ru
Feedback
Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Открыть в Telegram

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @GazetauzMuloqotBot +998 78-333-10-15 Reklama: @Afisha_Media_Regina +998 99-444-35-39 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kirill alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb

Больше
2025 год в цифрахsnowflakes fon
card fon
18 609
Подписчики
-924 часа
-117 дней
-45330 день
Архив постов
Фото недоступноПоказать в Telegram
O‘zbekistonda narkotiklar noqonuniy muomalasiga mansabdor shaxslar homiylik qilayotgan va yordam berayotgan holatlar ko‘p uchramoqda, dedi Ravshan Mamatov. U taqdim etgan narkotiklar noqonuniy muomalasi uchun javobgarlikni takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilindi. https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/19/mansabdor/ Telegram | Instagram | YouTube
Показать все...
1👎 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
Dollarning rasmiy kursi tushdi Markaziy bank 22-dekabrdagi xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan rasmiy kursini e’lon qildi. Unga ko‘ra, 1 AQSH dollari 25,47 so‘mga arzonlab, 11 996,14 so‘m etib belgilandi. Yevro va rubl kursi ham tushdi. Telegram | Instagram | YouTube
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
Iqtisodiyotning ochilishi zaif nosavdo sektori, yashirin imtiyozlar va davlat korxonalari samarasizligi kabi muammolarni yuzaga chiqarishi mumkin. IHTTning O‘zbekiston uchun “yo‘l xaritasi” yechimlarni taklif etmoqda. Tafsilotlar — tashkilot eksperti Uilyam Tompsonning Gazeta`ga bergan intervyusida. https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/19/oecd-investments/ Telegram | Instagram | YouTube
Показать все...
👍 2 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
Ikki fuqaro Centrum Air`ning chiptalarni ortiqcha sotgani sababli Istanbul-Namangan reysiga sig‘may qoldi. Raqobat qo‘mitasi aralashuvi bilan ularning huquqlari tiklandi. Xususan, aviakompaniya ularga 500 yevro kompensatsiya, 865 ming so‘m tovon va yana bir qator imtiyozlar berdi. https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/19/centrum-air/ Telegram | Instagram | YouTube
Показать все...
👍 10🤔 2
Фото недоступноПоказать в Telegram
Prezident Shavkat Mirziyoyev Yaponiya biznes va moliya institutlari rahbarlari bilan uchrashuvda ularni O‘zbekiston iqtisodiyotini modernizatsiya qilishda faol ishtirok etishga taklif qildi. U O‘zbekiston Yaponiyani kelajak sanoatini qurishda strategik sherik sifatida ko‘rishini ta’kidladi. https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/19/japan-uzbekistan-business-forum/ Telegram | Instagram | YouTube
Показать все...
👍 27 9
Фото недоступноПоказать в Telegram
Farg‘ona shahridagi Prezident maktabi 11-sinf o‘quvchisi Dilafro‘z Sobirova Garvard universitetining integrativ biologiya yo‘nalishiga 100 foizli grant bilan qabul qilindi. https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/19/harvard/ Telegram | Instagram | YouTube
Показать все...
👍 20 6
Фото недоступноПоказать в Telegram
Buyuk Britaniya avvalroq YeI sanksiyasiga uchragan o‘zbekistonlik tadbirkor Rustam Mo‘minovga nisbatan sanksiya kiritdi. Cheklovlar, shuningdek, O‘zbekistondagi 4 ta — Farg‘ona Kimyo Zavodi, Raw Materials Cellulose, Gelion Business Trade va Chemistry International kompaniyalariga ham tatbiq etildi. https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/19/britain-sanctions/ Telegram | Instagram | YouTube
Показать все...
🤔 3 1👍 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
Sudyalar oliy kengashi Akmal Shukurovning jinoyat ishini ko‘rib chiqqan va tayinlangan jazoni yengillashtirgani uchun Toshkent shahar apellyatsiya instansiyasiga xizmat tekshiruvi tayinladi. Gazeta apellyatsiya qarorida sudyalar va sudlanuvchining ismlari yashirilganiga e’tibor qaratdi. https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/19/court/ Telegram | Instagram | YouTube
Показать все...
👍 7🤔 4
Фото недоступноПоказать в Telegram
O‘zbekiston JSTga a’zo bo‘lish uchun savdo shartlarini kelishib olish kerak bo‘lgan davlatlar ro‘yxatini qisqartirishda davom etmoqda. Kuni kecha Yevropa Ittifoqi va o‘zining Janubiy Amerikadagi ikkinchi muhim savdo sherigi bo‘lgan Ekvador bilan bozorga kirish bo‘yicha protokollar imzolandi. https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/19/wto/ Telegram | Instagram | YouTube
Показать все...
👍 9
Фото недоступноПоказать в Telegram
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va “Kapitalbank” ATB hamkorligida “Kiberxavfsizlikni ta’minlash va firibgarlikka qarshi kurash: 2025-yil natijalari, tendensiyalar va transformatsion o‘zgarishlar” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi (reklama). https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/19/kapitalbank/
Показать все...
👍 3 2
Фото недоступноПоказать в Telegram
Shanba, yakshanba kunlari O‘zbekistonga nam havo massalarining yangi qismi kirib keladi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi kutilmoqda. Harorat kechasi -5 darajagacha sovuq, kunduzi +5 darajagacha iliq bo‘ladi. https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/19/meteo/ Telegram | Instagram | YouTube
Показать все...
👍 2
Фото недоступноПоказать в Telegram
Denov tumanida tahdid va zo‘ravonlik bilan fuqarolardan pul undirib kelgan guruh qo‘lga olindi. Ular fuqarolarga bosim o‘tkazib, pichoq bilan qo‘rqitish, zo‘ravonlik qo‘llash hamda shaxsiy ma’lumotlarni oshkor qilish bilan tahdid etish orqali katta miqdorda pul talab qilib kelgan. https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/19/criminal-group/ Telegram | Instagram | YouTube
Показать все...
👍 6
Фото недоступноПоказать в Telegram
“O‘zbekneftgaz”ning yangi rahbari Abdug‘ani Sanginov gaz qazib olishni barqarorlashtirish va kompaniya transformatsiyasi uchun strategiya ishlab chiqishni reja qilmoqda. Jamshid Qo‘chqorov sohadagi holatni tanqid qildi. Endi ushbu yo‘nalish uchun iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari Xurshed Mustafayev mas’ul bo‘ladi. https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/19/uzbekneftegaz/ Telegram | Instagram | YouTube
Показать все...
👍 20 11🤔 2
Фото недоступноПоказать в Telegram
Prezident Konstitutsiyaviy sud faoliyatini takomillashtirish va zamonaviy raqamli texnologiyalarni joriy etish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Bu fuqarolar va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan bog‘liq tartiblarni soddalashtiradi, byurokratik to‘siqlarni bartaraf etadi. https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/19/constitutional-court/ Telegram | Instagram | YouTube
Показать все...
👍 17 10
Фото недоступноПоказать в Telegram
Juma kuni Afg‘onistonda zilzila qayd etildi. Uning kuchi O‘zbekistonning aksariyat viloyatlarida 2−3 ball, Surxondaryoda 4 ball ko‘rinishida sezildi. https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/19/zilzila/ Telegram | Instagram | YouTube
Показать все...
😢 3
Фото недоступноПоказать в Telegram
Trampning ko‘rsatmasiga binoan Green Card lotereyasi dasturi vaqtincha to‘xtatilmoqda. Bunga Braun va Massachusets texnologiya oliygohlaridagi otishmalarni uyushtirishda gumonlanayotgan shaxsning AQShga Green Card dasturi bilan kelgani sabab qilib ko‘rsatilmoqda. https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/19/green-card/ Telegram | Instagram | YouTube
Показать все...
👎 6😢 4 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
Juma kuni Afg‘onistonda zilzila qayd etildi. Uning kuchi O‘zbekistonning aksariyat viloyatlarida 2−3 ball, Surxondaryoda 4 ball ko‘rinishida sezildi. https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/19/zilzila/ Telegram | Instagram | YouTube
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
2026-yil 1-yanvardan O‘zbekistonda soliq organlarida ro‘yxatdan o‘tmay faoliyat yuritayotgan xorijiy onlayn kompaniyalarga cheklovlar qo‘llanadi. Ularga ro‘yxatdan o‘tish uchun 30 kun beriladi. Soliq qo‘mitasi fuqarolarning xorijiy kompaniyalarga qilgan to‘lovlari bo‘yicha anonim ma’lumotlarni olishni rejalashtirmoqda. https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/19/e-commers/ Telegram | Instagram | YouTube
Показать все...
2
Фото недоступноПоказать в Telegram
O‘zbekistonda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash aholining daromad darajasi va bandlik imkoniyatiga ko‘ra, differensial yondashuv asosida amalga oshiriladi. 2026−2027-yillarda hududlarda 20 ta ijtimoiy xizmatlar markazi tashkil etiladi. Bolalarni zo‘ravonlikdan himoyalash strategiyasini qabul qilish reja qilinyapti. https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/19/social-service/ Telegram | Instagram | YouTube
Показать все...
👍 19 15
Фото недоступноПоказать в Telegram
Toshkent xalqaro aeroportida ikki fuqaroni fohishalik uchun Tailandga yubormoqchi bo‘lgan 27 yoshli ayol qo‘lga olindi. U mazkur harakatni xorijda bo‘lib turgan sherigi bilan kelishgan holda tashkil etgan. https://www.gazeta.uz/oz/2025/12/19/human-trafficking/ Telegram | Instagram | YouTube
Показать все...
👍 9👎 2