dayjest/ Telegram | Instagram | YouTube
Mostrar todo...
6
“Jizzaxda Chernobil fojiasi takrorlanmaydi” 23-dekabr kuni Forish tumanidagi madaniyat markazida Jizzaxda O‘zbekistondagi birinchi AESni qurish va ekspluatatsiya qilish loyihasi bo‘yicha jamoatchilik eshituvi bo‘lib o‘tdi. Unda Forish va qo‘shni tumanlar aholisi, davlat tashkilotlari vakillari, mutaxassislar va jurnalistlardan iborat jami 295 kishi qatnashdi. To‘rt soat davom etgan jamoatchilik eshituvini to‘liq holatda Gazeta’ning YouTube’dagi sahifasida tomosha qilishingiz mumkin: https://youtu.be/xrR3BFGv38s
Mostrar todo...
👎 6😢 4
Photo unavailableShow in Telegram
Toshkent shahrida rezident avtoturargoh ruxsatnomalari narxi yiliga 1 BHM (412 000 so‘m) turadi. Ular 1-fevraldan kuchga kirishi rejalashtirilgan. Ularni onlayn olish mumkin. Tungi vaqtlar (soat 20:00 dan 8:00 gacha) bepul. Har bir turar joy uchun ikkitadan ortiq ruxsatnoma berilmaydi. https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/25/resident-permit-parking-tashkent/ Telegram | Instagram | YouTube
Mostrar todo...
👍 4 1
Photo unavailableShow in Telegram
Qirg‘izistonda 2026-yil 1-apreldan pedagog va tibbiyot xodimlarining ish haqi 2 baravar oshirilmoqda. “Biz bu ikki muqaddas kasbga o‘z qadr-qimmati, jamiyatdagi yuksak mavqeini qaytarib berishimiz shart”, — dedi prezident Japarov. https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/25/kyrgyzstan/ Telegram | Instagram | YouTube
Mostrar todo...
👍 23 5
Photo unavailableShow in Telegram
Toshkent shahrining dizayn-kodi loyihasi tez orada jamoatchilik va mutaxassislar uchun e’lon qilinadi. Uni ishlab chiqishda taniqli Citymakers International kompaniyasi ishtirok etdi. Hokimlikning xabar berishicha, hujjat “shahar muhitining yangi madaniyatini — jonli, tartibli va ko‘rkam ko‘rinishni shakllantiradi”. https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/25/design-code-tashkent/ Telegram | Instagram | YouTube
Mostrar todo...
2🤔 2
Photo unavailableShow in Telegram
Oliy sud kengashi Akmal Shukurovning (u mart oyida Boris Avakyanni qattiq kaltaklagan) jazosini yengillashtirgan sudyalarning vakolatlarini muddatidan oldin tugatdi. Ular — Muxtarama Turgunova, Odilbek Ilxomjonov va Mirziyod Abidov. Gazeta ularning ismlari sud e’lon qilgan qarorda yashirilganini yozgandi. https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/25/judges/ Telegram | Instagram | YouTube
Mostrar todo...
👍 12🤔 1
Photo unavailableShow in Telegram
Raqobat qo‘mitasi aralashuvidan keyin Toshkent viloyatidagi 5 ta qurilish kompaniyasi shartnoma shartlarini buzgani uchun iste’molchilarga jami 6,7 mlrd so‘mni qaytaradigan bo‘ldi. Sud qarorlari 16 nafar fuqaro foydasiga chiqarildi, qolgan ishlar ko‘rib chiqilmoqda. https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/25/qurilish/ Telegram | Instagram | YouTube
Mostrar todo...
👍 5 1
Photo unavailableShow in Telegram
2026-yil 1-yanvardan Andijon shahri avtobuslarida naqd pul qabul qilinmaydi. Yo‘l haqi elektron to‘lovlarda 2100 so‘m, naqd pul uchun esa infokiosklar orqali 3000 so‘mlik QR chipta joriy etiladi. https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/25/andijon/ Telegram | Instagram | YouTube
Mostrar todo...
2🤔 1
Photo unavailableShow in Telegram
Dollarning rasmiy kursi oshdi Markaziy bank 26-dekabrdagi xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan rasmiy kursini e’lon qildi. Unga ko‘ra, 1 AQSH dollari 10,87 so‘mga qimmatlab, 12 078,47 so‘m etib belgilandi. Yevro kursi tushdi, rubl esa oshdi. Telegram | Instagram | YouTube
Mostrar todo...
3👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
Ohangaronda sud oktabr oyida mahalliy korxonada ishlayotgan paytda qochib ketib, 9 yoshli qizni zo‘rlagan 31 yoshli manzil-koloniya mahkumini 18 yilga ozodlikdan mahrum qildi va uni o‘ta xavfli retsidivist deb topdi. Erkak 2018-yildan buyon bolani zo‘rlash jinoyati uchun jazo o‘tab kelayotgan bo‘lgan. https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/25/verdict/ Telegram | Instagram | YouTube
Mostrar todo...
👍 6👎 1🤔 1