Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari
Ir al canal en Telegram
O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @GazetauzMuloqotBot +998 78-333-10-15 Reklama: @Afisha_Media_Regina +998 99-444-35-39 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kirill alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb
Mostrar más2025 año en números

18 609
Suscriptores
-924 horas
-117 días
-45330 días
Archivo de publicaciones
Photo unavailableShow in Telegram
Farg‘ona shahridagi Prezident maktabi 11-sinf o‘quvchisi Dilafro‘z Sobirova Garvard universitetining integrativ biologiya yo‘nalishiga 100 foizli grant bilan qabul qilindi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/19/harvard/
Telegram | Instagram | YouTube
👍 20❤ 6
Photo unavailableShow in Telegram
Buyuk Britaniya avvalroq YeI sanksiyasiga uchragan o‘zbekistonlik tadbirkor Rustam Mo‘minovga nisbatan sanksiya kiritdi. Cheklovlar, shuningdek, O‘zbekistondagi 4 ta — Farg‘ona Kimyo Zavodi, Raw Materials Cellulose, Gelion Business Trade va Chemistry International kompaniyalariga ham tatbiq etildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/19/britain-sanctions/
Telegram | Instagram | YouTube
🤔 3❤ 1👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
Sudyalar oliy kengashi Akmal Shukurovning jinoyat ishini ko‘rib chiqqan va tayinlangan jazoni yengillashtirgani uchun Toshkent shahar apellyatsiya instansiyasiga xizmat tekshiruvi tayinladi. Gazeta apellyatsiya qarorida sudyalar va sudlanuvchining ismlari yashirilganiga e’tibor qaratdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/19/court/
Telegram | Instagram | YouTube
👍 7🤔 4
Photo unavailableShow in Telegram
O‘zbekiston JSTga a’zo bo‘lish uchun savdo shartlarini kelishib olish kerak bo‘lgan davlatlar ro‘yxatini qisqartirishda davom etmoqda. Kuni kecha Yevropa Ittifoqi va o‘zining Janubiy Amerikadagi ikkinchi muhim savdo sherigi bo‘lgan Ekvador bilan bozorga kirish bo‘yicha protokollar imzolandi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/19/wto/
Telegram | Instagram | YouTube
👍 9
Photo unavailableShow in Telegram
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va “Kapitalbank” ATB hamkorligida “Kiberxavfsizlikni ta’minlash va firibgarlikka qarshi kurash: 2025-yil natijalari, tendensiyalar va transformatsion o‘zgarishlar” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi (reklama).
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/19/kapitalbank/
👍 3❤ 2
Photo unavailableShow in Telegram
Shanba, yakshanba kunlari O‘zbekistonga nam havo massalarining yangi qismi kirib keladi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi kutilmoqda. Harorat kechasi -5 darajagacha sovuq, kunduzi +5 darajagacha iliq bo‘ladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/19/meteo/
Telegram | Instagram | YouTube
👍 2
Photo unavailableShow in Telegram
Denov tumanida tahdid va zo‘ravonlik bilan fuqarolardan pul undirib kelgan guruh qo‘lga olindi. Ular fuqarolarga bosim o‘tkazib, pichoq bilan qo‘rqitish, zo‘ravonlik qo‘llash hamda shaxsiy ma’lumotlarni oshkor qilish bilan tahdid etish orqali katta miqdorda pul talab qilib kelgan.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/19/criminal-group/
Telegram | Instagram | YouTube
👍 6
Photo unavailableShow in Telegram
“O‘zbekneftgaz”ning yangi rahbari Abdug‘ani Sanginov gaz qazib olishni barqarorlashtirish va kompaniya transformatsiyasi uchun strategiya ishlab chiqishni reja qilmoqda. Jamshid Qo‘chqorov sohadagi holatni tanqid qildi. Endi ushbu yo‘nalish uchun iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari Xurshed Mustafayev mas’ul bo‘ladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/19/uzbekneftegaz/
Telegram | Instagram | YouTube
👍 20❤ 11🤔 2
Photo unavailableShow in Telegram
Prezident Konstitutsiyaviy sud faoliyatini takomillashtirish va zamonaviy raqamli texnologiyalarni joriy etish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Bu fuqarolar va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan bog‘liq tartiblarni soddalashtiradi, byurokratik to‘siqlarni bartaraf etadi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/19/constitutional-court/
Telegram | Instagram | YouTube
👍 17❤ 10
Photo unavailableShow in Telegram
Juma kuni Afg‘onistonda zilzila qayd etildi. Uning kuchi O‘zbekistonning aksariyat viloyatlarida 2−3 ball, Surxondaryoda 4 ball ko‘rinishida sezildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/19/zilzila/
Telegram | Instagram | YouTube
😢 3
Photo unavailableShow in Telegram
Trampning ko‘rsatmasiga binoan Green Card lotereyasi dasturi vaqtincha to‘xtatilmoqda. Bunga Braun va Massachusets texnologiya oliygohlaridagi otishmalarni uyushtirishda gumonlanayotgan shaxsning AQShga Green Card dasturi bilan kelgani sabab qilib ko‘rsatilmoqda.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/19/green-card/
Telegram | Instagram | YouTube
👎 6😢 4❤ 1
Photo unavailableShow in Telegram
Juma kuni Afg‘onistonda zilzila qayd etildi. Uning kuchi O‘zbekistonning aksariyat viloyatlarida 2−3 ball, Surxondaryoda 4 ball ko‘rinishida sezildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/19/zilzila/
Telegram | Instagram | YouTube
Photo unavailableShow in Telegram
2026-yil 1-yanvardan O‘zbekistonda soliq organlarida ro‘yxatdan o‘tmay faoliyat yuritayotgan xorijiy onlayn kompaniyalarga cheklovlar qo‘llanadi. Ularga ro‘yxatdan o‘tish uchun 30 kun beriladi. Soliq qo‘mitasi fuqarolarning xorijiy kompaniyalarga qilgan to‘lovlari bo‘yicha anonim ma’lumotlarni olishni rejalashtirmoqda.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/19/e-commers/
Telegram | Instagram | YouTube
❤ 2
Photo unavailableShow in Telegram
O‘zbekistonda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash aholining daromad darajasi va bandlik imkoniyatiga ko‘ra, differensial yondashuv asosida amalga oshiriladi. 2026−2027-yillarda hududlarda 20 ta ijtimoiy xizmatlar markazi tashkil etiladi. Bolalarni zo‘ravonlikdan himoyalash strategiyasini qabul qilish reja qilinyapti.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/19/social-service/
Telegram | Instagram | YouTube
👍 19❤ 15
Photo unavailableShow in Telegram
Toshkent xalqaro aeroportida ikki fuqaroni fohishalik uchun Tailandga yubormoqchi bo‘lgan 27 yoshli ayol qo‘lga olindi. U mazkur harakatni xorijda bo‘lib turgan sherigi bilan kelishgan holda tashkil etgan.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/19/human-trafficking/
Telegram | Instagram | YouTube
👍 9👎 2
Photo unavailableShow in Telegram
1-yanvardan O‘zbekiston fuqarolari va korxonalariga AQShda ro‘yxatga olingan kompaniyalarga investitsiya kiritish uchun hukumat ruxsati talab etilmaydi. Behzod Hoshimovning fikricha, valyuta rejimining yumshatilishi o‘zbekistonliklarga dunyoning eng yirik moliya bozoriga kirish imkonini yaratadi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/18/trade-us/
Telegram | Instagram | YouTube
❤ 8
Photo unavailableShow in Telegram
Olimjon Ismailov Toshkent shahri sudi raisi etib tayinlandi. Maxmud Eshimbetov Qoraqalpog‘iston ma’muriy sudi raisiligiga saylandi. Ulugbek Almamedov esa Toshkent shahri ma’muriy sudi raisi bo‘ldi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/19/judges/
Telegram | Instagram | YouTube
🤔 3❤ 1👎 1
Photo unavailableShow in Telegram
O‘zbekiston prezidenti Yaponiyaga rasmiy tashrifini imperator Naruxito bilan uchrashuvdan boshladi. “O‘zbek va yapon xalqlarining mentalitet, urf-odat va oilaviy qadriyatlari o‘xshashligi” ta’kidlangan uchrashuvdan so‘ng Shavkat Mirziyoyev imperatorga mamlakatga rasmiy tashrif bilan kelishni taklif etdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/19/japan-emperor/
Telegram | Instagram | YouTube
👍 31❤ 13🤔 3
Photo unavailableShow in Telegram
Ijtimoiy tarmoqlardagi muhokamalar va prokuratura noroziligidan so‘ng, Toshkent sudi apellyatsiya shikoyati bo‘yicha jazo muddati qisqartirilgach ozod qilingan Akmal Shukurov ishini ko‘rib chiqdi. Sudlanuvchining qamoq jazosi qayta tiklandi, ammo bitta modda yumashatildi va muddat qisqartirildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/18/court/
Telegram | Instagram | YouTube
👍 13❤ 2🤔 2
Photo unavailableShow in Telegram
“Benjamin Battonning sirli hikoyasi”, “Yetti”, “Janob Smit va Smit xonim” hamda “Manfur kimsalar” singari filmlar yulduzi Bred Pitt 18-dekabrda 62 yoshni qarshiladi. Sana munosabati bilan Gazeta aktyorning filmografiyasi asosida test tayyorladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/18/brad-pitt/
Telegram | Instagram | YouTube
❤ 8👍 5
