es
Feedback
TerDU rasmiy kanali

TerDU rasmiy kanali

Ir al canal en Telegram

Sayt: www.tersu.uz Facebook: @tersu340 Instagram: @terdu_rasmiy You tube: @Termizdavlatuniversitet Rektor sahifasi: @a_toshqulov Rektorga murojaat: @TerDU_rektor_bot ©Termiz davlat universiteti rasmiy kanali

Mostrar más
2025 año en númerossnowflakes fon
card fon
18 920
Suscriptores
-3324 horas
-2007 días
-58430 días
Archivo de publicaciones
01:48
Video unavailableShow in Telegram
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi bugun, 26 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi. 🎙Soat 11:00dan boshlab MTRK telekanallari muxbirlari voqea joyidan jonli reportajlarni efirga uzatishni boshlaydi.
Bu voqea nafaqat davlat boshqaruvi tizimidagi, balki har bir fuqaro hayotidagi muhim palla hisoblanadi. Murojaatnomada mamlakatimiz taraqqiyotining yaqin istiqboldagi strategik yo‘nalishlari belgilab beriladi hamda Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lidagi tub islohotlar yangi bosqichga ko‘tariladi.
✈️Yilning eng muhim siyosiy voqeasini o‘zingizga qulay tilda tomosha qiling: ✈️Surdotarjima bilan (o‘zbek tilida): «O‘zbekiston» telekanalida; ✈️Rus tilida tarjima bilan: «Dunyo bo‘ylab» va «Toshkent» telekanallarida; ✈️Ingliz tilida tarjima bilan: «Yoshlar» telekanalida. 〰️〰️〰️〰️ 🔘 Onlayn: Prezidentning rasmiy veb-sayti (president.uz), Facebook, Instagram, YouTube va Twitter (X) sahifalari orqali.
Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichiga oid strategik rejalarni birinchilardan bo‘lib kuzating
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Mostrar todo...
MUROJAATNOMA.mp44.79 MB
3
01:20
Video unavailableShow in Telegram
🏛TerDU talabalari uchun yana bir Yangi yil tuhfasi 🟢Yangi imkoniyatlar, qulay muhit va talabalarga yaratilayotgan sharoitlar — bularning barchasi ta’lim sifatini yanada oshirishga xizmat qiladi.
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Mostrar todo...
IMG_5463.MP463.03 MB
13🔥 7👍 3
Photo unavailableShow in Telegram
#№71 #Himoya_2025 ✅ DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI 🟢Termiz davlat universiteti "Matematik analiz" kafedrasi tayanch doktoranti Ergasheva Sarvinoz Baxtiyor qizi Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengashda "Differensial tenglamalar va matematik fizika" ixtisosligi bo‘yicha “Задачи с недостающим условием Гурса для вырождающихся гиперболических уравнений и с недостающим условием Геллерстедта для уравнений смешанного типа с сингулярным коэффициентом” mavzusida fizika-matematika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD)  ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi. Universitet jamoasi nomidan Ergasheva Sarvinoz Baxtiyor qizini ushbu yutugʻi bilan qutlab, olimga mustahkam sogʻlik, ilm yoʻlida muvaffaqiyat tilaymiz!
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Mostrar todo...
👍 53 11🔥 6👏 4🎉 1
01:02
Video unavailableShow in Telegram
#kun_tarixi 🗓 Sana tarixi bilan bogʻliq ayrim voqealar 60 soniyada…
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Mostrar todo...
IMG_9671.MP422.17 MB
8🔥 2👍 1
#Akademik_harakatchanlik ✔️“Akademik harakatchanlik” dasturining 2025-yilgi 4-mavsum g‘olib yosh olimlari aniqlandi 🟢O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-apreldagi 222-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 17-iyuldan 2-oktabrga qadar “Akademik harakatchanlik” dasturi tanlovi o‘tkazildi. Unga yosh olimlar tomonidan 194 ta loyiha topshirildi. Yakuniy natijalarga ko‘ra 29 nafar yosh olimning loyihasi g‘olib deb topildi. 🏛Quvonarlisi ushbu tanlovda Termiz davlat universitetining 6 nafar professor-o'qituvchilari ham g‘olib deb topildi. Bugun ularga sertifikatlar topshirildi.
1. Loyiha rahbari: Eshankulov Xasan Loyiha nomi: Plastik chiqindilardan ekologik toza bruschatkalar ishlab chiqarish texnologiyasi Loyiha mablag‘i: 79 500 000 so‘m 2. Loyiha rahbari: Suyunov Jabbor Loyiha nomi: Mahalliy xomashyolar asosida texnik va toza kremniy olish texnologiyasini ishlab chiqish Loyiha mablag‘i: 76 500 000 so‘m 3. Loyiha rahbari: Chorshanbiyev Abdumalik Loyiha nomi: Yangi turdagi nanotuzilishli metall oksidlarini olish va ularni sanoat oqova suvlarni tozalashda qo‘llash Loyiha mablag‘i: 76 160 000 so'm 4. Loyiha rahbari: Fozilov Sherzod Loyiha nomi: Global iqlim ozgarishi sharoitida G.hirsutum L. va G.barbadense L. g'o'za navlarining ekofiziologiyasi hamda mahsuldorligiga ananaviy va tomchilatib sug'orish usullarining tasiri Loyiha mablag‘i: 57 557 794 so‘m 5. Loyiha rahbari: Choriyev Siroj Loyiha nomi: O'zbekiston sharoitida mevali va manzarali o'simliklarning sista hosil qiluvchi nematodalari Loyiha mablag'i: 70 150 000 so'm 6. Loyiha rahbari: Temirova Munira Loyiha nomi: O'rta asr simob ko'zachalarining funksiyasini aniqlash bo'yicha eksperimental-kimyoviy tadqiqotlar o'tkazish Loyiha mablag'i: 75 220 000
Barcha tadqiqotchilar va ularning ilmiy rahbarlarini erishgan yutuqlari bilan tabriklaymiz!
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Mostrar todo...
16👍 13🔥 5
Photo unavailableShow in Telegram
#diqqat #kids_fashion_show 🧷 Barcha professor-o'qituvchilar va talaba-yoshlar diqqatiga! ☄️ Joriy yilning 26-dekabr kuni soat 13:00 da Termiz shahar "Muz saroyi" ko'ngilochar majmuasida Milliy libos va san'at fakultetining Dizayn: milliy kostyum ta'lim yo'nalishi talabalari tomonidan yaratilgan ijodiy asarlardan iborat "Kids Fashion Show" deb nomlangan ko'rgazmasi (podiumi) bo'lib o'tadi. ⬇️ Ko'rgazma davomida: 👶 Bolalar kiyimlarida milliy va zamonaviy dizayn uygʻunligi; 🎨 Yosh dizaynerlarning ijodiy gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash; 👗 Bolalar kiyimlarida qulaylik, xavfsizlik va estetika targʻiboti; 🌱 Bolalarda did, sahna madaniyati va oʻziga ishonchni rivojlantirish; 🧵 Zamonaviy moda yo'nalishidagi dizayn; 👨‍👩‍👧‍👦 etno-madaniy va yuqori sifatli bolalar kiyimlari namoyishi; 🏫 badiiy chiqishlardan bahramnd bo'lishingiz mumkin. 🙂 Barchangizni ushbu ko'rgazmaga taklif etamiz!
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Mostrar todo...
👍 12 5🔥 4
Repost from TgId: 1802303135
Ikki universitet o‘rtasida ilmiy hamkorlik mustahkamlanmoqda 🎓Termiz iqtisodiyot va servis universiteti talabalari ilmiy tajriba almashish maqsadida Termiz davlat universitetiga tashrif buyurdi. Tashrif chog‘ida talabalar TerDU huzuridagi Ilmiy tadqiqot markazi faoliyati bilan yaqindan tanishib, bu yerda olib borilayotgan ilmiy izlanishlar, erishilgan amaliy natijalar hamda kelgusida rejalashtirilgan loyihalar haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘lishdi. ✔️Ilmiy markazda yaratilgan zamonaviy infratuzilma, innovatsion ishlanmalar, ilg‘or texnologik uskunalar va laboratoriya jihozlari yoshlar e’tiborini tortdi hamda ularda ilmiy faoliyatga bo‘lgan qiziqishni yanada kuchaytirdi. 📈Mazkur tashrif Termiz davlat universiteti va Termiz iqtisodiyot va servis universiteti o‘rtasida imzolangan hamkorlik memorandumi doirasida tashkil etildi. Ushbu hujjat asosida bugungi kunda ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida qo‘shma ilmiy tadqiqotlar olib borish, tajriba almashish, professor-o‘qituvchilar va talabalar hamkorligini mustahkamlash hamda istiqbolda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish yo‘nalishlarida hamkorlik izchil rivojlanib bormoqda. ⚡️ Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizni kuzatib boring! Instagram  l  Telegram  l  Website  l  You Tube | Facebook
Mostrar todo...
15🔥 3👍 2
Photo unavailableShow in Telegram
🚨SEMINAR–TRENING ✅Xalqaro maydonda ilmiy karyera Trening mavzulari: 🟢Nufuzli ilmiy jurnallarda maqola nashr etish 🟢Xalqaro loyihalarda ishtirok etish 🟢Ilmiy karyerani strategik rivojlantirish Ma’ruzachi: Dr. Anuj Kumar – Assistant Professor, GLA University (Hindiston) – Visiting Scientist, King Saud University (Saudiya Arabistoni) – Research Scientist, Pittsburg State University (AQSh) – Elsevier–Stanford Top 2% Scientists (2022–2024) Dr. Anuj Kumarning "Scopus"dagi natijalari: h-indeks-49 Nashrlar soni: 327 Iqtiboslar: 9 100 🔖Seminar-trenigga barchani taklif etamiz (professor-o'qituvchilar, doktorantlar, magistrlar va boshqalar) 🕖Boshlanish vaqti: 26-dekabr, soat 10.00 📍Manzil: Termiz davlat universiteti, kimyo fakulteti katta majlislar zali
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Mostrar todo...
👍 9 6🔥 5👏 2
Termiz davlat universiteti Xitoy oliy ta’lim muassasalari bilan strategik hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi Xabar qilinganidek, kecha Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Xitoy kompaniyalari delegatsiyalari bilan uchrashuv o‘tkazib, iqtisodiyotning qator yo‘nalishlari bilan bir qatorda oliy ta’lim tizimida ham yaqin hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalarini muhokama qilgan edi. Mazkur muzokaralarda erishilgan kelishuvlar doirasida Termiz davlat universiteti rektori Abduqodir Toshqulov Xitoy Xalq Respublikasining nufuzli oliy ta’lim muassasalari hamda yirik investorlari bilan amaliy uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida Xitoyning Janubi-g‘arbiy universiteti bilan hamkorlikda Termiz davlat universitetida xitoy tilini o‘qitish markazini tashkil etish, sun’iy intellekt sohasida hamkorlikni rivojlantirish, xitoylik mutaxassislar ishtirokida darslar va master-klasslar o‘tkazish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, magistratura va doktorantura yo‘nalishlarida qo‘shma ta’lim dasturlarini joriy etish, professor-o‘qituvchilar uchun Xitoyda malaka oshirish dasturlarini yo‘lga qo‘yish, ta’lim, ilm-fan hamda investitsiya sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishildi. Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Mostrar todo...
👍 20🎉 4🔥 3👏 2 1
02:04
Video unavailableShow in Telegram
🇺🇿🤝🇰🇿TerDU va Qozog‘iston oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlik izchil rivojlanmoqda 🟢Termiz davlat universiteti hamda Muxtor Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti o‘rtasidagi akademik hamkorlik doirasida mazkur universitet dotsenti, pedagogika fanlari nomzodi Aripbayeva Lyazzat TerDUda bir hafta davomida faoliyat olib bordi. 🟢Tashrif davomida mehmon professor “Musiqa ta’limi” kafedrasi talabalariga “O‘zbekiston va Qozog‘iston musiqa san’atining o‘zaro bog‘liqligi” mavzusida mahorat darslari o‘tkazdi. 🟢Shuningdek, “Xalq ijodiyoti: folklor va etnografiya” hamda “Vokal san’ati: an’anaviy xonandalik” ta’lim yo‘nalishlari 1-bosqich talabalari uchun “Folklor cholg‘ulari ansambli” fanidan 33 soat amaliy mashg‘ulot, “Solfedjio” fanidan esa 4 soat oraliq nazorat tashkil etildi. 🟢Mazkur tashrif ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi ilmiy, madaniy va akademik hamkorlikni mustahkamlash, tajriba almashish hamda musiqa ta’limini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qilmoqda.
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Mostrar todo...
IMG_9662.MP424.69 MB
👏 10 6👍 4
01:40
Video unavailableShow in Telegram
🇺🇿Termiz davlat universiteti yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti tomonidan o’tgazilyotgan Yangi yil karnavaliga barcha talabalarni taklif qilamiz❗️ 🎧Yangi yil karnavalida sizni ajoyib kuy va qo’shiqlar, qiziqarli o’yinlar hamda qorbobo sovg’alari kutmoqda. 📍2-bino oldida 🗓25.12.2025.yil 🔜16:30 da boshlanadi
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Mostrar todo...
IMG_1531.MP478.99 MB
8👏 3🔥 2🤔 1🎉 1
01:02
Video unavailableShow in Telegram
#kun_tarixi 🗓 Sana tarixi bilan bogʻliq ayrim voqealar 60 soniyada…
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Mostrar todo...
IMG_9660.MP412.34 MB
👍 4 1🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram