Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari
رفتن به کانال در Telegram
O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @GazetauzMuloqotBot +998 78-333-10-15 Reklama: @Afisha_Media_Regina +998 99-444-35-39 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kirill alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb
نمایش بیشتر2025 سال در اعداد

18 608
مشترکین
+224 ساعت
-37 روز
-45030 روز
آرشیو پست ها
Photo unavailableShow in Telegram
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi 2025-yilda 8,9 foizdan 5,8 foizgacha tushganini ma’lum qildi. “Bu raqamga ko‘proq qarsak chalsangiz ham, rozi bo‘laman… Bu — xalqaro tashkilotlar bergan ma’lumotlar. Barchani mashaqqatli mehnatimiz bilan hurmat qilishga majbur qilyapmiz”, — dedi prezident.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/26/poverty/
Telegram | Instagram | YouTube
👍 29❤ 21👎 2🤔 2
Photo unavailableShow in Telegram
2025-yilda O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti tarixda birinchi marta 145 milliard dollardan oshdi, deya ma’lum qildi Shavkat Mirziyoyev. “Bundan to‘qqiz yil oldin biz uchun bu juda katta marra bo‘lib ko‘rinardi”, — dedi u. Bu yil oltin-valyuta zaxiralari ilk bor $60 mlrddan oshdi, investitsiyalar $43,1 mlrdga yetdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/26/yim/
Telegram | Instagram | YouTube
👍 30❤ 12
Photo unavailableShow in Telegram
Senat kengashi qarori bilan “Tashabbusli budjet” tartibiga o‘zgartirishlar kiritildi. Endi loyihalar keyingi bosqichlarda hisobga olinishi uchun kamida 50 ta ovoz to‘plashi shart. Jihozlash loyihalari qiymati cheklandi, qo‘shimcha g‘oliblarni aniqlash va sherikchilik asosida moliyalashtirish tartibi belgilandi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/26/open-budget/
Telegram | Instagram | YouTube
❤ 2👍 1👎 1
Photo unavailableShow in Telegram
Qoraqalpog‘iston ko‘p asrlik hunarmandchilik an’analari — gilamdo‘zlik, to‘quvchilik, kashtachilik, namatchilik va zargarlik san’ati bilan mashhur. Gazeta Nukusdan topish mumkin bo‘lgan va Yangi yil bayramida yaqinlaringizni xursand qiladigan 10 ta o‘ziga xos sovg‘ani bir sahifaga jamladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/26/gifts-from-nukus/
Telegram | Instagram | YouTube
👍 5
Photo unavailableShow in Telegram
Juma kuni soat 11:00 da prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston parlamenti va xalqiga murojaatnoma bilan chiqadi. U 10 dan ortiq telekanallarda jonli efirda namoyish qilinadi, ulardan biri surdotarjimon, ikkitasi rus tili, ikkitasi ingliz tilida tarjima bilan uzatiladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/26/address/
Telegram | Instagram | YouTube
👍 38❤ 2😢 2
Photo unavailableShow in Telegram
Yaponiya Iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish dasturi doirasida O‘zbekistonga 14 ta qon markazi va uchta qon quyish stansiyasi uchun 2,3 mln dollarlik yangi uskunalar yetkazib beradi. Bu ixtiyoriy donorlardan tayyorlangan qon mahsulotlari ulushini oshirishi va tibbiy xizmatlar sifatini yaxshilashi kutilmoqda.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/25/japan/
Telegram | Instagram | YouTube
👍 3❤ 1
Photo unavailableShow in Telegram
Garvard universitetining 1938-yildan beri davom etib kelayotgan tadqiqoti shuni ko‘rsatdiki, yaxshi munosabatlar insonning uzoqroq va baxtliroq yashashiga yordam beradi. Mustahkam ijtimoiy aloqalar salomatlik va ruhiy farovonlikka aql-zakovat, daromad va genlardan ko‘ra ko‘proq ta’sir ko‘rsatadi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/25/happiness/
Telegram | Instagram | YouTube
👍 8❤ 1
Photo unavailableShow in Telegram
25-dekabr kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
🅿️ Toshkentda rezident avtoturargohlar narxi yiliga 1 BHM bo‘ladi.
🗣 “Ayrim tashkilotlarda harassment holatlari uchrayapti” — Senat raisi.
🏦 Banklar faoliyati ham “Sirli mijoz” tadbirlari orqali tekshiriladi.
⛽️ Toshkentda avtobuslarga gaz quyish shoxobchalari 33 tadan 11 tagacha qisqartirildi.
📆 2026-yilda o‘zbekistonliklar qaysi kunlari dam oladi?
🎈 “Muhabbatdan muhabbat tug‘iladi… Baxt — bu muhabbat. Nuqta”. Dunyodagi eng uzoq davom etgan tadqiqot xulosalari.
Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2025/12/25/dayjest/
Telegram | Instagram | YouTube
❤ 6
“Jizzaxda Chernobil fojiasi takrorlanmaydi”
23-dekabr kuni Forish tumanidagi madaniyat markazida Jizzaxda O‘zbekistondagi birinchi AESni qurish va ekspluatatsiya qilish loyihasi bo‘yicha jamoatchilik eshituvi bo‘lib o‘tdi. Unda Forish va qo‘shni tumanlar aholisi, davlat tashkilotlari vakillari, mutaxassislar va jurnalistlardan iborat jami 295 kishi qatnashdi.
To‘rt soat davom etgan jamoatchilik eshituvini to‘liq holatda Gazeta’ning YouTube’dagi sahifasida tomosha qilishingiz mumkin:
https://youtu.be/xrR3BFGv38s
👎 6😢 4
Photo unavailableShow in Telegram
Toshkent shahrida rezident avtoturargoh ruxsatnomalari narxi yiliga 1 BHM (412 000 so‘m) turadi. Ular 1-fevraldan kuchga kirishi rejalashtirilgan. Ularni onlayn olish mumkin. Tungi vaqtlar (soat 20:00 dan 8:00 gacha) bepul. Har bir turar joy uchun ikkitadan ortiq ruxsatnoma berilmaydi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/25/resident-permit-parking-tashkent/
Telegram | Instagram | YouTube
👍 4❤ 1
Photo unavailableShow in Telegram
Qirg‘izistonda 2026-yil 1-apreldan pedagog va tibbiyot xodimlarining ish haqi 2 baravar oshirilmoqda. “Biz bu ikki muqaddas kasbga o‘z qadr-qimmati, jamiyatdagi yuksak mavqeini qaytarib berishimiz shart”, — dedi prezident Japarov.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/25/kyrgyzstan/
Telegram | Instagram | YouTube
👍 23❤ 5
Photo unavailableShow in Telegram
Toshkent shahrining dizayn-kodi loyihasi tez orada jamoatchilik va mutaxassislar uchun e’lon qilinadi. Uni ishlab chiqishda taniqli Citymakers International kompaniyasi ishtirok etdi. Hokimlikning xabar berishicha, hujjat “shahar muhitining yangi madaniyatini — jonli, tartibli va ko‘rkam ko‘rinishni shakllantiradi”.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/25/design-code-tashkent/
Telegram | Instagram | YouTube
❤ 2🤔 2
Photo unavailableShow in Telegram
Oliy sud kengashi Akmal Shukurovning (u mart oyida Boris Avakyanni qattiq kaltaklagan) jazosini yengillashtirgan sudyalarning vakolatlarini muddatidan oldin tugatdi. Ular — Muxtarama Turgunova, Odilbek Ilxomjonov va Mirziyod Abidov. Gazeta ularning ismlari sud e’lon qilgan qarorda yashirilganini yozgandi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/25/judges/
Telegram | Instagram | YouTube
👍 12🤔 1
Photo unavailableShow in Telegram
Raqobat qo‘mitasi aralashuvidan keyin Toshkent viloyatidagi 5 ta qurilish kompaniyasi shartnoma shartlarini buzgani uchun iste’molchilarga jami 6,7 mlrd so‘mni qaytaradigan bo‘ldi. Sud qarorlari 16 nafar fuqaro foydasiga chiqarildi, qolgan ishlar ko‘rib chiqilmoqda.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/25/qurilish/
Telegram | Instagram | YouTube
👍 5❤ 1
Photo unavailableShow in Telegram
2026-yil 1-yanvardan Andijon shahri avtobuslarida naqd pul qabul qilinmaydi. Yo‘l haqi elektron to‘lovlarda 2100 so‘m, naqd pul uchun esa infokiosklar orqali 3000 so‘mlik QR chipta joriy etiladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/25/andijon/
Telegram | Instagram | YouTube
❤ 2🤔 1
Photo unavailableShow in Telegram
Ohangaronda sud oktabr oyida mahalliy korxonada ishlayotgan paytda qochib ketib, 9 yoshli qizni zo‘rlagan 31 yoshli manzil-koloniya mahkumini 18 yilga ozodlikdan mahrum qildi va uni o‘ta xavfli retsidivist deb topdi. Erkak 2018-yildan buyon bolani zo‘rlash jinoyati uchun jazo o‘tab kelayotgan bo‘lgan.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/25/verdict/
Telegram | Instagram | YouTube
👍 6👎 1🤔 1
Photo unavailableShow in Telegram
OQ Mobile 2025-yil yakunlarini e’lon qildi: ilova foydalanuvchilari soni mamlakat bo‘ylab 1 millionga yetdi, shuningdek, 2026-yilga mo‘ljallangan raqamli ekotizimni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari belgilandi (reklama).
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/25/oq-mobile/
👍 2❤ 1
Photo unavailableShow in Telegram
Tojikiston va Afg‘oniston chegarasida otishma sodir bo‘ldi, oqibatda ikki tojik chegarachisi va uch afg‘on jangarisi halok bo‘ldi. Dushanbe bu dekabr oyida Afg‘oniston bilan chegarada sodir etilgan uchinchi hujum ekanini aytib, “Tolibon”ni “ta’sirchan choralar” ko‘rishga chaqirdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/25/tajikistan/
Telegram | Instagram | YouTube
😢 9👍 1🤔 1
